Fenolftalein haqida

Fenolftalein
Изображение химической структуры
Umumiy ma’lumotlar
Tizimli
nomi
4,4'-​dioksiftalofenon
An’anaviy nomlari Fenolftalein, purgen
Kimyoviy formulasi C20H14O4
Fizik xossalari
Molyar massa 318,31 g/mol
Zichligi 1,3 g/sm³
Issiqlik xossalari
Harorat
 • suyuqlanish 277—279 °C
 • qaynash 557,8 °C
Tasnifi
Ro‘yxat CAS raqami 77-09-8
PubChem
Ro‘yxat EINECS raqami 201-004-7
SMILES
InChI
ChEBI 34914
ChemSpider
Xavfsizlik
Xavfning qisqacha tavsifi (H)
H315, H350, H341, H361
Ehtiyot choralari (P)
P201, P281, P308+P313
Ogohlantiruvchi so‘z XAVFLI!
GHS piktogrammalari Пиктограмма «Опасность для здоровья» системы СГСПиктограмма «Восклицательный знак» системы СГС
NFPA 704
NFPA 704 four-colored diamond
3
2
0
Ma’lumotlar standart sharoitlar (25 °C, 100 kPa) uchun keltirilgan, agar boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar
Fenolftalein
(pH indikatori)
Quyi chegara Yuqori chegara
pH 0 pH 8,2
to‘q sariq rangsiz
Fenolftalein
(pH indikatori)
Quyi chegara Yuqori chegara
pH 8.2 pH 11
rangsiz to‘q pushti
Fenolftalein
(pH indikatori)
Quyi chegara Yuqori chegara
pH 11 pH 12
to‘q pushti rangsiz

Fenolftalein (4,4'-dioksiftalofenon yoki 3,3-bis-(4-gidroksifenil)ftalid) — trifenilmetan bo‘yog‘i, kislota-asos indikatori bo‘lib, uning rangi rangsiz holatdan (pH < 8,2 bo‘lganda) qizil-binafsha, ya’ni «malina rang» (ishqoriy muhitda) tusgacha o‘zgaradi. pH > 12 bo‘lganda indikator yana rangsizlanadi.

Modda rangsiz yoki biroz sarg‘ish, rombsimon kristallardan iborat bo‘lib, suvda yomon, ammo spirtda va dietil efirda yaxshi eriydi. Fenolftaleinning sezilarli ta’mi yo‘q, biroq o‘ziga xos hidi bor.

Sintezi

Fenolftalein kondensatsiya reaksiyasi orqali fenol va ftal angidrididan 105—110 °C da ZnCl2 yoki konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida sintez qilinadi.

Kimyoviy xossalari

Fenolftalein NaOH bilan suyuqlantirilganda 4,4'-digidroksibenzofenon[ingl.] hosil bo‘ladi, konsentrlangan H2SO4 — bilan qizdirilganda esa fenol va 2-gidroksiantraxinon hosil bo‘ladi.

Qo‘llanilishi

Indikator sifatida

Fenolftaleinning rangi muhitning pH qiymatiga bog‘liq. U kislotalilik o‘zgarganda bir-biriga aylana oladigan bir necha shaklda mavjud bo‘lishi mumkin.

Shakli H2InInIn2−In(OH)3−
Tuzilishi
pH < −10—78—1012—14
Muhit reaksiyasi kuchli kislotalikuchsiz kislotali va neytralishqoriykuchli ishqoriy
Rangi To‘q sariqRangsiz Pushti yoki fuksin rangliRangsiz
Modeli
Tasviri

U analitik kimyoda suvli eritmalarni titrlash uchun ishlatiladi (fenolftaleinning eritmasi etanolda tayyorlanadi).

Tibbiyotda qo‘llanilishi

Ayrim prokanserogen xususiyatlari aniqlanguniga qadar fenolftalein bir yarim asrdan ortiq vaqt davomida tibbiyotda ich suruvchi vosita (purgen) sifatida qo‘llanilgan. Biroq modda organizmda to‘planishi, buyrak va yurakka bezovta qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin

Eslab qolish usullari

Fenolftalein indikator sifatida qo‘llanganda uning ishqoriy muhitdagi rangini yodda saqlash uchun mnemonik qoidalar:

Fenolftalein ishqorda malina rangga kirar,
Ammo kislotada u rangsiz bo‘lib qolar.

Kislotaga tushish boshqalar uchun ko‘ngilsiz hol,
U esa nolimay chidab berar bemalol.
Lekin fenolftalein ishqorga tushgan onda,
Hammasi malina rangga bo‘yanar bir zumda!

Barcha malina ranglardan yorqinroq bizning fenolftalein!

Adabiyotlar

  • Beyts R. pH ni aniqlash. Nazariya va amaliyot, ingliz tilidan tarjima, 2-nashr, Leningrad, 1972, 126-bet.
  • Kimyo ensiklopediyasi; 5 jildda; 5-jild, Tri—Yatr; N. S. Zefirov tahriri ostida; Moskva: Katta Rossiya ensiklopediyasi, 1998. — 783 bet; rasmlar bilan.