Reaksiya tezligi konstantasi (reaksiyaning solishtirma tezligi) — proporsionallik koeffitsiyenti bo‘lib, u reaksiya kinetik tenglamasida qo‘llanadi.
Masalan, reaksiyasi quyidagi kinetik tenglama bilan ifodalanadi:
- , bunda:
- — kimyoviy reaksiya tezligi, ya’ni ,
- — reaksiya tezligi konstantasi,
- … — konsentratsiyalari (reagentlar uchun) — ,
- … — reaksiya tartiblari (har bir tegishli reagent bo‘yicha; bu koeffitsiyentlar yig‘indisi — reaksiyaning umumiy tartibi). Ular tajriba yo‘li bilan aniqlanadi va har doim ham reaksiya tenglamasidagi stexiometrik koeffitsiyentlarga mos kelavermaydi.
Shundan reaksiya tezligi konstantasining fizik ma’nosi ayon bo‘ladi: u son jihatdan reaksiya tezligiga teng bo‘ladi, agar konsentratsiya reaksiyaga kirishuvchi har bir modda uchun 1 mol/l bo‘lsa yoki har bir reagent bo‘yicha reaksiya tartibi 0 ga teng bo‘lsa.
Reaksiya tezligi konstantasi haroratga (Arrenius tenglamasiga qarang), reaksiyaga kirishuvchi moddalarning tabiatiga va katalizatorga bog‘liq, ammo ularning konsentratsiyasiga bog‘liq emas.
Quyidagi ko‘rinishdagi reaksiya uchun mahsulotlarning hosil bo‘lish tezligi va reagentlarning sarflanish tezligi quyidagicha ifodalanadi:
- .
Shunday qilib, bir xil reaksiya tezligini bir necha xil usulda yozishning oldini olish uchun reaksiyaning borish darajasini ifodalovchi hamda stexiometrik koeffitsiyentlarga bog‘liq bo‘lmagan kimyoviy o‘zgaruvchidan foydalaniladi:
- ,
bunda — stexiometrik koeffitsiyent. U holda reaksiya tezligi:
- ,
bunda — tizim hajmi.
O‘lchamlilik
Reaksiya tezligi konstantasining o‘lchamligi reaksiya tartibiga bog‘liq. Agar reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasi mol/l (M) da ifodalansa:
- Birinchi tartibli reaksiya uchun k ning o‘lchamligi 1/с;
- Ikkinchi tartibli reaksiya uchun k ning o‘lchamligi л/(моль·с) yoki 1/(M·с);
- Uchinchi tartibli reaksiya uchun k ning o‘lchamligi л2/(моль2·с) yoki 1/(M2·с).