Gazli lazer nima

Gaz lazerining tuzilishi
Karbonat angidridli gaz lazeri
Лазер, закреплённый на столе. Внутри трубки яркий луч.
Laboratoriya uchun geliy-neon lazeri

Gaz lazeri — lazer bo‘lib, unda faol muhit sifatida gazsimon modda ishlatiladi (qattiq jismli lazerlarda qattiq jismlar, suyuqliklar esa bo‘yoqli lazerlarda ishlatiladi).

Gaz lazerining turlari quyidagilardir: gazodinamik lazerlar, kimyoviy gaz lazerlari va eksimer lazerlar.

Gaz lazerlarining afzalliklari qatoriga yuqori quvvatli lazerlarning nisbatan arzonligi va ulardan foydalanishning osonligi kiradi. Shu sababli ular sanoatda materiallarni kesishda keng qo‘llanadi.

Tuzilishi

Elektr energiyasi bilan qo‘zg‘atiladigan gaz lazeri gazsimon ishchi modda bilan to‘ldirilgan germetik naycha hamda optik rezonator elementlaridan iborat. Energiya lazerning faol muhitiga gazdagi elektr razryadlari orqali uzatiladi. Razryadlar ko‘pincha naycha ichidagi elektrodlar yordamida hosil qilinadi. Elektronlar gaz atomlari bilan to‘qnashib, ularni qo‘zg‘algan holatga o‘tkazadi, shundan so‘ng atomlar fotonlar chiqaradi. Majburiy nurlanish jarayoni tufayli naychada hosil bo‘lgan yorug‘lik to‘lqinlari, gaz plazmasidan o‘tayotganda kuchayadi. Optik rezonator (naychaning ikki uchiga aniq joylashtirilgan ikkita ko‘zgu) nurlanishning asosiy yo‘nalishini belgilaydi. Fotonlar oqimining bir qismi yarim shaffof qilib yasalgan ko‘zgulardan biri orqali lazer tashqarisiga chiqariladi. Qolgan qismi majburiy nurlanishni davom ettirish uchun lazer ichiga qaytariladi.

Tarixi

Birinchi gaz lazerini amerikalik fizik Ali Javan hamda U. Bennet va D. Erriot yaratgan. Gaz lazeri optik tolali aloqa bilan birgalikda telekommunikatsiya sohasida qo‘llanilgan birinchi uzluksiz ishlovchi lazer edi. Gaz lazerlari golografiyani amaliy jihatdan qo‘llash imkonini berdi. Gaz lazerlari ko‘plab faoliyat sohalarida, jumladan, tibbiyotda ham keng qo‘llanadi.

Havolalar