Sentrifugalash nima

Sentrifugalash — bir jinsli bo‘lmagan tizimlarni (masalan, suyuqlik va qattiq zarrachalar aralashmasini) zichligiga ko‘ra fraksiyalarga ajratish uchun markazdan qochma kuchlardan foydalanish jarayonidir. Sentrifugalash sentrifugalar deb ataladigan apparatlarda amalga oshiriladi. Sentrifugalash eritmadan cho‘kmani ajratish va ifloslangan suyuqliklarni ajratish uchun qo‘llanadi. Shuningdek, emulsiyalarni sentrifugalash (masalan, sutni separatlash) ham amalga oshiriladi. Betonni sentrifugalash uning mustahkamligini oshirish uchun qo‘llanadi. Yuqori molekulali moddalar va biologik tizimlarni tadqiq qilish uchun ultrasentrifugalar ishlatiladi. Sentrifugalash kimyo, atom, oziq-ovqat va neft sanoatida qo‘llanadi.

Atom sanoati

Atom sanoatida sentrifugalash uranni boyitish.