Yadro reaksiyalar haqida

Yadro reaksiyalar haqida

Atomlarning yadrolari tarkibi o'zgarishi bilan borib, yangi element yadrolari hosil bo'lishiga olib keluvchi jarayonlar yadro reaksiyalari deyiladi. Yadro reaksiyalari tabiatda va sun’iy usulda ro'y beradi.

Tabiiy radioaktiv elementlar. 84Po, 86Rn, 87Fr, 88Ra, 89Ac, 90Th, 91Pa, 92U, 93Np.

Sun’iy radioaktiv elementlar. 43Tc(1937yil), 61Pm(1940 yil), 85At(1940 yil), tartib raqami 94-109 bo’lgan elementlar.

Tabiiy yadro reaksiyalari radioaktiv elementlaming parchalanishi (radioaktivlik) tufayli sodir bo'ladi. Radioaktiv elementlar o'zidan uch xil α-, β-, γ-nurlar chiqarib, boshqa element yadrolarini hosil qiladi.

A. α-nurlanish (a-zarracha) musbat zaryadli zarrachalarbo‘lib, geliy yadrosiga to‘g‘ri keladi. Kuchli ionlash xossasiga ega bo'lib, 0,01 mm qalinlikdagi to'siqlardan o'tadi.

В. β-nurlanish (β-zarracha) manfiy zaryadli(— 1) bo'lib, elektronlar oqimidan iborat, 0,01 m qalinlikdagi to'siqdan o'ta oladi.

V. γ-nurlanish rentgen nurlariga o'xshash bo'lib, kuchli o'tish (singish) xossasiga ega; 0,1 m qalinlikdagi to'siqdan o'ta oladi.

Yadro reaksiyalari α-parchalanish, β-parchalanish kabi asosiy turlarga bo'linadi. α-parchalanishda yangi hosil bo'lgan elementning yadro zaryadi 2 birlikka kamaysa, massasi 4 birlikka kamayadi:

β-parchalanishda yangi hosil bo'lgan elementning tartib raqami bir birlikka ortib, yadroning massa soni o'zgarmay qoladi:

Ba’zi yadro reaksiyalarida pozitron (0+α) yoki (+β) zarracha hosil bo'lib, tartib raqami bir birlikka kamayadi, ammo yadroningmassa soni o'zgarmaydi.

Shunday yadro reaksiyalari ham borki,-unda yadro β-zarrachani biriktirib oladi. Bunda tartib raqami bir birlikka kamayadi, yadro massasi o'zgarmaydi:

Bu hodisaga “K-qamrash” deyiladi. Ayrim elementlar barqaror izotoplari yadrolarining elementar zarrachalar bilan ta’sirlashuvi natijasida (bombardimon qilinganda) sun’iy yadro reaksiyalari ro‘y beradi. Shunday reaksiyalami birinchi marta Rezerford 1919 yilda azot atomini α-zarrachalar(He) bilan to‘qnashtirib amalga oshirgan:

Bu reaksiyani (α, p) turdagi reaksiya deyiladi. α-birikuvchi, to‘qnashuvchi zarracha, p-hosil bo‘luvchi zarracha. Shu singari boshqa turdagi (α, n), (p, α), (n, α) — reaksiya turlari ham mavjud:

Yadro reaksiyalari fan va texnikada keng qo'llaniladi. Davriy jadvaldagi 93-elementdan boshlab undan keyingi elementlarning hammasi yadro reaksiyalari natijasida hosil qilingan. Yadro reaksiyalari natijasida Δm — massaning kamayishi va E = Δmc2 formulaga asosan katta energiya ajralib chiqishi tufayli radioaktiv elementlar(atomreaktorlarida) yadro yonilg'isi sifatida ishlatiladi.

Tibbiyotda rak kasali bilan og'rigan bemorlar 60Co-izotopi (γ-nurlari manbai) ta’sirida davolanadi. Jarrohlikda asboblarni sterillashda, nishonlangan atomlarusuli bilan dorilaming organizmga ta’sirini o'rganishda qo'llaniladi. Texnikada detallaming yemirilish darajasini, qalinligini, suv va neft quvurlarida paydo bo'lgan teshiklami aniqlashda, moddalar miqdorini topishda (suyultirilgan izotoplar usuli) radioaktivlikdan keng foydalaniladi.