Yangi Dehli haqida

Shahar
Nyu-Dehli
hindiycha नई दिल्ली
inglizcha New Delhi
sharqiy panjobcha ਨਵੀਂ ਦਿੱਲੀ
urducha نئی دلی‎

Yuqoridan pastga, chapdan o‘ngga:

saroy fasadi — Rashtrapati-Bhavan (Prezident saroyi), Hindiston parlamentibinosi, Rashtrapati-Bhavan (ichki hovli), asosiy ishbilarmonlik markazi — Konnot-Pleysning panoramasi, yodgorlik — Hindiston darvozasi, Amar Chakra («Mangulik doirasi») memorial majmuasi
28°37′ sh. k. 77°13′ sh. u.HGYaO
Mamlakat  Hindiston
Maqomi poytaxt
Ittifoq hududi Dehli
Tarixi va geografiyasi
Asos solingan
Avvalgi nomlari Mexsari
Hindiston Respublikasi poytaxti sifatidagi maqom boshlangan yil: 1950
Maydoni 42,7 km²
Markazining balandligi 216 m
Iqlim turi subtropik okean iqlimi, yarim qurg‘oqchil iqlim
Vaqt mintaqasi UTC+5:30
Aholisi
Aholisi 321 900 kishi (2022)
Aholi zichligi 7538 kishi/km²
Aholisining nomlanishi dehlilik erkak, dehlilik ayol, dehliliklar
Rasmiy tillar hindiy, ingliz, urdu, panjob *
Raqamli identifikatorlar
Telefon kodi +91 11
Pochta indeksi 110 xxx
Avtomobil kodi DL

ndmc.gov.in  (inglizcha)
Нью-Дели на карте
Нью-Дели
Nyu-Dehli
Логотип Викисклада Vikimedia Commonsdagi mediafayllar

Nyu-Dehli, Yangi Dehli (hindiycha नई दिल्ली, Nai-Dilli, inglizcha New Delhi, sharqiy panjobcha ਨਵੀਂ ਦਿੱਲੀ, urducha نئی دلی‎) — Hindistonning poytaxti, shuningdek, Dehlishahrining bir tumanidir. Maydoni 42,7 km². Nyu-Dehli Dehli metropoliyasi hududida joylashgan bo‘lib, Hindiston hukumati va Dehli hukumati qarorgohidir.

Nyu-Dehlini loyihalashtirgan Edvin Lachens— XX asrning yetakchi britaniyalik me’morlaridan biri. Nyu-Dehli daraxtlar ekilgan keng xiyobonlari bilan mashhur; bu shaharda ko‘plab milliy muassasalar va diqqatga sazovor joylar joylashgan.

Geografiyasi

Nyu-Dehli Dehlining markazida joylashgan

Nyu-Dehli Hindistonning shimolida, deyarli butunlay Hind-Gang tekisligidajoylashgan. Nyu-Dehli seysmik faollikning IVzonasiga kiradi. Shu bois shaharda kuchli zilzilalar sodir bo‘lishi mumkin.

Iqlimi

Nyu-Dehli va uning atrofida dengiz sohillaridan uzoqligi hamda tog‘ tizmalari bilan bog‘liq geografik o‘rni tufayli kontinental iqlim yaqqol seziladi. Harorat yozda 40 darajaga, qishda esa 4 darajaga yetadi. Dehlida yarim qurg‘oqchil iqlim hukm suradi, qishki va yozgi haroratlar o‘rtasidagi tafovut katta. Yoz uzoq davom etib, aprel boshidan oktabrgacha cho‘ziladi, uning o‘rtasiga mussonlar mavsumi to‘g‘ri keladi. Qish noyabrda boshlanib, yanvarda eng sovuq davriga yetadi. Yillik o‘rtacha harorat 25 °C; oylik o‘rtacha haroratlar 14 °C dan 33 °C gacha o‘zgaradi. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori taxminan 714 mmni tashkil etadi, yog‘inning katta qismi iyul va avgustdagi mussonlar davriga to‘g‘ri keladi.

Nyu-Dehli iqlimi
Ko‘rsatkich \ Davr Yan Fev Mar Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal harorat, °C 30,0 34,1 41,7 43,7 49,9 47,9 43,5 42,0 39,0 38,3 36,1 33,0 49,9
O‘rtacha maksimal harorat, °C 20,6 24,1 29,9 36,5 39,4 38,7 35,3 34,0 34,1 32,7 28,0 22,7 31,3
O‘rtacha harorat, °C 13,8 17,2 22,7 28,9 32,6 33,3 31,3 30,2 29,4 25,7 20,1 15,2 25,0
O‘rtacha minimal harorat, °C 7,5 10,5 15,6 21,2 25,7 27,7 27,3 26,6 24,9 19,2 12,9 8,4 19,0
Mutlaq minimal harorat, °C 0,0 2,0 5,0 12,2 15,7 19,6 20,3 21,0 17,2 11,1 5,0 0,0 0,0
Yog‘in miqdori (me’yor), mm 20 24 16 13 36 85 187 235 131 14 6 12 778

Tarixi

1772-yildan 1911-yilgacha esa Britaniya Hindistonining poytaxti Kalkuttabo‘lgan. Ammo ayni paytda Dehli qadimgi va o‘rta asrlardagi Hindistonningbir qator imperiyalari, ayniqsa Boburiylar imperiyasiningsiyosiy va moliyaviy markazi bo‘lib xizmat qilgan. 1900-yillarning boshida Britaniya ma’muriyatiga Hindiston imperiyasining poytaxtini Kalkuttadan Dehliga ko‘chirish taklif etildi. Hindistonning sharqiy sohilida joylashgan Kalkuttadan farqli ravishda Dehli mamlakat shimolida joylashgan edi. Britaniya Hindistoni hukumati mamlakatni Dehlidan boshqarish osonroq bo‘ladi, deb hisoblagan. 12-dekabr 1911-yilda Georg V, o‘sha davrdagi Hindiston imperatori, Britaniya Hindistoni poytaxti Dehliga ko‘chirilishini e’lon qildi.

Hindiston darvozasi quyidagi urushlarda halok bo‘lgan askarlar xotirasiga o‘rnatilgan: ingliz-afg‘on urushlari va Birinchi jahon urushi

Nyu-Dehli «Eski shahar»ning janubida joylashgan. Eski shaharni Shoh Jahon— Boburiylar imperiyasi hukmdori qurdirgan. Biroq Nyu-Dehli 7 ta qadimiy shahar hududida joylashgani sababli bu yerda Jantar-Mantar va Lodiy bog‘larikabi ko‘plab tarixiy yodgorliklar bor. Nyu-Dehlining katta qismini Edvin Lachens— XX asrning yetakchi britaniyalik me’morlaridan biri rejalashtirgan. Uni hatto «Lachens Dehlisi» deb ham atashgan. Shahar markazidagi Raysina tepaligida mustamlakaning general-gubernatori uchun muhtasham saroy qurilgan (hozir bu bino Rashtrapati-Bhavan nomi bilan tanilgan va Hindiston prezidentiningqarorgohi hisoblanadi). Rajpatshohlar yo‘li nomi bilan ham tanilgan bo‘lib, Hindiston darvozasidan Rashtrapati-Bhavangacha cho‘ziladi. Kotibiyat— Hindiston hukumatining turli vazirliklari joylashgan majmua — Rashtrapati-Bhavan yonida joylashgan. Gerbert Beyker loyihalagan parlament binosi Rajpatga parallel Sannsad-Marg ko‘chasida joylashgan.

Hindiston mustaqillikka erishgan 1947-yildaNyu-Dehli cheklangan avtonomiyaga ega hududga aylandi. Uni Hindiston hukumati tayinlaydigan mer boshqargan. 1956-yilda Dehli ittifoq hududlaridan birigaaylandi va mer o‘rniga leytenant-gubernator tayinlandi. Hindiston Konstitutsiyasiga kiritilgan 69-tuzatish (1991-yil) Dehli ittifoq hududining rasmiy nomi «Dehli milliy poytaxt hududi» ekanini belgiladi. Ikki hokimiyatli boshqaruv tizimi joriy etildi.

Shahar tuzilishi

Nyu-Dehlining katta qismini XX asrning yetakchi britaniyalik me’mori Edvin Lachensrejalashtirgan. Shaharning ma’muriy markazi Buyuk Britaniya imperiyasi an’analarini aks ettirishi kerak edi. Nyu-Dehli ikkita asosiy keng xiyobon: Rajpatx va Janpatx[ukraincha]atrofida qurilgan. Rajpatx yoki Qirol yo‘li Rashtrapati-Bhavandan boshlanib, Hindiston darvozasigachacho‘ziladi. Janpatx yoki Xalq yo‘li avval Qirolicha yo‘li deb atalgan; u Konnot-Pleysdan boshlanib, Rajpatxni to‘g‘ri burchak ostida kesib o‘tadi. Shantipatx bo‘ylab 19 ta xorijiy elchixona joylashgan. Shu sababli bu ko‘cha Hindistondagi eng yirik diplomatik hudud hisoblanadi.

Shaharning markazida prezident saroyi — Rashtrapati-Bhavanjoylashgan. U Raysina tepaligining[inglizcha]cho‘qqisida qad ko‘targan. Uning atrofida Kotibiyat , ya’ni Hindistonning turli vazirliklari joylashgan. Gerbert Beyker loyihalashtirgan parlament binosi Rajpatxga parallel bo‘lgan Sansad-Marg ko‘chasida joylashgan. Nyu-Dehlining moliyaviy, savdo va ishbilarmonlik markazi hisoblangan Konnot-Pleys doira shaklida qurilib, Angliyadagi Qirollik yarim oyi me’moriy ansambli namunasida loyihalashtirilgan. Konnot-Pleysning tashqi halqasidan o‘n ikkita yo‘l tarqaladi, ulardan biri Janpatxdir.

Demografiyasi

2003-yilda Nyu-Dehli aholisi 295 000 kishini tashkil etgan. Nyu-Dehli ham tarkibiga kiradigan Dehli milliy poytaxt hududining umumiy aholisi 14,1 million kishi bo‘lib, u Mumbaydankeyingi ikkinchi yirik megapolis hisoblanadi. Har 1000 erkakka 821 ayol to‘g‘ri keladi, savodxonlik darajasi esa 81,82 % ni tashkil etadi.

Nyu-Dehli ham tarkibiga kiradigan Dehli aholisining 82 % i hinduizmga e’tiqod qiladi. Dehlida, shuningdek, quyidagi diniy jamoalar mavjud: musulmonlar (11,7 %), sikxlar (4,0 %), jayniylar (1,1 %) va xristianlar (0,9 %). Boshqa ozchilik guruhlari orasida quyidagilar ham bor: parslar, buddaviylar va yahudiylar.

Og‘zaki va yozma nutqda eng ko‘p ishlatiladigan til — hindiy. Shaharda keng tarqalgan boshqa tillar — ingliz, panjob va urdu. Hindistonning turli til guruhlari shaharda keng namoyon bo‘lgan, jumladan, maytxili, kannada, telugu, maratxi, bengal va tamil tillari.

Iqtisodiyoti

Ilgari Konnot-Pleysdeb atalgan Rajiv-Chouk Hindistonning eng yirik savdo va moliya markazlaridan biri bo‘lib, Nyu-Dehli markazida joylashgan. Dehli Janubiy Osiyoning muhim savdo markazidir. Uning 2004—2005-yillardagi sof ichki mahsuloti taxminan 83,085 kror (830,85 mlrd) Hindiston rupiyasigateng bo‘lgan. Aholi jon boshiga o‘rtacha daromad 53,976 Hindiston rupiyasini tashkil etgan. Iqtisodiyotning xizmat ko‘rsatish sektori 78,4 % ulush bilan Dehlining yalpi ichki mahsuloti (YaIM) tarkibida eng katta o‘rinni egallaydi; ikkilamchi va birlamchi sektorlarning ulushi esa mos ravishda 20,2 % va 1,4 %.

Nyu-Dehlidagi asosiy ish beruvchilar davlat va davlatga yaqin tashkilotlar bo‘lgan. Shaharda ingliz tilini biladigan malakali ishchi kuchining ko‘pligi xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishiga turtki berdi va ko‘plab xalqaro kompaniyalarni jalb qildi. Xizmat ko‘rsatishning asosiy yo‘nalishlari axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya, mehmonxona xo‘jaligi, bank ishi, ommaviy axborot vositalari va turizmni o‘z ichiga oladi.

Transport

Dehlida jamoat transportiga avtobuslar, avtorikshalar, shuningdek, metro, taksilar va shahar atrofi temir yo‘llari kiradi.

Avtobus

Avtobuslar eng ommabop transport turi bo‘lib, yo‘lovchi tashishning 60 % igacha bo‘lgan qismini ta’minlaydi.

Metro

Holat: 2006-yil noyabri:

Yo‘nalish nomiRaqamiBekatlar oralig‘i
● Qizil yo‘nalish1Shahdara — Rithala
● Sariq yo‘nalish2Vishva Vidyalaya — Central Secretariat
● Ko‘k yo‘nalish3Indraprastha — Dwarka Sub City

Taksi va rikshalar

Avtorikshalar Dehlidagi eng mashhur transport turlaridan biri
Indira Gandi xalqaro aeroporti

Shahar atrofi temir yo‘li

Aeroportlar

Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroport (IGI) Dehlining janubi-g‘arbida joylashgan bo‘lib, ichki va xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsatadi. 2006—2007-yillarda IGI aeroporti orqali 19.4 milliondan ortiq yo‘lovchi o‘tgan. Bu uni Janubiy Osiyodagi eng gavjum aeroportlardan biriga aylantirgan.

Madaniyati

Pragati Maydan— yirik ko‘rgazmalar o‘tkaziladigan joy

Nyu-Dehli Hindistonning yirik davlat apparati va siyosiy tizimida ko‘plab etnik va madaniy guruhlar ishtirok etishi tufayli ko‘p millatli, kosmopolit shahardir. Poytaxt maqomi umummilliy tadbirlar va bayramlarning ahamiyatini oshirgan. Jumladan, Respublika kuni, Mustaqillik kuni va Gandi Jayanti (Gandining tug‘ilgan kuni) Nyu-Dehli va Hindistonning boshqa hududlarida katta ko‘tarinkilik bilan nishonlanadi. Hindiston mustaqilligi kuni (15-avgust) mamlakat bosh vaziri Qizil qal’adan xalqqa murojaat qiladi. Dehli aholisining aksariyati bu kunni erkinlik ramzi hisoblangan varraklarni uchirib nishonlaydi. Respublika kuni paradi — Hindistonning madaniy xilma-xilligi va harbiy qudratini namoyish etadigan yirik madaniy va harbiy paraddir.

Quyidagi diniy bayramlar nishonlanadi: Divali (chiroqlar bayrami), Durga Puja, Xoli, Loxri, Maxashivaratri, Iyd al-Fitr, Iyd al-Adha, Rojdestvo va Budda Jayanti. Qutb festivali — Hindistonning turli hududlaridan kelgan musiqachilar va raqqoslar Qutb Minor fonida tunda chiqish qiladigan madaniy tadbirdir. Varraklar festivali, Xalqaro mango festivali va Vasant-Panchami (bahor bayrami) kabi boshqa tadbirlar ham Dehlida har yili o‘tkaziladi.

Bu hududda, shuningdek, Hindiston milliy muzeyi — mamlakatning eng yirik muzeyi joylashgan.

Birodarlashgan shaharlar

Havolalar