Qaytar reaksiyalar nima

Qaytar reaksiyalar — kimyoviy reaksiyalar bo‘lib, ular bir vaqtning o‘zida ikki qarama-qarshi yo‘nalishda (to‘g‘ri va teskari) boradi. Masalan:

3H2 + N2 ⇌ 2NH3
N2O4 ⇌ 2NO2

Bosimning ta’siri

Bosim oshirilganda kimyoviy muvozanat gazlarning umumiy miqdori kamayadigan reaksiya tomonga siljiydi. Bosim pasaytirilganda esa buning aksi kuzatiladi.

Moddalar konsentratsiyasining ta’siri

Boshlang‘ich moddalar konsentratsiyasi oshirilganda muvozanat doimo o‘ngga, kamaytirilganda esa chapga siljiydi.

Reaksiya mahsulotlari konsentratsiyasi oshirilganda muvozanat doimo chapga, kamaytirilganda esa o‘ngga siljiydi.

Haroratning ta’siri

Harorat oshirilganda muvozanat endotermik reaksiya tomonga, harorat pasaytirilganda esa ekzotermik reaksiya tomonga siljiydi.

Interkalatsiya (интеркаляция) — molekula yoki guruhning boshqa molekulalar yoki guruhlar orasiga qaytar tarzda kiritilishi (joylashtirilishi).

Litiy-ionli akkumulyatorda interkalatsiya

Litiy-ionli akkumulyatorda zaryadni musbat zaryadlangan litiy ioni tashiydi. U boshqa materiallarning (masalan, grafit, metall oksidlari va tuzlarining) kristall panjarasiga kirib (interkalatsiyalanib), kimyoviy bog‘ hosil qiladi (masalan, grafitda LiC6, metall oksidlarida (LiMO2) va metall tuzlarida (LiMRON) birikmalari hosil bo‘ladi).

Alyuminiy-ionli akkumulyatorda interkalatsiya

Alyuminiy-ionli akkumulyator metall alyuminiydan yasalgan anod, ko‘piksimon grafit katod va yonmaydigan suyuq ionli elektrolitdan iborat. Batareya elektrokimyoviy cho‘ktirish tamoyili asosida ishlaydi: anoddagi alyuminiy eriydi, so‘ng suyuq elektrolit muhitida xloralyuminat anionlari grafitga interkalatsiyalanadi.

Qiziqarli ma’lumotlar

Fizik kimyo mutaxassislari orasida barcha kimyoviy reaksiyalarni qaytar deb hisoblash mumkin, degan qarash mavjud. Buning uchun muvozanatni kerakli tomonga siljitadigan sharoitlarni tanlash kifoya, ammo amalda bunday sharoitlarni topish ko‘pincha nihoyatda qiyin.

Adabiyotlar

1. Kimyo (10-sinf). Shimanovich, Vasilevskaya, Krasitskiy, Sechko, Xvalyuk