Marmaris nima

Shahar
Marmaris
turkcha Marmaris
36°51′23″ sh. k. 28°16′16″ sh. u.HGЯO
Mamlakat  Turkiya
Maqomi tuman markazi
Mintaqa Egey mintaqasi
Viloyat Mug‘la
Shahar hokimi Ajar Unlu
Tarixi va geografiyasi
Maydoni
  • 878,1 km²
Markazining dengiz sathidan balandligi 7 m
Iqlim turi O‘rta dengiz iqlimi
Vaqt mintaqasi UTC+2:00, yozda UTC+3:00
Aholisi
Aholisi 95 851 kishi (2020)
Raqamli identifikatorlar
Telefon kodi +90 252
Pochta indeksi 48700
Avtomobil raqam kodi 48
Boshqa ma’lumotlar
Marmarisning xaritadagi o‘rni
(Mug‘la viloyati)

marmaris.bel.tr  (turkcha)
Мармарис на карте
Мармарис
Marmaris
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar
Логотип Викигида Vikisayohatdagi yo‘lko‘rsatkich
Marmaris
Marmaris qal’asi — qal’a-muzey
Marmarisdagi ko‘cha

Marmaris (turkcha Marmaris) — port shahar va kurort, Turkiya hududida joylashgan. Shu nomdagi tumanning ma’muriy markazi. Turkiyaning janubi-g‘arbida, O‘rta dengiz sohilida, Mug‘la viloyatida, Egey mintaqasida joylashgan (O‘rta dengiz bilan Egey dengizi o‘rtasidagi chegara Marmaris va Dalaman o‘rtasidan o‘tadi). Eng yaqin Dalaman aeroporti Marmarisdan 95 km masofada joylashgan. 2014-yilgi sayyohlik mavsumida shaharga dunyoning turli mamlakatlaridan qariyb 2 mln sayyoh tashrif buyurgan.

Geografiyasi

Marmaris har tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan qo‘ltiq sohili bo‘ylab cho‘zilgan. Shahardan Gretsiyaning Rodos oroliga muntazam parom qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Shaharda Siteler, Armutalan va Merkez kabi bir necha tuman bor. Merkez shaharning qoq markazida joylashgan. Armutalan (turkcha armut — «nok») shahar chekkasida joylashgan. Ichmeler — Marmarisga qarashli kichik shaharcha bo‘lib, unga avtomobilda 15 daqiqada yetib borish mumkin.

Marmaris Turkiyaning janubi-g‘arbida, Egey va O‘rta dengizlar tutashadigan hududda joylashgan.

Diqqatga sazovor joylari

  • Marmaris qal’asi — shaharning eski qismida joylashgan qadimiy qal’a bo‘lib, hozirda muzey sifatida faoliyat yuritadi.
  • Barlar ko‘chasi (Bar street) — shaharning sharqiy qismida joylashgan, ko‘plab restoran va barlari bilan mashhur sayr hududi.
  • Aqua Dream akvaparki — Marmarisdagi eng yirik akvapark bo‘lib, shaharning sharqiy qismidagi kichik tepalikda joylashgan.
  • Marmaris milliy bog‘i

Tarixi

Shaharga aynan qachon asos solingani noma’lum. Miloddan avvalgi XI asrdayoq shahar Fiskos (qadimgi yunoncha Φύσκος) nomi bilan tanilgan va Kariya tarkibiga kirgan. Miloddan avvalgi X asrda qo‘shni Rodos ta’siri ostiga o‘tgan. Rodos Fiskos yaqinida Amos shahriga ham asos solgan. Miloddan avvalgi VI asrdan boshlab forslar hukmronligi ostida bo‘lgan. Miloddan avvalgi 334-yilda Makedoniyalik Aleksandr kelganidan so‘ng shahar Rodosga berilgan.

Miloddan avvalgi 164-yildan shahar rimliklar nazoratiga o‘tgan va miloddan avvalgi I asrda Rimga uzil-kesil qo‘shib olingan; 395-yildan boshlab Vizantiya imperiyasi tarkibida bo‘lgan. VII–VIII asrlarda shahar arablar tomonidan vayron qilingan. XIII asr oxirida shahar turklar boshqargan Menteshe bekligi tomonidan egallangan. 1391-yilda usmonli turklar tomonidan bosib olingan va 1424-yilda uzil-kesil Usmonli imperiyasi tarkibiga qo‘shilgan. 1522-yilda sulton Sulaymon Muhtasham farmoni bilan qal’a qurilgan va shahar Marmaris deb qayta nomlangan (qadimgi yunoncha Μαρμαρίς — yarqiragan, jilvalangan). 1957-yilda shahar zilzila natijasida vayron bo‘lgan, shundan so‘ng qayta qurilgan.

1912-yilda shahar va tumanda quyidagi aholi yashagan: musulmonlar — 12 128 kishi, yunonlar — 720 kishi.

Aynan 1980-yillarda shahar sayyohlik sohasi jadal rivojlanishi uchun kuchli turtki olgan.

Iqlimi

Marmaris iqlimi O‘rta dengizga xos. Yanvarda o‘rtacha harorat taxminan 7,5 °C bo‘ladi va yomg‘ir yog‘adi. Mutlaq eng past harorat atigi −4 °C ni tashkil etadi.

Yozda harorat +30 °C atrofida bo‘ladi. Qayd etilgan eng yuqori harorat +43,1 °C ni tashkil etgan.

Marmaris iqlimi
Ko‘rsatkich \ Davr Yan Fev Mar Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
O‘rtacha eng yuqori harorat t, °C 14 15 17 20 25 30 34 33 30 25 20 16
O‘rtacha eng past harorat t, °C 6 7 8 11 14 18 22 21 18 14 11 8
Yog‘in miqdori (me’yor), mm 249 183 126 65 46 20 7 8 13 67 137 283
Suv harorati, °C 16 16 17 18 20 22 24 25 24 22 20 18

Transport

Shahardan 95 kilometr masofada joylashgan aeroport — Dalaman.

Shahar bo‘ylab yo‘nalishli taksilar (dolmushlar) qatnaydi. Ular korpusidagi chiziq rangiga ko‘ra farqlanadi. Feruza rang chiziqli dolmush shahar bo‘ylab, to‘q sariq chiziqlisi Ichmeler tumanigacha, ko‘k chiziqlisi esa Armutalan tumanigacha qatnaydi.

Shaharning shimoli-sharqida avtovokzal (turkcha Otogar) joylashgan. U yerdan Datcha (turkcha Datça), Mug‘la (turkcha Muğla), Kushadasi (turkcha Kuşadası), Aydin (turkcha Aydın), Akyaka (turkcha Akyaka), Dalaman (turkcha Dalaman), Dalyan (turkcha Dalyan), Antaliya va boshqa shaharlarga borish mumkin.

Quyidagi shaharlar bilan suv yo‘li orqali qatnov mavjud: Datcha (turkcha Datça), Ichmeler (turkcha İçmeler), Turunch (turkcha Turunç) va Dalyan (turkcha Dalyan).

Havolalar