Hind daryosi

Hind daryosi
sanskritcha सिन्ध, IAST Sindhu, g‘arbiy panjobcha دریاۓ Sindh سندھ
Спутниковый снимок бассейна Инда
Hind daryosi havzasining sun’iy yo‘ldoshdan olingan surati
Tavsifi
Uzunligi 3180 km
Havzasi 960 000 km²
Suv sarfi 390 m3/s (shahar Kotri)
Suv oqimi
Boshlanish joyi  
 • Joylashuvi Tibet
 • Koordinatalari 31°14′32″ sh. k. 81°46′06″ shq. u.HGЯO
Quyilish joyi Arabiston dengizi
 • Balandligi 0 m
 • Koordinatalari 23°59′11″ sh. k. 67°26′12″ shq. u.HGЯO
Joylashuvi
Suv tizimi Arabiston dengizi

Xitoy Tibet muxtor rayoni
Hindiston Ladax
Pokiston Gilgit-Baltiston, Xaybar-Paxtunxva, Panjob, Sind
Mamlakatlar
Инд (Индия)
Голубая точка — исток
boshlanish joyi
Синяя точка
quyilish joyi
Логотип Викисклада Vikimedia Commons’dagi mediafayllar

Hind daryosi (tibetcha སེང་གེ།་གཙང་པོ, xitoycha 印度河, hindiycha सिन्धु नदी, g‘arbiy panjobcha دریاۓ سندھ, pushtucha اباسين‎, sindhiycha سنڌوندي, urducha دریائے سندھ‎) — yirik daryo bo‘lib, Janubiy Osiyoda joylashgan. U Xitoy hududidagi Himolay tog‘laridan boshlanadi va asosan shimoli-g‘arbiy Hindiston hamda Pokiston hududidan oqib o‘tadi. Daryo boshlanish joyi Tibet yassitog‘ligida, quyilish joyi esa Arabiston dengizining shimolida, Karachi shahri yaqinida joylashgan. Hind daryosining uzunligi 3180 km, suv yig‘ish havzasi maydoni 960 000 km². O‘rtacha suv sarfi Kotri yaqinida — 390 m3/s.

Hind (Sindhu) — Vedalardagi Yettidaryolikning asosiy daryolaridan biri.

Etimologiyasi

Nomlari: sanskritcha सिन्धु (IAST: Sindhu); urducha سندھ‎ (Sindh); sindhiycha سندھو (Sindhu); sharqiy panjobcha سندھ (IAST: Sindh); avestacha Hindu; pushtucha اباسين‎ (Abāsin, Abba-Sin — «daryolar otasi»); forscha هند‎ («Hind»); tibetcha སེང་གེ།་གཙང་པོ (Sênggê Zangbo «Sher daryosi»); xitoycha soddalashtirilgan yozuv 印度河, pinyin Yìndù Hé; yunoncha Ινδός (Indos). Rus tilidagi Ind nomi hindiy va urdu tillaridagi Sindh — «daryo» so‘zidan kelib chiqqan.

Gidrografiyasi

Hind daryosi Tibetda (Xitoy), Himolay tog‘laridan boshlanib, Kashmirning shimoli-sharqidan (Hindiston) va Pokiston hududidan oqib o‘tadi.

Boshlanish joyi va yuqori oqimi

Daryoning boshlanish joyi taxminan 5300 m balandlikda (Geografik lug‘atga ko‘ra 5182 m, 5500 m esa Britannikaning ma’lumotida qayd etilgan) joylashgan. U Tibet yassitog‘ligining janubi-g‘arbida, Kangrinboche (Kaylas) tog‘ining shimoliy yonbag‘ridan boshlanadi. Undan taxminan 40 km janubda Mapam-Yumtso ko‘li joylashgan. Daryo Sengge-Dzangbo (Shitsyuanxe) nomi bilan Gar-Dzangbo daryosiga qo‘shiladigan Langmar qishlog‘igacha oqadi va shu yerdan Hind daryosi deb ataladi.

Hind daryosi 1000 km dan ortiq masofada Qoraqurum tog‘lari orqali shimoli-g‘arbga oqib, chuqur tektonik vodiydan o‘tadi va ko‘plab qoyali daralarni hosil qiladi. Daryo Tibet muxtor rayoni bilan Hindistonning ittifoq hududi bo‘lgan Ladax o‘rtasidagi chegarani 4572 m balandlikda, Demchok aholi punkti yaqinida kesib o‘tadi. Uzoq tog‘li qismdan so‘ng daryo qadimiy Leh shahri joylashgan vodiyga chiqadi. Leh yaqinida unga chap tomondan Zaskar daryosi quyiladi, so‘ng Tingmosgang shahri yonida Hind daryosi yana daraga kirib, chegaradagi Batalik tomon oqadi.

Keyin Hind daryosi Ladax bilan Pokistonning Gilgit-Baltiston hududi o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tadi va unga Shingo daryosi quyiladi. Yana taxminan 80 km dan keyin unga o‘ng tomondan Shayok daryosi qo‘shiladi. Skardu (Pokistonning Baltiston mintaqasidagi yirik shahar) yaqinida Hind daryosiga o‘ng tomondan Shigar daryosi quyiladi. Bu daryo, jumladan, yirik Biafo va Baltoro muzliklaridan to‘yinadi. Hind daryosi Xaramosh cho‘qqisi yaqinida eng shimoliy nuqtasiga yetadi, so‘ng Gilgit daryosi bilan (u ham o‘ng tomondan qo‘shiladi) Bunji shahri yonida tutashib, janubi-g‘arbga buriladi hamda Himolay va Hindikushtog‘larining tarmoqlari oralig‘idan o‘tadi. Shu yerdan Hind daryosi bo‘ylab Qoraqurum avtomobil yo‘lio‘tadi. Gilgit bilan qo‘shilganidan ko‘p o‘tmay Hind daryosiga Astor daryosining suvlari ham qo‘shiladi va u Nanga-Parbattog‘i etagidan oqadi. Tog‘ muzliklari daryoni suv bilan ta’minlaydi. Keyin Hind daryosi Kashmir chegarasini kesib o‘tib, Pokiston hududiga kiradi.

O‘rta oqimida daryo sertepalik past tog‘li hududlarni kesib o‘tadi. Bu yerda 1977-yilda Tarbela to‘g‘oni qurilgan. Shundan keyin Hind daryosi yirik irmoq — Kobul daryosini qabul qiladi (qo‘shilish nuqtasining balandligi taxminan 610 m) va Sulaymon tog‘lari hamda Tuz tizmasi orasidan o‘tib, so‘ng Hind-Gang tekisligiga chiqadi.

Tekislikdagi qismi

Daryo Soan bilan qo‘shilib, Panjob tekisliklariga, Daud-Xel shahri yaqinida chiqqach, bir necha tarmoq va irmoqlarga bo‘linadi. Daryo va unga tutash kanallar Mianvali hamda Dera-Ismoilxon shaharlari orqali o‘tadi. Kot-Addu shahri yaqinida Taunsa to‘g‘oni qurilgan. Dera-G‘ozixon shahridan o‘tgach, Hind daryosiga uning eng yirik irmog‘i — Panjnad daryosi quyiladi. Shundan keyin daryo kengligi 400—500 m dan 1—2 km gacha ortadi. Sukkur shahri yaqinida ( Sind viloyati) Hind daryosidan Nara tarmog‘i ajralib chiqadi. U dengizga faqat toshqin davrida yetib boradi, garchi qadimda, aftidan, daryoning asosiy o‘zani bo‘lgan. Quyi oqimida Hind daryosi Tar cho‘lining g‘arbiy chekkasini kesib o‘tadi. Tekislik bo‘ylab 1800 km dan ortiq oqib, u Arabiston dengiziga quyiladi.

Daryo ko‘p miqdorda oqiziqlarni olib kelgani uchun uning o‘zani qumli tekislik sathidan balandroqda joylashgan. Yondosh hududlarni ba’zan sodir bo‘ladigan toshqinlardan himoya qilish maqsadida daryoning katta qismi bo‘ylab dambalar qurilgan. 1947 va 1958-yillardagi toshqinlar keng maydonlarni vayron qilgan, 2010-yilgi suv toshqini ham mamlakatga katta zarar yetkazgan. Ba’zan kuchli toshqinlar daryoni o‘z o‘zanini o‘zgartirishga majbur qiladi.

Delta

Hind daryosi deltasi

Dengiz sohilidan Haydarobod shahrigacha bo‘lgan masofa 150 km. Shu shahar yonidan Hind daryosi deltasi boshlanadi. Uning maydoni 30 ming km² (dunyoda kattaligi bo‘yicha yettinchi o‘rinda), dengiz qirg‘og‘i uzunligi esa 250 km. Daryo 11 ta asosiy tarmoqqa bo‘linadi. Hind daryosi deltasidagi barcha tarmoqlarning aniq sonini aniqlash qiyin, chunki har bir toshqin ularning tuzilishini o‘zgartiradi. Ushbu asr davomida daryoning asosiy o‘zani ham bir necha marta o‘z joyini o‘zgartirgan. Hozirgi vaqtda asosiy o‘zan Gajamro deb ataladi; u 24°6' sh. k. va 67°22' shq. u. koordinatali nuqtada dengizga quyiladi. Qirg‘oqdan ichkariga 8 dan 32 km gacha bo‘lgan hudud suv ko‘tarilishi (qalqish) paytida suv ostida qoladi.

Hind daryosi deltasi golotsen davrida shakllangan.

Irmoqlar ro‘yxati

Eng yirik irmoqlar:

Nomi Balandligi, m Qo‘shilish nuqtasining koordinatalari
Sengge-Dzangbo va Gar-Dzangbo 4144 32°26′24″ sh. k. 79°42′49″ shq. u.HGЯO
Xanle 4053 33°10′06″ sh. k. 78°49′26″ shq. u.HGЯO
Zanskar 3050 34°09′56″ sh. k. 77°19′54″ shq. u.HGЯO
Sangeluma-Chu 2783 34°34′32″ sh. k. 76°31′45″ shq. u.HGЯO
Shingo 2580 34°44′48″ sh. k. 76°12′58″ shq. u.HGЯO
Shayok 2258 35°13′43″ sh. k. 75°55′05″ shq. u.HGЯO
Shigar 2180 35°19′30″ sh. k. 75°37′44″ shq. u.HGЯO
Gilgit 35°44′24″ sh. k. 74°37′25″ shq. u.HGЯO
Astor 35°34′11″ sh. k. 74°38′40″ shq. u.HGЯO
Kandin 789 35°25′55″ sh. k. 73°12′17″ shq. u.HGЯO
Chaurudara 725 35°08′33″ sh. k. 73°04′56″ shq. u.HGЯO
Xan-Xvar 34°55′23″ sh. k. 72°52′46″ shq. u.HGЯO
Kobul 33°53′58″ sh. k. 72°14′09″ shq. u.HGЯO
Xaro 33°46′01″ sh. k. 72°14′39″ shq. u.HGЯO
Koxat-Toy 33°23′48″ sh. k. 71°48′09″ shq. u.HGЯO
Soan 211 33°01′13″ sh. k. 71°43′14″ shq. u.HGЯO
Kurram 32°37′01″ sh. k. 71°21′24″ shq. u.HGЯO
Panjnad (Satlej) 29°08′42″ sh. k. 70°42′55″ shq. u.HGЯO

Suv rejimi

Tog‘li qismda Hind daryosi asosan qor va muzliklarning erishi hisobiga to‘yinadi. Bu yerda yillik oqim hajmi qariyb 220 km3/yil, suvning o‘rtacha sarfi esa taxminan 7000 m3/s ni tashkil etadi. Suv sarfi qish oylarida (dekabr-fevral) eng past bo‘ladi, martdan iyungacha esa suv sathi ko‘tariladi. Havzaning quyi qismida daryo musson yomg‘irlaridan ham suv oladi; natijada bahor-yozgi toshqin (mart — sentabr) yuz beradi. Bu davrda suv sathi tog‘larda 10—15 m, tekislikda 5—7 m ko‘tariladi. Suv eng ko‘p bo‘ladigan paytda (iyul-sentabr) daryo qayirli qismlarida 5—7 km gacha kengayadi ( Dera-Ismoilxon shahri yaqinida kengligi 20—22 km gacha yetadi).

Haydarobod yaqinida o‘rtacha suv sarfi 3850 m3/s ni tashkil qiladi, ammo seryog‘in yillarda bu ko‘rsatkich 30 ming m3/s gacha yetishi mumkin. Tekislikka chiqqach, Hind daryosi bug‘lanish va yerga shimilish tufayli suvini yo‘qotadi. Qurg‘oqchil davrlarda daryoning quyi oqimi qurib qolishi va suvi Arabiston dengizigacha yetib bormasligi mumkin.

Fiziografik va tarixiy dalillarga ko‘ra, hech bo‘lmaganda Mohenjo-Daro madaniyati davridan boshlab, Hind daryosi janubiy Panjobdan quyida o‘z o‘zanini bir necha bor o‘zgartirgan. Rohri va Sukkur shaharlari yaqinida daryo ohaktosh qoyalar orasidan oqadi. Undan janubroqda daryo o‘zani, ayniqsa uning deltasi, g‘arbga siljigan. So‘nggi 7 asr ichida Sindning yuqori qismida Hind daryosi 15—30 km g‘arbga siljigan.

Havzasi

Hind daryosi vodiysi, Ladax, Hindiston
Hind daryosi (yashil suv) bilan Zanskar (jigarrang suv) daryosining qo‘shilish joyi

Hind daryosi havzasining maydoni 970 ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u dunyoda o‘n ikkinchi o‘rinda turadi.

Mintaqaning iqlimi qurg‘oqchil (arid) va yarim qurg‘oqchil. Yog‘in mavsumiy bo‘lib, Hind daryosining quyi qismida uning miqdori kam. Yog‘inning yarmidan ko‘prog‘i janubi-g‘arbiy musson davrida (iyul-sentabr) yog‘adi. Tekisliklarda yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 100 mm dan kam, yuqori oqim tomon esa ko‘payib, 500 mm gacha yetadi, jumladan Lahor yaqinida. Himolay etaklarida esa 2000 mm yog‘in tushadi. Qurg‘oqchil iqlim suv yuzasidan kuchli bug‘lanishni keltirib chiqaradi, ayniqsa Hind daryosining quyi oqimida bug‘lanish yiliga 2000 mm ga yetishi mumkin.

Hind daryosini suv bilan ta’minlaydigan asosiy hududlar — g‘arbiy Tibet, tog‘ tizmasi Qoraqurum va Hind–Yarlung sutura zonasi[inglizcha] (sutura — turli tektonik qismlarning yoriq bo‘ylab tutashgan joyi). Hindiston tektonik plitasidan keladigan irmoqlarning ta’siri juda kam.

Geologiyasi

Hind daryosi Skardu yaqinida, Pokiston

Daryoning paydo bo‘lishi Hindiston tektonik plitasi bilan Osiyo to‘qnashganidan keyingi davrga to‘g‘ri keladi (turli hisob-kitoblarga ko‘ra, to‘qnashuv 55 dan 35 million yil avval, eotsen davrida,kaynozoy erasida sodir bo‘lgan). Shunday qilib, Hind daryosini dunyodagi eng qadimiy daryolardan biri deyish mumkin. U Hind daryosi mavjud bo‘lganidan keyingina hozirgi balandligiga yetgan Himolay tog‘laridan ham qadimiyroq. Hind daryosining mavjudligi davomida Yer yuzasi sezilarli deformatsiyalarga, jumladan ko‘tarilishlarga uchragan, biroq bular daryo o‘zanining katta darajada siljishiga olib kelmagan. Tadqiqotlar qadimda Hind daryosi Lxasa plitasi[inglizcha]dan oqib chiqqan suvlarning yo‘li bo‘lganini, uning shakllanishi Hindiston plitasining Osiyo bilan to‘qnashuvi hamda Lxasa plitasi ayrim qismlarining ko‘tarilishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Hind daryosi mintaqa relyefining shakllanishida muhim rol o‘ynagan. Uning o‘rni o‘nlab million yillar davomida, ya’ni ipr yarusi davridan buyon barqaror saqlangani Hind daryosi suvlarining yemirilish (eroziya) jarayonlarida faol ishtirok etishiga imkon bergan. Himolaydan ko‘chirilgan cho‘kindi jinslar proto-Hind daryosi suvlari orqali Arabiston dengiziga allaqachon eotsen davrining o‘rtalaridan boshlab yetkazib turilgan. Bu ko‘tarilayotgan Qoraqurum tog‘lari va Lxasa plitasining eroziyasini kuchaytirgan. Sharqiy Osiyodagi ko‘plab daryolar tarix davomida tog‘larning hosil bo‘lishi sabab to‘silib qolgan bo‘lsa, plitalar to‘qnashuvi natijasida hosil bo‘lgan chok bo‘ylab oqadigan Hind daryosi millionlab yillar ichida atigi 100 kilometr sharqqa siljigan (bunga Sulaymon tog‘lari ning ko‘tarilishi hamda Hind daryosi vodiysiga sharq tomonga bosim o‘tkazishi sabab bo‘lgan). Hind daryosining cho‘kindi jinslarni olib kelishi Makronhududining shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Bu jarayon Arabiston botig‘iyaqinidagi Marri tizmasi ko‘tarilishidan avval sodir bo‘lgan; ushbu ko‘tarilish sabablaridan biri ham cho‘kindilarning faol kelib tushishi edi. Hind daryosi o‘zanining yuz kilometrlik sharqqa siljishidan tashqari, uning deltasi ham janubga surilgan. Bunga suv oqimlari olib kelgan zarrachalar tufayli deltalarning dengiz tomon tabiiy ravishda kengayishi va bu hududdagi tektonik siqilish jarayonlari sabab bo‘lgan.

Tibetning ko‘tarilish jarayoni yakunlanishi va faol cho‘kindi to‘planishi (sedimentatsiya) 8,5 million yil avval pasaygani Janubiy Osiyo mussonlarining paydo bo‘lishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi.

Iqlimi

Pokistondagi tog‘li qismi bundan mustasno, Hind daryosi vodiysi Hindiston yarimorolining eng qurg‘oqchil hududida joylashgan. Hind daryosi bo‘ylab yillik o‘rtacha yog‘in 125 dan 500 mm gacha o‘zgaradi. Himolay muzliklaridan tashqari, daryo iyuldan sentabrgacha musson yomg‘irlari hisobidan to‘yinadi.

Hind daryosi havzasining shimoliy qismida yanvar harorati noldan pastga tushadi, iyulda esa 38 °C ga yetadi. Daryo muzlamaydi. Yerdagi eng issiq joylardan biri — Jeykobobod shahri Sindning yuqori qismida, Hind daryosining g‘arbida joylashgan. Bu yerda harorat 49 °C gacha ko‘tariladi.

O‘simlik va hayvonot dunyosi

Aleksandr Makedonskiy davridagi Hind daryosi vodiysi haqida yozilgan ma’lumotlar o‘tmishda bu hududni qalin o‘rmonlar qoplaganini ko‘rsatadi. Hozirda ushbu o‘rmonlarning maydoni ancha qisqargan. Boburiylar davlatining asoschisi Bobur o‘zining «Boburnoma» asarida daryo sohillarida uchraydigan karkidonlar haqida yozgan. O‘rmonlarning keng miqyosda kesilishi va inson faoliyatining Sivalik hududidagi ekologik vaziyatga ta’siri o‘simliklarning o‘sishi uchun sharoitni keskin yomonlashtirgan. Hind daryosi vodiysi o‘simlik qoplami siyrak bo‘lgan qurg‘oqchil mintaqadir. Qishloq xo‘jaligi asosan sug‘orish hisobiga rivojlanadi.

Hind daryosi havzasi va daryoning o‘zi biologik xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Hududda taxminan 25 turdagi amfibiyalar va 147 turdagi baliqlar uchraydi; ulardan 22 turi faqat Hind daryosida yashaydi.

Sutemizuvchilar

Hind daryosi delfini (Platanista minor, yoki P. gangetica minor) tishli kitlar guruhiga mansub bo‘lib, faqat Hind daryosi tizimida, asosan Pokistonning Sind va Panjob viloyatlarida yashaydi. Ilgari u daryo irmoqlarida ham uchragan. Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, Hind daryosi delfini yo‘qolib ketish xavfi eng yuqori bo‘lgan kitsimonlar qatoriga kiradi. Taxminlarga ko‘ra, bu delfinlarning atigi mingga yaqin individi qolgan; ularning katta qismi Sinddagi Sukkur va Guddu to‘g‘onlari orasidagi uzunligi 130 kilometr bo‘lgan qisqa daryo bo‘lagida yashaydi. Delfin deyarli butunlay ko‘r bo‘lib, aks-sado orqali joylashuvni aniqlash (exolokatsiya) yordamida yo‘l topadi.

Baliqlar faunasi (ixtiofauna)

Baliqlar orasida karpsimonlar (hindistonlik chexon-shela baliqlari, danio baliqlari, barbuslar, marinkalar va boshqalar), vyunlar oilasi (botsiyalar va boshqalar), bagariylar oilasi, laqqasimonlar, makropodlar oilasi (kolizalar va boshqalar), ilonbosh baliqlar oilasi (ilonbosh baliqlar va boshqalar) hamda boshqa oilalarning turlari mavjud. Ovqat sifatida qadrlanadigan baliqlardan biri — Ilish bo‘lib, u seldlar oilasiga mansub.

Daryodagi baliq zaxiralari ancha katta, Sukkur, Tatta va Kotri shaharlari esa yirik baliqchilik markazlaridir. Ammo sug‘orish uchun suv olinishi va to‘g‘onlar qurilishi baliqlar sonini saqlash bo‘yicha maxsus choralar ko‘rishni talab qildi.

Tarixi

Miloddan avvalgi III ming yillik o‘rtalarida Hind daryosi vodiysida eng qadimgi sivilizatsiyalardan biri vujudga kelgan. Keyinchalik Hind daryosi va uning irmoqlari vodiysi orqali Buyuk ipak yo‘li o‘tgan.

Arab istilolari davrida arablar Hind daryosining quyi oqimi hududlarini egallagan.

Xo‘jalikda foydalanilishi

Hind daryosidagi Tarbela to‘g‘oni
  • Hind daryosining gidroenergetika salohiyati 20 mln kVt deb baholanadi. Daryoda 14 ta yirik to‘g‘on, jumladan Sukkur to‘g‘oniqurilgan. O‘rtacha yillik oqiziqlar miqdori qariyb 450 million tonnani tashkil etadi.

Hind daryosi havzasidagi suv resurslaridan foydalanish masalasi Hindiston va Pokiston o‘rtasida, shuningdek, ayrim shtatlar o‘rtasida bir necha bor nizolarga sabab bo‘lgan. Hind daryosi suvlari to‘g‘risidagi shartnoma 1960-yilda imzolangan va Panjobning beshta daryosi suvlarini taqsimlashni tartibga soladi.

Sug‘orish

Hind daryosi havzasining quyi qismida taxminan 12 mln gektar yer (asosan Panjobda va deltada) sug‘oriladi. Daryo oqimining yarmidan kami quyilish joyigacha yetib boradi. Sug‘orish kanallarining umumiy uzunligi taxminan 65 ming km ni tashkil etadi; irrigatsiya inshootlari yordamida 1,7 mln gektardan ortiq yer sug‘oriladi.

Kema qatnovi

Hind daryosida kema qatnovi odatda quyilish joyidan Dera-Ismoilxon shahrigacha (taxminan 1200 km) amalga oshiriladi. Undan ham yuqoriga, Attok shahrigacha, Kobul daryosi quyiladigan joygacha kichik yassi tubli kemalar bora oladi.

Gidrotexnika inshootlari

Hind daryosidagi asosiy to‘g‘on va dambalar:

Nomi Qurilgan yili Maksimal suv sarfi, m³/s
Tarbela to‘g‘oni 1976 18386
Mangla to‘g‘oni 1967 24630
G‘ozi-Barota gidroelektr loyihasi[inglizcha] 2004 500 000
Jinna to‘g‘oni 1946 950 000
Chashma to‘g‘oni[inglizcha] 1971 1 100 000
Taunsa to‘g‘oni[inglizcha] 1959 750 000
Guddu to‘g‘oni[inglizcha] 1962 1 200 000
Sukkur to‘g‘oni[inglizcha] 1932 1 500 000
Kotri to‘g‘oni[inglizcha] 1955 875 000

Ekologiyasi

Hind daryosining Qoraqurum avtomobil yo‘lidan ko‘rinishi

XX asr boshidan buyon Hind daryosi keskin o‘zgarishlarni boshdan kechirdi va bu daryoga bog‘liq deyarli barcha yovvoyi tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. To‘g‘onlar va dambalar qurilishi daryo deltasiga yetib boradigan suv sarfi va oqiziqlar miqdorining misli ko‘rilmagan darajada kamayishiga olib keldi. XX asrning ikkinchi yarmida suv sarfi o‘n baravar kamaydi. Deltadan daryo ichkarisiga boruvchi kema yo‘llari ancha qisqardi. Chuchuk suv deltaga deyarli yetib bormay qo‘ydi, faqat ba’zan musson davrida yetib boradi. Oqiziqlar kelishi deyarli to‘xtagani sababli deltaning maydoni taxminan 6200 kvadrat kilometrdan 1200 kvadrat kilometrgacha kamaydi. Dengiz suvi daryoga kirib kelmoqda va sho‘r suv yuqori oqim bo‘ylab 75 kilometrgacha yetadi. Chuchuk suvning yetishmasligi va dengiz suvining kirib kelishi katta qishloq xo‘jaligi maydonlarining yaroqsiz holga kelishiga olib keldi. Sohildagi bir nechta aholi punkti yo‘q bo‘lib ketdi, bir necha yuz ming kishi yashash joyini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Hind daryosi deltasidagi kuchli to‘lqinlar va oqiziqlar kelishining to‘xtashi birgalikda qirg‘oq chizig‘ining cho‘llanishi hamda deformatsiyalanishiga sabab bo‘lmoqda.

Hind daryosi havzasidagi Manchar ko‘li ekologik jihatdan muhim ahamiyatga ega.

Hind daryosi san’atda

Vedalar (Rigveda) Hind daryosini Hindistonning beshigi sifatida ulug‘laydi. Sindhu (Hind daryosi) — Yettidaryolik (Saptasindhu)ning asosiy daryolaridan biri. «Hind barcha oqayotgan suv oqimlaridan ustundir... Uning shovqini yerdan osmonga ko‘tariladi, u yorug‘lik chaqnashlarida cheksiz kuch hosil qiladi... Sigirlar buzoqlarini sut bilan yetaklaganidek, boshqa daryolar ham shovullab Hindga qo‘shiladi. Jangchi podshoh jangchilarga bosh bo‘lganidek, Hind ham boshqa daryolarga bosh bo‘ladi... Yaxshi otlarga boy, oltinlarga boy, ulug‘vor qiyofali, mo‘l-ko‘l sog‘liqqa boy». Bu madhiyada Hind daryosi «erkak» daryo sifatida tasvirlanadi. Boshqa madhiyalarda samoviy donishmandlar osmondan Hind daryosiga tushadi. Vedalarda Gang daryosiga ikki marta, Hind daryosiga esa 30 martadan ko‘proq murojaat qilingan. Hind daryosi Pokistonning Sind viloyatiga o‘z nomini bergan.

Alisher Navoiy Hind daryosini (Sind) Iskandarning Hindistonga qilgan sayohati haqidagi dostonida tilga oladi. Daryoning shimolida sandal daraxtlari, zaytun va chinorlar o‘sadigan sehrli Nigor o‘rmoni joylashgan. O‘rmonda o‘sadigan shakarqamish sabab daryo suvi shirin bo‘lgan.

Adabiyotlar