Oksidlanish nima

Oksidlanish — kimyoviy jarayon bo‘lib, bunda oksidlanish darajasi atomda ortadi. Bunga elektronlarning oksidlanayotgan moddadagi atomdan — qaytaruvchidan (elektronlar donoridan) oksidlovchi moddaning atomiga, ya’ni oksidlovchiga (elektronlar akseptoriga) o‘tishi sabab bo‘ladi.

Bu atama XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida akademik V. M. Severgin tomonidan kiritilgan va moddalarning havodagi kislorod bilan reaksiyaga kirishishini ifodalash uchun ishlatilgan.

Ba’zi hollarda oksidlanish jarayonida boshlang‘ich modda molekulasi beqarorlashib, yanada barqaror va kichikroq bo‘laklarga parchalanishi mumkin. Bunda hosil bo‘lgan molekulalardagi ayrim atomlarning oksidlanish darajasi dastlabki molekuladagi ayni atomlarnikidan yuqori bo‘ladi.

Oksidlanish vaqtida modda elektronlar berishi natijasida uning oksidlanish darajasi ortadi.

Yonish

Atmosfera havosida (shuningdek, sof kislorodda) turli moddalar yonishi mumkin: oddiy elementlar (metallar va metallmaslar), anorganik moddalar (masalan, vodorod sulfid H2S, uglerod monooksidi CO, pirit FeS2) va organik moddalar. Biroq yonuvchi moddalar (yoqilg‘i) sifatida eng katta amaliy ahamiyatga quyidagilar ega: tabiiy gaz, neft, ko‘mir, torf va boshqalar. Bu moddalar, asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmalaridan iborat bo‘lib, tarkibida oz miqdorda kislorodli, oltingugurtli va azot saqlovchi organik birikmalar hamda boshqa elementlarning birikmalari juda kam (iz miqdorda) uchraydi.

Havolalar

  • Oksidlanish. StudFiles. Murojaat qilingan sana: 20-sentabr 2019-yil. Arxivlangan 20-sentabr 2019-yilda.