| Stafilokokklar | ||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oltinrang stafilokokk | ||||||||||
| Ilmiy tasnifi | ||||||||||
|
Domen: Tip: Sinf: Turkum: Oila: Urug‘: Stafilokokklar |
||||||||||
| Xalqaro ilmiy nomi | ||||||||||
| Staphylococcus Rosenbach, 1884 | ||||||||||
| Turlari | ||||||||||
|
* S. arlettae,
|
||||||||||
| ||||||||||
Stafilokokklar (lot. Staphylococcus, qadimgi yunoncha σταφυλή «uzum shingili» va κόκκος «don, rezavor meva» so‘zlaridan) — bakteriyalar urug‘idir. U mansub bo‘lgan oila — Staphylococcaceae.
Tavsifi
Ushbu urug‘ vakillari — harakatsiz grammusbat kokklar bo‘lib, hujayralarining diametri 0,6 dan 1,2 mkm gacha. Bu urug‘ vakillari bir necha tekislikda bo‘linadi, natijada sof kulturadagi mikrob hujayralari «uzum shingili» shaklida joylashadi. Stafilokokklar — fakultativ anaeroblar, oksidlanish va fermentatsiyaga asoslangan metabolizmga ega xemoorganotroflardir. Ular katalaza-musbat va oksidaza-manfiy xususiyatga ega. Spora hosil qilmaydi, hujayralari odatda kapsulasiz bo‘ladi. Biroq ayrim turlari, masalan, Staphylococcus aureus subsp. aureus, o‘z atrofida kapsula hosil qilishi mumkin. Ayrim stafilokokklar o‘ziga xos pigmentlarni sintez qiladi.[manba 994 kundan beri ko‘rsatilmagan]
Qattiq oziqa muhitlarida koloniyalari yumaloq, qavariq va pigmentlangan (oq, sariq, oltinrang) bo‘ladi. Suyuq oziqa muhitlarida esa bir tekis loyqalanish kuzatiladi.[manba 994 kundan beri ko‘rsatilmagan]
Tuproq va havoda keng tarqalgan, odam hamda hayvonlar terisining odatiy mikroflorasi tarkibiga kiradi. Ushbu urug‘ga patogen hamda odam uchun shartli patogen bo‘lgan, burun-halqum, og‘iz-halqum va teri qoplamlarini kolonizatsiya qiluvchi turlar kiradi.
Patogen stafilokokklar hujayralarning hayot faoliyatini buzadigan endo- va ekzotoksinlar hamda fermentlar ishlab chiqaradi.
Stafilokokklarga xos bakteriofag mavjud bo‘lib, u stafilokokk bakteriyalarini tanlab lizisga uchratish xususiyatiga ega.[manba 994 kundan beri ko‘rsatilmagan]
Stafilokokklar kumush ionlariga (eritmada) juda sezgir.
Turlari
Ayrim turlari:
- Oltinrang stafilokokk (Staphylococcus aureus) — odam uchun eng patogen turlardan biridir. Oltinrang pigment hosil qilish xususiyatiga ko‘ra shunday nomlangan. Odamning deyarli barcha a’zo va to‘qimalarida yiringli yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqarishi mumkin. Oltinrang stafilokokkning o‘ziga xos biokimyoviy belgisi — koagulaza fermentini ishlab chiqarishidir. Shu sababli u «koagulaza-musbat stafilokokk» deb ataladi. Boshqa, patogenligi nisbatan past turlar esa «koagulaza-manfiy stafilokokklar» deb yuritiladi.
- Metitsillinga chidamli oltinrang stafilokokk — oltinrang stafilokokkning beta-laktamlar deb ataladigan katta antibiotiklar guruhiga (jumladan, penitsillinlar va sefalosporinlar) chidamli bo‘lgan har qanday shtammidir. Bunday shtammlar keltirib chiqaradigan kasalliklarni davolash ayniqsa qiyin.
- Epidermal stafilokokk (Staphylococcus epidermidis) — ko‘pincha odamning terisi va shilliq qavatlarida uchraydi; sepsis, endokardit, konyunktivit, yaralarning yiringli infeksiyalari hamda siydik chiqarish yo‘llarining yiringli infeksiyalarini keltirib chiqarishi mumkin.
- Saprofit stafilokokk (Staphylococcus saprophyticus) — o‘tkir sistit va uretritni keltirib chiqarishi mumkin.
- Gemolitik stafilokokk (Staphylococcus haemolyticus) — turli a’zolarda yiringli yallig‘lanish jarayonlarini, sepsis va teri zararlanishlarini, endokarditni, uretra zararlanishi hamda sistitni keltirib chiqarishi mumkin.
Havolalar
- stafilokokklar // Mikrobiologiya lug‘ati.
- Stafilokokklar. Staphylococcus aureus.