| Missisipi | |
|---|---|
| ingl. Mississippi River | |
| Missisipi daryosi Sent-Luisda | |
| Umumiy tavsif | |
| Uzunligi | 3770 km |
| Havzasining maydoni | 2 981 000 km² |
| Suv sarfi | 12 743 m3/s |
| Daryo tizimi | |
| Manbai | Nikolet-Krik |
| • Balandligi | 530 m |
| • Koordinatalari | 47°14′23″ shim. keng. 95°12′27″ g‘arb. uzun.HGЯO |
| Quyilish joyi | Meksika qo‘ltig‘i |
| • Balandligi | 0 m |
| • Koordinatalari | 29°09′13″ shim. keng. 89°15′03″ g‘arb. uzun.HGЯO |
| Joylashuvi | |
| Suv tizimi | Meksika qo‘ltig‘i |
|
|
|
| Mamlakat | |
| Shtatlar | Minnesota, Viskonsin, Ayova, Illinoys, Missuri, Kentukki, Tennessi, Arkanzas, Missisipi, Luiziana |
|
|
|
Missisipi (ingl. Mississippi, Xalqaro fonetik alifboda: [ˌmɪsəˈsɪpi]; ojibve tilida misi-ziibi yoki gichi-ziibi — «katta daryo») — AQSHdajoylashgan daryo bo‘lib, dunyodagi eng yirik daryolardan biridir. Missisipi eng yirik daryo tizimining asosiy daryosi bo‘lib, u Shimoliy Amerikadajoylashgan. U faqat Amerika Qo‘shma Shtatlari hududidan oqib o‘tadi, ammo uning havzasi AQSHdan tashqarida ham mavjud, jumladan Kanadada.
Missisipining manbai sifatida Nikolet-Krikirmog‘i yoki u quyiladigan Aytaskako‘li qabul qilinadi. Manba Minnesota shtatida, dengiz sathidan taxminan 530 m balandlikda joylashgan. Daryo asosan janubga oqib, 3770 kilometr masofani bosib o‘tadi va keng deltasi orqali Meksika qo‘ltig‘igaquyiladi. Daryo 10 ta shtat hududidan oqib o‘tadi, havzasi esa 31 ta shtatni qamrab olib, quyidagi ikki tog‘ tizimi oralig‘idagi yerlarga yoyilgan: Qoyali tog‘lardan tortib Appalachi tog‘ tizimigacha. Missisipi dunyodagi eng uzun daryolar ro‘yxatidao‘n uchinchi, Missisipi–Missuri daryo tizimi esa uchinchi o‘rinda, suvining ko‘pligi bo‘yicha esa daryolarning suv sarfi ro‘yxatidato‘qqizinchi o‘rinda turadi. Missisipi quyidagi shtatlardan oqib o‘tadi yoki ular o‘rtasidagi chegaraning bir qismini tashkil etadi: Minnesota, Viskonsin, Ayova, Illinoys, Missuri, Kentukki, Tennessi, Arkanzas, Missisipi va Luiziana.
Mahalliy amerikaliklar qadim zamonlardan beri Missisipi va uning irmoqlari bo‘yida yashagan. Ularning aksariyati ovchilik va termachilik bilan shug‘ullangan, biroq ayrimlari, jumladan qo‘rg‘on va tepaliklar bunyod etuvchilar, rivojlangan dehqonchilik jamoalarini tashkil etgan. 1500-yillarda yevropaliklarning kelishi tub aholining an’anaviy turmush tarzini butunlay o‘zgartirdi. Dastlab daryo tabiiy to‘siq vazifasini o‘tab, Yangi Ispaniya va Yangi Fransiya, shuningdek, dastlabki Amerika Qo‘shma Shtatlari chegaralarini belgilagan. Keyinchalik u muhim transport va aloqa yo‘liga aylandi. XIX asrda, «Oshkora taqdir» g‘oyasieng avjiga chiqqan davrda Missisipi va uning g‘arbiy irmoqlari, ayniqsa Missuri, AQSHning g‘arbga kengayishida muhim yo‘llardan biri bo‘lib xizmat qildi.
Qalin loyqa yotqiziqlari bilan qoplangan daryo vodiysi AQSHning eng unumdor hududlaridan biridir. Bu holat Missisipidagi afsonaviy paroxodlar davrining rivojlanishiga zamin yaratdi. Fuqarolar urushi davrida Missisipining Ittifoq qo‘shinlari tomonidan egallanishi daryoning savdo va transport yo‘li sifatidagi ahamiyati tufayli urushning burilish nuqtasiga aylandi. Shaharlar barqaror rivojlanib, daryoda kichik kemalarni siqib chiqargan yirik kemalar va barjalar ko‘payishi bilan XX asr boshidan dambalar, to‘g‘onlar, shlyuzlar hamda boshqa gidrotexnik inshootlarni qurish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlandi.
Missisipi havzasining hozirgi rivojlanishi qator ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Eng yirik muammolardan biri qishloq xo‘jaligi oqovalari bilan daryo suvining ifloslanishidir. Natijada Meksika qo‘ltig‘ida «o‘lik zona» deb ataluvchi hudud paydo bo‘ldi. So‘nggi yillarda Missisipi oqimining daryo deltasidagi Atchafalaya tarmog‘i tomon muntazam siljishi kuzatilmoqda. Bu delta portlari, masalan, Yangi Orleanuchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Drenajlar va to‘siqlar tizimi bu jarayonni jilovlab turibdi, biroq cho‘kindilarning olib ketilishi hamda eroziya tufayli daryoning siljishi yildan yilga yaqqolroq ko‘rinmoqda.
Tabiiy geografiya
Missisipining geografik tavsifi daryo o‘zanidagi jarayonlar, daryo tubi, suv oqimi, yo‘nalish va joylashuvning o‘zgarishiga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Daryoning qismlarga bo‘linishi
Missisipini ikkita katta qismga ajratish qabul qilingan: Yuqori Missisipi[ingl.] va Quyi Missisipi. Ular o‘rtasidagi chegara Illinoys shtatidagi Keyroshahrida joylashgan. Bu yerda Ogayo daryosi dengiz sathidan taxminan 100 metr balandlikda Missisipiga quyiladi. Yuqori Missisipi 47°N dan 37°N gacha, Quyi Missisipi esa 37°N dan 29°N gacha bo‘lgan kengliklarda joylashgan.
Yuqori Missisipi

Yuqori Missisipi uch qismga ajratiladi: manbadan 793 km masofadagi qism — Sent-Entoni-Folssharsharasigacha; keyingi qism Minneapolis va Sent-Luis( Missurishtati) oralig‘idagi sun’iy ko‘llarni qamrab oladi va 1069 kmga cho‘ziladi; o‘rta oqim esa 310 km bo‘lib, bu qism Missuri daryosi Missisipiga quyiladigan joyda, ya’ni Sent-Luisda yakunlanadi.
An’anaviy qarashga ko‘ra, Missisipining manbai Aytaska ko‘lida , Minnesota shtatidagi Aytaska shtat bog‘i[ingl.]hududida joylashgan. Biroq ko‘lning o‘zi bir necha irmoqdan suv oladi.

Aytaska ko‘lidan chiqqan Missisipi dastlab shimolga oqadi, ammo tez orada sharqqa burilib, Kass[ingl.] ko‘li va boshqa ko‘plab ko‘llardan o‘tadi, turli yo‘nalishlarda meandrlar hosil qilib, so‘ng janubga qarab oqadi. Yuqori Missisipi botqoqlashgan va ko‘plab ko‘llar bilan qoplangan hududlardan oqib o‘tadi; uning o‘zanida ko‘plab toshli ostonalar va sayoz oqimlar bor. Minneapolis shahrida Missisipidagi Sent-Entoni sharsharasi[ingl.]joylashgan. Ilgari daryoda kema qatnovi shu yerdan boshlanar edi. Janubroqda, Sent-Polshahri yaqinida Missisipi quyidagi manzarali ko‘ldan oqib o‘tadi: Pepin[ingl.].
Daryoning shu qismida 42 ta to‘g‘on joylashgan. Shulardan o‘n to‘rttasi Minneapolis shahridan yuqorida bo‘lib, asosan energetika va dam olish maqsadlarida foydalaniladi. Qolgan 28 ta to‘g‘on shahar markazida joylashgan bo‘lib, tijorat kemalarining qatnovini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Umuman olganda, bu 42 ta to‘g‘on daryoning yuqori oqimi ekologiyasiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqori Missisipi havzasi 5 ta ekologik mintaqa, 3 biom va 3 ta tabiiy-geografik mintaqani qamrab oladi (ular ma’lum bir geomorfologik turga ega): Lavrentiy qirlari, Markaziy pasttekislik va Ozark platosi. Yuqori Missisipi hududlarida odamlar bundan 9000 yil avval ham yashagan. Bu yerlarga kelgan ilk tadqiqotchilar fransuz Lui Jolye va Jak Marketbo‘lib, ular bu hududga 1673 yilda tashrif buyurgan.
Quyi Missisipi
Quyi Missisipi havzasining irmoqlari bilan birgalikdagi maydoni taxminan 880 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi. Bu hududlarda odamlar 16 ming yil avval ham yashagan. Mintaqaning ilk tadqiqotchisi ispaniyalik konkistador Ernando de Sotobo‘lgan. Quyi Missisipi havzasi 3 ta tabiiy-geografik mintaqani qamrab oladi: Sohilbo‘yi tekisligi, Uoshito mintaqasi va Ozark platosi.
Havzasi

Missisipi dunyodagi eng yirik daryo havzalaridan biriga ega. Uning maydoni taxminan 3,27 mln km² bo‘lib, Amazonka va Kongodan keyin dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Havza AQSHning 32 ta shtati va Kanadaning ikki provinsiyasi hududiga yoyilib, Qo‘shma Shtatlar hududining 41-42 % qismini qamrab oladi. Missisipi suvni Qoyali tog‘lar va Appalachi tog‘ tizimioralig‘idagi katta hududdan yig‘adi. Aytaska ko‘lidagi manbadan Meksika qo‘ltig‘igacha suv oqimining yetib borishi taxminan 90 kun davom etadi.
Suv sarfi

Missisipining yil davomida o‘rtacha suv sarfi 7-20 ming m³/s ni tashkil etadi). Daryo suv oqimi hajmi bo‘yicha dunyodagi eng yirik o‘nta daryodan biribo‘lsa-da, uning suv sarfi dunyodagi eng sersuv daryo suv sarfining atigi 8 % ini tashkil etadi. Bu taqqoslashda asos bo‘lgan daryo — Amazonka.
Daryo suvi Meksika qo‘ltig‘ining sho‘r suvlariga quyilganda ular bilan darhol aralashib ketmaydi. Katta suv massalari Florida ni aylanib o‘tib, Jorjiyaqirg‘oqlarigacha yetishi va shundan keyingina okean suvi bilan to‘liq aralashishi mumkin.
1900 yilgacha Missisipi yiliga 400 million tonnagacha cho‘kindini oqizib kelgan. Ammo so‘nggi ikki o‘n yillikda bu miqdor yiliga atigi 145 million tonnani tashkil etmoqda. Bunday sezilarli kamayish Missisipi, Missuri va Ogayo daryolari hamda ularning irmoqlarida keng ko‘lamli gidrotexnik ishlar olib borilgani bilan bog‘liq. Ko‘plab to‘g‘onlar va oqimni tartibga soluvchi inshootlarqurilgan, o‘zan va qirg‘oqlar mustahkamlangan, tuproq eroziyasini kamaytirish dasturlari joriy etilgan.
Daryo o‘zanining o‘zgarishi
O‘z tarixi davomida Missisipi o‘zanini ko‘p marta, ba’zan ozgina, ba’zan esa juda katta miqyosda o‘zgartirgan. Uning irmoqlarida ham ko‘plab o‘zgarishlar sodir bo‘lgan: ayrimlari yo‘qolgan, boshqalari esa paydo bo‘lgan. Avulsiya (avulsion)[ingl.] yoki deltaning siljishi deb ataladigan tabiiy jarayon natijasida Quyi Missisipi taxminan har ming yilda Meksika qo‘ltig‘iga quyilish joyini o‘zgartirib turadi. Bunga daryo o‘zanida cho‘kindilar to‘planib, suv sathi ko‘tarilishi va suv qo‘ltiqqa boradigan qisqaroq yo‘lni topishi sabab bo‘ladi. Eski o‘zan asta-sekin kichrayadi, o‘simliklar bilan qoplanib, bayu (bayou) (eski o‘zan ko‘li)ga aylanadi. Natijada so‘nggi 5000 yil davomida janubiy Luiziana qirg‘oq chizig‘i qo‘ltiq ichkarisiga 25-80 kilometr siljigan. Hozirgi Missisipi deltasi tashqi ko‘rinishi tufayli Birdfoot Delta (ingl. birdfoot — «qush panjasi») deb ataladi. Shuningdek, Balize Deltadeb ham yuritiladi; bu nom Missisipi deltasidagi birinchi fransuz aholi manzilgohi nomidan olingan.
Daryoning qadimgi yo‘nalishlari
Missisipi havzasi asosan Lavrentiy muzligi ta’sirida so‘nggi muzlik davrida shakllanganBu ulkan muzlikning janubiy qismi hozirgi Qo‘shma Shtatlar va Missisipi havzasi hududigacha yetib kelgan. Muzlik chekina boshlaganda, katta qalinlikdagi cho‘kindi jins qatlamlari tekis va unumdor daryo vodiysini hosil qilgan. Muzlik erigan paytda oqib chiqqan suvlar Missisipi vodiysidan o‘ziga yo‘l ochib, Minnesota, Jeyms va Milkdaryolarining vodiylarini ham hosil qilgan. Muzlik butunlay chekingach, o‘sha vaqtinchalik suv oqimlarining ko‘pi Gudzon qo‘ltig‘i yoki Atlantika okeaniga yo‘l topgan. Natijada Missisipi irmoqlarida qolgan suv oqimi hajmiga nisbatan haddan tashqari katta bo‘lgan gidrografik shakllar saqlanib qolgan.
Muzlik qalqonlari bundan 300 dan 132 ming yil avvalgacha bo‘lgan davrda Rok-Aylendyaqinida Missisipi yo‘lini to‘sib, uning yo‘nalishini o‘zgartirgan va daryoni avvalgisiga qaraganda g‘arbroqdagi hozirgi o‘zani bo‘ylab oqishga majbur qilgan. Xennepin soyining shu nomdagi qishloqdagi yo‘nalishi umumiy jihatdan Missisipining qadimgi o‘zaniga mos keladi. Xennepindan janubda qadimgi o‘zanning bir qismidan quyidagi daryo oqadi — Illinoys daryosi.

Hozirgi davrda daryo o‘zanining o‘zgarishi
1876 yil mart oyida Missisipi Reveri[ingl.]yaqinida kutilmaganda yo‘nalishini o‘zgartirib, Tipton okrugi ning kichik qismini Tennessi shtatidan ajratdi va o‘z tarmoqlaridan biri orqali uni Arkanzasga qo‘shib qo‘ydi. Bu hodisa avulsiya[ingl.] (toshqin yoki daryo o‘zanining o‘zgarishi oqibatida yer maydonining boshqa hududga qo‘shilib qolishi) bo‘lgani uchun shtatlar chegarasini o‘zgartirmaslikka qaror qilindi.
Nyu-Madrid seysmik zonasi
Nyu-Madrid seysmik zonasi[ingl.] Missisipi daryosi yaqinida, Nyu-Madridshahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, Missuri shtatida, Memfis va Sent-Luisoralig‘ida daryo bo‘ylab cho‘zilgan. Zona avlakogenning mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, u Meksika qo‘ltig‘i bilan bir vaqtda shakllangan. Bu hudud seysmik jihatdan faol. avlakogenning mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, u Meksika qo‘ltig‘i bilan bir vaqtda shakllangan. Bu hudud seysmik jihatdan faol. Nyu-Madrid zilzilasi[ingl.] 1811—1812 yillarda taxminan 8 ball kuch bilan ( Rixter shkalasi bo‘yicha) sodir bo‘lib, aholi uchun halokatli oqibatlarga olib kelgan. Zilzila natijasida Rilfut ko‘li[ingl.] (Tennessi shtati) paydo bo‘lgan, shuningdek, daryo oqimining yo‘nalishi o‘zgargan va u bir muddat teskari tomonga oqqan.
Irmoqlari va ko‘llari

Eng uzun irmoq — Missuri. Missuridaryosi Jefferson, , Medison va Gallatin daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘lib, Qo‘shma Shtatlardagieng uzun daryodir. Irtishbilan bir qatorda Missuri dunyodagi eng yirik irmoqlardan biri hisoblanadi. Jefferson, Missuri va Missisipi birgalikda Shimoliy Amerikadagi eng uzun daryo tizimini hosil qiladi. Jefferson manbaidan Missisipi quyilish joyigacha bo‘lgan masofa 6300 kilometr bo‘lib, Yanszidaryosining uzunligiga tenglashadi. Arkanzas daryosi Missisipining uzunligi bo‘yicha ikkinchi irmog‘idir. Eng sersuv irmog‘i esa Ogayodaryosidir. Missisipining eng yirik irmoqlari — Illinoys (chapdan), De-Moyn, va Red-River (o‘ngdan).
Uncha uzoq bo‘lmagan masofada — Grand-Rapidsyaqinida, Minnesotashtatida, daryo Vinnibigoshish[ingl.]ko‘lini hosil qiladi. Uning kengligi 11 kmdan oshadi. Shuningdek, Onalaska[ingl.]ko‘lini ham qayd etish kerak. U La-Krossyaqinida, Viskonsinshtatida joylashgan bo‘lib, bu yerda daryoning kengligi 6,4 kmga yetadi. Pepin[ingl.] ko‘lining kengligi esa 3,2 km. Dastlabki ikki keng suvli hudud daryoning erkin oqadigan qismi emas, balki ko‘l va suv omboridir. Boshqa joylarda Missisipi juda keng bo‘lsa ham (bir necha joyda kengligi 1,6 kmdan oshadigan Pepin ko‘li bundan mustasno), uning suvlari erkin oqadi.
Daryoning yevropaliklar tomonidan kashf etilishi
Missisipi qirg‘og‘iga yetib kelgan birinchi yevropalik ispaniyalik Ernando de Soto (1541 yil) hisoblanadi, biroq bu borada boshqa fikrlar ham bor.[Qaysilar?] Daryo bo‘ylab suzib o‘tgan ilk yevropalik esa Rober de La Sal bo‘lib, u buni 1681—1682 yillarda amalga oshirgan. 1518 yoki 1519 yilda ispanlarning Alonso Alvares de Pinedaboshchiligidagi ekspeditsiya kemalari daryo deltasiga kirgan. 1528 yil oktabr oxirida esa Missisipi deltasiga boshqa bir ispan ekspeditsiyasi — Panfilo de Narvaesekspeditsiyasi yetib kelgan. U o‘zining bir necha hamrohi bilan daryo suvlarida cho‘kib ketgan. Ispanlar daryoni «Muqaddas Ruh daryosi» (isp. Río del Espíritu Santo) deb ataganlar. Bu nomni de Soto yoki undan oldingi tadqiqotchilardan kim qo‘ygani aniq emas.
XVII asrda fransuz sayohatchilari daryoni o‘rganishga kirishgan. 1682 yilda Missisipining butun pasttekisligi Fransiya mulki deb e’lon qilingan va fransuz qiroli Lyudovik XIV sharafiga Luiziana deb nomlangan. 1718 yilda daryo quyilish joyidan 160 kilometr masofada Yangi Orleanshahriga asos solingan. 1763 yilgi Parij shartnomasiga ko‘ra, Missisipi quyilish joyidan sharqdagi yerlar Buyuk Britaniyaga, g‘arbdagi yerlar esa Ispaniyagaberilgan. 1800 yilda Fransiya tomonidan sotib olingan Ispaniya Luizianasi, keyinchalik 1803 yilda AQSHgasotilgan. 1812 yildagi Orlean jangida Buyuk Britaniya ustidan qozonilgan g‘alaba AQSHga Missisipi daryosining butun quyilish hududiga egalik qilish huquqini berdi.
Missisipidagi paroxodlar
Adib Mark Tvenning «Missisipidagi hayot» asarida 1830 yildan 1870 yilgacha yangi turdagi kemalar paydo bo‘lguniga qadar Missisipida faol rivojlangan paroxod qatnovi tasvirlanadi. Ogayodan Yangi Orleangacha bo‘lgan barcha masofani bosib o‘tgan birinchi paroxod «Yangi Orlean» bo‘lib, bu safarni 1811 yilda amalga oshirgan. 1860 yilda daryoda oqim bo‘ylab va unga qarshi yo‘nalishda 5 mingta yo‘lovchi hamda yuk paroxodi qatnagan.
1856 yilda daryo ustidan birinchi temiryo‘l Hukumat ko‘prigi qurilgan. U Rok-Aylend (Illinoys) va Devenport (Ayova)shaharlari o‘rtasida joylashgan edi. Paroxodning ilk ko‘prikka urilishi katta janjalga sabab bo‘lgan. Sud ishi Vashington ga, Linkolnhuzuriga yetib borgan. Prezidentning javobi sodda va aniq bo‘lgan: «Inson daryodan kesib o‘tishi ham, uning bo‘ylab harakatlanishi ham mumkin». Shundan so‘ng paroxodchilikning tanazzuli boshlandi. Biroq tashilgan yuk va yo‘lovchilar miqdori jihatidan paroxod qatnovi 1900-yillarningoxirigacha o‘z ahamiyatini saqlab qoldi. 1910 yilda daryoda 559 ta paroxod qolgan edi.
Missisipidagi paroxod kompaniyalari orasida Anchor Line alohida ajralib turardi. Kompaniya Sent-Luis — Yangi Orlean yo‘nalishida 1859 yildan 1898 yilgacha katta paroxod flotiga ega bo‘lgan.
Keyinchalik daryo yuk tashishning bir qismini asta-sekin qayta o‘ziga jalb qildi: shoshilinch bo‘lmagan yuklarni suv yo‘li orqali tashish arzonroq edi. Shu tariqa u yana eng muhim transport magistrallaridan biriga aylandi. Buyuk ko‘llarmintaqasining sanoat rivojlanishi, ayniqsa 1939—1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushidan keyin, Missisipining ahamiyatini yana oshirdi.
Missisipidagi toshqinlar
1927 yil bahorida Missisipida «Buyuk toshqin» deb ataluvchi toshqin sodir bo‘ldi: daryo 145 joyda qirg‘oqlaridan toshib, 70 000 km² maydonni suv bosdi. Yetkazilgan zarar 400 mln USD.
Yana bir yirik toshqin 1993 yilda sodir bo‘lgan. Suv sathining eng katta ko‘tarilishi Missisipi bilan Ogayoning qo‘shilish joyida kuzatilgan.
Texnika
Chaqiruv signallari — Missisipidan sharqda joylashgan Amerika radiostansiyalarining chaqiruv signallari Wharfi bilan boshlanadi, g‘arbdagilari esa K.