| Kommuna, shahar | |||||
| Strasburg | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| frans. Strasbourg | |||||
|
|||||
| 48°34′24″ sh. k. 7°45′08″ shq. u.HGЯO | |||||
| Mamlakat |
|
||||
| Mintaqa | Grand-Est | ||||
| Departament | Quyi Reyn | ||||
| Okrug | Strasburg | ||||
| Kanton | Strasbur-1 | ||||
| Mer | Janna Barsegyan | ||||
| Tarix va geografiya | |||||
| Asos solingan | miloddan avvalgi 12-yil | ||||
| Avvalgi nomlari | Argentoratum, Stratisburgum, Straßburg | ||||
| Maydoni | 78,26 km² | ||||
| Markazining balandligi | 132 — 151 (143) m | ||||
| Iqlim turi | moʻtadil kontinental | ||||
| Vaqt mintaqasi | UTC+1:00, yozda UTC+2:00 | ||||
| Aholisi | |||||
| Aholisi | 291 313 kishi (2021) | ||||
| Zichligi | 3700 kishi/km² | ||||
| Rasmiy til | fransuz tili | ||||
| Raqamli identifikatorlar | |||||
| Telefon kodi | 388, 390, 368 | ||||
| Pochta indekslari | 67000, 67100, 6720067000 | ||||
| INSEE kodi | 67482 | ||||
| Boshqa maʼlumotlar | |||||
| Mukofotlari |
|
||||
|
|
|||||
|
strasbourg.eu (frans.) (nem.) (ingl.) |
|||||
Strasburg, yoki Strasbur (frans. Strasbourg XFA: fayl haqida), Shtrasburg (nem. Straßburg XFA: fayl haqida, elzascha Strossburi XFA: fayl haqida) — shahar va kommuna , Sharqiy Fransiyada joylashgan, Elzasning tarixiy poytaxti va prefektura joylashgan departament — Quyi Reyn.
Joylashgan hududi — mintaqa Grand-Est (sobiq Elzas — Shampan — Ardenna — Lotaringiya), departament Quyi Reyn, okrug Strasbur, kantonlar: Strasbur-1, Strasbur-2, Strasbur-3, Strasbur-4, Strasbur-5, Strasbur-6 . Shahar joylashgan daryo — Ill, shuningdek, Reyndaryosining chap (gʻarbiy) qirgʻogʻi yaqinida joylashgan. Ushbu daryo Fransiya bilan Germaniyaoʻrtasidagi chegarani tashkil etadi. Shahar Germaniyaning Kel shahri roʻparasida joylashgan..
Aholisi — 275 700 kishi (2013-yil).
Shahar 1992-yildan buyon «Yevropaning parlament poytaxti» maqomiga ega, chunki Yevropa Kengashi 1949-yildan, Yevropa parlamenti esa 1992-yildan buyon shu yerda yigʻilishlar oʻtkazadi. Strasburgdagi yana bir yirik muassasa — Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudi.
Nomi
Shaharning nemischa nomi — Shtrasburg (nem. Straßburg) — «yoʻl bo‘yidagi qalʼa» degan maʼnoni bildiradi. Stras- (nemischa Shtrasse, Straße/Strasse) «koʻcha» yoki «yoʻl» maʼnosini anglatadi, -burg esa (fransuzcha -bourg, nemischa -burg) «qasr, qalʼa, istehkom» degan maʼnolarni bildiradi.
Shaharning qadimgi nomi — Argentorat (lot. Argentoratum), bir qarashga koʻra, keltlar sigʻingan pul maʼbudasining nomidan kelib chiqqan; boshqa taxminga koʻra, toponimning Argento oʻzagi «daryo oʻzani, soy» maʼnosini bildiradi. Nomning ikkinchi qismi (-rat) «harbiy istehkom, qalʼa» degan maʼnoni anglatadi. Bu nom shaharning tarixdagi oʻrniga, xususan, Rim imperiyasining shimoliy chegaralarida joylashganiga toʻla mos keladi.
Keyinchalik, feodal tarqoqlik davrida, koʻprik mavjudligi tufayli shahar nemis mitti davlatlarini bogʻlaydigan sharq–gʻarb yoʻnalishidagi yoʻllar tuguniga aylandi. Shu tariqa u Reyn daryosiboʻylab oʻtgan shimol–janub yoʻnalishidagi muhim strategik oʻrnini yoʻqotdi. VI asrdan shahar hozirgi nomi bilan atala boshladi.
Geografik joylashuvi
Strasburg — Elzaspoytaxti, Fransiyaning Germaniya bilan chegaradosh shimoli-sharqiy mintaqasida, Gʻarbiy Yevropaning geografik markazida, sanoati rivojlangan Yuqori Reyn boʻyidagi Bazel bilan Maynsorasida joylashgan. Strasburgdan 2–3 soatda borish mumkin boʻlgan shaharlar: Shtutgart, Syurix, Frankfurt-Mayn, 5–6 soatda borish mumkin boʻlganlari esa Bryussel, Parij va Tuluza shaharlaridir (tezyurar TGV Est poyezdlari ishga tushirilishi bilan Strasburgdan temiryoʻl orqali qatnov vaqti qariyb ikki baravar qisqargan: Parijgacha 2 soat, Shtutgart va Lyuksemburg — 1,5).

Elzas poytaxti dengiz sathidan 140 m balandlikda, tekis relyefli hududda joylashgan. Shu sababli shahar ichidagi balandliklar farqi juda kichik. Eng baland nuqta sobor yaqinida, Grand-Rue va Fossé-des-Tanneurs koʻchalari kesishmasida joylashgan. Bu joylar suv bosadigan pasttekisliklar orasidagi tepaliklarda vujudga kelgan eng qadimgi aholi manzillariga toʻgʻri keladi. Shahar Illdaryosi boʻyida hamda Reynning chap qirgʻogʻida joylashgan. Ill Reyn bilan kanallar tarmogʻi orqali bogʻlangan va shaharning asosiy suv yoʻli hisoblanadi. Strasburg Yevropadagi eng yirik ichimlik suvi zaxiralaridan biri (taxminan 35 mlrd m3) ustida joylashgan. Keng daryo tarmogʻi va yerosti suvlarining yaqinligi tez-tez suv toshqinlariga sabab boʻladi. Shu bois shaharning koʻplab mavzelarini qurishda hududni quritish, jumladan, kanal va drenaj tizimlarini barpo etish zarur boʻlgan.
Kommunaning maydoni — 78,26 km2, aholisi — 272 975 kishi (2006), oʻsish tendensiyasi kuzatilmoqda: 275 718 kishi (2013), aholi zichligi — 3523,1 kishi/km2.
Aholisi
| 1962 | 1968 | 1975 | 1982 | 1990 | 1999 | 2006 | 2008 | 2011 | 2012 | 2013 | 2015 | 2016 | 2017 | 2021 | 2022 | 2024 |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 228 971 | 249 396 | 253 384 | 248 712 | 252 338 | 264 115 | 272 975 | 272 116 | 272 222 | 274 394 | 275 718 | 277 270 | 279 284 | 280 966 | 291 313 | 291 709 | 291 363 |
Aholi sonining oʻzgarishi:

Iqtisodiyot
2010-yilda 189 412 nafar mehnatga layoqatli yoshdagi (15 yoshdan 64 yoshgacha) aholining 127 824 nafari iqtisodiy faol, 61 588 nafari iqtisodiy nofaol boʻlgan (faollik darajasi 67,5 %, 1999-yilda esa 64,5 %). Mehnatga layoqatli 127 824 nafar faol aholining 106 934 nafari ishlagan (54 244 erkak va 52 690 ayol), 20 890 nafari esa ishsiz deb qayd etilgan (10 649 erkak va 10 241 ayol). Mehnatga layoqatli, ammo iqtisodiy nofaol 61 588 kishidan 34 226 nafari oʻquvchi yoki talaba, 9898 — nafaqaxoʻr, yana 17 464 nafari esa boshqa sabablarga koʻra faol boʻlmagan.
Umumiy iqtisodiy rivojlanish va investitsion jozibadorlik
Bandlik va tadbirkorlikning oʻsishi: Arthur Loyd reytingiga koʻra, 2010–2020-yillarda Strasburg metropoliyasida 21 075 ta ish oʻrni yaratilgan. Bu yiliga qariyb 2 100 ta ish oʻrni demakdir va shaharni bandlik yaratish boʻyicha Fransiya metropoliyalari orasida 4-oʻringa olib chiqqan.
Investitsiyalar oqimi va tarkibiy rivojlanish: 2020–2025-yillarda munitsipalitet taxminan 810 mln € (oldingi vakolat muddatidagidan 160 mln € koʻp) sarmoya kiritishni rejalashtirgan. Bunda qarz yuki nazorat ostida qolishi (taxminan 404 mln € — 2026-yilga kelib) koʻzda tutilgan.
Yirik loyihalar va infratuzilmadagi oʻzgarishlar
Archipel mavzesi (sobiq Wacken): Loyiha 2016-yildan boshlangan. Bu yerda biznes ofislari, turar joylar, mehmonxonalar va infratuzilma qurildi, jumladan Adidas (2018), Euro‑Information (2019) va Puma (2020) uchun zamonaviy binolar, 2021-yildan esa Yevropa Ittifoqi parlamenti binolari (Osmose/Simone Veil) barpo etildi. Qurilish bosqichi 2022-yilda yakunlandi.
Transport va ekologiya
Tramvay tarmogʻini rivojlantirish (7 ta yoʻnalish), taxminan 600 km veloyoʻlak, yoshlar (<18) uchun 2021-yildan bepul qatnov, yangi tramvay va avtobus yoʻnalishlari hamda veloinfratuzilmani yaratish. 2024-yilda Strasburg portida 7,2 mln tonna yuk (temiryoʻl va daryo transporti) qayta ishlangan, kruiz yoʻlovchilari soni esa 237 ming kishiga yetgan.
Kongress va turizm sektori: 2024-yilda rekord natija qayd etilgan — 675 000 tashrifchi, taxminan 250 ta tadbir, tushum 25 % ga oshgan, umumiy iqtisodiy samara esa qariyb 192 mln € ni tashkil etgan.
Tadbirkorlik va kichik biznes
Startaplar va mikrotadbirkorlar: Korxonalar tashkil etish surʼati keskin oshdi, ayniqsa transport (yetkazib berish), ilmiy-texnik xizmatlar, avtomobil savdosi, sogʻliqni saqlash va qurilish-infratuzilma xizmatlari sohalarida. Masalan, faqat transport sohasidagi mikrotadbirkorlik subyektlari soni 2021-yilda 2017-yilga nisbatan uch baravar oshgan.
French Tech klasterlari va ilmiy markazlarning mavjudligi: Strasburg tibbiy texnologiyalar va biotexnologiyalar faol rivojlangan hudud boʻlib, Alsace Biovalley, Energivie va boshqalarni oʻz ichiga olgan 4 ta klasterga ega.
Ekologik va barqaror iqtisodiyot
Aylanma iqtisodiyot: 2019-yildan «Aylanma iqtisodiyot yoʻl xaritasi» joriy etildi va yangilandi. U xaridlar va munitsipalitetlararo hamkorlikka oid choralarni ham qamrab oladi.
Dekarbonizatsiyaga investitsiyalar: 2024–2025-yillarda port korxonasi va munitsipalitetga obyektlarni modernizatsiya qilish uchun mablagʻ ajratildi. Ular Batorama elektr qayiqlari, Archipel hududidagi biomassa qozonxonasi va konferensiyalarda energiya sarfini 25 % ga kamaytirish (2024-yilga kelib) choralarini qamrab oladi.
Shaharning mavqeyi va jozibadorligi
Xalqaro yoʻnalish: Strasburg investitsiyalarni jalb etish va barqarorlik boʻyicha Fransiya metropoliyalari orasida muntazam ravishda eng yaxshi 3 talikka kiradi (2025-yil, Baromètre Arthur Loyd).
Geografik ustunliklar: Avtomagistrallar (A4/A35) kesishmasi, tezyurar poyezd, daryo yoʻllari va port shaharning logistika jihatidan jozibadorligini oshiradi.
Hayot sifati: Katta talabalar jamoasi (60 000 nafardan ortiq talaba), boy madaniy-tarixiy muhit va ekologik yechimlar malakali mutaxassislar hamda korxonalarni jalb etadi.
Iqlimi
Strasburg iqlimi kontinental boʻlib, fasllar oʻrtasida harorat sezilarli farqlanadi. Qishi sovuq, tez-tez qor yogʻadi, yozi esa issiq. Shahar ikkita togʻ tizmasi — Vogez va Shvartsvald orasida joylashgani tufayli kuchli shamollardan himoyalangan. Bundan tashqari, gʻarbdan esadigan shamollarni Vogez togʻlari toʻsib qolishi sababli Strasburgda Fransiyaning boshqa shaharlariga qaraganda yogʻingarchilik kamroq boʻladi. Yoz boshida va oxirida tez-tez momaqaldiroqli jala yogʻadi. Shamolning kamligi, yozgi jazirama va shaharning geografik oʻrni havoda zararli moddalar miqdori ortishiga olib keladi.
| Koʻrsatkich \ Davr | Yanv | Fev | Mar | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻrtacha maksimal harorat, °C | 3,5 | 5,8 | 10,4 | 14,6 | 19,0 | 22,3 | 24,7 | 24,2 | 20,8 | 14,7 | 8,2 | 4,5 | 14,4 |
| Oʻrtacha harorat, °C | 0,9 | 2,5 | 6,0 | 9,6 | 13,8 | 17,0 | 19,0 | 18,7 | 15,5 | 10,6 | 5,2 | 1,9 | 10,1 |
| Oʻrtacha minimal harorat, °C | −1,7 | −0,9 | 1,6 | 4,6 | 8,6 | 11,7 | 13,4 | 13,1 | 10,3 | 6,5 | 2,1 | −0,7 | 5,7 |
| Yogʻin miqdori (meʼyor), mm | 33,1 | 34,3 | 36,6 | 48 | 74,5 | 74,6 | 56,8 | 67,8 | 55,5 | 43 | 46,6 | 39,9 | 610,7 |
| Manba: Gonkong observatoriyasi | |||||||||||||
| Koʻrsatkich \ Davr | Yanv | Fev | Mar | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Mutlaq maksimal harorat, °C | 17,5 | 21,1 | 25,7 | 29,7 | 33,4 | 37,0 | 37,4 | 38,5 | 33,4 | 29,1 | 22,1 | 18,3 | 38,5 |
| Oʻrtacha maksimal harorat, °C | 4,5 | 6,5 | 11,5 | 15,9 | 20,4 | 23,5 | 25,8 | 25,5 | 21,0 | 15,4 | 8,8 | 5,2 | 15,3 |
| Oʻrtacha harorat, °C | 1,7 | 2,6 | 6,6 | 10,3 | 14,9 | 18,0 | 20,0 | 19,4 | 15,3 | 10,7 | 5,5 | 2,6 | 10,6 |
| Oʻrtacha minimal harorat, °C | −0,8 | −0,6 | 2,5 | 5,2 | 9,8 | 12,8 | 14,5 | 14,1 | 10,6 | 7,1 | 2,8 | 0,3 | 6,5 |
| Mutlaq minimal harorat, °C | −23,6 | −22,3 | −16,7 | −5,6 | −2,4 | 1,0 | 4,9 | 3,2 | −1,3 | −7,6 | −10,8 | −23,4 | −23,6 |
| Yogʻin miqdori (meʼyor), mm | 32 | 34 | 46 | 46 | 82 | 73 | 72 | 61 | 63 | 61 | 46 | 49 | 666 |
| Manba: «Ob-havo va iqlim» | |||||||||||||
Tarixi
Strasburg atrofida odamlar yashaganiga oid ilk tarixiy dalillar miloddan avvalgi 600-yilga tegishli. Arxeologik qazishmalarda neolit, bronza va temir davrlariga oid koʻplab buyumlar topilgan. Miloddan avvalgi taxminan 1300-yilda bu yerga keltlarajdodlari kelib joylashgan. Miloddan avvalgi III asr oxiriga kelib Argentorat nomli keltlar manzilgohi vujudga kelgan. Bu yerda bozor va diniy marosimlar oʻtkaziladigan joy boʻlgan.
Strasburg haqidagi dastlabki yozma maʼlumotlar I asrgatoʻgʻri keladi. Oʻsha davrda u Argentorat nomi bilan chegaraviy shaharlardan biri boʻlgan. U Rim imperiyasi tarkibiga kirgan.
Milodiy 357-yilda shahar yaqinida Argentorat jangisodir boʻlgan. Unda imperator Yulian Murtad german qabilalaridan boʻlgan alemannlar qoʻshinini magʻlub etgan.
Milodiy 406-yildan boshlab alemannlar Elzasga butunlay joylashib olgan.
Milodiy 451-yilda bosqinlardan soʻng Argentoratni xunnlar Attila boshchiligida vayron qilgan.
Milodiy 496-yilda german franklari alemannlar ustidan Tolbiak jangida birinchi gʻalabani qoʻlga kiritgach, Argentorat/Strasburg ilk bor german franklari qirolliginingtaʼsir doirasiga kirdi. Franklar Xlodvig I boshchiligida alemannlarga qarshi Strasburg yaqinidagi navbatdagi, uchinchi jangda 506-yilda gʻalaba qozonganidan soʻng Alemann davlati magʻlub boʻldi va 506–531-yillarda uning hududi alemannlarning qabilaviy gersogligi sifatida Franklar qirolligiga qoʻshib olindi.
Strasburgda yepiskoplik kafedrasimavjud boʻlganiga oid dastlabki ishonchli maʼlumotlar IV asrga tegishli. Yepiskoplardan biri, avliyo Strasburglik ArbogastVII asrda yashagan va shaharning homiysi hisoblanadi.
Milodiy 842-yilda Buyuk Karlning nabiralari — Lyudvig II Nemis va Karl II Taqir mashhur Strasburg qasamyodlari bilan almashishgan. Ular roman va theodiscus (qadimgi yuqori nemis) tillari mavjudligining ilk yozma dalillari boʻlib, Karolinglar qirolligining ular oʻrtasida boʻlinishini ifodalagan.
Milodiy 870-yilda Mersen shartnomasiga koʻra, Lyudvig II Nemis Elzasni olgan va u Sharqiy Franklar qirolligitarkibiga kirgan; keyinchalik German millatining Muqaddas Rim imperiyasi tashkil topgach, Elzas Shvabiya gersogligining gʻarbiy qismiga (Alemanniyaga) aylangan.
Milodiy 974-yilda shaharni boshqargan yepiskop rahbarligidagi shahar hokimiyati oʻz tangasini zarb qilish huquqini olgan.
Milodiy 1176-yilda kafedral sobor qurilishi boshlangan.
Milodiy 1201-yildan Strasburg qoʻllarini yozib turgan Bibi Maryam tasviri tushirilgan oʻz muhridan foydalana boshlagan.
Milodiy 1262-yildahunarmandlar yepiskop qoʻshinlarini Hausbergen jangida magʻlub etib, hokimiyatni qoʻlga olgan. Tsorn va Myullengeym zodagon oilalari oʻrtasidagi nizodan foydalanib, ular 1332-yilda shahar kengashini tuzgan va oʻz orasidan «ammayster» deb atalgan rahbarni saylagan.
Vaqt oʻtib, 1434—1444-yillarda Strasburgda yashab, ishlagan shaxs — Yevropada kitob bosish sanʼatini rivojlantirgan ixtirochi Iogann Gutenberg.

Milodiy 1439-yilda kafedral sobor shpilini qurish ishlari yakunlangan.
Milodiy 1482-yilda Strasburg konstitutsiyasiga oxirgi oʻzgartirishlar kiritilgan. Ular Buyuk fransuz inqilobigacha oʻzgarishsiz saqlangan.

1518-yil — Reformatsiya davrining boshlanishi: bu Martin Lyutergʻoyalari eʼlon qilinishidan soʻng yuz bergan. Milodiy 1529-yilda shahar eshevenlari yigʻilishi Reformatsiya uchun ovoz bergan. Karl V farmoyishiga koʻra, soborda katolik ibodati 10 yil muddatga 1549 yildan 1559-yilgachaqayta tiklangan. Milodiy 1604-yilda Hagenau shartnomasi imzolangan va yepiskoplar urushi katoliklar vakili Karl Lotaringiyalikning gʻalabasi bilan yakunlangan.
Milodiy 1621-yilda protestant gimnaziyasi (unga Iogann Shturm 1538-yilda asos solgan) universitet maqomini olgan.
Milodiy 1681-yilda Fransiya qiroli Lyudovik XIV qoʻshini Strasburgni qamal qilib, shaharni qirol hokimiyatini tan olishga majbur qilgan. Kelishuvga koʻra, shaharliklar Lyudovikka sadoqat qasamyodi keltirgan, biroq ayrim huquq va imtiyozlarini saqlab qolgan. Shu vaqtdan shahar Fransiyaga oʻtgan, bu holat 1697-yilgi Risvik tinchlik shartnomasi bilan tasdiqlangan.
Milodiy 1721-yilda Sharl-Fransua Annon Strasburg fayans manufakturasini ochgan. 21-iyul 1789-yilda — Bastiliya egallangani haqida xabar tarqalgach, shahar ratushasi talangan. Milodiy 1790-yilda Strasburg meri etib De Ditrishsaylangan. 26-aprel kuni, 1792-yilda uning Brogli maydonidagi salonlarida birinchi marta Marselyeza ijro etilgan.
Milodiy 1870-yilda qamal qilinishi ortidan Strasburg taslim boʻlgan davlat — Prussiya. 1871-yilda shahar imperiya yerining poytaxtiga aylangan — Elzas-Lotaringiya. Kayzer Vilgelm II taxtdan voz kechgach, 10-noyabrdan 22-noyabrgacha, 1918-yilda — general Guro boshchiligidagi fransuz qoʻshinlari kirib kelgan kungacha — Strasburgda hokimiyat ishchi va askarlar kengashi qoʻlida boʻlgan (qarang: Elzas Sovet Respublikasi).
Milodiy 1939-yilda urush boshlanishi ehtimoli tufayli Strasburg aholisi Fransiyaning janubi-gʻarbiga evakuatsiya qilingan. 18-iyun 1940-yilda nemis qoʻshinlari Strasburgni egallagan. Elzas anneksiya qilingan. Qochqinlar qaytgan. 23-noyabr 1944-yilda Strasburgni ozod etganlar — general Leklerk boshchiligidagi qoʻshinlar.
Milodiy 1949-yilda shahar quyidagi tashkilot qarorgohi etib tanlangan: Yevropa Kengashi.
Milodiy 1979-yilda birinchi Yevropa parlamenti saylovlari umumxalq ovoz berishi orqali oʻtkazilgan va Yevropa parlamentining Luiza Vays raisligidagi ilk sessiyasi Strasburgda boʻlib oʻtgan.
Milodiy 1992-yilda Edinburg sammitida Yevropa parlamenti qarorgohini Strasburgga joylashtirish qarori qabul qilingan. Shundan soʻng majlislar zali boʻlgan yangi bino qurilishi boshlanib, 1998-yilda yakunlangan.
Milodiy 2006—2007-yillarda TGV liniyalari tarmogʻiga qoʻshilish doirasida Strasburg temiryoʻl vokzali keng koʻlamda rekonstruksiya qilingan hamda XIX asrga oid bino ustiga shisha gumbaz qurilgan.
Madaniyat

Germaniyadan Fransiyaga va aksincha bir necha bor oʻtish Elzasga, xususan Strasburgga katta taʼsir koʻrsatgan. Bugun shahar ikki madaniyat — nemis va fransuz madaniyatlari qorishmasining mahsulidir. Elzas markazida qolgan har bir urushdan soʻng mintaqa qayta tiklangan va hozir Fransiyaning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan hududlaridan biriga aylangan.
Strasburgda fransuz-nemis telekanalining bosh qarorgohi joylashgan — ARTE.
Sport
Shaharda shu nomdagi futbol klubi faoliyat yuritadi.
Diqqatga sazovor joylar
Strasburgning «Katta orol» deb ataluvchi markaziy qismi (Grand-Il, frans. Grande Ile) Ill daryosi tarmoqlari bilan oʻralgan boʻlib, YUNESKO tomonidan Jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan. Bunga uning betakror meʼmoriy qiyofasi sabab boʻlgan. Fransiyada ilk bor (1988-yil) butun shahar markazi Jahon madaniy merosi roʻyxatiga olingan.
Shaharning tarixiy markazi Grand-Il Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Binolarning birinchi qavati toshdan, qolgan qavatlari esa yogʻochdan qurilgan va oʻyma haykallar hamda bezaklar bilan boyitilgan. Hozirgi Strasburg — Fransiyaning universitet va sanoat markazi.
Strasburgda oʻsha davrda qurilgan ijtimoiy ahamiyatga molik boshqa inshootlar ham bor. Masalan, Mundolsxaymdagi Dyukro fortida barpo etilgan prefektura — sobiq Elzas va Lotaringiya vazirligi binosi shular jumlasidan. Shunisi qiziqki, Strasburgning tarixiy markazi Yevropa shaharlari orasida birinchilardan boʻlib YUNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
Strasburg sobori

Strasburg sobori gotika sanʼatining durdonasi hisoblanadi. Binoning poydevoriga ilk tosh 1015-yildaqoʻyilgan, hozirgi koʻrinishiga esa 1439yilga kelib ega boʻlgan. Yengil va nafis shpili142 metr balandlikka koʻtarilganligi tufayli sobor XIX asrgacha eng baland xristian cherkovi boʻlgan. Soborning old fasadi yuzlab haykallar bilan bezatilgan, ichki qismida esa vitrajlar XII—XIV asrlarga oid boʻlib,ulkan organ va astronomik soat ham diqqatni tortadi; soat mexanizmi 1842-yilga tegishli.
Denis Fonvizin1777-yilda Strasburgdan oʻtayotib, mahalliy sobordan ayniqsa katta taassurot olgan: «Shahar katta, uylar qamoqxonalarga juda oʻxshaydi, koʻchalar esa shu qadar torki, quyosh bu gunohkorlarga hech qachon nur sochmaydi. Strasburgdagi diqqatga sazovor narsalardan biri — qoʻngʻiroq minorasi, unga hatto Buyuk Ivan qoʻngʻiroq minorasi ham teng kela olmaydi. Uning balandligi nihoyatda ulkan, oʻzi esa boshdan oyoq ochiq va teshik-teshik boʻlib, har lahzada qulab tushadigandek tuyuladi».

Kammerzel uyi
Kammerzel uyi (frans. Maison Kammerzell) — faxverk meʼmorchiligining durdonasi boʻlib, koʻp yillar savdogarlarga xizmat qilgan. Ular allaqachon XV asrda uning toshdan qurilgan pastki qavatidagi ravoqlar ostida kichik doʻkon ochishgan. Yuqori qavatlarning murakkab oʻymakorlik bilan bezatilgan yogʻoch karkasli devorlari 1589-yilga borib taqaladi. Kammerzel uyi shahar markazida, sobor maydonida joylashgan. Hozir uning yuqori qavatlarida kichik mehmonxona, pastki qavatida esa restoran bor.
Yopiq koʻpriklar
Yopiq koʻpriklar (frans. Ponts couverts) — shahar tarixiy istehkomlarining bir qismi boʻlib, Ill daryosi tarmoqlarini himoya qilgan minorali koʻpriklardir. XIII asrda bunyod etilgan bu koʻpriklar asrlar davomida koʻp marta qayta qurilgan. Dastlab ularning usti mustahkam yogʻoch tom bilan yopilgan va nomi ham shundan kelib chiqqan. Biroq 1784-yilda tomlar olib tashlangan, chunki bu vaqtga kelib inshootlar mudofaa ahamiyatini butunlay yoʻqotgan edi. Hozir istehkomlar bir qator koʻpriklardan (koʻpriklarning oʻzi 1865-yildatoshdan butunlay qayta qurilgan) va toʻrtburchak shakldagi toʻrtta minoradan iborat. Markazdagi ikki minora tagida bastion turidagi istehkomlar mavjud. Yopiq koʻpriklar manzarasi shaharning eng esda qolarli koʻrinishlaridan biri boʻlib, Strasburg sobori bilan bir qatorda fotosuratchilarning sevimli mavzusidir. Koʻpriklar va ularning ortidagi shahar markazi yaxshi koʻrinadigan panorama maydonchasi « Voban toʻgʻoni» (frans. Barrage Vauban).
Rojdestvo bozori

Dekabr oyida Strasburgda Rojdestvo yarmarkasi Krishtkindelsmerikoʻtkaziladi. U Fransiyadagi eng qadimgi va Yevropadagi eng qadimiy bozorlardan biri boʻlib, tarixi toʻrt asrdan oshadi. Shu sababli Strasburg « Rojdestvo poytaxti» (frans. Capitale de Noël) deb ataladi. Bozor Brogli va Kleber maydonlarida, shuningdek, Notr-Dam soborioldidagi maydonda joylashib, har yili dunyoning turli mamlakatlaridan ikki millionga yaqin tashrifchini jalb qiladi.
Fotosuratlar
- Kammerzel uyi (XV asr), sobor

Qardosh shaharlar
Sheffild (ingl. Sheffield), Buyuk Britaniya
Boston (ingl. Boston), Massachusets, AQSH
Drezden (nem. Dresden), Germaniya
Jakmel (frans. Jacmel), Gaiti
Lester (ingl. Leicester), Buyuk Britaniya
Velikiy Novgorod, Rossiya
Vologda, Rossiya
Ramat-Gan (ivrit. רמת גן), Isroil
Istanbul (turk. İstanbul), Turkiya
Fes (arab. فاس, frans. Fès), Marokash
Shtutgart (nem. Stuttgart), Germaniya
Adabiyotlar
- Strasburg // Brokgauz va Yefron ensiklopedik lugʻati : 86 jildda (82 jild va 4 qoʻshimcha jild). — Sankt-Peterburg, 1890—1907.
- Mari-Kristin Periyon. Strasburg. — Ubshtadt-Vayer: Kraichgau, 2005. — B. 90. — ISBN 3-929228-82-3.
- Connaître Strasbourg Roland Recht, Georges Foessel va Jean-Pierre Klein muallifligida, 1988, ISBN 2-7032-0185-0
- Histoire de Strasbourg des origines à nos jourstoʻrt jild (taxminan 2000 bet), Jorj Live va Fransis Rapp rahbarligidagi tarixchilar jamoasi muallifligida, 1982, ISBN 2-7165-0041-X
Havolalar
- Strasburg maʼmuriyatining rasmiy sayti (frans.). Murojaat sanasi: 4-aprel, 2016-yil.
- Strasburg Bienvenue.com | Elzas mintaqasidagi Strasburg shahrining internet reyestri (frans.) (ingl.) (nem.)