Radioaktiv parchalanish qonuni — radioaktiv parchalanish intensivligining vaqtga va namunadagi radioaktiv atomlar soniga bog‘liqligini tavsiflovchi fizik qonun. Uni Frederik Soddi va Ernest Rezerfordkashf etgan; ularning har biri keyinchalik Nobel mukofotibilan taqdirlangan. Olimlar ushbu qonunni tajriba yo‘li bilan aniqlab, 1903-yilda «Radiyning va toriyning radioaktivligini qiyosiy o‘rganish» hamda «Radioaktiv o‘zgarish» nomli ishlarida e’lon qilgan va uni quyidagicha ifodalagan:
Radioaktiv mahsulotlardan biri ajratib olinib, uning aktivligi o‘zi hosil bo‘lgan moddaning radioaktivligidan mustaqil ravishda o‘rganilgan barcha hollarda, barcha tadqiqotlarda aktivlik vaqt o‘tishi bilan geometrik progressiya qonuniga muvofiq kamayishi aniqlangan.
Shundan Bernulli teoremasi yordamida olimlar quyidagi xulosaga kelgan:
O‘zgarish tezligi har doim hali o‘zgarishga uchramagan tizimlar soniga proporsional bo‘ladi.
Qonunni bir necha shaklda yozish mumkin, masalan, quyidagi differensial tenglama:
Ushbu tenglama shuni anglatadiki, parchalanishlar soni dNqisqa vaqt oralig‘i dt, davomida namunadagi atomlar soniga proporsional bo‘ladi. Bu yerda atomlar N bilan ifodalanadi.
Eksponensial qonun

Yuqoridagi matematik ifodada manfiy bo‘lmagan doimiy — parchalanish doimiysideb ataladi. U vaqt birligida radioaktiv parchalanish yuz berish ehtimolini ifodalaydi va o‘lchov birligi s−1. Manfiy ishora radioaktiv yadrolar soni vaqt o‘tishi bilan kamayishini bildiradi.
Ushbu differensial tenglamaning yechimi quyidagicha:
- bu yerda — atomlarning boshlang‘ich soni, ya’ni
Shunday qilib, radioaktiv atomlar soni vaqt o‘tishi bilan eksponensial qonun bo‘yicha kamayadi. Parchalanish tezligi, ya’ni vaqt birligida sodir bo‘ladigan parchalanishlar soni:
ham eksponensial ravishda kamayadi. Atomlar sonining vaqtga bog‘liqligini ifodalovchi funksiyani differensiallab, quyidagini olamiz:
- bu yerda — boshlang‘ich vaqt momentidagi parchalanish tezligi,
Demak, parchalanmagan radioaktiv atomlar sonining ham, parchalanish tezligining ham vaqtga bog‘liqligi bir xil doimiy bilan tavsiflanadi: .
Parchalanish xususiyatlari

Radioaktiv parchalanishning asosiy ko‘rsatkichi — parchalanish doimiysi ammo bundan tashqari, uni quyida ko‘rib chiqiladigan yana ikkita hosila doimiy ham tavsiflaydi.
O‘rtacha yashash vaqti
Radioaktiv parchalanish qonunidan radioaktiv atomning o‘rtacha yashash vaqtini topish formulasini keltirib chiqarish mumkin. Vaqtning momentida oralig‘ida parchalanadigan atomlar soni ularning jami yashash vaqti esa O‘rtacha yashash vaqti butun parchalanish davri bo‘yicha integrallash orqali topiladi:
Ushbu qiymatni va uchun vaqtga eksponensial bog‘liqlik formulalariga qo‘ysak, vaqt ichida radioaktiv atomlar soni va namunaning aktivligi (bir soniyadagi parchalanishlar soni) e marta kamayishini osongina ko‘rish mumkin.
Yarimparchalanish davri
Amaliyotda vaqtga oid boshqa bir ko‘rsatkich — yarimparchalanish davri kengroq qo‘llaniladi. Bu radioaktiv atomlar soni yoki namunaning aktivligi 2 baravar kamayishi uchun ketadigan vaqtdir.
Ushbu kattalik bilan parchalanish doimiysi orasidagi bog‘lanishni quyidagi munosabatdan chiqarish mumkin: bundan:
Parchalanish xususiyatlariga misollar
Tabiatda uchraydigan radioaktiv izotoplar asosan uranning va toriyning murakkab parchalanish zanjirlarida hosil bo‘ladi. Ularning yarimparchalanish davrlari juda keng oraliqda o‘zgaradi: 3⋅10−7 soniya ( 212Po ) dan 1,4⋅1010 yil ( 232Th) gacha. Tajribada o‘lchangan eng uzun yarimparchalanish davri tellurning quyidagi izotopiga tegishli: 128Te — 2,2⋅1024 yil. Ko‘plab tabiiy radioaktiv elementlarning hozirgacha mavjudligi, bu elementlar yulduzlardagi nukleosintez jarayonida hosil bo‘lganidan buyon 4,5 milliard yildan ko‘proq vaqt o‘tganiga qaramay, 235U, 238U, 232Th va boshqa tabiiy radionuklidlarning yarimparchalanish davri nihoyatda uzoq ekani bilan izohlanadi. Masalan, izotop 238U uzun parchalanish zanjirining (ya’ni radiy qatorideb ataluvchi 20 ta izotopdan iborat zanjirning) boshida turadi. Undagi har bir izotop oldingi elementning α-parchalanishi yoki β-parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi. 238U ning yarimparchalanish davri (4,5⋅109 yil) radioaktiv qatorning keyingi istalgan elementi yarimparchalanish davridan ancha katta. Shuning uchun butun zanjirning parchalanish muddati boshlang‘ich izotopning, 238U ning parchalanish muddatiga teng bo‘ladi. Bunday hollarda zanjir sekulyar (yoki asriy) muvozanatholatida deyiladi. Ayrim moddalarning parchalanish xususiyatlariga misollar:
| Modda | 238U | 235U | 234U | 210Bi | 210Tl |
|---|---|---|---|---|---|
| Yarimparchalanish davri, | 4,5⋅109 yil | 7,13⋅108 yil | 2,48⋅105 yil | 4,97 kun | 1,32 daqiqa |
| Parchalanish doimiysi, | 4,84⋅10−18 s−1 | 8,17⋅10−14 s−1 | 1,61⋅10−6s−1 | 8,75⋅10−3 s−1 | |
| Zarracha | α | α | α | β | β |
| Parchalanishning umumiy energiyasi, MeV | 4,2699 | 4,6780 | 4,8575 | 1,1612 | 5,482 |
Qiziqarli faktlar
Ushbu qonunni kashf etgan olimlardan biri — Frederik Soddio‘zining «The story of atomic energy» nomli, 1949-yildanashr etilgan ilmiy-ommabop kitobida, ehtimol kamtarlik sababli, bu nazariyaning yaratilishiga na o‘zi, na boshqa biror kishining qo‘shgan hissasi haqida hech narsa yozmaydi. Biroq u ushbu qonunni juda o‘ziga xos tarzda ta’riflaydi:
Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zgarishlar qonuni barcha radioaktiv elementlar uchun bir xil bo‘lib, eng oddiy va ayni paytda amalda izohlab bo‘lmaydigan qonundir. Bu qonun ehtimollik tabiatiga ega. Uni har bir muayyan lahzada mavjud atomlarning ma’lum bir qismini tasodifiy ravishda parchalovchi, ulardan qaysilari parchalanishga yaqin ekanini ajratib o‘tirmaydigan vayronkor ruh sifatida tasavvur qilish mumkin.