Oziq-ovqat qo‘shimchasi haqida

Oziq-ovqat qo‘shimchalari — oziq-ovqat mahsulotlariga texnologik maqsadlarda qo‘shiladigan moddalardir. Ular oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qadoqlash, tashish yoki saqlash jarayonida mahsulotga kerakli xususiyatlar, masalan, muayyan xushbo‘y hid (xushbo‘ylantiruvchilar), rang (bo‘yoqlar), saqlanish muddati (konservantlar), ta’m, konsistensiya va boshqa xususiyatlarni berish uchun qo‘llanadi. Ayrim odamlar qo‘shimchasiz mahsulotlarni iste’mol qilishga intiladi, biroq qat’iy ma’noda tuz va murch ham oziq-ovqat qo‘shimchalariga kiradi.

Qo‘llash standartlari

Barcha oziq-ovqat qo‘shimchalarini tartibga solish va iste’molchilarni xabardor qilish uchun har bir qo‘shimchaga Yevropada barcha oziq-ovqat qo‘shimchalari uchun ishlatiladigan «E raqami» deb ataluvchi noyob raqam beriladi. Hozirda ushbu raqamlash tizimi Kodeks Alimentarius komissiyasi tomonidan kengaytirilib, foydalanishga ruxsat berilgan-berilmaganidan qat’i nazar barcha qo‘shimchalarni xalqaro miqyosda aniqlash uchun qabul qilingan. Tasniflashda «E» harfi bilan boshlanadigan tartib raqamlaridan (Yevropa Ittifoqida) tashqari, to‘liq nomlardan ham foydalanish mumkin, masalan, «sirka kislotasi» yoki «E260 sirka kislotasi»; bunda E260 sirka kislotasining raqamidir. Kodida E harfi bo‘lmagan qo‘shimchalar ham bor: masalan, 154-raqamli Brown FK bo‘yog‘i faqat Buyuk Britaniyada ishlatiladi.

Oziq-ovqat qo‘shimchalari va aralashmalarga oid xalqaro standartlarni FAO/JSSTning oziq-ovqat qo‘shimchalari bo‘yicha qo‘shma ekspertlar qo‘mitasi (JECFA) va Kodeks Alimentarius (Codex Alimentarius) belgilaydi. Kodeks FAO/JSST xalqaro komissiyasi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, JSTga a’zo mamlakatlar uchun majburiydir.

AQSH Oziq-ovqat va dori vositalari nazorati boshqarmasi (FDA) AQSHda ishlatiladigan barcha oziq-ovqat qo‘shimchalarini «umumiy e’tirof etilgan xavfsiz moddalar» (GRAS) deb ro‘yxatga oladi. Ularning kimyoviy referatlar xizmati raqamlari hamda FDA qoidalari AQSH Federal qoidalari kodeksida qayd etilgan.

Oziq-ovqat qo‘shimchalarining tasnifi

Oziq-ovqat qo‘shimchalarini tasniflash uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida raqamlash tizimi ishlab chiqilgan (1953-yildan beri amal qiladi). Har bir qo‘shimcha «E» harfidan boshlanadigan noyob raqamga ega. Raqamlash tizimi takomillashtirilib, xalqaro tasnif sifatida Kodeks Alimentariustomonidan qabul qilingan. Kodning birinchi raqami qo‘shimchaning umumiy vazifasini bildiradi:

  • 1 bilan boshlanadigan kodlar — bo‘yoqlar;
  • 2 bilan boshlanadigan kodlar — konservantlar;
  • 3 bilan boshlanadigan kodlar:
    • 300—322 — antioksidantlar,
    • 333—399 — antioksidantlar va barqarorlashtiruvchilar;
  • 4 bilan boshlanadigan kodlar — emulsifikatorlar va barqarorlashtiruvchilar;
  • 5 bilan boshlanadigan kodlar — qotib qolish va bo‘laklanishga qarshi moddalar;
  • 6 bilan boshlanadigan kodlar — ta’m va hidni kuchaytiruvchilar;
  • 7 va 8 ishlatilmaydi (700-701 va 710-717 antibiotiklari bundan mustasno);
  • 9 bilan boshlanadigan kodlar — sirtni yaltiroqlovchi moddalar, yumshatuvchilar, pishiriq va boshqa mahsulotlar sifatini yaxshilovchi moddalarni bildiradi.

Ko‘p ishlatiladigan ayrim moddalarda kod bo‘lmaydi, masalan, vanilin va modifikatsiyalanmagan kraxmal.

Indekslar guruhiTexnologik vazifalariIndeksModdaning nomiInglizcha nomi
E100 — E199
Bo‘yoqlar
100—109sariqЕ102tartrazin
110—119to‘q sariq
120—129qizilЕ120

Е123

karmin

amarant

130—139ko‘k va binafsharangE132indigokarmin
140—149yashilE140xlorofill
150—159jigarrang va qoraE150shakar koleri
160—199boshqalar E165ko‘k gardeniya bo‘yog‘i
E171titan dioksidi
E172temir oksidi sariq
E173alyuminiy
E175oltin
E200 — E299
Konservantlar
200—209sorbatlarE200sorbin kislotasi
210—219benzoatlarE211natriy benzoat
220—229sulfitlarE220oltingugurt dioksidi
230—239fenollar va formiatlar (metanoatlar)E230difenil (bifenil)
240—259nitratlar E240formaldegid
260—269atsetatlar (etanoatlar)E260sirka kislotasi
270—279laktatlarE270sut kislotasi
280—289propionatlar (propanoatlar)E280propion kislotasi
290—299boshqalarE290karbonat angidrid
E300 — E399
Antioksidantlar
300—305askorbatlar (C vitamini)E300askorbin kislotasi
306—309tokoferol (E vitamini)
310—319gallatlar va eritorbatlar
320—329laktatlar
330—339sitratlarE330limon kislotasi
340—349fosfatlar
350—359malatlar va adipatlar (adipinatlar)
360—369suksinatlar va fumaratlar
370—399boshqalarE375nikotin kislotasi
E400 — E499
Barqarorlashtiruvchilar, quyuqlashtiruvchilar,
emulsifikatorlar
400—409alginatlarE406agar
410—419yelim moddalar (gummilar)E415ksantan yelimi
420—429boshqa tabiiy moddalarE422glitserin
430—439birikmalari polioksietilen
440—449tabiiy emulsifikatorlarshu jumladan pektin
450—459fosfatlar
460—469birikmalari sellulozaE462etilselluloza
470—489birikmalari yog‘ kislotalari
490—499boshqalar
E500 — E599
Rostlagichlar pH
va qotib qolishga qarshi moddalar
500—507anorganik kislotalar va asoslarE500Natriy gidrokarbonat
508—519xloridlar va sulfatlarE517ammoniy sulfat
520—529sulfatlar va gidroksidlarE526kalsiy gidroksidKalsiy gidroksid
530—549birikmalari ishqoriy metallarE530magniy oksidi
550—559silikatlarE553btalk
570—579stearatlar va glyukonatlar
580—599boshqalar
E600 — E699
Ta’m kuchaytirgichlar va hid kuchaytirgichlar,
xushbo‘ylantiruvchilar
620—629glutamatlarE621natriy glutamat
630—639inozinatlar
640—649boshqalarE640glitsin va uning natriyli tuzi
E700 — E799
Antibiotiklar
700-701, 710-717
E800 — E899
zaxira
E900 — E999
Boshqalar
900—909mumlar
910—919sirti yaltiroqlovchi moddalar
920—930un mahsulotlari sifatini yaxshilovchi moddalar
E920L-sistein
E921
E922kaliy peroksodisulfat
E923ammoniy peroksodisulfat
E924kaliy bromat
E925
E926
E927
E928
E929atseton peroksidi
E930kalsiy peroksidi
938—949qadoqlash gazlari
E938argon
E939geliy
E940dixlordiftormetan
E941azot
E942azot(I) oksidi
E943butan, izobutan
E944propan
E945
E946
E947
E948kislorod
E949vodorod
950—969shirinlashtiruvchi moddalar
990—999ko‘pik hosil qiluvchi moddalar
E1000 — E1999
Oziq-ovqat qo‘shimchalari. Qo‘shimcha moddalar. Shu jumladan, ko‘piklanishga qarshi moddalar (antiflaminglar).
emulsifikatorE1000xol kislotasiXol kislotasi
emulsifikatorE1001xolin, tuzlari va efirlariXolin tuzlari va efirlari
un va non sifatini yaxshilovchi moddaE1100amilazalarAmilaza|
un va non sifatini yaxshilovchi, barqarorlashtiruvchi, go‘sht va baliqning yetilishini tezlashtiruvchi, ta’m va hidni kuchaytiruvchi moddaE1101proteazalar:

(i) proteaza
(ii) papain
(iii) bromelain
(iv) fitsin

Proteazalar:

(i) Proteaza
(ii) Papain
(iii) Bromelain
(iv) Fitsin

antioksidantE1102glyukoza oksidazaGlyukoza oksidaza
barqarorlashtiruvchi moddaE1103invertazalarInvertazalar
ta’m va hidni kuchaytiruvchi moddaE1104lipazalarLipazalar
konservantE1105lizotsimLizotsim
to‘ldiruvchi, barqarorlashtiruvchi, quyuqlashtiruvchi, namlikni saqlovchi va tekstura hosil qiluvchi moddaE1200polidekstrozalar A va NPolidekstrozalar A va N
quyuqlashtiruvchi, barqarorlashtiruvchi, tiniqlashtiruvchi va disperslovchi moddaE1201polivinilpirrolidonPolivinilpirrolidon
quyuqlashtiruvchi, barqarorlashtiruvchi, tiniqlashtiruvchi va disperslovchi moddaE1202polivinilpolipirrolidonPolivinilpolipirrolidon
namlikni saqlovchi va sirtni yaltiroqlovchi moddaE1203polivinil spirtiPolivinil spirti
sirtni yaltiroqlovchi va quyuqlashtiruvchi moddaE1204pullulanPullulan
barqarorlashtiruvchi, quyuqlashtiruvchi va bog‘lovchi moddaE1400dekstrinlar, kraxmal, issiqlik bilan ishlov berilgan oq va sariqDekstrinlar, qizdirib ishlov berilgan oq va sariq kraxmal
barqarorlashtiruvchi, quyuqlashtiruvchi va bog‘lovchi moddaE1401kraxmal, kislota bilan ishlov berilganKislota bilan ishlov berilgan kraxmal
barqarorlashtiruvchi, quyuqlashtiruvchi va bog‘lovchi moddaE1402kraxmal, ishqor bilan ishlov berilganIshqor bilan modifikatsiyalangan kraxmal
barqarorlashtiruvchi, quyuqlashtiruvchi va bog‘lovchi moddaE1403oqartirilgan kraxmalOqartirilgan kraxmal
emulsifikator, quyuqlashtiruvchi va bog‘lovchi moddaE1404oksidlangan kraxmalOksidlangan kraxmal
barqarorlashtiruvchi, quyuqlashtiruvchi va bog‘lovchi moddaE1405kraxmal, ferment preparatlari bilan ishlov berilganFermentlar bilan ishlov berilgan kraxmal
barqarorlashtiruvchi, quyuqlashtiruvchi va bog‘lovchi moddaE1410monokraxmalfosfatMonokraxmalfosfat
barqarorlashtiruvchi va quyuqlashtiruvchi moddaE1411[dikraxmalglitserin] «o‘zaro bog‘langan»Dikraxmalglitserin
barqarorlashtiruvchi, quyuqlashtiruvchi va bog‘lovchi moddaE1412dikraxmalfosfat trinatriy metafosfat bilan eterifikatsiyalangan; fosfor oksixloridi bilan eterifikatsiyalanganDikraxmalfosfat natriy trimetafosfat bilan eterifikatsiyalangan; fosfor oksixloridi bilan eterifikatsiyalangan
barqarorlashtiruvchi, quyuqlashtiruvchi va bog‘lovchi moddaE1413fosfatlangan dikraxmalfosfat «o‘zaro bog‘langan»Fosfatlangan dikraxmalfosfat
emulsifikator va quyuqlashtiruvchi moddaE1414atsetillangan dikraxmalfosfat «o‘zaro bog‘langan»Atsetillangan dikraxmalfosfat
barqarorlashtiruvchi va quyuqlashtiruvchi moddaE1420kraxmal atsetati, sirka angidridi bilan eterifikatsiyalanganSirka angidridi bilan eterifikatsiyalangan kraxmal atsetati
barqarorlashtiruvchi va quyuqlashtiruvchi moddaE1421kraxmal atsetati, vinilatsetat bilan eterifikatsiyalanganVinilatsetat bilan eterifikatsiyalangan kraxmal atsetati
barqarorlashtiruvchi, quyuqlashtiruvchi va bog‘lovchi moddaE1422dikraxmaladipat atsetillanganAtsetillangan dikraxmaladipat
barqarorlashtiruvchi, quyuqlashtiruvchi va bog‘lovchi moddaE1423dikraxmalglitserin atsetillanganAtsetillangan dikraxmalglitserin
barqarorlashtiruvchi va quyuqlashtiruvchi moddaE1430dikraxmalglitserinDikraxmalglitserin
emulsifikator, quyuqlashtiruvchi va bog‘lovchi moddaE1440kraxmal gidroksipropillanganGidroksipropil kraxmal
emulsifikator, quyuqlashtiruvchi va bog‘lovchi moddaE1441Gidroksipropil kraxmal glitseriniGidroksipropil dikraxmalglitserin
barqarorlashtiruvchi va quyuqlashtiruvchi moddaE1442dikraxmalfosfat gidroksipropillangan, «o‘zaro bog‘langan»Gidroksipropil dikraxmalfosfat
barqarorlashtiruvchi va quyuqlashtiruvchi moddaE1443dikraxmalglitserin gidroksipropillanganGidroksipropil dikraxmalglitserin
barqarorlashtiruvchi, quyuqlashtiruvchi, bog‘lovchi modda va emulsifikatorE1450kraxmalning oktenilyantar kislotasining natriyli tuzi bilan hosil qilgan efiriNatriy oktenilsuksinat kraxmal efiri
emulsifikator va quyuqlashtiruvchi moddaE1451atsetillangan oksidlangan kraxmalAtsetillangan oksidlangan kraxmal
barqarorlashtiruvchi va sirtni yaltiroqlovchi moddaE1452kraxmalning oktenilyantar kislotasining alyuminiyli tuzi bilan hosil qilgan efiri
E1501benzillangan uglevodorodlarBenzillangan uglevodorodlar
E15021,3-butandiolButan-1, 3-diol
ajratuvchi moddaE1503kanakunjut moyiKanakunjut moyi
E1504etilatsetatEtilatsetat
ko‘pik hosil qiluvchi moddaE1505trietilsitratTrietilsitrat
E1510etanolEtanol
E1516glitserin monoatsetatiGlitserin monoatsetati
namlikni saqlovchi va to‘ldiruvchi moddaE1517glitserin diatsetati (diatsetin)Glitserin diatsetati yoki Diatsetin
namlikni saqlovchi moddaE1518triatsetinGlitserin triatsetati yoki Triatsetin
to‘ldiruvchi moddaE1519benzil spirtiBenzil spirti
namlikni saqlovchi, yumshatuvchi va disperslovchi moddaE1520propilenglikolPropilenglikol
ko‘pik so‘ndiruvchi moddaE1521polietilenglikolPolietilenglikol
E1525gidroksietilsellulozaGidroksietilselluloza
 Belgilanishlar
 Exxx Modda quyidagi ro‘yxatga kiritilmagan: Rossiya Federatsiyasida oziq-ovqat sanoatida qo‘llashga ruxsat berilgan oziq-ovqat qo‘shimchalari (1-ilova: SanPiN 2.3.2.1293-03)
 Exxx Modda ilgari quyidagi ro‘yxatga kiritilgan: Rossiya Federatsiyasi oziq-ovqat sanoatida foydalanishga ruxsat berilgan oziq-ovqat qo‘shimchalari; amalda bo‘lgan davri — 2003 -yildan 1- avgust 2008 -yilgacha (SanPiN 2.3.2.2364-08)
 Exxx Modda quyidagi ro‘yxatga kiritilgan: Rossiya Federatsiyasida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda yordamchi vosita sifatida foydalanishga ruxsat berilgan oziq-ovqat qo‘shimchalari (2.25.2-band, SanPiN 2.3.2.1293-03)
 Exxx Moddadan boshqa mamlakatlarda oziq-ovqat sanoatida foydalanish taqiqlangan bo‘lsa-da, u Rossiya Federatsiyasida ruxsat etilgan qo‘shimchalar ro‘yxatiga kiradi

Rossiyada oziq-ovqat qo‘shimchalari

Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasi Oziqlanish instituti oziq-ovqat toksikologiyasi laboratoriyasi inson uchun zararli oziq-ovqat qo‘shimchalarini taqiqlash jarayonida ishtirok etmaydi, balki mavjud maxsus xalqaro mexanizm va JECFA — FAO/JSSTning oziq-ovqat qo‘shimchalari bo‘yicha qo‘shma ekspertlar qo‘mitasi faoliyati.

Rossiya hududida oziq-ovqat qo‘shimchalaridan foydalanishni davlatning Rospotrebnadzor milliy organlari hamda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi normativ hujjatlari va sanitariya qoidalari tartibga soladi (SSSRda bunday dastlabki qoidalar 1978-yilda kuchga kirgan).

Asosiy hujjatlar quyidagilardan iborat:

  • Federal qonun «Aholining sanitariya-epidemiologik farovonligi to‘g‘risida», 30.03.1999-yildagi 52-FZ-son
  • Federal qonun «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida», 02.01.2000-yildagi 29-FZ-son
  • Federal qonun «Rossiya Federatsiyasining fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari», 22.07.1993-yil
  • SanPiN 2.3.2.1293-03 «Oziq-ovqat qo‘shimchalarini qo‘llashga qo‘yiladigan gigiyenik talablar» — 12-iyun 2003-yildan
Taqiqlangan qo‘shimchalar
Ruxsat berilmagan qo‘shimchalar

Ruxsat berilmagan qo‘shimchalarga hali sinovdan o‘tmagan yoki sinovdan o‘tayotgan, lekin ular yuzasidan yakuniy qaror chiqarilmagan qo‘shimchalar kiradi.

Oziq-ovqat qo‘shimchalarining xavfsizligi

Oziq-ovqat qo‘shimchalarini tasdiqlash

XIX asrdan boshlab qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli ortishi bilan oziq-ovqat qo‘shimchalari ham kengroq qo‘llanila boshladi. Ko‘plab mamlakatlar ulardan foydalanishni tartibga soladi. Masalan, bor kislotasi 1870-yillardan 1920-yillargacha oziq-ovqat konservanti sifatida keng ishlatilgan, biroq Birinchi jahon urushi ortidan uning zaharli ekaninihayvonlar va odamlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatgani uchun taqiqlangan. Ikkinchi jahon urushi paytida arzon va qulay konservantlarga keskin ehtiyoj tug‘ilgani sababli bor kislotasi yana ishlatila boshlandi, ammo 1950-yillarda butunlay taqiqlandi. Bunday holatlar oziq-ovqat qo‘shimchalariga ishonchsizlikni kuchaytirdi, xemofobiya (kimyoviy moddalardan qo‘rqish) rivojlanishiga va ehtiyotkorlik tamoyili[inglizcha] oziq-ovqatning ko‘plab tarkibiy qismlariga nisbatan qo‘llanilishiga olib keldi. Bu tamoyilga ko‘ra, salomatlik uchun hatto nazariy jihatdan salbiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan har qanday modda qonun bilan oziq-ovqat va ichimlik suvida taqiqlanadi. Natijada 1960-yillardan boshlab oziq-ovqat qo‘shimchalari xavfsizligi ko‘plab toksikologik tadqiqotlar asosida baholanadigan bo‘ldi va tarkibiy qism muayyan iste’mol miqdorida xavfsiz ekani aniqlangandagina turli mamlakatlarda undan foydalanishga ruxsat beriladi. AQSHda bu 1938-yildagi «Oziq-ovqat, dori vositalari va kosmetika mahsulotlari to‘g‘risidagi federal qonun»ga tuzatishlar kiritilishiga olib keldi. Unga ko‘ra, hech qanday kanserogen moddalar oziq-ovqat qo‘shimchasi sifatida ishlatilishi mumkin emas. Biroq siklamatlar kanserogen bo‘lishi gumon qilingani uchun 1969-yilda AQSH va Buyuk Britaniyada taqiqlanganidan so‘ng, saxarin, o‘sha paytda qonuniy bo‘lgan yagona sun’iy shirinlashtiruvchi modda, kalamushlarda siydik pufagi saratoni keltirib chiqarishi aniqlandi. AQSHda katta jamoatchilik noroziligi yuzaga keldi; bu jarayon qisman shirinlashtirilgan alkogolsiz ichimliklarqadoqlariga qo‘shilgan pochta haqi to‘langan otkritkalar orqali Kongressgacha yetib bordi. Natijada federal qonun talablariga zid bo‘lsa ham saxarindan foydalanish davom ettirildi. Biroq 2000-yilda saxarin kalamushlarda faqat siydigining o‘ziga xos kimyoviy tarkibi tufayli kanserogen ekani, inson salomatligi uchun esa me’yorida iste’mol qilinganda xavfsizligi aniqlandi.

Har bir qo‘shimcha bo‘yicha mavjud barcha toksikologik ma’lumotlar, jumladan insonlardagi kuzatuvlar va hayvonlarda o‘tkazilishi majburiy sinovlar ilmiy ko‘rib chiqiladi. Turli mamlakatlarning nazorat organlari talab etadigan toksikologik sinovlarga qo‘shimcha organizmga qanday ta’sir qilishini va uning o‘zi yoki hosilalari qanday zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aniqlash uchun butun umr davom etadigan hamda bir necha avlod qamrab olinadigan tadqiqotlar ham kiradi. Toksikologik tadqiqotlarda kuzatiladigan nojo‘ya ta’sirlarni yuzaga keltirmaydigan daraja (NOAEL) — oziq-ovqat va ichimlik suvi orqali iste’mol qilinganda tadqiqotlarda nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagan eng yuqori miqdor aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich kuniga tana vaznining har bir kilogrammiga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha milligrammlari (mg/kg tana vazni/kun) bilan ifodalanadi. Shundan so‘ng xavfsizlik zaxirasini ta’minlash uchun NOAEL qiymati odatda 100 ga teng xavfsizlik koeffitsiyentiga bo‘linadi. Shu tarzda ruxsat etilgan sutkalik iste’mol miqdori (ADI) aniqlanadi. Agar qo‘shimchaning kunlik iste’moli ADI qiymatidan past bo‘lsa, tarkibiy qism qisqa va uzoq muddatda salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi deb hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, ADI qiymatidan oshish ham qo‘shimcha albatta zarar yetkazishini anglatmaydi, chunki hisoblashda katta xavfsizlik zaxirasi mavjud. Ayrim oziq-ovqat qo‘shimchalari uchun ADI tana vaznining har kilogrammiga bir necha milligrammni tashkil etadi. Masalan, natriy nitriti uchun ADI 0-0,2 mg/kg, aspartam uchun 0-40 mg/kg, natriy glutamat uchun esa 0-120 mg/kg tana vazni.

Yevropa Ittifoqida yangi oziq-ovqat qo‘shimchasiga ruxsat olish 10 yil yoki undan ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin. Bu davr besh yillik xavfsizlik sinovlari, keyin ikki yillik Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi agentligi (EFSA) baholashi hamda qo‘shimchani Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlarida ishlatishga umumiy ruxsat berilishidan oldingi yana uch yilni o‘z ichiga oladi. Xavfsizlik va me’yoriy talablarga muvofiqlikni ta’minlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida sinovdan o‘tkazish va tahlil qilish bilan birga, turli mamlakatlarning federal organlari tanlanma tekshiruvlar o‘tkazib, oziq-ovqat qo‘shimchalaridan noqonuniy foydalanish yoki ulardan xavfli tarzda noto‘g‘ri foydalanishdan aholini himoya qiladi. Rossiyada bu ish bilan Rospotrebnadzor.

Vaqt o‘tishi bilan tahlil usullari rivojlanishi va yangi toksikologik ma’lumotlar paydo bo‘lishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlaridagi qo‘shimchalar hamda qo‘shimchalarning o‘zidagi aralashmalar miqdoriga doir davlat me’yorlari qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Masalan, nizinning Е234 sifatida 2017-yilda qayta baholanishini keltirish mumkin. 2006-yilda nizin uchun ADI 0,13 mg/kg deb belgilangan, 2017-yilda esa 1 mg/kg tana vazniga oshirilgan; 2022-yilda esamargimush, qo‘rg‘oshin, simob va kadmiykabi aralashmalarning Е422 (glitserin) qo‘shimchasidagi ruxsat etilgan miqdori kamaytirilgan. Oldin zararsiz deb hisoblangan ayrim qo‘shimchalar (masalan, shokolad batonchiklaridagi formaldegid E240 yoki gazlangan suvdagi E121 ) keyinchalik xavfli deb topilib, taqiqlangan. Ayrim qo‘shimchalar, masalan, amarant bo‘yog‘i Е123 aslida zarar yetkazgani uchun emas, balki jamoatchilik noroziligi yoki avvalgi tadqiqotlarda xavf mavjudligini go‘yoki ko‘rsatgan dalillar sabab taqiqlangan. Ayrim ishlab chiqaruvchilar marketing maqsadlarida tarkibiy qismlarning E harfli kodini ko‘rsatmaydi, balki ularni nomi bilan, masalan, «natriy glutamat» deb yozadi. Ayrim ishlab chiqaruvchilar esa ham kimyoviy nomini, ham E kodini to‘liq ko‘rsatadi.

Oziq-ovqat qo‘shimchalari xavfsizligi haqidagi bahslar

Oziq-ovqat qo‘shimchalarining xavfi va foydasi haqida turlicha qarashlar mavjud. XXI asrda allergiya, astma va boshqa salomatlik muammolari ko‘paygani uchun ko‘pincha oziq-ovqat qo‘shimchalaridan shubhalanishadi. Ommaviy axborot vositalarida vaqti-vaqti bilan, masalan, «E*** qo‘shimchasi saraton o‘smalarini keltirib chiqaradi», allergiya, oshqozon buzilishi yoki boshqa noxush oqibatlarga sabab bo‘ladi, degan xabarlar tarqaladi. Biroq har qanday kimyoviy moddaning inson organizmiga ta’siri ham organizmning individual xususiyatlariga, ham moddaning miqdoriga bog‘liq ekanini tushunish kerak. Tabiiy qo‘shimchalar ham zararli bo‘lishi yoki ayrim odamlarda allergik reaksiyalarni yuzaga keltirishi mumkin. Masalan, safrol uzoq vaqt davomida ildizli pivo (root beer) ni xushbo‘ylantirish uchun ishlatilgan. Keyinchalik uning kanserogen ekani isbotlangan. AQSH federal qonuniga ko‘ra, bu modda tabiiy ravishda sassafras va shirin rayhon.

tarkibida bo‘lsa ham, oziq-ovqatga qo‘shilishi mumkin emas. Aniqlanishicha, go‘shtga Е249 va Е250 (nitritlar) qo‘shilishi natijasida nitrozaminlarkabi ma’lum kanserogenlar hosil bo‘ladi. Nitritlar zaharli moddalar va, ehtimol, kanserogenlar bo‘lishiga qaramay, sutemizuvchilarda ham (kalamushlarning 50 % i 180 mg/kg natriy nitriti dozasida nobud bo‘ladi), ular go‘sht mahsulotlarida ancha zaharliroq Clostridium botulinumbakteriyalarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bu bakteriyalar botulotoksinishlab chiqaradi. Go‘shtga nitritlar bilan birga antioksidantlar, masalan, askorbin kislotasi Е300, eritorbin kislotasi Е313, natriy eritorbat Е316 yoki E vitamini qo‘shilsa, ularning oksidlanish-qaytarilish xususiyatlari tufayli nitrozaminlar hosil bo‘lishi kamayadi. Yuqori navli dudlangan kolbasalarda nitrit miqdori me’yori qaynatilgan kolbasalarga qaraganda yuqoriroq belgilangan, chunki ular kamroq iste’mol qilinadi deb hisoblanadi.

Vaqti-vaqti bilan qo‘shimchalar va giperfaolliko‘rtasidagi bog‘liqlik haqida xavotirlar bildiriladi. 2007-yilda Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqot oziq-ovqat bo‘yoqlariaralashmalari, natriy benzoat Е211 va bolalarda giperfaollikning ortishi o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqlagan. Ikki xil bo‘yoq aralashmasi qo‘llangan: A aralashmasi (tarkibida Е102, Е110, Е122 va Е124) hamda B aralashmasi (tarkibida Е104, E110, E122, Е129). 2009-yilda jamoatchilik noroziligidan keyin «ixtiyoriy taqiq» joriy etildi. Ya’ni Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqida mahsulotlarga bu bo‘yoqlarni qo‘shish mumkin, ammo yorliqda oziq-ovqatda ishlatilgan bo‘yoqlar «bolalarning faolligi va diqqatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin» degan ogohlantirish bo‘lishi kerak. Ogohlantirishga qaramay, Britaniya tadqiqoti natijalarini takroriy tadqiqotlarda tasdiqlab bo‘lmadi. FDA, EFSA va Kanada Sog‘liqni saqlash vazirligi oziq-ovqat bo‘yoqlari hamda natriy benzoat birgalikda ham, alohida ham bolalarda diqqat yetishmovchiligi va giperfaollik buzilishiga (DEGB) xos xatti-harakatlarni keltirib chiqarmaydi, degan xulosaga keldi.

Shuningdek, Viljyuyf ro‘yxatiham keng tanilgan; unda ayrim oziq-ovqat qo‘shimchalarining zarari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan.

Adabiyotlar

  • Oziq-ovqat qo‘shimchalari // Katta Rossiya ensiklopediyasi. 26-jild. — Moskva, 2014. — bet. 309.
  • Sarafanova L. A. Oziq-ovqat qo‘shimchalari: ensiklopediya / L. A. Sarafanova, 2-nashr. — Sankt-Peterburg: Giord nashriyoti, 2004. — 808 bet.
  • Ayrim oziq-ovqat qo‘shimchalari va ifloslantiruvchi aralashmalarni baholash. FAO/JSST oziq-ovqat qo‘shimchalari bo‘yicha qo‘shma ekspertlarining 41-ma’ruzasi, Jeneva. — Moskva: «Meditsina», 1994. — 72 bet.
  • Ayrim oziq-ovqat qo‘shimchalari va ifloslantiruvchi aralashmalarni baholash. FAO/JSST oziq-ovqat qo‘shimchalari bo‘yicha qo‘shma ekspertlarining 37-ma’ruzasi, Jeneva. — Moskva: «Meditsina», 1974. — 48 bet.
  • Petruxina A. Nimalardan tashkil topganmiz? Yegan narsalarimizdan… «Nauka i jizn», № 1 (2009), 26-29-betlar.
  • Oziq-ovqat mahsulotlaridagi qo‘shimchalar va ifloslantiruvchi aralashmalar xavfsizligini baholash tamoyillari. — Moskva: «Meditsina», 1991. — 158 bet.
  • Rosival L. va boshqalar. Oziq-ovqat mahsulotlaridagi begona moddalar va oziq-ovqat qo‘shimchalari. — Moskva: «Yengil va oziq-ovqat sanoati», 1982. — 264 bet.
  • Oziq-ovqat qo‘shimchalari kimyosi: Butunittifoq konferensiyasi ma’ruzalari tezislari. Chernovsi. — Kiyev: «Oziq-ovqat qo‘shimchalari» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, 1989. — 256 bet.
  • Shteynberg A. I. va boshqalar. Oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shimchalar (Gigiyenik talablar va me’yorlash). — Moskva: «Meditsina», 1969. — 95 bet.
  • The Oxford Companion to Food (Oksford oziq-ovqat ensiklopediyasi) / Alan Devidson, Tom Jeyn. — Oksford universiteti nashriyoti, 2014. — ISBN 978-0-19-104072-6.

Havolalar