Orbital rezonans nima

Orbital rezonans osmon mexanikasida — shunday hodisaki, bunda orbital davrlar ikki (yoki undan ortiq) osmon jismi uchun kichik natural sonlar nisbatida bo‘ladi. Natijada bu jismlar orbitalari bo‘ylab faqat muayyan nuqtalarda davriy ravishda bir-biriga yaqinlashadi. Buning oqibatida ular orasidagi gravitatsion o‘zaro ta’sir kuchining muntazam o‘zgarishi orbitalarning barqarorlashishiga yordam berishi mumkin.

Ba’zi hollarda rezonans hodisalari ayrim orbitalarni beqarorlashtiradi. Masalan, Kirkvud bo‘shliqlari asteroidlar belbog‘ida Yupiter bilan rezonans tufayli yuzaga keladi; Kassini bo‘linishi Saturn halqalarida Saturnning Mimas yo‘ldoshi bilan bog‘liq rezonans orqali izohlanadi.

Misollar

Yupiterning Galiley yo‘ldoshlari aylanishining animatsiyasi
Io–Yevropa–Ganimed rezonansining tasviri. Markazdan tashqariga qarab: Io (sariq), Yevropa (kulrang) va Ganimed (to‘q rang)

Spin-orbital rezonans

Shunga o‘xshash hodisa — spin-orbital rezonans bo‘lib, bunda osmon jismining orbital davri bilan uning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri o‘zaro sinxronlashadi:

  • Merkuriy Quyosh atrofida 3:2 spin-orbital rezonansda harakatlanadi, ya’ni Merkuriydagi ikki yil davomida sayyora o‘z o‘qi atrofida uch marta aylanadi.
  • Oy Yer atrofida aylanganda unga doimo bir tomoni bilan qaragan bo‘ladi — bu 1:1 spin-orbital rezonansdir.
  • Barcha Galiley yo‘ldoshlari ham Yupiterga doimo bir tomoni bilan qaragan bo‘ladi.

1:1 spin-orbital rezonansning xususiy holati qalqish ta’sirida sinxronlashuv deb ataladi, chunki u ko‘pincha osmon jismi qobig‘ida qalqish energiyasining dissipatsiyasi (sochilishi) natijasida yuzaga keladi.

Adabiyotlar

Havolalar