
GSM (dastlab Groupe Spécial Mobile guruhi nomidan olingan, keyinchalik Global System for Mobile Communications) (rus. SPS-900) — mobil uyali aloqaning global standarti bo‘lib, raqamli tizimda uyali aloqa kanallari vaqt bo‘yicha (TDMA) va chastota bo‘yicha (FDMA) ajratiladi. Standart Yevropa telekommunikatsiyalarni standartlashtirish instituti (ETSI) homiyligida 1980-yillarning oxirida ishlab chiqilgan.
Umumiy ma’lumotlar
GSM ikkinchi avlod (2 Generation) (1G — analog uyali aloqa, 2G — raqamli uyali aloqa, 3G — keng polosali raqamli uyali aloqa, kommutatsiyalanadigan ko‘p maqsadli kompyuter tarmoqlari, jumladan, Internet).
Mobil telefonlar 4 ta chastota diapazonida ishlash imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydigan qilib ishlab chiqariladi: 850, 900, 1800, 1900 MGs (sanab o‘tilgan diapazonlarning kamida bittasida). Axborotni qabul qilish va uzatishda mobil aloqa operatorlari bir juft chastotadan foydalanadi. Ular bu juftlikni quyidagicha ataydi: kanalning mutlaq radiochastota raqami.
Qo‘llab-quvvatlanadigan diapazonlar soniga ko‘ra mobil telefonlar turli sinflarga ajratiladi; chastotalar majmui foydalaniladigan hududga ham bog‘liq. Chunki tarixan dunyoning turli qismlarida GSM tarmoqlari uchun turli chastota diapazonlari standartlashtirilgan. Telefonlar quyidagicha bo‘ladi:
- Bir diapazonli (Single-band) — telefon bitta chastota diapazonida ishlay oladi. Hozirda bunday telefonlar ishlab chiqarilmaydi, biroq ayrim modellarda, masalan, Motorola C115 da yoki telefonning muhandislik menyusi orqali ma’lum chastota diapazonini qo‘lda tanlash mumkin.
- Ikki diapazonli (Dual-band) — 900/1800 MGs (Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliya uchun — bu hududlarda GSM tarmoqlarining aynan shu 2 ta chastota diapazoni standartlashtirilgan) yoki 850/1900 MGs (Amerika va Kanada uchun — G‘arbiy yarimsharda Yevropa va dunyoning boshqa qismlaridan farqli diapazonlar qabul qilingan, chunki Yevropa standarti tasdiqlangan paytda Yangi Dunyoda 900 va 1800 MGs radiochastota diapazonlari boshqa maqsadlar uchun taqsimlab bo‘lingan edi).
- Uch diapazonli (Tri-band) — 900/1800/1900 MGs (Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliya uchun) hamda 850/1800/1900 MGs (Amerika va Kanada uchun).
- To‘rt diapazonli (Quad-band) — 850/900/1800/1900 MGs; barcha chastota diapazonlarini qo‘llab-quvvatlaydi (ya’ni bunday telefonlar universaldir — ular dunyoning GSM tarmog‘i mavjud deyarli istalgan joyida ishlay oladi).
GSM standartida GMSK modulyatsiyasi qo‘llanadi. Bunda me’yorlashtirilgan BT polosa qiymati 0,3 ga teng; B — filtrning minus 3 dB darajasidagi o‘tkazish polosasi kengligi, T esa raqamli xabarning bir biti davomiyligidir.
GSM bugungi kunda eng keng tarqalgan aloqa standartidir. GSM assotsiatsiyasi (GSMA) ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur standart jahon mobil aloqa bozorining 82 %ini egallaydi, Yer aholisining 29 %i global GSM texnologiyalaridan foydalanadi. Hozirda GSMA tarkibiga 210 dan ortiq mamlakat va hudud operatorlari kiradi.
Rivojlanish bosqichlari
GSM dastlab standartni ishlab chiqqan tahlil guruhi nomidan kelib chiqib, Groupe Spécial Mobile degan ma’noni anglatgan. Hozir esa u Global System for Mobile Communications (Mobil aloqa global tizimi) nomi bilan tanilgan, garchi «aloqa» so‘zi qisqartmada alohida harf bilan ifodalanmagan bo‘lsa ham. GSMni ishlab chiqish 1982-yilda Yevropaning 26 ta milliy telefon kompaniyasi ishtirokidagi guruh tomonidan boshlangan. Yevropa pochta va telekommunikatsiya ma’muriyatlari konferensiyasi (CEPT) Yevropaning barcha mamlakatlari uchun 900 MGs diapazonida ishlaydigan yagona uyali aloqa tizimini yaratishga intilgan. GSM yutuqlari «Yevropa sanoatidagi hamkorlik orqali jahon bozorida nimalarga erishish mumkinligini ko‘rsatgan eng ishonchli namunalardan biri» deb baholangan.
Keyinchalik, 1989-yilda Yevropa telekommunikatsiya standartlari instituti (ETSI) GSMni yanada rivojlantirish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oldi. 1990-yilda dastlabki tavsiyalar e’lon qilindi. Texnik spetsifikatsiya 1991-yilda e’lon qilingan.
Tijoriy GSM tarmoqlari Yevropa mamlakatlarida 1991 yilning o‘rtalarida ishga tushirildi. GSM analog uyali aloqadan keyin ishlab chiqilgan va ko‘p jihatdan yaxshiroq loyihalashtirilgan. Shimoliy Amerikadagi PCS muqobili o‘zining avvalgi tizimlaridan, jumladan, TDMA va CDMA raqamli texnologiyalaridan kelib chiqqan, biroq CDMA uchun xizmat sifatini potensial yaxshilash imkoniyati hech qachon tasdiqlanmagan.
GSM Phase 1
1982 (Groupe Spécial Mobile) — 1990-yil, Global System for Mobile Communications. Birinchi tijoriy tarmoq yanvar 1992 oyida ishga tushirilgan. Bu raqamli standart ma’lumotlarni 9,6 kbit/s gacha tezlikda uzatishni qo‘llab-quvvatlaydi. Hozirda butunlay eskirgan va unga mo‘ljallangan uskunalar ishlab chiqarish to‘xtatilgan.
1991-yilda GSM «1-bosqich» standarti xizmatlari joriy etilgan.
Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Qo‘ng‘iroqni yo‘naltirish (Call forwarding). Raqam band bo‘lganda, abonent javob bermaganda, telefon o‘chirilganida yoki tarmoq qamrovidan tashqarida bo‘lganda va boshqa holatlarda kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa telefon raqamiga yo‘naltirish imkoniyati. Bundan tashqari, faks xabarlari va ma’lumotlarni ham yo‘naltirish mumkin.
- Qo‘ng‘iroqlarni taqiqlash (Call barring). Barcha kiruvchi yoki chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni, xalqaro chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni yoxud tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlardan tashqari barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni taqiqlash.
- Qo‘ng‘iroqni kutish (Call waiting). Ushbu xizmat davom etayotgan suhbat vaqtida boshqa kiruvchi qo‘ng‘iroqni qabul qilishga imkon beradi. Bunda birinchi abonent bilan aloqa saqlanishi yoki u bilan suhbat yakunlanishi mumkin.
- Qo‘ng‘iroqni ushlab turish (Call holding). Bu xizmat bir abonent bilan aloqani uzmasdan boshqa abonentga qo‘ng‘iroq qilish yoki uning qo‘ng‘irog‘iga javob berish imkonini yaratadi.
- Global rouming (Global roaming). Operatoringiz tegishli kelishuv tuzgan mamlakatlardan biriga borganingizda telefon raqamingizni o‘zgartirmasdan GSM mobil telefoningizdan foydalanishingiz mumkin.
GSM Phase 2
GSM Phase 2 standarti 1993 yilda qabul qilingan. Bu raqamli standart ma’lumotlarni 9,6 kbit/s gacha tezlikda uzatishni qo‘llab-quvvatlaydi. 1995 yildan boshlab 1900 MGs diapazonini ham qamrab olgan. GSM rivojlanishining ikkinchi bosqichi — «2-bosqich» 1997 yilda yakunlangan va quyidagi xizmatlarni nazarda tutgan:
- Qo‘ng‘iroq qiluvchi raqamni aniqlash (Calling Line Identification Presentation). Kiruvchi qo‘ng‘iroq paytida qo‘ng‘iroq qilayotgan abonentning raqami ekranda ko‘rsatiladi.
- Raqamni aniqlashni cheklash (Calling Line Identification Restriction). Ushbu xizmat yordamida boshqa abonent bilan bog‘langanda o‘z raqamingiz ko‘rsatilishini taqiqlash mumkin.
- Guruhli qo‘ng‘iroq (Multi party). Telekonferensiya yoki konferens-aloqa rejimi besh nafargacha abonentni bir guruhga birlashtirib, ularning bir vaqtning o‘zida o‘zaro suhbatlashishiga imkon beradi.
- O‘n nafargacha abonentdan iborat yopiq guruh yaratish (Closed User Group). A’zolari faqat bir-biri bilan bog‘lana oladigan foydalanuvchilar guruhini tuzish imkonini beradi. Bu xizmatdan ko‘pincha xodimlarini ish uchun aloqa qurilmalari bilan ta’minlaydigan kompaniyalar foydalanadi.
- Suhbat narxi haqida axborot. Xizmat tarkibiga liniyada o‘tkazilgan vaqtni hisoblaydigan taymer va qo‘ng‘iroqlar hisoblagichi kiradi. Shuningdek, hisobda qolgan mablag‘ miqdorini tekshirish mumkin. Yana bir xizmat — «To‘lov haqida ma’lumot» (Advice of Charge) mavjud. Foydalanuvchi so‘roviga ko‘ra, aloqa davomida suhbatning narxi va davomiyligi tekshiriladi.
- Qo‘shimcha liniyaga xizmat ko‘rsatish (Alternative Line Service). Foydalanuvchi bitta SIM moduliga biriktiriladigan ikkita raqam olishi mumkin. Bunda aloqa ikkita liniya orqali amalga oshiriladi; ikkita hisob, ikkita ovozli pochta qutisi va boshqa imkoniyatlar taqdim etiladi.
- Qisqa matnli xabarlar (Short Message Service). Qisqa matnli xabarlarni (160 tagacha belgi) qabul qilish va yuborish imkoniyati.
- Ovozli xabarlar tizimi (Voice Mail). Ushbu xizmat kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni shaxsiy avtomatik javob beruvchi tizimga (ovozli pochtaga) yo‘naltirishga imkon beradi. Undan faqat abonentda «qo‘ng‘iroqlarni yo‘naltirish» xizmati faollashtirilgan bo‘lsa foydalanish mumkin.
GSM Phase 2 standarti eskirgan hisoblanadi. Biroq GSM standarti oldingi versiyalar bilan moslikni nazarda tutgani sababli, eski baza stansiyasi uskunalari va telefonlar zamonaviy tarmoqlarda ham ishlashi mumkin va amalda ishlamoqda.
GSM Phase 2+
GSM standartidagi tarmoqlar rivojlanishining keyingi bosqichi — «2+ bosqich» joriy etilgan muayyan yil bilan bog‘liq emas. Yangi xizmat va funksiyalar texnik tavsiflari tayyorlanib, tasdiqlangach standartlashtiriladi va joriy qilinadi. «2+ bosqich» doirasidagi barcha ishlar Yevropa telekommunikatsiyalarni standartlashtirish instituti (ETSI) tomonidan olib borilgan. Joriy etilgan yoki tasdiqlash jarayonidagi xizmatlar soni 50 tadan oshadi. Ular orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- SIM-karta dasturiy ta’minotini takomillashtirish;
- nutqni to‘liq tezlikda yaxshilangan kodlash — EFR (Enhanced Full Rate);
- GSM va DECT;
- tizimlarining o‘zaro ishlashini ta’minlash; paketli ma’lumot uzatish — GPRS (General Packet RadioService) yoki kanallar kommutatsiyasi asosida yuqori tezlikda ma’lumot uzatish — HSCSD (High Speed Circuit Switched Data) yordamida ma’lumot uzatish tezligini oshirish.
Taqdim etiladigan xizmatlar
GSM quyidagi xizmatlarni qo‘llab-quvvatlaydi:
- Ma’lumot uzatish xizmatlari (sinxron va asinxron ma’lumot almashinuvi, jumladan, paketli ma’lumot uzatish — GPRS). Ushbu xizmatlar terminal qurilmalarining o‘zaro mosligini kafolatlamaydi; ular faqat mazkur qurilmalarga va ulardan axborot uzatishni ta’minlaydi.
- Nutq axborotini uzatish.
- Qisqa xabarlarni uzatish (SMS).
- Faksimil xabarlarni uzatish.
Qo‘shimcha (taqdim etilishi majburiy bo‘lmagan) xizmatlar:
- Qo‘ng‘iroq qiluvchi raqamni aniqlash va uning aniqlanishini cheklash.
- Qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga shartsiz yoki muayyan shartlarga ko‘ra yo‘naltirish.
- Qo‘ng‘iroqni kutish va ushlab turish.
- Konferens-aloqa (uch yoki undan ortiq mobil stansiya o‘rtasida bir vaqtning o‘zida ovozli aloqa).
- Foydalanuvchi belgilagan ayrim xizmatlarni taqiqlash (xalqaro qo‘ng‘iroqlar, roumingdagi qo‘ng‘iroqlar va boshqalar).
- Ovozli pochta.
- Boshqa ko‘plab xizmatlar.
Afzalliklari va kamchiliklari
GSM standartining afzalliklari:
- Analog standartlar (NMT-450, AMPS-800) bilan solishtirganda, telefonlar o‘lchami va vaznining kichikligi hamda akkumulyatorni qayta quvvatlamasdan uzoqroq ishlashi. Bunga asosan abonent qurilmasidan qabul qilinayotgan signal darajasini doimiy tahlil qiladigan baza stansiyasi uskunalari yordamida erishiladi. Signal kerakli darajadan yuqori bo‘lsa, mobil telefonga uzatish quvvatini avtomatik kamaytirish buyrug‘i yuboriladi.
- Baza stansiyalari yetarli zichlikda joylashtirilganda aloqa sifatining yaxshi bo‘lishi.
- Tarmoq sig‘imining kattaligi va bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli ulanishlarni amalga oshirish imkoniyati.
- Ushbu chastota diapazonlarida sanoat xalaqitlarining past darajada bo‘lishi.
- Analog tizimlarga nisbatan yaxshilangan himoya — umumiy maxfiy kalitga asoslangan shifrlash algoritmlari yordamida suhbatni yashirincha tinglash va ruxsatsiz foydalanishdan himoyalanish.[aniqlashtirish kerak]
- Nutqni samarali kodlash (siqish). EFR texnologiyasini Nokia kompaniyasi ishlab chiqqan va keyinchalik GSM texnologiyasi uchun kodlash/dekodlashning sanoat standartiga aylangan (qarang: GSM-FR, GSM-HR va GSM-EFR)
- Keng tarqalganligi, ayniqsa Yevropada, hamda uskunalar tanlovining kattaligi.
- Xalqaro rouming imkoniyati. Bu GSM tarmoqlaridan birining abonenti o‘z mobil raqamidan faqat uy tarmog‘ida emas, balki dunyo bo‘ylab harakatlanib, bir tarmoqdan boshqasiga o‘tganda ham voz kechmasdan foydalana olishini anglatadi. Tarmoqlar o‘rtasida o‘tish avtomatik sodir bo‘ladi va GSM telefonidan foydalanuvchi operatorni oldindan xabardor qilishi shart emas (ayrim operatorlar o‘z abonentlariga rouming xizmatini taqdim etishda cheklovlar qo‘yishi mumkin; batafsil ma’lumotni bevosita GSM operatoridan olish mumkin).
GSM standartining kamchiliklari:
Standartlar va radiointerfeys
GSM standartlari Yevropa telekommunikatsiya standartlari instituti tomonidan ishlab chiqiladi va e’lon qilinadi. Hujjatlar GSM nn.nn ko‘rinishida belgilanadi. Masalan, GSM SIM-kartalari uchun GSM 11.11 standarti keng ma’lum.
GSM standartida 4 ta ishchi diapazon belgilangan (beshinchi diapazon ham mavjud):
900/1800 MGs (Yevropa va Osiyoda qo‘llanadi)
| Tavsiflar | GSM-900 | GSM-1800 |
|---|---|---|
| MS uzatish va BTS qabul qilish chastotalari (uplink), MGs | 890–915 | 1710–1785 |
| MS qabul qilish va BTS uzatish chastotalari (downlink), MGs | 935–960 | 1805–1880 |
| Qabul qilish va uzatish chastotalari o‘rtasidagi dupleks farq, MGs | 45 | 95 |
| Aloqa chastota kanallari soni (1 ta kanal kengligi 200 kGs) | 124 | 374 |
| Aloqa kanali polosasi kengligi, kGs | 200 | 200 |
GSM-900 va GSM-1800 standartlarining chastotalari va kanallari ro‘yxati
GSM-900 standartining chastotalari va kanallari ro‘yxati
| Kanal | Qabul qilish chastotasi | Uzatish chastotasi | Kanal | Qabul qilish chastotasi | Uzatish chastotasi |
|---|---|---|---|---|---|
| O‘nlik | MGs | MGs | O‘nlik | MGs | MGs |
| 1 | 890,2 | 935,2 | 63 | 902,6 | 947,6 |
| 2 | 890,4 | 935,4 | 64 | 902,8 | 947,8 |
| 3 | 890,6 | 935,6 | 65 | 903 | 948 |
| 4 | 890,8 | 935,8 | 66 | 903,2 | 948,2 |
| 5 | 891 | 936 | 67 | 903,4 | 948,4 |
| 6 | 891,2 | 936,2 | 68 | 903,6 | 948,6 |
| 7 | 891,4 | 936,4 | 69 | 903,8 | 948,8 |
| 8 | 891,6 | 936,6 | 70 | 904,00 | 949 |
| 9 | 891,8 | 936,8 | 71 | 904,2 | 949,2 |
| 10 | 892 | 937 | 72 | 904,4 | 949,4 |
| 11 | 892,2 | 937,2 | 73 | 904,6 | 949,6 |
| 12 | 892,4 | 937,4 | 74 | 904,8 | 949,8 |
| 13 | 892,6 | 937,6 | 75 | 905 | 950 |
| 14 | 892,8 | 937,8 | 76 | 905,2 | 950,2 |
| 15 | 893 | 938 | 77 | 905,4 | 950,4 |
| 16 | 893,2 | 938,2 | 78 | 905,6 | 950,6 |
| 17 | 893,4 | 938,4 | 79 | 905,8 | 950,8 |
| 18 | 893,6 | 938,6 | 80 | 906 | 951 |
| 19 | 893,8 | 938,8 | 81 | 906,2 | 951,2 |
| 20 | 894 | 939 | 82 | 906,4 | 951,4 |
| 21 | 894,2 | 939,2 | 83 | 906,6 | 951,6 |
| 22 | 894,4 | 939,4 | 84 | 906,8 | 951,8 |
| 23 | 894,6 | 939,6 | 85 | 907 | 952 |
| 24 | 894,8 | 939,8 | 86 | 907,2 | 952,2 |
| 25 | 895 | 940 | 87 | 907,4 | 952,4 |
| 26 | 895,2 | 940,2 | 88 | 907,6 | 952,6 |
| 27 | 895,4 | 940,4 | 89 | 907,8 | 952,8 |
| 28 | 895,6 | 940,6 | 90 | 908 | 953 |
| 29 | 895,8 | 940,8 | 91 | 908,2 | 953,2 |
| 30 | 896 | 941 | 92 | 908,4 | 953,4 |
| 31 . | 896,2 | 941,2 | 93 | 908,6 | 953,6 |
| 32 | 896,4 | 941,4 | 94 | 908,8 | 953,8 |
| 33 | 896,6 | 941,6 | 95 | 909 | 954 |
| 34 | 896,8 | 941,8 | 96 | 909,2 | 954,2 |
| 35 | 897 | 942 | 97 | 909,4 | 954,4 |
| 36 | 897,2 | 942,2 | 98 | 909,6 | 954,6 |
| 37 | 897,4 | 942,4 | 99 | 909,8 | 954,8 |
| 38 | 897,6 | 942,6 | 100 | 910 | 955 |
| 39 | 897,8 | 942,8 | 101 | 910,2 | 955,2 |
| 40 | 898 | 943 | 102 | 910,4 | 955,4 |
| 41 | 898,2 | 943,2 | 103 | 910,6 | 955,6 |
| 42 | 898,4 | 943,4 | 104 | 910,8 | 955,8 |
| 43 | 898,6 | 943,6 | 105 | 911 | 956 |
| 44 | 898,8 | 943,8 | 106 | 911,2 | 956,2 |
| 45 | 899 | 944 | 107 | 911,4 | 956,4 |
| 46 | 899,2 | 944,2 | 108 | 911,6 | 956,6 |
| 47 | 899,4 | 944,4 | 109 | 911,8 | 956,8 |
| 48 | 899,6 | 944,6 | 110 | 912 | 957 |
| 49 | 899,8 | 944,8 | 111 | 912,2 | 957,2 |
| 50 | 900 | 945 | 112 | 912,4 | 957,4 |
| 51 | 900,2 | 945,2 | 113 | 912,6 | 957,6 |
| 52 | 900,4 | 945,4 | 114 | 912,8 | 957,8 |
| 53 | 900,6 | 945,6 | 115 | 913 | 958 |
| 54 | 900,8 | 945,8 | 116 | 913,20 | 958,2 |
| 55 | 901 | 946 | 117 | 913,4 | 958,4 |
| 56 | 901,2 | 946,2 | 118 | 913,6 | 958,6 |
| 57 | 901,4 | 946,4 | 119 | 913,8 | 958,8 |
| 58 | 901,6 | 946,6 | 120 | 914 | 959 |
| 59 | 901,8 | 946,8 | 121 | 914,2 | 959,2 |
| 60 | 902 | 947 | 122 | 914,4 | 959,4 |
| 61 | 902,2 | 947,2 | 123 | 914,6 | 959,6 |
| 62 | 902,4 | 947,4 | 124 | 914,8 | 959,8 |
GSM-1800 (DCS-1800) standarti kanallarining chastotalari ro‘yxati
| Kanal | Qabul qilish chastotasi | Uzatish chastotasi | Kanal | Qabul qilish chastotasi | Uzatish chastotasi |
|---|---|---|---|---|---|
| O‘nlik | MGs | MGs | O‘nlik | MGs | MGs |
| 512 | 1710,2 | 1805,2 | 671 | 1742 | 1837 0,2 |
| 513 | 1710,4 | 1805,4 | 672 | 1742,2 | 1837,2 |
| 514 | 1710,6 | 1805,6 | 673 | 1742,4 | 1837,4 |
| 515 | 1710,8 | 1805,8 | 674 | 1742,6 | 1837,6 |
| 516 | 1711 | 1806 | 675 | 1742,8 | 1837,8 |
| 517 | 1711,2 | 1806,2 | 676 | 1743 | 1838 |
| 518 | 1711,4 | 1806,4 | 677 | 1743,2 | 1838,2 |
| 519 | 1711,6 | 1806,6 | 678 | 1743,4 | 1838,4 |
| 520 | 1711,8 | 1806,8 | 679 | 1743,6 | 1838,6 |
| 521 | 1712 | 1807 | 680 | 1743,8 | 1838,8 |
| 522 | 1712,2 | 1807,2 | 681 | 1744 | 1839 |
| 523 | 1712,4 | 1807,4 | 682 | 1744,2 | 1839,2 |
| 524 | 1712,6 | 1807,6 | 683 | 1744,4 | 1839,4 |
| 525 | 1712,8 | 1807,8 | 684 | 1744,6 | 1839,6 |
| 526 | 1713 | 1808 | 685 | 1744,8 | 1839,8 |
| 527 | 1713,2 | 1808,2 | 686 | 1745 | 1840 |
| 528 | 1713,4 | 1808,4 | 687 | 1745,2 | 1840,2 |
| 529 | 1713,6 | 1808,6 | 688 | 1745,4 | 1840,4 |
| 530 | 1713,8 | 1808,8 | 689 | 1745,6 | 1840,6 |
| 531 | 1714 | 1809 | 690 | 1745,8 | 1840,8 |
| 532 | 1714,2 | 1809,2 | 691 | 1746 | 1841 |
| 533 | 1714,4 | 1809,4 | 692 | 1746,2 | 1841,2 |
| 534 | 1714,6 | 1809,6 | 693 | 1746,4 | 1841,4 |
| 535 | 1714,8 | 1809,8 | 694 | 1746,6 | 1841,6 |
| 536 | 1715 | 1810 | 695 | 1746,8 | 1841,8 |
| 537 | 1715,2 | 1810,2 | 696 | 1747 | 1842 |
| 538 | 1715,4 | 1810,4 | 697 | 1747,2 | 1842,2 |
| 539 | 1715,6 | 1810,6 | 698 | 1747,4 | 1842,4 |
| 540 | 1715,8 | 1810,8 | 699 | 1747,6 | 1842,6 |
| 541 | 1716 | 1811 | 700 | 1747,8 | 1842,8 |
| 542 | 1716,2 | 1811,2 | 701 | 1748 | 1843 |
| 543 | 1716,4 | 1811,4 | 702 | 1748,2 | 1843,2 |
| 544 | 1716,6 | 1811,6 | 703 | 1748,4 | 1843,4 |
| 545 | 1716,8 | 1811,8 | 704 | 1748,6 | 1843,6 |
| 546 | 1717 | 1812 | 705 | 1748,8 | 1843,8 |
| 547 | 1717,2 | 1812,2 | 706 | 1749 | 1844 |
| 548 | 1717,4 | 1812,4 | 707 | 1749,2 | 1844,2 |
| 549 | 1717,6 | 1812,6 | 708 | 1749,4 | 1844,4 |
| 550 | 1717,8 | 1812,8 | 709 | 1749,6 | 1844,6 |
| 551 | 1718 | 1813 | 710 | 1749,8 | 1844,8 |
| 552 | 1718,2 | 1813,2 | 711 | 1750 | 1845 |
| 553 | 1718,4 | 1813,4 | 712 | 1750,2 | 1845,2 |
| 554 | 1718,6 | 1813,6 | 713 | 1750,4 | 1845,4 |
| 555 | 1718,8 | 1813,8 | 714 | 1750,6 | 1845,6 |
| 556 | 1719 | 1814 | 715 | 1750,8 | 1845,8 |
| 557 | 1719,2 | 1814,2 | 716 | 1751 | 1846 |
| 558 | 1719,4 | 1814,4 | 717 | 1751,2 | 1846,2 |
| 559 | 1719,6 | 1814,6 | 718 | 1751,4 | 1846,4 |
| 560 | 1719,8 | 1814,8 | 719 | 1751,6 | 1846,6 |
| 561 | 1720 | 1815 | 720 | 1751,8 | 1846,8 |
| 562 | 1720,2 | 1815,2 | 721 | 1752 | 1847 |
| 563 | 1720,4 | 1815,4 | 722 | 1752,2 | 1847,2 |
| 564 | 1720,6 | 1815,6 | 723 | 1752,4 | 1847,4 |
| 565 | 1720,8 | 1815,8 | 724 | 1752,6 | 1847,6 |
| 566 | 1721 | 1816 | 725 | 1752,8 | 1847,8 |
| 567 | 1721,2 | 1816,2 | 726 | 1753 | 1848 |
| 568 | 1721,4 | 1816,4 | 727 | 1753,2 | 1848,2 |
| 569 | 1721,6 | 1816,6 | 728 | 1753,4 | 1848,4 |
| 570 | 1721,8 | 1816,8 | 729 | 1753,6 | 1848,6 |
| 571 | 1722 | 1817 | 730 | 1753,8 | 1848,8 |
| 572 | 1722,2 | 1817,2 | 731 | 1754 | 1849 |
| 573 | 1722,4 | 1817,4 | 732 | 1754,2 | 1849,2 |
| 574 | 1722,6 | 1817,6 | 733 | 1754,4 | 1849,4 |
| 575 | 1722,8 | 1817,8 | 734 | 1754,6 | 1849,6 |
| 576 | 1723 | 1818 | 735 | 1754,8 | 1849,8 |
| 577 | 1723,2 | 1818,2 | 736 | 1755 | 1850 |
| 578 | 1723,4 | 1818,4 | 737 | 1755,2 | 1850,2 |
| 579 | 1723,6 | 1818,6 | 738 | 1755,4 | 1850,4 |
| 580 | 1723,8 | 1818,8 | 739 | 1755,6 | 1850,6 |
| 581 | 1724 | 1819 | 740 | 1755,8 | 1850,8 |
| 582 | 1724,2 | 1819,2 | 741 | 1756 | 1851 |
| 583 | 1724,4 | 1819,4 | 742 | 1756,2 | 1851,2 |
| 584 | 1724,6 | 1819,6 | 743 | 1756,4 | 1851,4 |
| 585 | 1724,8 | 1819,8 | 744 | 1756,6 | 1851,6 |
| 586 | 1725 | 1820 | 745 | 1756,8 | 1851,8 |
| 587 | 1725,2 | 1820,2 | 746 | 1757 | 1852 |
| 588 | 1725,4 | 1820,4 | 747 | 1757,2 | 1852,2 |
| 589 | 1725,6 | 1820,6 | 748 | 1757,4 | 1852,4 |
| 590 | 1725,8 | 1820,8 | 749 | 1757,6 | 1852,6 |
| 591 | 1726 | 1821 | 750 | 1757,8 | 1852,8 |
| 592 | 1726,2 | 1821,2 | 751 | 1758 | 1853 |
| 593 | 1726,4 | 1821,4 | 752 | 1758,2 | 1853,2 |
| 594 | 1726,6 | 1821,6 | 753 | 1758,4 | 1853,4 |
| 595 | 1726,8 | 1821,8 | 754 | 1758,6 | 1853,6 |
| 596 | 1727 | 1822 | 755 | 1758,8 | 1853,8 |
| 597 | 1727,2 | 1822,2 | 756 | 1759 | 1854 |
| 598 | 1727,4 | 1822,4 | 757 | 1759,2 | 1854,2 |
| 599 | 1727,6 | 1822,6 | 758 | 1759,4 | 1854,4 |
| 600 | 1727,8 | 1822,8 | 759 | 1759,6 | 1854,6 |
| 601 | 1728 | 1823 | 760 | 1759,8 | 1854,8 |
| 602 | 1728,2 | 1823,2 | 761 | 1760 | 1855 |
| 603 | 1728,4 | 1823,4 | 762 | 1760,2 | 1855,2 |
| 604 | 1728,6 | 1823,6 | 763 | 1760,4 | 1855,4 |
| 605 | 1728,8 | 1823,8 | 764 | 1760,6 | 1855,6 |
| 606 | 1729 | 1824 | 765 | 1760,8 | 1855,8 |
| 607 | 1729,2 | 1824,2 | 766 | 1761 | 1856 |
| 608 | 1729,4 | 1824,4 | 767 | 1761,2 | 1856,2 |
| 609 | 1729,6 | 1824,6 | 768 | 1761,4 | 1856,4 |
| 610 | 1729,8 | 1824,8 | 769 | 1761,6 | 1856,6 |
| 611 | 1730 | 1825 | 770 | 1761,8 | 1856,8 |
| 612 | 1730,2 | 1825,2 | 771 | 1762 | 1857 |
| 613 | 1730,4 | 1825,4 | 772 | 1762,2 | 1857,2 |
| 614 | 1730,6 | 1825,6 | 773 | 1762,4 | 1857,4 |
| 615 | 1730,8 | 1825,8 | 774 | 1762,6 | 1857,6 |
| 616 | 1731 | 1826 | 775 | 1762,8 | 1857,8 |
| 617 | 1731,2 | 1826,2 | 776 | 1763 | 1858 |
| 618 | 1731,4 | 1826,4 | 777 | 1763,2 | 1858,2 |
| 619 | 1731,6 | 1826,6 | 778 | 1763,4 | 1858,4 |
| 620 | 1731,8 | 1826,8 | 779 | 1763,6 | 1858,6 |
| 621 | 1732 | 1827 | 780 | 1763,8 | 1858,8 |
| 622 | 1732,2 | 1827,2 | 781 | 1764 | 1859 |
| 623 | 1732,4 | 1827,4 | 782 | 1764,2 | 1859,2 |
| 624 | 1732,6 | 1827,6 | 783 | 1764,4 | 1859,4 |
| 625 | 1732,8 | 1827,8 | 784 | 1764,6 | 1859,6 |
| 626 | 1733 | 1828 | 785 | 1764,8 | 1859,8 |
| 627 | 1733,2 | 1828,2 | 786 | 1765 | 1860 |
| 628 | 1733,4 | 1828,4 | 787 | 1765,2 | 1860,2 |
| 629 | 1733,6 | 1828,6 | 788 | 1765,4 | 1860,4 |
| 630 | 1733,8 | 1828,8 | 789 | 1765,6 | 1860,6 |
| 631 | 1734 | 1829 | 790 | 1765,8 | 1860,8 |
| 632 | 1734,2 | 1829,2 | 791 | 1766 | 1861 |
| 633 | 1734,4 | 1829,4 | 792 | 1766,2 | 1861,2 |
| 634 | 1734,6 | 1829,6 | 793 | 1766,4 | 1861,4 |
| 635 | 1734,8 | 1829,8 | 794 | 1766,6 | 1861,6 |
| 636 | 1735 | 1830 | 795 | 1766,8 | 1861,8 |
| 637 | 1735,2 | 1830,2 | 796 | 1767 | 1862 |
| 638 | 1735,4 | 1830,4 | 797 | 1767,2 | 1862,2 |
| 639 | 1735,6 | 1830,6 | 798 | 1767,4 | 1862,4 |
| 640 | 1735,8 | 1830,8 | 799 | 1767,6 | 1862,6 |
| 641 | 1736 | 1831 | 800 | 1767,8 | 1862,8 |
| 642 | 1736,2 | 1831,2 | 801 | 1768 | 1863 |
| 643 | 1736,4 | 1831,4 | 802 | 1768,2 | 1863,2 |
| 644 | 1736,6 | 1831,6 | 803 | 1768,4 | 1863,4 |
| 645 | 1736,8 | 1831,8 | 804 | 1768,6 | 1863,6 |
| 646 | 1737 | 1832 | 805 | 1768,8 | 1863,8 |
| 647 | 1737,2 | 1832,2 | 806 | 1769 | 1864 |
| 648 | 1737,4 | 1832,4 | 807 | 1769,2 | 1864,2 |
| 649 | 1737,6 | 1832,6 | 808 | 1769,4 | 1864,4 |
| 650 | 1737,8 | 1832,8 | 809 | 1769,6 | 1864,6 |
| 651 | 1738 | 1833 | 810 | 1769,8 | 1864,8 |
| 652 | 1738,2 | 1833,2 | 811 | 1770 | 1865 |
| 653 | 1738,4 | 1833,4 | 812 | 1770,2 | 1865,2 |
| 654 | 1738,6 | 1833,6 | 813 | 1770,4 | 1865,4 |
| 655 | 1738,8 | 1833,8 | 814 | 1770,6 | 1865,6 |
| 656 | 1739 | 1834 | 815 | 1770,8 | 1865,8 |
| 657 | 1739,2 | 1834,2 | 816 | 1771 | 1866 |
| 658 | 1739,4 | 1834,4 | 817 | 1771,2 | 1866,2 |
| 659 | 1739,6 | 1834,6 | 818 | 1771,4 | 1866,4 |
| 660 | 1739,8 | 1834,8 | 819 | 1771,6 | 1866,6 |
| 661 | 1740 | 1835 | 820 | 1771,8 | 1866,8 |
| 662 | 1740,2 | 1835,2 | 821 | 1772 | 1867 |
| 663 | 1740,4 | 1835,4 | 822 | 1772,2 | 1867,2 |
| 664 | 1740,6 | 1835,6 | 823 | 1772,4 | 1867,4 |
| 665 | 1740,8 | 1835,8 | 824 | 1772,6 | 1867,6 |
| 666 | 1741 | 1836 | 825 | 1772,8 | 1867,8 |
| 667 | 1741,2 | 1836,2 | 826 | 1773 | 1868 |
| 668 | 1741,4 | 1836,4 | 827 | 1773,2 | 1868,2 |
| 669 | 1741,6 | 1836,6 | 828 | 1773,4 | 1868,4 |
| 670 | 1741,8 | 1836,8 | 829 | 1773,6 | 1868,6 |
- GSM-900
890 dan 915 MGs gacha (telefondan baza stansiyasiga) va 935 dan 960 MGs gacha (baza stansiyasidan telefonga) chastota diapazonlarida ishlovchi raqamli mobil aloqa standarti. Haqiqiy aloqa kanallari soni yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilganidan ancha ko‘p, chunki kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish texnologiyasi — TDMA ham mavjud, ya’ni bitta chastotada vaqt bo‘yicha ajratilgan holda bir necha abonent ishlashi mumkin.
Ayrim mamlakatlarda GSM-900 chastota diapazoni 880—915 MGs (MS -> BTS) va 925—960 MGs (MS <- BTS) gacha kengaytirilgan, buning natijasida aloqa kanallarining eng ko‘p soni 50 taga oshgan. Ushbu modifikatsiya E-GSM (extended GSM) deb nomlangan.
- GSM-1800
GSM-900 standartining modifikatsiyasi bo‘lib, 1710 dan 1880 MGs gacha chastota diapazonida ishlaydigan raqamli mobil aloqa standartidir.
Xususiyatlari:
- GSM-1800 telefonlarining maksimal nurlanish quvvati 1 Vt, taqqoslash uchun GSM-900 da 2 Vt. Akkumulyatorni qayta quvvatlamasdan uzluksiz ishlash muddati uzoqroq bo‘ladi va radio nurlanish darajasi kamayadi.
- Tarmoq sig‘imining yuqoriligi — bu yirik shaharlar uchun muhim.
- GSM-900 va GSM-1800 standartlarida bir vaqtda ishlaydigan telefonlardan foydalanish mumkin. Bunday telefon GSM-900 tarmog‘ida ishlaydi, GSM-1800 qamrov hududiga kirganda esa qo‘lda yoki avtomatik tarzda unga o‘tadi. Bu operatorga chastota resurslaridan oqilona foydalanish, mijozlarga esa past tariflar hisobiga mablag‘ tejash imkonini beradi. Har ikki tarmoqda abonent bir xil raqamdan foydalanadi. Ammo telefonning ikki tarmoqda ishlashi faqat ular bitta kompaniyaga tegishli bo‘lsa yoki turli diapazonlarda ishlaydigan kompaniyalar o‘rtasida rouming kelishuvi tuzilgan bo‘lsa mumkin.
GSM-900/1800 tarmog‘i yagona tuzilma, mantiq va monitoringga ega bitta tarmoqdir; unda telefon boshqa tarmoqqa o‘tmaydi. Faqat sinov uchun mo‘ljallangan yoki juda eski telefonlarda diapazonlardan biridan foydalanishni qo‘lda taqiqlash mumkin.
Muammo shundaki, har bir baza stansiyasining qamrov hududi GSM-900, AMPS/DAMPS-800, NMT-450 standartlaridagidan ancha kichik. Shuning uchun ko‘proq baza stansiyalari kerak bo‘ladi. Nurlanish chastotasi qanchalik yuqori bo‘lsa, radio to‘lqinlarning shahar qurilishlari orasidan o‘tish qobiliyati shunchalik past bo‘ladi.
GSMda aloqa masofasi signal kechikishini kompensatsiyalash (ingl. timing advance) parametri bilan cheklanadi va 35 km gacha yetadi. Extended cell rejimidan foydalanilganda bu masofa 75 km gacha ortadi, ammo amalda bunga asosan dengizda, cho‘lda va tog‘larda erishish mumkin.
850/1900 MGs (AQSH, Kanada, Lotin Amerikasi va Afrikaning ayrim mamlakatlarida qo‘llanadi)
| Tavsiflar | GSM-850 | GSM-1900 |
|---|---|---|
| MS uzatish va BTS qabul qilish chastotalari, MGs | 824–849 | 1850–1910 |
| MS qabul qilish va BTS uzatish chastotalari, MGs | 869–894 | 1930–1990 |
| Qabul qilish va uzatish chastotalari o‘rtasidagi dupleks farq, MGs | 45 | 80 |
GSM tuzilishi

GSM tizimi uchta asosiy quyi tizimdan iborat:
- Baza stansiyalari quyi tizimi (BSS — Base Station Subsystem),
- kommutatsiya quyi tizimi (NSS — Network Switching Subsystem),
- texnik xizmat ko‘rsatish markazi (OMC — Operation and Maintenance Centre).
GSM uskunalarining alohida sinfini terminal qurilmalar — mobil stansiyalar (MS — Mobile Station) tashkil etadi. Ular mobil (uyali) telefonlar.
Baza stansiyalari quyi tizimi

BSS bevosita baza stansiyalari (BTS — Base Transceiver Station) va baza stansiyalari kontrollerlari (BSC — Base Station Controller) dan tashkil topadi. GSM tarmog‘i qamrab olgan hudud shartli olti burchakli qismlarga bo‘linadi. Ular sotalar yoki uyalar deb ataladi. Har bir olti burchakli uyaning diametri 400 m dan 50 km gacha turlicha bo‘lishi mumkin. Uyaning nazariy jihatdan eng katta radiusi 120 km bo‘lib, bu tizimning sinxronlash mexanizmi signal kechikish vaqtini kompensatsiyalash imkoniyati cheklanganligi bilan bog‘liq. Har bir uya uning markazida joylashgan bitta baza stansiyasi bilan qamrab olinadi. Uyalar qisman bir-birining ustiga tushadi, shu tufayli abonent bir uyadan boshqasiga o‘tayotganda ulanish uzilmasdan xizmat ko‘rsatishni uzatish mumkin bo‘ladi. Aslida har bir stansiya signali olti burchak shaklida emas, balki aylana shaklidagi maydonni qamrab oladi; olti burchak esa qamrov hududini tasvirlashni soddalashtirish uchun ishlatiladi. Har bir baza stansiyasining oltita qo‘shnisi bor deb qaraladi, chunki stansiyalar joylashuvini rejalashtirishda tizim xarajatlarini kamaytirish maqsad qilingan. Qo‘shni baza stansiyalari soni kamroq bo‘lsa, «o‘lik hududlar» paydo bo‘lmasligi uchun qamrov zonalari ko‘proq ustma-ust tushishi talab etilar, bu esa baza stansiyalarini zichroq joylashtirishga olib kelardi. Qo‘shni baza stansiyalari sonining ko‘payishi esa qo‘shimcha stansiyalarga ortiqcha xarajat talab qiladi, qamrov zonalarining ustma-ust tushishini kamaytirishdan olinadigan foyda esa juda kichik bo‘lib qoladi.
Baza stansiyasi (BTS) MS va baza stansiyalari kontrolleri o‘rtasida signal qabul qilish hamda uzatishni ta’minlaydi. BTS mustaqil ishlaydi va modulli tamoyil asosida quriladi. Baza stansiyalarining yo‘naltirilgan antennalari minoralarga, binolar tomiga va boshqa joylarga o‘rnatilishi mumkin.
Baza stansiyalari kontrolleri (BSC) BTS va kommutatsiya quyi tizimi o‘rtasidagi ulanishlarni nazorat qiladi. Shuningdek, u ulanishlar navbatini, ma’lumot uzatish tezligini, radiokanallarni taqsimlashni boshqaradi, statistik ma’lumotlarni yig‘adi, turli radioo‘lchovlarni nazorat qiladi hamda Handover — xizmat ko‘rsatishni uzatish jarayonini belgilaydi va boshqaradi.
Kommutatsiya quyi tizimi
NSS quyidagi tarkibiy qismlardan iborat.
Kommutatsiya markazi (MSC — Mobile Switching Center)
MSC o‘z hududidagi BTS va BSC joylashgan muayyan geografik hududni nazorat qiladi. GSM tarmog‘ida abonentga keladigan va undan chiqadigan ulanishlarni o‘rnatadi, GSM bilan umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i, boshqa radioaloqa tarmoqlari va ma’lumot uzatish tarmoqlari o‘rtasidagi interfeysni ta’minlaydi. Shuningdek, qo‘ng‘iroqlarni yo‘naltirish, qo‘ng‘iroqlarni boshqarish, MS bir uyadan boshqasiga o‘tganda xizmat ko‘rsatishni uzatish vazifalarini bajaradi. Qo‘ng‘iroq yakunlangach, MSC unga oid ma’lumotlarni qayta ishlaydi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob shakllantirish maqsadida hisob-kitob markaziga yuboradi hamda statistik ma’lumotlarni yig‘adi. MSC, shuningdek, HLR va VLR ma’lumotlari yordamida MSning joylashuvini doimiy kuzatib boradi. Bu unga qo‘ng‘iroq kelganda MSni tezda topish va ulanishni o‘rnatish uchun zarur.
Uy joylashuv registri (HLR — Home Location Registry)
Unga biriktirilgan abonentlarning ma’lumotlar bazasini saqlaydi. Bu bazada abonentga taqdim etiladigan xizmatlar, qo‘ng‘iroq vaqtida kerak bo‘ladigan har bir abonentning holati hamda abonentni autentifikatsiya qilishda (AUC yordamida) ishlatiladigan mobil abonentning xalqaro identifikatori (IMSI — International Mobile Subscriber Identity) haqida ma’lumotlar bo‘ladi. Har bir abonent bitta HLRga biriktiriladi. Ushbu GSM tarmog‘idagi barcha MSC va VLRlar, tarmoqlararo roumingda esa boshqa tarmoqlarning MSClari ham HLR ma’lumotlaridan foydalana oladi.
Mehmon joylashuv registri (VLR — Visitor Location Registry)
VLR MSning bir hududdan boshqasiga ko‘chishini kuzatadi va ayni paytda mazkur hududda joylashgan harakatlanuvchi abonentlar, jumladan, boshqa GSM tizimlarining roumingdagi abonentlari haqidagi ma’lumotlar bazasini saqlaydi. Abonent boshqa hududga o‘tganda, unga tegishli ma’lumotlar VLRdan o‘chiriladi. Bunday tuzilma ushbu abonent bo‘yicha HLRga yuboriladigan so‘rovlar sonini va shu tariqa qo‘ng‘iroqqa xizmat ko‘rsatish vaqtini kamaytiradi.
Uskunalarni identifikatsiyalash registri (EIR — Equipment Identification Registry)
MS qurilmasining haqiqiyligini IMEI (International Mobile Equipment Identity) orqali tekshirish uchun zarur ma’lumotlar bazasini saqlaydi. Uchta ro‘yxat tuziladi: oq (foydalanishga ruxsat berilgan), kulrang (MSni identifikatsiyalash bilan bog‘liq ayrim muammolar mavjud) va qora (foydalanish taqiqlangan MS qurilmalari). Rossiya operatorlari (hamda MDH mamlakatlari operatorlarining aksariyati) faqat oq ro‘yxatlardan foydalanadi.
Autentifikatsiya markazi (AUC — Authentification Center)
Bu yerda abonent, aniqrog‘i, SIM (Subscriber Identity Module) autentifikatsiyadan o‘tkaziladi. Tarmoqqa kirishga faqat SIMning haqiqiyligini tekshirish jarayoni muvaffaqiyatli yakunlangach ruxsat beriladi. Tekshiruv davomida AUCdan MSga tasodifiy RAND soni yuboriladi, so‘ng AUC va MSda ushbu SIMga tegishli Ki kaliti hamda maxsus algoritm yordamida RAND soni parallel ravishda shifrlanadi. Keyin MS va AUCdan MSCga shu shifrlash natijasi bo‘lgan «imzolangan javoblar» — SRES (Signed Response) yuboriladi. MSC javoblarni solishtiradi va ular mos kelsa, autentifikatsiya muvaffaqiyatli deb hisoblanadi.
OMC quyi tizimi (Operations and Maintenance Center)
Tarmoqning boshqa tarkibiy qismlariga ulangan bo‘lib, butun tarmoqning ishlash sifatini nazorat qilish va uni boshqarishni ta’minlaydi. Xodimlarning aralashuvini talab qiladigan avariya signallariga ishlov beradi. Tarmoq holatini hamda qo‘ng‘iroqni o‘tkazish imkoniyatini tekshiradi. Tarmoqning barcha elementlaridagi dasturiy ta’minotni yangilaydi va boshqa bir qator vazifalarni bajaradi.
Havolalar
- GSMA assotsiatsiyasi (The GSM Association) (ingl.)
- 3GPP — GSM standartlashtirilishining joriy darajasi, ochiq standartlar (ingl.)
- 3GPP spetsifikatsiyalarini raqamlash sxemasi (ingl.)
- Yevropa telekommunikatsiyalarni standartlashtirish instituti (ETSI) (ingl.)
- Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining «Elektromagnit maydonlar xavfi haqida muloqotni yo‘lga qo‘yish» bukleti (PDF, 2.68Mb)
- «JSSTning elektromagnit maydonlar ta’sirini o‘rganish loyihasi bo‘yicha takliflari; mobil telekommunikatsiyalarning radiochastota maydonlari sog‘liqqa ta’siri; davlat hokimiyati organlari uchun tavsiyalar»
- Asosiy masalalar haqida batafsil: GSM standartidagi mobil uyali aloqa tarmoqlari. K. E. Samuylov, M. V. Nikitina.