Parchalanish reaksiyalari — kimyoviy reaksiyalar, bunda bitta murakkab moddadan ikki yoki undan ortiq boshqa, soddaroq moddalar hosil bo‘ladi.
Parchalanishga turli fizik va kimyoviy ta’sirlar sabab bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra, parchalanish reaksiyalarining quyidagi turlari farqlanadi:
- biodegradatsiya (biologik yemirilish, biologik parchalanish) — tirik organizmlar faoliyati natijasida sodir bo‘ladigan parchalanish;
- solvoliz — erigan modda bilan erituvchi o‘rtasidagi almashinishli parchalanish reaksiyasi:
- radioliz — parchalanish jarayoni bo‘lib, uni yuzaga keltiruvchi omil — ionlashtiruvchi nurlanishlar;
- termoliz — yuqori harorat ta’sirida sodir bo‘ladigan parchalanish:
- elektroliz — elektr toki ta’sirida parchalanish.
- fotoliz — yorug‘lik ta’sirida parchalanish.
- va boshqalar.