Quyosh yadrosi

Tuzilishi: Quyosh

Quyosh yadrosi o‘z ichiga Quyoshning markazidan 173 ming km masofagacha bo‘lgan hududni (Quyosh radiusining taxminan 20 % ini) oladi. Yadro — Quyoshning eng issiq qismi bo‘lib, uning harorati 15 million K (taqqoslash uchun: Quyosh yuzasining harorati 6 ming K). Yadroning zichligi 150 ming kg/m³ (bu Yerdagi suvning zichligidan 150 baravar yuqori).

Kosmik apparat SOHO tomonidan olingan ma’lumotlar tahlili Quyosh yadrosining o‘z o‘qi atrofida aylanish tezligi uning yuzasidagiga qaraganda ancha yuqori ekanini ko‘rsatdi.

Yadro energiyasi

Yadroda proton-proton termoyadro reaksiyasi sodir bo‘ladi. Bunda to‘rtta proton birikib, geliy-4 hosil bo‘ladi. Shu jarayonda har soniyada 4,26 million tonna modda (3,6⋅1038 ta proton) energiyaga aylanadi. Biroq bu miqdor Quyoshning 2⋅1027 tonnalik massasiga nisbatan nihoyatda kichik. Yadroning quvvati 380 yottavattga teng (3,8⋅1026 vatt), bu har soniyada 9,1⋅1010 megatonna trotil portlashiga teng.

Quyoshda energiya va issiqlik termoyadro reaksiyalari natijasida hosil bo‘ladigan yagona hudud — yadrodir. Yulduzning qolgan qismlari shu energiya hisobiga qiziydi. Yadroda hosil bo‘lgan barcha energiya ketma-ket qatlamlardan o‘tib, fotosferaga yetib boradi va undan Quyosh nuri hamda kinetik energiya shaklida tarqaladi.

Energiyaning o‘zgarishi

Yuqori energiyali fotonlar (gamma va rentgen-nurlari) Quyosh yuzasiga tomon harakatlanganda, energiyasining bir qismini yadroga nisbatan energiyasi pastroq bo‘lgan qatlamlarda (masalan, nurlanish orqali energiya uzatish zonasida) sochadi. «Fotonning o‘tish vaqti» haqidagi hisob-kitoblar 50 million yildan 40 000 yilgacha farq qiladi. Quyosh yadrosidan chiqqan har bir gamma-kvant bir necha million ko‘rinadigan fotonga aylanadi va ular Quyosh yuzasidan nurlanadi. Shu bilan birga, ushbu reaksiya davomida hosil bo‘ladigan neytrinolar Quyoshdan erkin chiqib ketadi va termoyadro reaksiyasi hozir ham davom etayotganidan dalolat beradi.

Adabiyotlar