Spirometriya nima

Spirometriya
MeSH D013147
Логотип Викисклада Vikiombordagi mediafayllar
Spirometriya muolajasi

Spirometriya (lotincha spiro «puflamoq, nafas olmoq» + yunoncha μετρέω «o‘lchamoq, o‘lchab aniqlamoq» so‘zlaridan), spirografiya (yunoncha γράφω «yozmoq, tasvirlamoq» so‘zidan) — tashqi nafas olish funksiyasini tekshirish usuli bo‘lib, nafas olishning hajm va tezlik ko‘rsatkichlarini o‘lchashni o‘z ichiga oladi.

Spirometrik sinamalarning quyidagi turlari o‘tkaziladi:

Spirometrik tekshiruvni o‘tkazishda ishlatiladigan asbob spirometr deb ataladi. Spirometriya quyidagi kasalliklarni tashxislashda qo‘llanadi: bronxial astma, surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi (SO‘OK), shuningdek, boshqa kasalliklarda va turli tibbiy tadbirlar davomida nafas olish apparatining holatini baholashda ishlatiladi.

Spirometriyani o‘tkazish uslubiyoti

Portativ spirometr

Raqamli texnika paydo bo‘lishidan oldin mexanik, ko‘pincha suvli spirometrlar keng tarqalgan edi. Ularda chiqarilgan havo suvli idishga joylashtirilgan silindrga kirardi. Nafas chiqarilganda silindr yuqoriga siljirdi va unga ulangan qayd etuvchi qurilma harakatlanayotgan qog‘ozda hajmning vaqtga bog‘liqlik grafigini chizardi. Bunday asbob yordamida tekshiruv o‘tkazish ko‘p mehnat talab qilar va parametrlarni qo‘lda hisoblashni taqozo etardi.

Hozirgi vaqtda havo oqimi datchigi hamda datchik ko‘rsatkichlarini raqamli shaklga o‘tkazib, zarur hisob-kitoblarni bajaruvchi elektron qurilmadan iborat raqamli asboblar qo‘llaniladi. Barcha hisob-kitoblar va ma’lumotlar tahlili shaxsiy kompyuterda bajariladigan ko‘plab turdagi kompyuterli spirometrlar ishlab chiqarilmoqda.

Spirometriya o‘tkazilganda baholanadigan asosiy ko‘rsatkichlar

  • ЖЁЛ — o‘pkaning tiriklik sig‘imi. To‘liq nafas olingan va to‘liq nafas chiqarilgan paytdagi o‘pkadagi havo hajmlari o‘rtasidagi farq sifatida baholanadi.
  • ДО — nafas hajmi — tinch nafas olish va tinch nafas chiqarish vaqtida o‘pka orqali o‘tadigan havo hajmi.
  • ФЖЕЛ — o‘pkaning forsirlangan tiriklik sig‘imi. Kuch bilan nafas chiqarish manevrining boshlanishi va tugashidagi o‘pkadagi havo hajmlari o‘rtasidagi farq.
  • РОвд — nafas olishning zaxira hajmi. Odam tinch nafas olganidan keyin qo‘shimcha ravishda nafasga olishi mumkin bo‘lgan maksimal havo hajmi. РОвд qiymati 1,5—1,8 l ni tashkil etadi.
  • РОвыд — nafas chiqarishning zaxira hajmi. Odam tinch nafas chiqarish darajasidan boshlab qo‘shimcha ravishda chiqarishi mumkin bo‘lgan maksimal havo hajmi.
  • ОО — qoldiq hajm. Maksimal nafas chiqarishdan keyin o‘pkada qoladigan havo hajmi. Qoldiq hajm 1,0—1,5 l ga teng.
  • ОЕЛ — o‘pkaning umumiy sig‘imi. To‘liq nafas olish yakunida o‘pkada mavjud bo‘lgan havo hajmi. Ikki usulda hisoblanadi: ОЕЛ = ОО + ЖЕЛ yoki ОЕЛ = ФОЕ + РОвд.
  • ОФВ1 — kuch bilan nafas chiqarish manevrining birinchi soniyasida chiqarilgan havo hajmi. ОФВ1/ЖЕЛ nisbatining foizda ifodalangan qiymati — Tiffno indeksi — nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligi yomonlashgan yoki yomonlashmaganini aniqlashga imkon beruvchi sezgir ko‘rsatkichdir. Me’yorda 75-80 % ni tashkil etadi.
  • ПОС — eng yuqori hajmiy tezlik. Nafas chiqarish jarayonida erishiladigan maksimal havo oqimi tezligi.
  • МОС — oniy hajmiy tezliklar. МОС — ФЖЕЛning muayyan ulushi (ko‘pincha 25,50 va 75 % ФЖЕЛ) chiqarilayotgan paytdagi havo oqimining tezligi.
  • ФОЕ — funksional qoldiq sig‘im. Tinch nafas chiqarishdan keyin o‘pkada qoladigan havo hajmi. Quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: ФОЕ = РОвыд + ОО.

Adabiyotlar