Temperatura o‘tkazuvchanligi (temperatura o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti) — fizik kattalik bo‘lib, muvozanatsiz issiqlik jarayonlarida modda temperaturasining tenglashish tezligini ifodalaydi. Son jihatdan issiqlik o‘tkazuvchanligining solishtirma issiqlik sig‘imiga nisbatiga teng (o‘zgarmas bosimda).
Xalqaro birliklar tizimi (SI) bo‘yicha m²/s da o‘lchanadi.
Odatda quyidagi yunon harfi bilan belgilanadi — :
- bu yerda — temperatura o‘tkazuvchanligi;
- — issiqlik o‘tkazuvchanligi;
- — izobarik solishtirma issiqlik sig‘imi;
- — zichlik.
Temperatura o‘tkazuvchanligi jismlarda issiqlik tarqalishini ifodalovchi differensial tenglamada koeffitsiyent sifatida qatnashadi:
— issiqlik manbalari funksiyasi. Xuddi shu tenglama Dekart koordinatalarida:
Temperatura o‘tkazuvchanligi va issiqlik o‘tkazuvchanligi moddalar hamda materiallarning eng muhim parametrlaridan hisoblanadi, chunki ular issiqlik uzatilishi va temperatura o‘zgarishi jarayonlarini tavsiflaydi.
Temperatura o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentining qiymati moddaning tabiatiga bog‘liq. Suyuqliklar va gazlarning temperatura o‘tkazuvchanligi nisbatan past bo‘ladi. Metallarda esa, aksincha, temperatura o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti kattaroq bo‘ladi.
Ayrim moddalar va materiallarning temperatura o‘tkazuvchanligi
| Material | Temperatura o‘tkazuvchanligi (m²/s)× 10^6 |
|---|---|
| Havo (300 K) | 19 |
| Al-10Si-Mn-Mg (Silafont 36), 20 °C da |
74,2 |
| Al-5Mg-2Si-Mn (Magsimal-59), 20 °C da |
44,0 |
| Etil spirti | 0,07 |
| Alyuminiy | 84,18 |
| Alyuminiy oksidi | 12,0 |
| Alyuminiy qotishmasi 6061-T6 | 64 |
| Argon (23°С, 1 atm) | 22 |
| Somonli xom g‘isht | 0,27 |
| Keramik g‘isht |
0,52 |
| Uglerod (kompozit) (25 °C) | 216,5 |
| Mis (25 °C) | 111 |
| Shisha (deraza oynasi) | 0,34 |
| Oltin | 127 |
| Geliy (23°С, 100 kPa) | 190 |
| Vodorod (23°С, 100 kPa) | 160 |
| Inkonel 600 (25 °C) | 3,428 |
| Temir | 23 |
| Molibden (99,95 %) (25 °C) | 54,3 |
| Azot (23°С, 100 kPa) | 22 |
| Neylon | 0,09 |
| Motor moyi (100 °C) | 0,0738 |
| Parafin (25 °C) | 0,081 |
| Polikarbonat (25 °C) | 0,144 |
| Polipropilen (25 °C) | 0,096 |
| PTFE (ftoroplast) (25 °C) | 0,124 |
| PVX (polivinilxlorid) | 0,08 |
| Pirolitik grafit, qatlamlarga perpendikulyar |
3,6 |
| Pirolitik grafit, qatlamlarga parallel |
1220 |
| Kvars | 1,4 |
| Rezina | 8,9 — 13 |
| Qumtosh | 1,12-1,19 |
| Si3N4 (kremniy nitridi) (26 °C) |
9,142 |
| Si3N4 uglerodli nanonaychalar bilan (26 °C) |
8,605 |
| Kremniy | 88 |
| Kremniy dioksidi (kvars) | 0,83 |
| Kumush (99.9 %) | 165,63 |
| Po‘lat, 1 % uglerod | 11,72 |
| Zanglamaydigan po‘lat 304A (27 °C) |
4,2 |
| Zanglamaydigan po‘lat 310 (25 °C) |
3,352 |
| Qalay | 40 |
| Suv (25 °C) | 0,143 |
| Suv bug‘i (1 atm, 400 K) | 23,38 |
| Yog‘och (qarag‘ay) | 0,082 |
Adabiyotlar
Isachenko V. P., Osipova V. A., Sukomel A. S. Issiqlik uzatilishi. M.: Energiya, 1969
Sivuxin D. V. Termodinamika va molekulyar fizika (Fizikaning umumiy kursi; II jild). M.: Nauka, 1990.
Havolalar
Alyuminiy oksidi va Pyroceram 9060 materiallarining temperatura o‘tkazuvchanligi, solishtirma issiqlik sig‘imi hamda issiqlik o‘tkazuvchanligi (ingl.). Ilg‘or hayot sikli muhandisligi markazi (Center for Advanced Life Cycle Engineering). Murojaat sanasi: 1-iyun 2011-yil. Asl nusxasidan 13-avgust 2011-yilda arxivlangan.