| Shahar | |
| Agra | |
|---|---|
| ingl. Agra hindcha आगरा | |
| | |
| 27°18′ shim. k. 78°02′ sharq. u.HGЯO | |
| Mamlakat |
|
| Shtat | Uttar-Pradesh |
| Mer | Hemlata Divakar |
| Tarix va geografiya | |
| Maydoni | 87 km² |
| Markazining balandligi | 171 m |
| Iqlim turi | subtropik |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5:30 |
| Aholisi | |
| Aholisi | 1 746 467 kishi (2011) kishi |
| Zichligi | 9270 kishi/km² |
| Aholisining atalishi | agralik, agraliklar |
| Raqamli identifikatorlar | |
| Telefon kodi | +91(562) |
| Pochta indeksi | 282 xxx |
| Avtomobil raqam kodi | UP-80 |
|
|
|
| agra.nic.in (ingl.) | |
Agra — Hindistonning shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida joylashgan shahar. 1528 yildan 1658 yilgacha imperiyasining Boburiylar poytaxti bo‘lgan. Hozirda u Hindistonning yirik sayyohlik markazlaridan biri hisoblanadi. Bunga yuqorida tilga olingan imperiya davriga oid meʼmoriy inshootlar, xususan, Toj Mahal sabab bo‘lgan. Agra Yamuna daryosi bo‘yida joylashgan. Aholisi — 1 746 467 kishi (2011).
Tarixi


Agra XV asrda tashkil topgan. 1526 yilda Agrani Bobur egallagan; uning hukmronligi davrida Agrada dastlabki istehkomlar bunyod etilgan. XVI asrning ikkinchi yarmida Agra Boburiylar imperiyasining poytaxtiga aylandi; shaharning ravnaq davri boshlandi. Aholi soni 500 ming kishidan oshdi, Jamna daryosining o‘ng qirg‘og‘ida qalʼa qurildi. Biroq 1658 yilda Avrangzeb poytaxtni Avrangobodga ko‘chirdi va Agraning tanazzul davri boshlandi.
XVIII asrda shaharda hukmdorlar bir necha bor almashdi. Agra jatlar, forslar va pushtunlar tomonidan qattiq vayron qilindi. 1784 yilda Agrani marathalar talon-toroj qildi. Nihoyat, 1803 yilda inglizlar shaharni bosib olib, marathalarni Agradan quvib chiqardi. Britaniya imperiyasi boshqaruvi davrida Agra muhim savdo shahriga aylandi, sanoat rivojlana boshladi. Agra quyidagi shaharlar bilan temiryo‘l orqali bog‘landi: Dehli, Banoras va Kalkutta.
1857 yilda yirik xalq qo‘zg‘oloni yuz berganida inglizlar shaharni tark etib, qalʼada mudofaalandi. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun Agraga Britaniya armiyasining yirik harbiy qismlari yuborildi va ular qo‘zg‘olonchilarni tor-mor etdi.
Iqlimi
Agraning iqlimi subtropik musson iqlimi sifatida tavsiflanadi. Shaharda havo nihoyatda issiq bo‘ladi. Apreldan iyulgacha kunduzgi harorat 40-46°С ga yetadi, faqat tunda 30°С gacha pasayadi. Mussonlar Agrada mamlakatning boshqa hududlaridagidek kuchli emas. Yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 723 mm ni tashkil etadi (uning deyarli hammasi iyundan sentabrgacha yog‘adi). Shaharga borish uchun eng qulay vaqt — iliq va quyoshli ob-havo kuzatiladigan qish faslidir.
| Ko‘rsatkich \ Davr | Yan | Fev | Mar | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Mutlaq eng yuqori t, °C | 30,3 | 35,2 | 40,5 | 46,3 | 47,8 | 47,5 | 46,3 | 42,8 | 41,2 | 40,3 | 35,8 | 30,8 | 47,8 |
| O‘rtacha eng yuqori t, °C | 22,3 | 25,5 | 31,9 | 37,9 | 41,7 | 40,7 | 35,3 | 33,2 | 34,0 | 34,0 | 29,2 | 23,9 | 32,5 |
| O‘rtacha harorat, °C | 15,1 | 17,8 | 24,0 | 30,5 | 34,0 | 34,6 | 31,1 | 29,6 | 29,4 | 27,0 | 21,7 | 16,0 | 26,0 |
| O‘rtacha eng past t, °C | 7,7 | 10,3 | 15,4 | 21,5 | 26,5 | 28,9 | 26,8 | 25,7 | 24,3 | 19,1 | 12,5 | 8,2 | 18,9 |
| Mutlaq eng past t, °C | 1,8 | 1,8 | 6,7 | 12,7 | 18,8 | 20,8 | 21,7 | 20,1 | 16,7 | 12,8 | 4,8 | 1,8 | 1,8 |
| Yog‘in miqdori (meʼyor), mm | 13 | 18 | 9 | 7 | 12 | 56 | 203 | 241 | 129 | 25 | 4 | 6 | 723 |
| Manba: Jahon meteorologiya tashkiloti (World Meteorological Organization) | |||||||||||||
Demografiya

2001 yilgi aholini ro‘yxatga olish maʼlumotlariga ko‘ra, Agra okrugi aholisi 3 620 436 kishini tashkil etgan. Shaharning o‘zida 2010 yil holatiga ko‘ra 1 686 976 kishi yashagan. Aholining 53 % ini erkaklar, 47 % ini ayollar tashkil etgan. 10 yil ichida, 1991 yildan 2001 yilgacha, aholi soni 31 % ga oshgan. Shaharda savodxonlik darajasi 81 %, okrugda esa 62,6 % bo‘lgan. Aholining 89,6 % i hinduizmga eʼtiqod qiladi, musulmonlar 8,93 %, jaynizm tarafdorlari esa 0,5 % ni tashkil etadi. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar ulushi — 11 %. Eng keng tarqalgan til — hind tili, aholining bir qismi esa urdu va panjob tillarida ham so‘zlashadi.
Transport
2-sonli milliy avtomagistral Agrani Dehli bilan bog‘laydi. Shaharlar orasidagi masofa taxminan 200 km (avtomobilda qariyb 4 soatlik yo‘l). 11-sonli avtomagistral orqali Jaypurga borish mumkin; masofa taxminan 255 km. Gvaliorgacha masofa 122 km (3-sonli avtomagistral bo‘ylab).
Agra — yirik temiryo‘l tuguni. Uning stansiyasi Dehli va Mumbay, shuningdek, Dehli va Chennay o‘rtasida qatnovchi poyezdlar yo‘nalishida joylashgan. Yangi Dehli bilan Agra o‘rtasida tezyurar yo‘lovchi poyezdlari qatnaydi.
Shaharda Agra metropoliteni mavjud, unda ikkita yo‘nalish bo‘lishi rejalashtirilgan.
Sanoat
Agra yengil sanoat (charm-poyabzal, paxta matosi va paxta yigirish), oziq-ovqat sanoati hamda metallga ishlov berish markazidir. Hunarmandchilik, jumladan, zargarlik buyumlari hamda marmar va qizil qumtoshdan bezak buyumlari yasash rivojlangan. Shaharda universitet mavjud.
Diqqatga sazovor joylari
Agra va uning atrofida ko‘plab meʼmoriy yodgorliklar mavjud:
- Agra qalʼasi (1564—1574 yillarda qizil qumtoshdan qurilgan) va Akbar maqbarasi (Sikandrada),
- oq marmardan bunyod etilgan Shoh Jahon saroyi va uning Marvarid masjidi,
- Dramma masjidi,
- tashlandiq Fatehpur-Sikri shahri (Agradan 40 km uzoqlikda) — imperator Akbar o‘z imperiyasi uchun yangi poytaxt qurishga uringan, ammo bu reja amalga oshmagan joy,
- Maqbara — Iʼtimod ud-Davla. U Fors bog‘ida joylashgan; uni imperator ayol Nurjahon, Jahongirning rafiqasi, o‘z ota-onasi uchun qurdirgan va boshqalar.
Agra qalʼasi (XVI—XVII asrlar) va Toj Mahal maqbarasi (1632—1650) YUNESKOning Jahon merosi obyektlari sifatida eʼtirof etilgan.
Adabiyotda
Agrada voqealarining bir qismi kechadigan detektiv asar — «To‘rtlar belgisi» — Artur Konan Doyl qalamiga mansub.
Agra tilga olingan sheʼr — N. Gumilyov qalamiga mansub «Malika».
Galereya
- Akbar maqbarasi
- Akbar maqbarasi shiftining bezaklari
- Marmar naqshlar (inkrustatsiya)
- Gilam to‘qish
- Toj Mahalning shimoliy fasadi
- Toj Mahal. Meʼmoriy detallar
- Toj Mahal
- Qizil qalʼaning mudofaa devori
- Qizil qalʼaga kirish darvozasi
- Dayalbagdagi Soami Bag Samadh
- Panch Mahal — Fatehpur-Sikri.
- Toj Mahal
- Kanch Mahal, Sikandra
- Tongdagi Toj Mahal
- Mehtab Bag‘ (Oy bog‘i)
- Jome masjidi
- Agra ko‘chalari (Jome masjidi)
- Maqbara — Iʼtimod ud-Davla
- Agradagi Qizil qalʼa manzarasi
Havolalar
- Toj Mahal bo‘yicha qo‘llanma
- Agra // Katta sovet ensiklopediyasi : [30 jildda] / bosh muharrir A. M. Proxorov. — 3-nashr. — M. : Sovet ensiklopediyasi, 1969—1978.
- Agra // Hozirgi geografik nomlar lug‘ati / Rossiya geografiya jamiyati, Moskva markazi; umumiy tahrir ostida, akad. V. M. Kotlyakov. Rossiya Fanlar akademiyasining Geografiya instituti. — Yekaterinburg: U-Faktoriya, 2006.
- Agra // Brokgauz va Yefron ensiklopedik lug‘ati : 86 jildda (82 jild va 4 qo‘shimcha). — Sankt-Peterburg, 1890—1907.