Ichki qaytish — elektromagnit yoki tovush to‘lqinlarining ikki muhit chegarasidan qaytish hodisasi. Bu hodisa to‘lqin tarqalish tezligi kichikroq bo‘lgan muhitdan tushganda yuz beradi ( yorug‘lik nurlari uchun bu kattaroq sindirish ko‘rsatkichiga mos keladi).
Qisman ichki qaytish — tushish burchagi kritik burchakdan kichik bo‘lganda yuz beradigan ichki qaytish. Bu holda nur ikki qismga — singan va qaytgan nurlarga ajraladi.

To‘liq ichki qaytish — tushish burchagi muayyan kritik burchakdan katta bo‘lganda yuz beradigan ichki qaytish. Bunda tushayotgan to‘lqin to‘liq qaytadi va qaytish koeffitsiyenti qiymati silliqlangan sirtlar uchun kuzatiladigan eng katta qiymatlardan ham yuqori bo‘ladi. To‘liq ichki qaytishda qaytish koeffitsiyenti to‘lqin uzunligiga bog‘liq emas.
Optikada bu hodisa keng doiradagi elektromagnit nurlanishuchun, jumladan, rentgen diapazonida ham kuzatiladi.
Aynan geometrik optikada bu hodisa Snellius qonuniorqali tushuntiriladi. Sinish burchagi 90° dan katta bo‘la olmasligini hisobga olsak, tushish burchagining sinusi kichik sindirish ko‘rsatkichining kattasiga nisbatidan yuqori bo‘lganda,
elektromagnit to‘lqin birinchi muhitga to‘liq qaytishi kerak. burchak to‘liq ichki qaytish kuzatiladigan eng kichik tushish burchagidir. U chegaraviy yoki kritik burchak deyiladi. Uning boshqa nomi — «To‘liq qaytish burchagi».
Hodisaning to‘lqin nazariyasiga ko‘ra, elektromagnit to‘lqin ikkinchi muhitga baribir kirib boradi. U yerda «bir jinsli bo‘lmagan to‘lqin» deb ataluvchi to‘lqin tarqaladi; u eksponensial ravishda so‘nadi va energiya tashimaydi. Bunday to‘lqinning ikkinchi muhitga kirib borish chuqurligi taxminan to‘lqin uzunligiga teng.
To‘liq ichki qaytish hodisasini birinchi bo‘lib Iogann Kepler 1600-yilda tavsiflagan.
Buzilgan to‘liq ichki qaytish — qaytaruvchi muhit nurlanishning bir qismini yutishi natijasida to‘liq ichki qaytishning buzilish hodisasi. Laboratoriya amaliyoti va optika sanoatida keng qo‘llanadi.
Misol
Ichki qaytishni ikki muhit chegarasiga tushayotgan ikkita monoxromatik nur misolida ko‘rib chiqamiz. Nurlar to‘qroq havorang bilan ko‘rsatilgan, sindirish ko‘rsatkichi bo‘lgan optik zichroq muhitdan och havorang bilan ko‘rsatilgan optik zichligi pastroq muhit chegarasiga tushadi. Ikkinchi muhitning sindirish ko‘rsatkichi .
Qizil nur burchak ostida tushadi, ya’ni muhitlar chegarasida ikkiga ajraladi: bir qismi sinadi, bir qismi qaytadi. Singan nur uchun sinish burchagi .
Yashil nur katta burchak ostida tushib, to‘liq qaytadi: .
Tabiat va texnikada to‘liq ichki qaytish
Fata-morganava sarobhodisalari, masalan, yoz jaziramasida yo‘lning ho‘l ko‘rinishi. Bunday aks etishlar harorati turlicha bo‘lgan havo qatlamlari orasidagi to‘liq qaytish tufayli yuzaga keladi.
Ko‘plab tabiiy kristallarning, ayniqsa, qirralab ishlov berilgan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarning yorqin jilosi to‘liq ichki qaytish bilan izohlanadi. Natijada kristallga kirgan har bir nur undan ko‘plab yetarlicha yorqin nurlar ko‘rinishida chiqadi; ularning rangi dispersiya tufayli hosil bo‘ladi.
Ayniqsa, olmoslarningboshqa qimmatbaho toshlardan ajralib turadigan jilosi ham shu hodisaga bog‘liq. Olmosning sindirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgani sababli (n ≈ 2), yorug‘lik nuri shisha va sindirish ko‘rsatkichi pastroq boshqa materiallarga qaraganda kamroq energiya yo‘qotib, olmos ichida ko‘proq marta qaytadi.

To‘liq ichki qaytishni suv ostidan yuzaga qaraganda kuzatish mumkin: muayyan burchaklarda chegara ortidagi tashqi manzara (havodagi narsalar) emas, balki suv ichidagi jismlarning ko‘zgudagi kabi aksi ko‘rinadi.
Nurni ajratuvchi kub
Birinchi chegara sirtidan bevosita keyin, ya’ni yorug‘likto‘lqin uzunligidan katta bo‘lmagan masofada, birinchi sirt bilan bir xil sindirish ko‘rsatkichiga ega ikkinchi chegara sirt joylashadi: n1. Elektromagnit to‘lqin ko‘rinishidagi yorug‘lik sindirish ko‘rsatkichi n2 bo‘lgan qatlamdan o‘tib, sindirish ko‘rsatkichi n1bo‘lgan ikkinchi chegara sirtga yetib boradi, ammo energiyasi kamayadi. Shu paytda yorug‘liknuri ikkiga ajraladi: uning bir qismi sindirish ko‘rsatkichi n2bo‘lgan sohaga kiradi. Natijada nur ikkiga ajraladi: bir qismi dastlabki yo‘nalishda tarqalishda davom etadi, ikkinchisi esa qaytadi. Intensivlik yo‘qolishi n2 muhitida quyidagi eksponensial formula bilan ifodalanadi:
Yorug‘lik o‘tkazgich
To‘liq ichki qaytish hodisasi optik tolalardaqo‘llanadi. Tolaning markaziy qismi (o‘zagi) tashqi qoplamasiga qaraganda sindirish ko‘rsatkichi yuqoriroq bo‘lgan shishadan tayyorlanadi. Bunday yorug‘lik o‘tkazgichlar asosida optik tolali kabellar yaratiladi.
Rentgen nurlarining qaytishi (tashqi qaytish)
Aynan rentgen nurlanishida sindirish ko‘rsatkichi qiymatlarining umumiy formulasidan[manba 691 kundan beri ko‘rsatilmagan]
vakuum har qanday moddaga qaraganda optik jihatdan zichroq muhit ekanligi kelib chiqadi. Rentgen nurlari uchun koeffitsiyentining qiymatlari va oralig‘ida bo‘ladi hamda nurlanishning kvant energiyasi, kristall panjara doimiylari va moddaning zichligiga bog‘liq.
Kichik tushish burchaklarida rentgen nurlari sirpanib o‘tishi, sinishi va tushish burchagiga (θ) teng burchak ostida qaytishi kuzatiladi. «Qattiq» rentgen nurlarining sirpanish burchaklari gradusning ulushlariga, «yumshoq» rentgen nurlariniki esa taxminan 10—20 gradusga teng. Shuni ta’kidlash kerakki, ichki qaytish atamasi yorug‘lik uchun shunday qo‘llanadiki, yorug‘lik optik jihatdan zichroq muhit (optik shisha) ichidan zichligi kamroq muhit (havo) chegarasiga tushib, qaytadi va muhitning ichida qoladi. Rentgen nurlari uchun esa, aksincha, havo yoki vakuum qaytaruvchi materialdan optik jihatdan zichroq muhit hisoblanadi. Shu sababli muhit chegarasiga tashqaridan tushgan rentgen nurlari chegaradan qaytib, muhitdan tashqarida qoladi. Shuning uchun rentgen nurlarining muhitdan qaytishi tashqi qaytish yoki to‘liq tashqi qaytish deb ataladi
Rentgen nurlarining sirpanib tushishdagi sinishini birinchi bo‘lib M. A. Kumaxov tavsiflagan; u rentgen ko‘zgusiniyaratgan. Hodisani nazariy jihatdan esa Artur Kompton 1923-yilda asoslab bergan.
Qattiq jismdagi elastik to‘lqinlarning qaytishi
Qattiq jismda bir vaqtning o‘zida bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqinlar mavjud bo‘lgani uchun, ikki muhit chegarasida qaytish har bir turdagi to‘lqin uchun Snellius qonuni bilan tavsiflanadi. Unga ko‘ra, bitta emas, uchta kritik burchak farqlanadi:
- Birinchi kritik burchak: bo‘ylama to‘lqin tushishining shunday eng kichik burchagiki, bunda singan bo‘ylama to‘lqin ikkinchi muhitga kira olmaydi (bosh to‘lqin paydo bo‘ladi).
- Ikkinchi kritik burchak: bo‘ylama to‘lqin tushishining shunday eng kichik burchagiki, bunda singan ko‘ndalang to‘lqin ikkinchi muhitga kira olmaydi (sirt bo‘ylab tarqaladigan Reley to‘lqini).
- Uchinchi kritik burchak: ko‘ndalang to‘lqin uchun shunday eng kichik tushish burchagiki, bunda qaytgan bo‘ylama to‘lqin hali mavjud bo‘lmaydi.
Boshqa to‘lqin hodisalari
Sinish va demak, to‘liq ichki qaytish hodisasini, masalan, yopishqoqligi yoki zichligi turlicha bo‘lgan zonalar chegarasidan o‘tayotgan suyuqlik yuzasidagi va ichidagi tovush to‘lqinlarida namoyish qilish mumkin.
Elektromagnit nurlanishning to‘liq ichki qaytishiga o‘xshash hodisalar sekin neytronlar dastalarida ham kuzatiladi.
Agar muhitlar chegarasiga vertikal qutblangan to‘lqin Bryuster burchagiostida tushsa, to‘liq sinish hodisasi kuzatiladi — qaytgan to‘lqin bo‘lmaydi.