| Aplastik anemiya | |
|---|---|
| XKT-11 | 3A70 |
| XKT-10 | D60-D61 |
| XKT-10-KM | D61.9, D61.2, D61.3, D61.8, D61.1 va D61.0 |
| XKT-9 | 284 |
| XKT-9-KM | 284.9 va 284.8 |
| OMIM | 609135 |
| DiseasesDB | 866 |
| MedlinePlus | 000554 |
| eMedicine | med/162 |
| MeSH | D000741 |
Aplastik anemiya — qon yaratuvchi tizim kasalligi bo‘lib, suyak ko‘migining qon hosil qilish faoliyati susayishi bilan tavsiflanadi va yetarli miqdorda eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar (pansitopeniya) yoki faqat eritrotsitlarning o‘zi (qisman gipoplastik anemiya). Sinonimlari: gipoplastik anemiya, aregenerator anemiya (арегенераторная анемия), gemorragik aleukiya (геморрагическая алейкия), miyeloparez (миелопарез), miyeloftiz (миелофтиз), panmiyeloftiz (панмиелофтиз), progressiv gipotsitemiya (прогрессирующая гипоцитемия)).
Kasallik tarixi
Bu kasallik ilk bor Paul Erlix tomonidan 1888 yilda 21 yoshli ayolda tasvirlangan. «Aplastik anemiya» atamasi Chauford tomonidan 1904 yilda taklif qilingan. Aplastik anemiya — eng og‘ir qon yaratilishi (gemopoez) buzilishlaridan biri. Davolanmasa, aplastik anemiyaning og‘ir shakllari bilan kasallangan bemorlar bir necha oy ichida vafot etadi. O‘z vaqtida va yetarli darajada davolansa, prognoz ancha yaxshi. Uzoq vaqt davomida aplastik (gipoplastik) anemiya qon yaratilishining yaqqol gipoplaziyasi bilan kechadigan suyak ko‘migining patologik holatlarini birlashtiruvchi sindrom sifatida qaralgan. Zamonaviy tibbiyot aplastik anemiyani anemiyaning aregenerator turiga (gipo-, aplastik anemiyalar) kiritadi.
Etiologiya
Aplastik anemiyaning sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- Kimyoviy moddalar (mishyak, aromatik uglevodorodlar, xususan, benzol, og‘ir metallarning tuzlari).
- Ionlashtiruvchi nurlanish bilan ta’sirlanish (qarang: Mariya Sklodovskaya-Kyuri, nur kasalligi)
- Dori vositalari (nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, sitostatiklar, merkazolil, analgin, levomitsetin).
- Infeksion qo‘zg‘atuvchilar (viruslar, mikroorganizmlar).
- Autoimmun jarayonlar (tizimli qizil yugurik (TQY), Shegren sindromi).
Klinik belgilari
- Anemik sindrom (bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, ish qobiliyatining pasayishi, charchoq, teri va shilliq qavatlarning oqarishi, yurak urishining tezlashishi, tinch holatda pulsning tezlashishi, uzoq davom etadigan jismoniy zo‘riqishlarga chidamsizlik va hokazo)
- Gemorragik sindrom (qon ketishi, tomir devoridan qon hujayralari sizib chiqishiga moyillik, qon quyilishlar)
- Yuqumli asoratlar.
Davolash
- Davolash glyukokortikoidlar bilan samarali bo‘ladi, agar kasallik autoimmun mexanizmlar va qon hujayralariga qarshi antitanalar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lsa[manba ko‘rsatilmagan — 276 kun].
- Davolash anabolik preparatlar bilan qon yaratilishini rag‘batlantiradi[manba ko‘rsatilmagan — 276 kun].
- Davolash androgenlar bilan anabolik ta’sirga ega va eritrotsitlar hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi[manba ko‘rsatilmagan — 276 kun].
- Davolash sitostatiklar bilan (immunitetni susaytiruvchi dorilar) — faqat boshqa davolash usullari samara bermaganida, autoimmun shakl bilan kasallangan bemorlarga, jumladan, eritrotsitlar qisman aplaziyasi bo‘lgan holatlarda buyuriladi[manba ko‘rsatilmagan — 276 kun].
- Taloqni olib tashlash (splenektomiya)[manba ko‘rsatilmagan — 276 kun]
- Antilimfotsitar globulin bilan davolash splenektomiya va boshqa davolash usullari samara bermaganida tavsiya etiladi[manba ko‘rsatilmagan — 276 kun].
- Davolash siklosporin bilan. Siklosporin A (sandimmun) immunosupressiv ta’sirga ega, T-limfotsitlarda interleykin-2 genining transkripsiyasini tanlab ingibirlaydi, gamma-interferon va o‘sma nekrozi omilining alfa shakli ishlab chiqarilishini bostiradi[manba ko‘rsatilmagan — 276 kun].
- Suyak ko‘migini ko‘chirib o‘tkazish[manba ko‘rsatilmagan — 276 kun].
- Hujayra terapiyasi: omidubitsel[inglizcha][manba ko‘rsatilmagan — 276 kun].
- Koloniyani stimullovchi omillar yoki miyeloid o‘sish omillari bilan davolash — bular qon yaratilishining turli yo‘nalishlariga mansub ajdod hujayralarning ko‘payishi va ixtisoslashishini rag‘batlantiruvchi glikoproteidlardir[manba ko‘rsatilmagan — 276 kun].
- Eritrotsitlar transfuziyasi; ko‘rsatmalar: og‘ir anemiya, miya gipoksiyasi, gemodinamik buzilishlar[manba ko‘rsatilmagan — 276 kun].
Aplastik anemiyani davolashda bemorni kuzatib borish va quyidagilar mavjudligini tekshirish kerak: paroksizmal tungi gemoglobinuriya (PTG) kloni va miyelodisplastik sindrom (MDS), ayniqsa, antilimfotsitar immunoglobulin bilan davolashda, paroksizmal tungi gemoglobinuriya (PTG) klonining rivojlanish ehtimoli taxminan 5-6% ni tashkil etadi, MDS rivojlanish ehtimoli 7-13 % ni tashkil etadi, 5 yil davomida.
Prognoz
Remissiyaga erishish bemorlarning taxminan yarmida mumkin. Bolalarda prognoz kattalarga qaraganda biroz yaxshiroq. Suyak ko‘migida yog‘ miqdorining ko‘pligi jarayonning qaytmasligini anglatmaydi. Bunday bemorlarda ham to‘liq remissiya va suyak ko‘migida qon yaratilishining to‘liq tiklanishi kuzatilishi mumkin. Retikulotsitlar miqdori oshganida, suyak ko‘migida hujayralar tarkibi xilma-xilroq bo‘lganida, taloq biroz kattalashganida va hech bo‘lmaganda kichik, ammo aniq samara kortikosteroid gormonlar ta’sirida kuzatilganda. Bunday hollarda splenektomiya ko‘pincha to‘liq sog‘ayishgacha olib boradigan yaxshi samara beradi. Ayrim bemorlarda aplastik sindrom o‘tkir leykozning boshlanishi bo‘ladi. Ba’zan qon yaratuvchi to‘qima o‘smasi (gemoblastoz) belgilari kasallik boshlanganidan bir necha yil o‘tgachgina aniqlanadi.