Solishtirma issiqlik sig‘imi

Molekulalar ichki tuzilishga ega bo‘lib, ular molekula ichida tebrana oladigan atomlardan tashkil topgan. Ushbu tebranishlarda to‘plangan kinetik energiya nafaqat moddaning haroratini, balki uning issiqlik sig‘imini ham belgilaydi.

Solishtirma issiqlik sig‘imi — bu issiqlik sig‘imining massaga nisbati, birlik massaning issiqlik sig‘imi (turli moddalar uchun har xil). Bu fizik kattalik moddaning bir birlik massasiga uning harorati bir birlikka o‘zgarishi uchun berilishi zarur bo‘lgan issiqlik miqdoriga son jihatidan teng.

Amaldagi Xalqaro birliklar tizimida (SI) solishtirma issiqlik sig‘imi joul / kilogramm / kelvin (Дж/(кг·К)) birligida o‘lchanadi. Baʼzan tizimdan tashqari birliklar ham ishlatiladi: kaloriya/(кг·°C) va hokazo.

Solishtirma issiqlik sig‘imi odatda c yoki С harflari bilan, ko‘pincha indekslar qo‘shilgan holda belgilanadi.

Solishtirma issiqlik sig‘imining qiymatiga moddaning harorati va boshqa termodinamik parametrlar taʼsir qiladi. Masalan, suvning solishtirma issiqlik sig‘imini 20 °C va 60 °C da o‘lchash turli natijalar beradi. Bundan tashqari, solishtirma issiqlik sig‘imi moddaning termodinamik parametrlari (bosim, hajm va hokazo) qanday o‘zgarishi mumkinligiga ham bog‘liq. Masalan, o‘zgarmas bosimdagi (CP) va o‘zgarmas hajmdagi (CV) solishtirma issiqlik sig‘imlari, odatda, bir-biridan farq qiladi.

Solishtirma issiqlik sig‘imini hisoblash formulasi:

c=QmΔT,

bu yerda

c — solishtirma issiqlik sig‘imi (lotincha capacite — sig‘im, sig‘dira olish xususiyati),
Q — issiqlik miqdori, modda qizdirilganda olgan (yoki sovitilganda ajralib chiqqan) issiqlik miqdori,
m — qizdirilayotgan (sovitilayotgan) moddaning massasi,
ΔT — moddaning oxirgi va boshlang‘ich haroratlari orasidagi farq.

Solishtirma issiqlik sig‘imi haroratga bog‘liq. Shu sababli quyidagi formula aniqroq hisoblanadi; unda kichik (matematik jihatdan cheksiz kichik) o‘zgarishlar qo‘llanadi — dT va δQ:

c(T)=1mδQdT.

Ayrim moddalarning solishtirma issiqlik sig‘imi qiymatlari

O‘zgarmas bosimdagi solishtirma issiqlik sig‘imi qiymatlari keltirilgan (Cp).

Solishtirma issiqlik sig‘imining standart qiymatlari
Modda Agregat
holati
Solishtirma
issiqlik sig‘imi,
кДж/(кг·K)
Vodorodgaz14,304
Ammiakgaz4,359—5,475
Geliygaz5,193
Suv (300 К, 27 °C)suyuqlik4,1806
Litiyqattiq modda3,582
Etanolsuyuqlik2,438
Muz (273 К, 0 °C)qattiq modda2,11
Suv bug‘i (373 К, 100 °C)gaz2,0784
Neft moylarisuyuqlik1,670—2,010
Berilliyqattiq modda1,825
Azotgaz1,040
Havo (namlik 100 %)gaz1,030
Havo (quruq, 300 К, 27 °C)gaz1,007
Kislorod (O2)gaz0,918
Alyuminiyqattiq modda0,897
Grafitqattiq modda0,709
Kvars shishasiqattiq modda0,703
Cho‘yanqattiq modda0,554
Olmosqattiq modda0,502
Po‘latqattiq modda0,468
Temirqattiq modda0,449
Misqattiq modda0,385
Latunqattiq modda0,920 0,377
Molibdenqattiq modda0,251
Qalay (oq)qattiq modda0,227
Simobsuyuqlik0,140
Volframqattiq modda0,132
Qo‘rg‘oshinqattiq modda0,130
Oltinqattiq modda0,129
Qiymatlar standart sharoitlar (T = +25 °C, P = 100 кПа),
agar alohida ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
Ayrim qurilish materiallarining solishtirma issiqlik sig‘imi qiymatlari
Modda Solishtirma
issiqlik sig‘imi
кДж/(кг·K)
Yog‘och1,700
Gips1,090
Asfalt0,920
Talkoxlorit (талькохлорит)0,980
Beton0,880
Marmar, slyuda0,880
Shisha (deraza oynasi)0,840
G‘isht (qizil keramik)0,840—0,880
G‘isht (silikatli)0,750—0,840
Qum0,835
Tuproq0,800
Granit0,790
Shisha (kronshisha, кронглас)0,670
Shisha (flint, флинт)0,503
Po‘lat0,470

Adabiyotlar