Organik kislotalar — organik moddalar, ya’ni kislotali xossalarga ega moddalardir. Ular orasida eng keng tarqalganlari karbon kislotalar, tarkibida karboksil guruhi , sulfon kislotalar, tarkibida sulfoguruh , shuningdek, boshqa ayrim turlardir.
Eng mashhur organik kislotalar quyidagilar: sirka kislotasi, limon kislotasi, sut kislotasi, chumoli kislotasi, benzoy kislotasi, oksalat kislotasi va olma kislotasi.
O‘simlik mahsulotlarida ko‘pincha organik kislotalardan olma, limon, vino, oksalat, pirouzum va sut kislotalari uchraydi. Hayvonlardan olinadigan mahsulotlarda esa sut, fosfor va boshqa kislotalar keng tarqalgan. Bundan tashqari, mahsulotlarda oz miqdorda erkin holatdagi yog‘ kislotalari ham uchraydi. Ular ba’zan mahsulotlarning ta’mi va hidini yomonlashtiradi. Erkin kislotalar va nordon tuzlar mavjudligi tufayli ko‘plab mahsulotlar hamda ularning suvli ekstraktlari kislotali reaksiyaga ega bo‘ladi.
Tasniflanishi
Noorganik kislotalar tarkibida proton , aynan shu proton ularning kislotali xossalarini belgilaydi. Organik kislotalar esa boshqacha tuzilgan: ularning tarkibida karboksil guruhi . Organik kimyoda bunday kislotalar karbon kislotalar deb ataladi va ularning umumiy formulasi , bunda — uglevodorod radikalidir (lotincha «carbo» — ko‘mir va yunoncha «oxys» — nordon). Noorganik kislotalarga qaraganda, ular kuchsizroq kislotali xossalarni namoyon etadi. Organik kislotalar karboksil guruhlari soniga ko‘ra farqlanadi. Ular bir asosli va ko‘p asosli bo‘ladi. Organik kislotalarning aksariyati kuchsiz bo‘lib, ularning dissotsiatsiyalanishi suvda to‘liq kechmaydi.