

Animatsiya (animātiō lotin tilidan — «jon bag‘ishlash, jonlantirish») yoki multiplikatsiya (multiplicatio lotin tilidan — «ko‘paytirish, oshirish, orttirish, urchitish») — bir-birini yuqori tezlikda almashtiradigan harakatsiz tasvirlar (kadrlar) ketma-ketligi yordamidaillyuziya, ya’ni harakatlanuvchi tasvirlar (obyektlarning harakatlanishi va/yoki shakli o‘zgarishi — morfing) taassurotini yaratishning texnik usullari. Bunda kadrlar almashish tezligi chizilgan animatsiyada soniyasiga 12 kadrdan kompyuter animatsiyasida soniyasiga 30 kadrgacha bo‘ladi.
Animatsion kino,aktyorlar ishtirokidagi kinobilan bir qatorda,badiiy kino turidir.
Tushunchalar va atamalar

«Animatsiya» atamasi dunyoda kengroq tarqalgan bo‘lsa-da, rus tilida, SSSR va Rossiyada uzoq vaqt davomida «multiplikatsiya» nomi keng qo‘llanilgan. Taniqli multiplikatorFyodor Xitrukfikricha, SSSRda «multiplikatsiya» va «multiplikator» atamalarining ishlatilishi klassik chizilgan animatsiya joriy etilishidan avval qo‘llangan texnologiya bilan bog‘liq: personajlarning alohida qismlarini qog‘ozga ustma-ust qo‘yish orqali tasvirlar yaratilgan. Bu usulapplikatsiyausuliga o‘xshagan. Ana shu so‘z bilan ohangdoshligi tufayli kinematografiyaning bu sohasi multiplikatsiya deb atalgan.
Hozirgi vaqtda animatsiyaning asosiy tasnifida 2D, 3D, kadrma-kadr va stop-motion (kadrma-kadr suratga olish) animatsiyasi farqlanadi. Bundan tashqari, maxsus ko‘nikma, mahorat va sharoit talab etadigan boshqa turlari ham bor. Masalan, ignali, qumli yoki suv yuzasida yaratiladigan animatsiya. Har bir tur o‘z navbatida kichik turlarga ajraladi: masalan, stop-motion animatsiyasi plastilindan, qo‘g‘irchoqlardan yoki qog‘ozdan ishlanishi mumkin va hokazo.
Animatsion yoki multiplikatsion film, shuningdek,multfilm(so‘zlashuvda — «multik») deb ataladi.
Tarix
Dastlabki tarix


Animatsiya yo‘lidagi dastlabki qadamlaraka-uka Lyumyerlar kinematografni ixtiro qilishidan ancha oldin qo‘yilgan.
Harakatni rasmda aks ettirishga urinishlar ibtidoiy davrlardayoq boshlangan — chopayotgan kiyiklarning tezligini ko‘rsatish uchun ularni ko‘p oyoqli qilib tasvirlagan rasmlar va shunga o‘xshash boshqa tasvirlar ma’lum. XV asrda inson qomati harakatining turli bosqichlarini aks ettiruvchi rasmlari bor kitobchalar paydo bo‘lgan. Ularni o‘rab, keyin birdan yoyishgan va bu rasmlar jonlangandek taassurot uyg‘otgan (XIX asrda shunga o‘xshashkineograflarham paydo bo‘lgan). Keyinchalik ichiga rasmlar chizilgan shaffof plastinalar o‘rnatiladigan optik qurilmalar yaratilgan. Bunday qurilmalar «sehrli fonus» deb atalgan. Shunday turdagi takomillashtirilganproyektorlarharakatlanuvchi tasvirlarni ham namoyish qilish imkonini bergan.
XIX asrning birinchi yarmida belgiyalik fizikJozef Plato, avstriyalik geometriya professoriSimon fon Shtampferva boshqa olim hamda ixtirochilar harakatlanuvchi tasvirlarni ekranda namoyish qilish uchun rasmlar tushirilgan aylanuvchi disk yoki tasma, ko‘zgular tizimi va yorug‘lik manbaidan (fonusdan) foydalangan. Bunday qurilmalargafenakistiskop, stroboskop, zootropkirgan. 1877-yildaEmil Reynotomonidan zootrop va fenakistiskop asosidapraksinoskopyaratilgan. Uni yanada takomillashtirgach, Reyno 1888-yildaoptik teatr(ingl.), 12 daqiqalik tasmalarni qariyb 500 ta rasm yordamida namoyish qilish imkonini beradigan qurilmani yaratdi.
Bu texnologiyalarning keyingi rivojifotografiyabilan uyg‘unlashib,kinoapparatixtiro qilinishiga olib keldi va o‘z navbatida,aka-uka Lyumyerlar kinematografni ixtiro qilishlari uchun texnologik asos yaratdi.
Kinematografik animatsiya yaratishga dastlabki urinishlar
- 1898-yil — Jeyms Styuart BlektonvaAlbert E. Smit ((ingl.) Albert E. Smith)birinchi qo‘g‘irchoq animatsion filmi «Liliputlar sirki» ((ingl.) The Humpty Dumpty Circus»ni suratga oldilar. Filmda yog‘och o‘yinchoqlar ishlatilgan.
- 1899-yil — saqlanib qolgan ilk animatsion reklama roligi — Matches: An Appeal suratga olindi (hajmli animatsiya, muallifi — Artur Melburn-Kuper).
- 1900-yil — Jeyms Styuart Blekton «Sehrlangan rasm» («The Enchanted Drawing») filmini yaratdi. Unda hali oraliq harakat bosqichlari bo‘lmagan. Shu davrda u animatsiya, ya’ni tasvirlarni birma-bir, kadrma-kadr suratga olish sirini kashf etadi. AQShda bu usul «One turn, one picture» («Bir aylanish — bir rasm») deb atalgan.
- 1906-yil — AmerikaningVitagraphCompany of America kompaniyasi Jeyms Styuart Blektonning kinoplyonkaga suratga olingan dastlabki animatsion filmlaridan biri — «Kulgili chehralarning hajviy qiyofalari» («Humorous Phases of Funny Faces»)ni chiqardi. U kulgili yuz ifodalari tasvirlangan sodda rasmlar turkumidan iborat edi.
- 1908-yil — fransuz karikaturachi rassomiEmil Kolgrafik animatsiya bilan faol shug‘ullana boshlaydi. U «Fantasmagoriya» («Fantasmagorie») animatsion filmini yaratdi. Bu film nafaqat Yevropadagi birinchi multfilm bo‘lgani, balki ilk marta mustaqil, aniq tuzilgan syujetga ega bo‘lgani va bosh qahramon Fantoshning o‘ziga xos xarakteri tasvirlangani uchun ham animatsiya taraqqiyotida muhim o‘rin egalladi.
- 1910 — Vladislav Aleksandrovich Starevichdunyodagi birinchi hajmli animatsion film — «Go‘zal Lyukanida yoki mo‘ylovlilar va shoxlilar urushi».
- 1911 — 1922-yillar — AQShda karikaturachi rassom Uinzor Makkey chizilgan animatsiya sifatini yangi bosqichga ko‘tardi. 1914-yilda u umumiy bosh qahramonga ega animatsion serial prototipini (Gertie the Dinosaur) yaratdi, 1918-yilda esa ««Luzitaniya»ning halokati» («The Sinking of the Lusitania») hujjatli animatsion filmini suratga oldi.
- 1911 — Uinzor Makkey gazeta komiksi asosida «Kichkina Nemo» («Little Nemo») filmini yaratdi.
- 1913 — Starevich «Ninachi va chumoli» multfilmini yaratdi. UshbuKrilovmasalining ekranlashtirilishi katta muvaffaqiyat qozonib, butun dunyoga mashhur bo‘ldi.
1914-yildaUinzor Makkeytarixda yorqin shaxsiy xususiyatlarga ega bo‘lgan birinchi animatsion qahramon —Gerti dinozavriniyaratdi. Film uchun juda ko‘p rasm chizilishi yangi kino ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishni talab qildi. Natijada ilk bor animator-rassom va fon rassomi o‘rtasida mehnat taqsimoti yuzaga keldi: Makkey dinozavr harakatining bosqichlarini chizar ekan, u yollagan talaba har bir varaqqa namunadan tog‘lar, ko‘l va daraxt konturlarini ko‘chirgan (o‘sha paytdaselluloidplyonka hali ishlatilmas edi). Shunday qilib, kinoda animatsiya yaratishning dastlabki usulito‘liq animatsiya bo‘lgan, deyish mumkin.
Animatsiya kinematografiyaning ajralmas qismiga aylanib, uningjanrlaridan birisifatida mustahkam o‘rin egalladi. Multfilmlar yaratishdakinoga olish apparatlarining standartkinoplyonka formatlaridan biridakadrma-kadr suratga olishga mos turlari ishlatilgan. Chizilgan animatsiya uchun maxsus animatsiya stanoklari yaratilgan. Ular murakkabreproduksion qurilmabo‘lib, maxsus kinokamera bilan jihozlangan; bunday kameralar odatda kombinatsiyalangan suratga olish apparatlariga o‘xshash tuzilishga ega bo‘lgan vaobtyuratorning ochilish burchagini sozlash hamda tasvirni asta qoraytirish yoki bir tasvirdan boshqasiga ravon o‘tishni amalga oshirish imkonini bergan. Mazkur apparatlarning animatsiya uchun mo‘ljallangan maxsus turi vertikal o‘rnatilishi va tasvirni shu holatda qulay kuzatishga yordam beruvchilupali vizirbilan ajralib turgan. Professional animatsiya stanoklari alohida tashuvchilarda ko‘p qatlamli tasvirlar yaratishga mo‘ljallangan va yoritish uskunalariga ham ega bo‘lgan. Hozir chizilgan animatsiya uchun kompyuter yokiraqamli fotoapparat bilan jihozlangan animatsiya stanogi ishlatiladi..
Keyingi rivojlanish
Animatsiyaning jadal rivojlanishiga nafaqat avval suratga olingan filmlar, balki kinematografiya texnologiyalarining taraqqiyoti ham turtki berdi. Bu sohadagi eng muhim yutuqRaul Barrning kashfiyoti — teshikchalari yordamida rasm chizilgan varaqni shtiftlar bilan mahkamlash imkonini beruvchi perforatsiyalangan selluloid bo‘ldi.
- 1918-yil — birinchi to‘liq metrajli badiiy multfilm «Apostol» ((isp.) El Apostol) argentinalik rejissyorKvirino Kristiani tomonidan suratga olingan filmning premyerasi bo‘lib o‘tdi.

- 1928-yil — Uolt Disneyanimatsiya tarixidagi eng mashhur chizilgan qahramonlardan biri —Mikki Mausniyaratdi. Shu yili uning birinchi ovozli multfilmi — «Villi paroxodi» ((ingl.) Steamboat Willie).
- 1929-yil — Uolt Disney «Skeletlar raqsi» ((ingl.) Skeleton Dance» multfilmini suratga oldi. Bu «Quvnoq simfoniyalar» ((ingl.) Silly Symphonies» turkumidagi ilk film edi. Umuman olganda, Uolt Disneyning animatsiyaga kirib kelishi «Disney animatsiyasi» deb ataladigan klassik uslubning shakllanishi bilan belgilandi.
- 1931-yil — Kvirino Kristiani «Peludopolis» nomli birinchi to‘liq metrajli ovozli multfilmni yaratdi.
- 1932-yil — birinchi rangli multfilm «Gullar va daraxtlar» ((ingl.) Flowers and Trees) » — Uolt Disneyning asari..
- 1936-yil —SSSRda«Soyuzmultfilm» kinostudiyasi (dastlab «Soyuzdetmultfilm») tashkil etildi.
- 1937-yil — SSSRning birinchi rangli multfilmi — «Shirin pirog». Uolt Disney «Eski tegirmon» ( (ingl.) The Old Mill) filmida ilk bor chuqur perspektiva hosil qilish imkonini beruvchi kameradan foydalandi. Shu yili Disney o‘zining birinchi to‘liq metrajli multfilmi — «Oppog‘oy va yetti gnom» ((ingl.) Snow White and the Seven Dwarfs»niaka-uka Grimmlarning ertagi asosida suratga oldi. «Oppog‘oy» Disneyga ulkan muvaffaqiyat — jahon miqyosidagi mashhurlik, 8 mln dollardan ortiq daromad va professional matbuotning yuksak baholarini olib keldi.
- 1940-yil — Uilyam HannavaJozef Barbera, keyinchalik «Hanna-Barbera» studiyasini tashkil etganlar «Tom va Jerri» multfilmlari turkumi ustida ishlay boshladilar».
- 1943-yil —Pol Grimoning«Qo‘rqitqi» («L’Epouvantail») rangli multfilmi premyerasi bo‘lib o‘tdi.
- 1947-yil — birinchi televizion animatsion serial «Salibchi quyon» ((ingl.) Crusader Rabbit) Aleks Andersonva Jey Bard tomonidan yaratildi. Animatsiya televizion reklamalarda tez-tez qo‘llanila boshlandi.
- 1952-yil — fransuzlarning birinchi chizilgan to‘liq metrajli animatsion filmi «Cho‘pon qiz va mo‘ri tozalovchi» yaratildi. Rejissyori —Pol Grimo.
- 1956-yil — animatsion filmlar studiyasi tashkil etildi (Zagrebda (Dushan Vukotich, A. Marks, B. Kolar, Z. Bourek,Vatroslav Mimitsa). «Zagreb maktabi»ning ilk filmi «Sho‘x robot» («Nestasni Robot») qisqa metrajli filmi bo‘ldi (rejissyor — Dushan Vukotich).
- 1958-yil — sa’y-harakatlari bilanOsamu TedzukaningYaponiyada o‘ziga xos klassik chizilgan animatsiya uslubi shakllandi —anime.
- 1960-yil — Amerika televideniyesida namoyish etilgan «Flintstounlar» («The Flintstones») seriali ishlab chiqarila boshlandi. Bu kattalar uchun mo‘ljallangan birinchi animatsion serial edi.
- 1967—1971-yillar — sovet animatsiyasining birinchi ko‘p qismli turkumi (bungacha umumiy nom ostidagi almanaxlar mavjud edi) — «Maugli» yaratildi. Rejissyor:Roman Davidov.
- 1968-yil —SSSRdamushukning yurishini namoyish qiluvchi «Mushukcha» kompyuter multfilmi suratga olindi. Bukompyuter animatsiyasining ilk namunalaridan biri edi.
- 1969-yil —Roman Kachanovning ««Timsoh Gena» filmida ilk borCheburashka ning tashqi qiyofasi namoyon bo‘ldi..
- 1983-yil — polshalik Zbignev Ribchinskiyning «Tango» filmi qisqa metrajli animatsion filmlar nominatsiyasida «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritdi.
- 1988-yil — ikki qismli «Xazinalar oroli» multfilmi ekranlarga chiqdi. Shu yili SSSRdagi birinchi nodavlat animatsiya studiyasi — «Pilot» tashkil etildi».
- 1990-yil — «Simpsonlar» («The Simpsons») seriali namoyishi boshlandi.
- 1993-yil — «Kodakkompaniyasi maxsus effektlar yaratish uchun mo‘ljallangan birinchi to‘liq uskunalar majmuasi — «Cineon» tizimini taqdim etdi.
- 1995-yil — birinchi to‘liq metrajli kompyuter animatsion filmi — «O‘yinchoqlar tarixi» (Pixar studiyasi).
- Aynan1999-yilda«Chol va dengiz» multfilmi rejissyorAleksandr Petrovtomonidan suratga olinib, kino tarixidagi katta formatliIMAXkinoteatrlari uchun yaratilgan birinchi multfilmga aylandi. 2000-yilda bu multfilm Amerika kinoakademiyasining «Oskar » mukofotiga sazovor bo‘ldi.».
Asosiy texnikalar

Chizilgan animatsiya
Animatsiyaning klassik turi bo‘lib, unda rassom personaj harakatining har bir bosqichini yarim shaffof qog‘oz varag‘iga yoki shaffof plyonkaga ketma-ket chizadi («fazalash»ni amalga oshiradi). Keyin har bir rasm suratga olinadi va olingan kadrlardan multfilm tuziladi. Turli personajlar, obyektlar va fon tasvirlangan bir nechta shaffof plyonka ustma-ust joylashtirilib, tasvir qatlamlari hosil qilinishi mumkin. Bu fazalash jarayonini yengillashtiradi, chunki obyektlar va fonni bir-biridan mustaqil surish, harakatsiz obyektlarni esa qayta chizmasdan keyingi kadrlarga o‘tkazish mumkin. 1980-yillardan boshlab turli tasvirlarni kadrlarga birlashtirish uchun kompyuter dasturlari ham qo‘llanilmoqda.
O‘ziga xos yo‘nalish sifatida siluet animatsiyasi ajralib turadi. Uning eng taniqli vakillari:Lotta Rayniger, Mishel OselovaEntoni Lukas.
1960—1980-yillarda Xitoyda paydo bo‘lgan akvarel animatsiyasi o‘ziga xos hodisaga aylandi. Uning eng yorqin namoyandasiTe Veyedi. Bu yo‘nalish an’anaviygoxua rasm chizish texnikasiga asoslangan..
Chizilgan animatsiyaning alohida usullaridan birirotoskoplash — real aktyorlar va dekoratsiyalar ishtirokida oldindan suratga olingan filmning har bir kadrini qayta chizish orqali multfilm yaratish texnikasidir.
XX asr oxiri va XXI asr boshlaridasquigglevisiontexnikasi ommalashdi. Bu patentlangan usul bo‘lib, unda kompyuter dasturi chizilgan obyektlarning konturlarini doimiy ravishda titrab turgandek ko‘rsatadi.
Kompyuterda chizilgan animatsiya

Kompyuterda chizilgan animatsiya yoki 2D kompyuter animatsiyasi raqamli rasm chizish vositalari paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan va 1980-yillarning oxiridan keng qo‘llanila boshlagan. U qog‘ozdagi rasmlarni skanerlash orqali kompyuterga o‘tkazishni ham, tasvirlarni to‘liq kompyuterda chizishni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Flash animatsiya
Flash —Adobekompaniyasining ikki o‘lchamli chizilgan animatsiya yaratishga mo‘ljallangan mashhur dasturi bo‘lib, harakat bosqichlarini chizish jarayonini ancha osonlashtiradi. Flash yordamida yaratilgan multfilmlarni, odatda, dastur taklif qiladigan harakat transformatsiyalari an’anaviy chizish usullariga qaraganda cheklanganligi sababli oson tanib olish mumkin.
ChunkiAdobekompaniyasiFlashPlayer dasturini 31-dekabr 2020-yildan keyin qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan va Flash kontentiniFlashPlayerda 12-yanvar 2021-yildan boshlab ishga tushirishni bloklaganligi sababli,Adobebarcha foydalanuvchilarga tizimlarini himoyalash uchun Flash Player dasturini darhol o‘chirib tashlashni qat’iy tavsiya qiladi.
Kadrma-kadr animatsiya
Kadrma-kadr animatsiya, yokistop-moushn ((ingl.) stop-motion) — harakatsiz obyektlarni kadrma-kadr suratga olishga asoslangan animatsiya texnikasidir. Bunda avval sahna suratga olinadi, so‘ng unda kichik o‘zgarishlar kiritilib, yana suratga olinadi. Fotosuratlar bitta ketma-ketlikka birlashtirilganda harakat illyuziyasi yuzaga keladi.
Kadrma-kadr animatsiyaning alohida turi —kesma shakllar animatsiyasi. Muallif ishlaydigan obyekt yoki materialga qarab kadrma-kadrobyekt animatsiyasi(ingl.)ning qo‘g‘irchoqli, plastilinli,Legoasosidagi yokipiksilyatsiya(ingl.)kabi turlari ajratiladi (bunda animatsiya jonli aktyor ishtirokida amalga oshiriladi). Yorug‘likni boshqarishga asoslangan animatsiya ham shu toifaga kiradi:siluetli animatsiya(ingl.)va «frizlayt» ((ingl.) freezelight) texnikasi. Bundan tashqari,go-motion(ingl.)usuli alohida tur sifatida ajratiladi: bunda obyekt mexanizatsiyalashgan yarim avtomatik harakati davomida suratga olinadi.
Qo‘g‘irchoq animatsiyasi
Qo‘g‘irchoq animatsiyasiqo‘g‘irchoq aktyorlar va maket sahna yordamida yaratiladi. Sahna kadrma-kadr suratga olinadi va har bir suratdan so‘ng unda ozgina o‘zgarish kiritiladi, masalan, qo‘g‘irchoqning holati o‘zgartiriladi. Olingan kadrlar ketma-ket namoyish etilganda obyektlar harakatlanayotgandek tuyuladi. Animatsiyaning bu turi ilk bor Rossiyada 1906-yilda paydo bo‘lgan.
Birinchi rus multiplikatori (1906-yil)Aleksandr Shiryayev—Mariinskiy teatribaletmeysteri bo‘lgan. U dunyodagi birinchi mahalliy qo‘g‘irchoq multfilmini yaratib, unda sahna ko‘rinishidagi harakatsiz dekoratsiyalar oldida raqsga tushayotgan 12 ta shaklni tasvirlagan. Film 17,5 millimetrlik plyonkaga suratga olingan. Uni yaratishga uch oy ketgan. Shiryayev kamera bilan dekoratsiya o‘rtasida tinmay qatnagani sababli parket polni oyog‘i bilan ishqalab teshik hosil qilgan.
Ushbu filmlar 2009-yilda kino tadqiqotchisi Viktor Bocharov tomonidan Shiryayev arxividan topilgan. O‘sha yerda yana bir nechta qo‘g‘irchoq multfilmlar — «To‘p o‘ynayotgan masxarabozlar», «Piero rassomlari» va baxtli yakun topadigan sevgi dramasi «Arlekin hazillari» topilgan. Zamonaviy animatorlar hamon Shiryayevning sirlarini to‘liq anglab yetolmagan, chunki uning qo‘g‘irchoqlari nafaqat yerda yurgan, balki havoda sakragan va aylangan.
Plastilin animatsiyasi
Plastilin animatsiyasi — multfilmplastilindan yasalganobyektlarni kadrma-kadr suratga olish va kadrlar orasida ularning shaklini o‘zgartirish yo‘li bilan yaratiladigan animatsiya turi (qo‘g‘irchoq animatsiyasiga o‘xshash).
Plastilin animatsiyasiga misol
Qum animatsiyasi
Qum animatsiyasi — mayda donador modda (odatda tozalangan va elangan qum, shuningdek, tuz, qahva, plastik granulalar va boshqalar) shisha ustiga yupqa qatlam qilib sepilib, aralashtirish orqali harakatlanuvchi tasvir yaratiladigan animatsiya turi. Odatda barcha harakatlar qo‘lda bajariladi, ammo mo‘yqalam kabi vositalardan ham foydalanish mumkin. Diaproyektor yoki yorug‘lik stoli yordamida olingan tasvir ekranga uzatiladi va yozib olinadi.
Uch o‘lchamli kompyuter animatsiyasi

Uch o‘lchamlikompyuter animatsiyasi (3D animatsiya) —kompyuter grafikasiasosida yaratiladigan animatsiya turidir. Hozirgi kunda kompyuter animatsiyasi ko‘ngilochar sohada ham, ishlab chiqarish, ilm-fan va biznesda ham keng qo‘llaniladi. Uch o‘lchamli animatsiyada chizilgan tasvirlar emas, balki virtual olam bilan ishlanadi. Obyektlar chizilmaydi, balki modellashtiriladi; bu jarayon oddiy shakllardan murakkabroq buyum yasaydigan kulol mehnatiga ko‘proq o‘xshaydi. Dasturda virtual yoritish, materiallar, fizika qonunlari va boshqa imkoniyatlar mavjud. Ularni to‘g‘ri sozlash orqali multfilmga xos yoki realistik ko‘rinishdagi istalgan natijaga erishish mumkin.
Sovet davrida multfilmlarning eng yirik ishlab chiqaruvchisi «Soyuzmultfilm» kinostudiyasi bo‘lgan. Multfilmlarning bir qismi Sverdlovsk kinostudiyasi, Kiyev ilmiy-ommabop filmlar studiyasi, «Belarusfilm», «Armenfilm», «O‘zbekfilm» va boshqa respublika kinostudiyalarida yaratilgan. Asosan qisqa metrajli multfilmlar ishlab chiqarilgan. Ularning ayrimlari boshqa multfilmlar bilan umumiy qahramonlarga ega bo‘lgan (masalan,Vinni Puxhaqidagi,Prostokvashinohaqidagi multfilmlar) yoki bir nechta qismdan iborat bo‘lgan. Eng mashhurlari «Nu, pogodi!», «Adashgan to‘tiqushning qaytishi», «Gav ismli mushukcha» kabi multfilmlar, shuningdek, «Quvnoq karusel» animatsion badiiy kinojurnali edi. Qo‘g‘irchoq animatsiyasi keng tarqalgan. Multfilmlarning bir qismikesma shakllarni ko‘chirishvashishaga rasm chizishtexnikalarida yaratilgan. SSSR parchalangach, «Soyuzmultfilm» bir muddat Rossiyadagi eng yirik multfilm ishlab chiqaruvchisi bo‘lib qoldi. Keyinchalik bir qator xususiy animatsiya studiyalari yetakchilikni qo‘lga kiritdi va «Soyuzmultfilm» asosan qisqa metrajli animatsiya ishlab chiqarishdagi ayrim mavqelarini saqlab qoldi.
1970—1995-yillardaSSSR Davlat qo‘mitasining televideniye va radioeshittirish bo‘yicha idorasi (SSSR Gosteleradiosi) va uning vorislari (Butunittifoq davlat teleradiokompaniyasi, Rossiya davlat «Ostankino» teleradiokompaniyasi) buyurtmasi bilan muntazam ravishda qisqa metrajli animatsion telefilmlar ishlab chiqarilgan. Ularning eng yirik ishlab chiqaruvchisi «Ekran» ijodiy birlashmasi (SSSR Gosteleradiosiga qarashli korxona) bo‘lgan. Filmlarning bir qismi mahalliy telestudiyalarda (Kuybishev, Saratov, Volgograd, SverdlovskvaPermshaharlarida) hamda respublika va mahalliy kinostudiyalarda (Sverdlovsk, Kiyevilmiy-ommabop filmlar studiyasi, «Belarusfilm», «Armenfilm», «O‘zbekfilm») SSSR Davlat televideniye va radioeshittirish qo‘mitasining buyurtmasi bilan ishlab chiqarilgan. Asosan bir qismli multfilmlar chiqarilgan; ayrimlari boshqa multfilmlar bilan umumiy qahramonlarga ega edi (Leopold mushugi, Funtik cho‘chqachasi, Kuzya uy jinihaqida) yoki multfilmlar turkumini tashkil qilgan («Myunxauzenning sarguzashtlari», «Bilmasvoy va uning do‘stlarining sarguzashtlari», «Bilmasvoy Quyoshli shaharda», «Zumrad shahar sehrgari», «Fyodor amaki, kuchuk va mushuk», «Doktor Aybolit», «KOAPP»). Shuningdek, qisqa epizodli ko‘p qismli multfilmlar («Kapitan Vrungelning sarguzashtlari», «Alisa mo‘jizalar mamlakatida», «Alisa Ko‘zgu orti mamlakatida», «Tuzoqlar mamlakatida») va to‘liq metrajli multfilmlar («Xazinalar oroli» va «Eneida») ham ishlab chiqarilgan. Chizilgan animatsiya bilan bir qatorda, mahalliy animatsiyaning boshqa turlari — qo‘g‘irchoq, plastilin, kesma shakllarni ko‘chirish va shishaga rasm chizish texnikalari ham rivojlangan. Boshqa ayrim mahalliy telekompaniyalar ham vaqti-vaqti bilan animatsion telefilmlar (asosan to‘liq metrajli) va animatsion seriallar yaratishga buyurtma berib keladi.
Animatsiya sohasidagi mukofotlar
Boshqa san’at turlarida bo‘lgani kabi, animatsiyada ham yuksak yutuqlar mukofotlanadi. Animatsiyaga doir dastlabki maxsus mukofotlarKinematografiya san’ati va fanlari akademiyasitomonidan qisqa metrajli animatsion filmlar uchun 1932-yildan, 5-marta o‘tkazilgan «Oskar» taqdirlash marosimidan boshlab berilgan. Amerika kinoakademiyasi mukofotining ilk sovrindori «Gullar va daraxtlar» qisqa metrajli multfilmi bo‘lgan. Biroq to‘liq metrajli animatsion film uchun Amerika kinoakademiyasi mukofoti faqat 2001-yilda ta’sis etilgan. U birinchi marta 74-taqdirlash marosimida (2002-yil) «Shrek» filmiga berilgan. FilmniDreamWorksvaPacific Data Imageskompaniyalari yaratgan. O‘shandan beriDisney/Pixarbu mukofotga nomzod bo‘lgan va g‘olib chiqqan eng ko‘p filmlarni ishlab chiqargan.
Adabiyotlar
- Асенин С. В. Волшебники экрана: Восьмое искусство. Своеобразие синтеза 3d-master.org
- Александр Раппапорт. Жест и пространство в искусстве мультипликации // Проблема синтеза в художественной культуре / Отв. ред. Б. В. Раушенбах — М.: Наука, 1985.
- Кравцов Никита. История анимации: Как рождается искусство. — ArtHuss, 2019. — ISBN 978-617-7799-25-01.
- Гарольд Уайтэкер, Джонс Халас. Тайминг в анимации. — М.: Магазин искусств, 2001.
- Киноведческие записки. — 2001. — № 52. Номер, посвящённый анимации. Содержание
- Александр Раппапорт. Пульсирующее бытие. Заметки о мультфильмах-анимациях Нормана Мак-Ларена (недоступная ссылка — история).Harold Whitaker, John Halas. Timing for animation. — London: Focal Press, 1990. — ISBN 0-240-51310-X. // Киноведческие записки. — 2001. — № 51. — С. 206—215.
- Кривуля Н. Г. Аниматология: Эволюция мировых аниматографий. В 2-х томах. — М.2012
- Лотман Ю. М. О языке мультипликационных фильмов // Лотман Ю. М. Об искусстве. — СПб.: Искусство — СПб, 1998. — С. 671—674. — 704 с.
- Amidi, Amid. NY Film Critics Didn't like a Single Animated Film This Year. Cartoon Brew (2 декабря 2011). Дата обращения: 19 февраля 2016. Архивировано 1 марта 2016 года.
- Ball, Ryan. Oldest Animation Discovered In Iran. Animation Magazine (12 марта 2008). Дата обращения: 15 марта 2016.
- Beck, Jerry. A Little More About Disney's "Paperman". Cartoon Brew (2 июля 2012).
- Bendazzi, Giannalberto. The Untold Story of Argentina's Pioneer Animator. Animation World Network (1996). Дата обращения: 29 апреля 2016.
- Bhattacgarjee, Subhankar. A short history of Animation, before Disney. Medium (2 декабря 2015). Дата обращения: 15 марта 2016.
- Animation. boi.gov.ph. Board of Investments (ноябрь 2009). Дата обращения: 24 июля 2012. Архивировано 19 октября 2012 года.
- Brown, Margery. Experimental Animation Techniques. Olympia, Washington: Evergreen State Collage (2003). Дата обращения: 11 ноября 2005. Архивировано 7 марта 2008 года.
- Carbone, Ken. Stone-Age Animation in a Digital World: William Kentridge at MoMA. Fast Company (24 февраля 2010). Дата обращения: 7 марта 2016.
- Haglund, David. The Oldest Known LEGO Movie. Slate (7 февраля 2014). Дата обращения: 25 февраля 2016.
- World's Oldest Animation? theheritagetrust.wordpress.com. The Heritage Trust (25 июля 2012). Архивировано 22 октября 2015 года.
- Kenyon, Heather. How'd They Do That?: Stop-Motion Secrets Revealed. Animation World Network (1 февраля 1998). Дата обращения: 2 марта 2016.
- Nagel, Jan. Gender in Media: Females Don't Rule. Animation World Network (21 мая 2008). Дата обращения: 3 марта 2016.
- McDuling, John (3 июля 2014). Hollywood Is Giving Up on Comedy. The Atlantic. The Atlantic Monthly Group. Дата обращения: 20 июля 2014.
- McLaughlin, Dan. A Rather Incomplete But Still Fascinating. Film Tv. UCLA (2001). Дата обращения: 12 февраля 2013. Архивировано 19 ноября 2009 года.
- O'Keefe, Matt. 6 Major Innovations That Sprung from the Heads of Disney Imagineers. Theme Park Tourist (11 ноября 2014). Дата обращения: 9 марта 2016.
- Watercutter, Angela. 35 Years After Star Wars, Effects Whiz Phil Tippett Is Slowly Crafting a Mad God (англ.) // Wired : journal. — 2012. — 24 May. Архивировано 6 февраля 2016 года.
- Zohn, Patricia. Coloring the Kingdom. Vanity Fair (28 февраля 2010). Дата обращения: 7 декабря 2015.
- Walt Disney's Oscars. The Walt Disney Family Museum (22 февраля 2013). Дата обращения: 22 февраля 2016. Архивировано из оригинала 22 марта 2015 года.
- Władysław Starewicz – Biography. culture.pl. Adam Mickiewicz Institute (16 апреля 2012). Дата обращения: 9 февраля 2016.
Havolalar
- 8 daqiqalik qisqa multfilm qanday yaratiladi (ingl.)
- Animatsiya texnikalari va uslublarining 19 turi (ingl.)
- Animatsiyaning turli sohalarda qo‘llanilishi (ingl.)
- Animatsiyaga oid bibliografiya (ingl.)
- Animatsiyahavolalar katalogidaCurlie(dmoz)