| Xlorovodorod | |
|---|---|
| Umumiy ma’lumotlar | |
| Tizimli nomlanishi |
Xlorovodorod |
| An’anaviy nomlari | Gidroxlorid, vodorod xlorid |
| Kimyoviy formulasi | HCl |
| Fizik xossalari | |
| Agregat holati | rangsiz gaz |
| Molyar massa | 36,4606 g/mol |
| Zichligi | 1.477 g/l, gaz (25 °C) |
| Ionlanish energiyasi | 12,74 ± 0,01 eV |
| Termik xossalari | |
| Harorat | |
| • suyuqlanish | −114,22 °C |
| • qaynash | −85,1 °C |
| • parchalanish | 1500 °C |
| Kritik nuqta | 51,4 °C |
| Entalpiya | |
| • hosil bo‘lish | -92,31 kJ/mol |
| Bug‘ bosimi | 40,5 ± 0,1 atm |
| Kimyoviy xossalari | |
| Kislota dissotsiatsiyasi konstantasi | -4; -7 |
| Eruvchanligi | |
| • suvda | 72,47 (20 °C) |
| Tasnifi | |
| Ro‘yxatga olish CAS raqami | 7647-01-0 |
| PubChem | 18348331 va 313 |
| Ro‘yxatga olish EINECS raqami | 231-595-7 |
| SMILES | |
| InChI | |
| RTECS | MW4025000 |
| ChEBI | 17883 |
| BMT raqami | 1050 |
| ChemSpider | 307 |
| Xavfsizlik | |
| Ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiya | 5 mg/m³ |
| LD50 | 238 mg/kg |
| Zaharliligi | O‘ta zaharli, kuchli ta’sir qiluvchi zaharli modda (KTZM) |
| GHS piktogrammalari |
|
| NFPA 704 | |
| Quyidagi ma’lumotlar standart sharoitlar (25 °C, 100 kPa) uchun keltirilgan, agar boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa. | |
Xlorovodorod, (gidroxlorid, vodorod xlorid, vodorod xloridi, HCl) — rangsiz, issiqlikka chidamli zaharli gaz (normal sharoitda) bo‘lib, o‘tkir hidgaega; nam havodatutaydi va suvda oson eriydi (bir hajm suvda 500 hajmgacha gaz eriydi), natijada xlorid (tuz) kislotasihosil bo‘ladi. −85,1 °C da rangsiz, oquvchan suyuqlikkaaylanadi. −114,22 °C da qattiq holatga o‘tadi. Qattiq holatda xlorovodorod ikkita kristall modifikatsiyada uchraydi: −174,75 °C dan past haroratda barqaror bo‘lgan rombik va kubik shakllarda.
Xossalari
Vodorod xloridning suvdagi eritmasi tuz kislotasideb ataladi. Suvda erish vaqtida quyidagi jarayonlar sodir bo‘ladi:
- .
Erish jarayoni kuchli ekzotermikdir. Suv bilan birgalikda azeotrop aralashmahosil qiladi. Bu aralashmaning 20,24 % ini tashkil etadigan modda — .
Tuz kislotasi kuchli bir asosli kislotabo‘lib, metallarning faollik qatorida vodoroddan chapda joylashgan vakillari, asosli va amfoter oksidlar, asoslar va tuzlar bilan faol reaksiyaga kirishadi. Bunda hosil bo‘ladigan tuzlar — xloridlar:
- ,
- .
Xloridlar tabiatda juda keng tarqalgan va ko‘plab sohalarda qo‘llanadi (galit, silvin). Ularning aksariyati suvda yaxshi eriydi va to‘liq dissotsiatsiyalanadi va ionlarga ajraladi. Kam eriydiganlariga qo‘rg‘oshin(II) xlorid (), kumush xlorid (), simob(I) xlorid (, kalomel) va mis(I) xlorid ().
Kuchli oksidlovchilar ta’sirida yoki elektroliz vaqtida xlorovodorod qaytaruvchi xossalarni namoyon qiladi:
- .
Qizdirilganda xlorovodorod kislorod bilan oksidlanadi (katalizator — mis(II) xlorid ):
- .
Konsentrlangan tuz kislotasi misbilan reaksiyaga kirishadi, bunda bir valentli misning kompleks birikmasi hosil bo‘ladi:
- .
Konsentrlangan tuz kislotasining hajm bo‘yicha 3 qismi va konsentrlangan nitrat kislotasining 1 hajmiy qismidan iborat aralashma «zar suvi» deb ataladi. Zar suvi hatto oltin va platinani ham eritishi mumkin. Zar suvining yuqori oksidlovchilik xususiyati unda nitrozil xlorid va xlor mavjudligi bilan bog‘liq; ular dastlabki moddalar bilan muvozanatda bo‘ladi:
- .
Eritmada xlorid-ionlar konsentratsiyasining yuqoriligi tufayli metall xlorid kompleksiga bog‘lanadi va bu uning erishini osonlashtiradi:
- .
Xlorovodorod oltingugurt angidridibilan birikib, quyidagi birikmani hosil qiladi: xlorsulfon kislota :
- .
Xlorovodorod uchun ko‘p bog‘larga birikish reaksiyalari ham xos (elektrofil birikish):
- ,
- .
Olinishi
Laboratoriya sharoitida xlorovodorod konsentrlangan sulfat kislotasi ni natriy xlorid ga (osh tuziga) biroz qizdirib ta’sir ettirish orqali olinadi:
- .
ni gidroliz orqali ham olish mumkin; bu jarayonda kovalent xloridlar, masalan, fosfor(V) xlorid, tionilxlorid (), shuningdek, gidrolizlanadigan karbon kislotalarning xlorangidridlari qatnashadi:
- ,
- .
Sanoatda xlorovodorod ilgari asosan sulfat usuli ( Leblanusuli) bilan, ya’ni natriy xloridni konsentrlangan sulfat kislotasi bilan reaksiyaga kiritish orqali olingan. Hozirda xlorovodorod olish uchun, odatda, oddiy moddalardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sintez qilish usuli:
- + 184,7 kJ.
Ishlab chiqarish sharoitida sintez maxsus qurilmalarda olib boriladi. Ularda vodorod xlor oqimida barqaror alanga bilan uzluksiz yonadi va bevosita gorelka alangasida xlor bilan aralashadi. Shu tariqa reaksiya portlashsiz, barqaror kechadi. Vodorod 5—10 % ortiqcha miqdorda beriladi. Bu qimmatroq bo‘lgan xlordan to‘liq foydalanish va xlor bilan ifloslanmagan tuz kislotasini olish imkonini beradi.
Tuz kislotasi gazsimon xlorovodorodni suvda eritish orqali olinadi.
Laboratoriyada xlorovodorodni kobalt tuzlari ishtirokida, bevosita quyosh nuri ta’sirida suvning xlor bilan reaksiyasi orqali ham olish mumkin. Bevosita quyosh nuri o‘rniga yuqori quvvatli chiroqdan foydalanish mumkin:
Xlorovodorodni suv va xlorning o‘zaro ta’siridan yuqori quvvatli chiroq nuri hamda kobalt tuzlaridan foydalanmasdan olish uchun avval suvni brom bilan oddiy chiroq yorug‘ligida yoki qaynatib reaksiyaga kiritish kerak. Keyin hosil bo‘lgan vodorod bromid ni xlor bilan reaksiyaga kiritish, hosil bo‘lgan xlorovodorod va brom aralashmasini sovitib suyuq bromni xlorovodoroddan ajratish, so‘ng xlorovodorodni boshqa suvli idishga haydab, tuz kislotasini olish kerak:
Qo‘llanilishi
Suvdagi eritmasi xloridlar olishda, metallarni kimyoviy ishlov berib tozalashda, idishlar va quduqlar yuzasini karbonatlardan tozalashda, rudalarni qayta ishlashda, kauchuklar, natriy glutamati, soda, xlor va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishda keng qo‘llanadi. Organik sintezda ham ishlatiladi. Tuz kislotasi eritmasi mayda beton va gips buyumlari, jumladan, yo‘lak plitalari, temir-beton mahsulotlari va boshqalarni ishlab chiqarishda ham keng qo‘llanadi.
Fiziologik ta’siri

Xlorovodorod o‘ta zaharlibo‘lib, kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarro‘yxatiga kiritilgan. U uchinchi xavflilik sinfi ga mansub va yuqori konsentratsiyalarda bo‘g‘uvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘p miqdordagi xlorovodorodni nafas orqali qabul qilish yo‘talga, yallig‘lanishga (burun, tomoq va yuqori nafas yo‘llarida), og‘ir holatlarda esa o‘pka shishiga, qon aylanish tizimi faoliyatining buzilishiga va hatto o‘limgaolib kelishi mumkin. Teri bilan kontaktda bo‘lganda qizarish, og‘riq va jiddiy kuyishlargasabab bo‘lishi mumkin. Vodorod xlorid ko‘zlarni jiddiy kuydirishi va ularning qaytarilmas darajada shikastlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
O‘limga olib keluvchi konsentratsiya (LC50):
3 g/m³ (odam, 5 daqiqa)
1,3 g/m³ (odam, 30 daqiqa)
3,1 g/m³ (kalamush, 1 soat)
1,1 g/m³ (sichqon, 1 soat)
O‘limga olib keluvchi doza (LD50) — 238 mg/kg
Urushlar davrida zaharlovchi modda sifatida ishlatilgan.
Amaldagi GOST 12.1.007-76 me’yorlariga ko‘ra, ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiya (REK) — ishchi zona havosida vodorod xlorid uchun 5 mg/m³ ni tashkil qiladi.
Adabiyotlar
- Levinskiy M. I., Mazanko A. F., Novikov I. N. Vodorod xlorid va tuz kislotasi. — M.: Ximiya, 1985.
Havolalar
