Van-de-Graaf generatori

Kichik o‘lchamli Van de Graaff generatori
Birinchi bo‘lib Vengriyada qurilgan chiziqli tezlatgich uchun mo‘ljallangan Van de Graaff generatori. Unda 1 MV kuchlanish 1952-yilda hosil qilingan.

Van de Graaff generatori — elektrostatik generator bo‘lib, yuqori kuchlanish hosil qiladi. Uning ishlash prinsipi harakatlanayotgan dielektrik lentaning elektrlanishiga asoslangan. Birinchi generator amerikalik fizik Robert Van de Graaff tomonidan 1929-yilda ishlab chiqilgan va u potensiallar farqini 80 kilovoltgacha. 1931 va 1933-yillarda u tomonidan yanada kuchli generatorlar ham qurilgan bo‘lib, ular mos ravishda 1 million va 7 million volt kuchlanish hosil qilish imkonini bergan.

Ishlash prinsipi

Generator sxemasi, izohlar matnda keltirilgan

Oddiy Van de Graaff generatori dielektrik (ipak yoki rezinadan tayyorlangan) lentadan (generator sxemasidagi 4-raqam) iborat. Lenta 3 va 6-raqamli roliklarda aylanadi. Bunda yuqori rolik dielektrik, pastki rolik esa metall bo‘lib, yerga ulangan. Lentaning uchlaridan biri 1-raqamli metall sfera ichiga joylashtirilgan. Cho‘tka shaklidagi 2 va 5-raqamli elektrodlar lenta ustida va ostida, undan biroz masofada joylashgan. 2-raqamli elektrod 1-raqamli sferaning ichki yuzasiga ulangan. 5-raqamli cho‘tka orqali 7-raqamli yuqori kuchlanish manbai ta’sirida havo ionlanadi. Hosil bo‘lgan musbat ionlar Kulon kuchi ta’sirida yerga ulangan 6-rolik tomon harakatlanib, lentada to‘planadi. Harakatlanayotgan lenta zaryadni 1-raqamli sferaning ichiga olib kiradi va u yerda zaryad 2-cho‘tka yordamida ajratib olinadi; Kulon kuchi ta’sirida zaryadlar sfera yuzasiga siqib chiqariladi, sfera ichidagi elektr maydon esa faqat lentadagi qo‘shimcha zaryad tufayli hosil bo‘ladi. Shu tariqa sferaning tashqi yuzasida elektr zaryadi to‘planadi. Yuqori kuchlanish olish imkoniyati toj razryadi bilan cheklanadi. U sfera atrofidagi havoning ionlanishi natijasida yuzaga keladi.

Sfera yuzasidagi bo‘rtmalar yaqinida elektr maydon kuchlanganligi tekis yuzadagiga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi. Shu sababli toj razryadini kamaytirish uchun sfera yuzasi yaxshilab silliqlanadi. Normal atmosfera bosimida havoda toj razryadi yuzaga keladigan elektr maydon kuchlanganligi taxminan 30 kV/sm ni tashkil etadi. Sfera radiusi qancha kichik bo‘lsa, bunday kuchlanganlikka shuncha tez erishiladi:

E=14πεε0⋅qr2.

Shu sababli katta potensiallar farqini olish uchun sfera o‘lchami kattalashtiriladi (diametri 10  m gacha). Van de Graaff generatori yordamida amalda olish mumkin bo‘lgan potensiallar farqining eng yuqori qiymati taxminan 107V.

Zamonaviy yuqori kuchlanishli elektrostatik generatorlarda (ishlash prinsipi Van de Graaff generatorinikiga o‘xshash) lenta o‘rniga metall va plastik bo‘g‘inlar navbatma-navbat joylashgan zanjirlar ishlatiladi. Bu qurilmalar pelletronlar deb ataladi, chunki elektr zaryadi dielektrik tashuvchi lenta orqali emas, balki elektr o‘tkazuvchi bo‘g‘inlardan — pelletlardan tashkil topgan zanjir yordamida uzatiladi (atama inglizcha pellet — granulacha, sharcha so‘zidan olingan); bo‘g‘inlar bir-biridan izolyatsiyalangan.

Qo‘llanilishi

Tarixan, dastlab Van de Graaff generatorlari yadro tadqiqotlarida turli zaryadlangan zarralarni tezlatish uchun qo‘llanilgan. Hozirgi vaqtda zarralarni tezlatishning boshqa usullari rivojlangani sababli ularning yadro tadqiqotlaridagi roli kamaygan.

Ular hanuzgacha chaqmoq urishi paytida yuz beradigan jarayonlarni modellashtirish va yer yuzasida momaqaldiroq razryadlarini taqlid qilish uchun qo‘llaniladi.

Adabiyotda

  • ilmiy-fantastik romanlardan birida — E. L. Voyskunskiy va I. B. Lukodyanov qalamiga mansub «Mekong ekipaji»da — Van de Graaff generatori qattiq jismlarga o‘tkazuvchanlik xususiyatini berish uchun ishlatiladi.
  • Yana bir fantastik asar — Strugatskiylar aka-ukalarining «Dushanba shanba kuni boshlanadi» qissasida Van de Graaff generatori bilan qiyoslanadigan xayoliy qurilma — NIICHAVO ilmiy-tadqiqot institutining chiziqli baxt bo‘limida ishlatiladigan jihozlar majmuasining bir qismi hisoblanadi: «Men… Van de Graaff generatoriga biroz o‘xshash ulkan Bolalar kulgisi distillyatori qanday ishlayotganini zavq bilan tomosha qildim. Faqat generatordan farqli ravishda, u mutlaqo shovqinsiz ishlardi va uning yonida yoqimli hid taralardi».

Fotogalereya