Plazma tebranishlari nima

Lengmyur to‘lqinlari — plazmadagi bo‘ylama tebranishlar bo‘lib, plazma chastotasi ωp=4πnee2m (e — elektr zaryadi, ya’ni elektronning zaryadi, m — massa, ya’ni elektronning massasi, ne — konsentratsiya, ya’ni elektronlar konsentratsiyasi). Ushbu to‘lqinlar dastlab I. Lengmyur va L. Tonks[ingl.] (L. Tonks) tomonidan 1929-yilda o‘rganilgan.

Faraz qilaylik, Debay uzunligi yetarlicha katta bo‘lsin va plazma uchun Kulon kuchlarining uzoq masofalarga ta’siri xos bo‘lsin. Shu bois uni elastik muhit sifatida qarash mumkin. Agar plazmadagi bir guruh elektronlar muvozanat holatidan siljitilsa (og‘ir ionlar qo‘zg‘almas deb olinsa), ularga elektrostatik qaytaruvchi kuch ta’sir qiladi va natijada tebranishlar yuzaga keladi.

Tinch holatdagi sovuq plazmada (elektronlar harorati Тe→0 bo‘lganda) tarqalmaydigan tebranishlar (turg‘un to‘lqinlar) plazma chastotasi ωp da yuz berishi mumkin; iliq plazmada esa bu tebranishlar tarqaladi, ammo ularning guruh tezligi kichik bo‘ladi.

Adabiyotlar