Magniy karbonat haqida

Magniy karbonat
Изображение химической структуры
Изображение молекулярной модели
Umumiy ma’lumotlar
Kimyoviy formulasi MgCO3
Fizik xossalari
Agregat holati Oq rangli gigroskopik modda
Molyar massa 84.3139 g/mol
Zichlik

(suvsiz) 2.958 g/sm³ (digidrat) 2.825 g/sm³ (trigidrat) 1.837 g/sm³

(pentagidrat) 1.73 g/sm³
Termik xossalari
Harorat
 • suyuqlanish (parchalanish bilan) 540 °C
Entalpiya
 • hosil bo‘lish −1111.69 kJ/mol
Kimyoviy xossalari
Eruvchanligi
 • suvda

(25 °C, suvsiz) 0.0012 g/100 ml


(20 °C, pentagidrat) 0.375 g/100 ml
Optik xossalari
Sindirish ko‘rsatkichi

(suvsiz) 1.717 (digidrat) 1.458

(trigidrat) 1.412
Tuzilishi
Kristall tuzilishi trigonal
Tasnifi
Ro‘yxat raqami (CAS)

546-93-0 (suvsiz)


13717-00-5 (monogidrat)


5145-48-2 (digidrat)


14457-83-1 (trigidrat)


61042-72-6 (pentagidrat)
PubChem
Ro‘yxat raqami (EINECS) 208-915-9
SMILES
InChI
Kodeks Alimentarius E504(i) va E504
RTECS OM2470000
ChEBI 31793
ChemSpider
Xavfsizlik
NFPA 704
NFPA 704 four-colored diamond
0
1
0
Ma’lumotlar standart sharoitlar uchun keltirilgan (25 °C, 100 kPa), agar boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
Логотип Викисклада Vikiombordagi mediafayllar

Magniy karbonat, karbonatli magniy, MgCO3 — magniyli tuz bo‘lib, u karbonat kislotaning hosilasidir.

Xossalari

Oq kristallar; zichligi 3,037 g/sm³. 500 °C da sezilarli darajada, 650 °C da esa to‘liq parchalanib, MgO va CO2 hosil qiladi. Magniy karbonatning suvda eruvchanligi juda past (22 mg/l, 25 °C da) va harorat oshishi bilan kamayadi. CO2 bilan to‘yintirilgan MgCO3 ning suvli suspenziyasida magniy karbonat gidrokarbonat Mg(HCO3)2 hosil bo‘lishi tufayli eriydi. Suvli eritmalarda CO2 ortiqcha miqdorda bo‘lmasa, magniyning asosiy karbonatlari ajralib chiqadi. Magniy karbonat ayrim metallarning karbonatlari bilan qo‘sh tuzlar hosil qiladi. Ulardan biri — tabiiy mineral dolomit MgCO3·CaCO3.

Tabiatda tarqalishi

Magniy karbonat tabiatda, asosan, magnezit minerali ko‘rinishida keng tarqalgan. Bundan tashqari, u ignaterililar skeletining stereomi tarkibida ham uchraydi.

Qo‘llanilishi

Magniyning asosiy karbonati 3MgCOA3⋅Mg(OH)A2⋅3HA2O (ya’ni oq magneziya) rezina aralashmalarida to‘ldiruvchi sifatida, shuningdek, issiqlik izolyatsiyasi materiallarini tayyorlashda ishlatiladi.

Tibbiyotda hamda oziq-ovqat qo‘shimchasi E504 sifatida magniyning asosiy karbonati qo‘llanadi: 4MgCOA3⋅Mg(OH)A2⋅nHA2O.

Sport magneziyasi 4MgCOA3⋅Mg(OH)A2⋅4HA2O kaft terisini quritish va shu tariqa ushlashning ishonchliligini oshirish uchun ishlatiladi.

Magniy karbonat shisha, sement va g‘isht ishlab chiqarishda qo‘llanadi.

Olinishi

  • Magniy karbonatni magniy sulfat bilan natriy karbonatning o‘zaro reaksiyasi orqali olish mumkin
  • MgSO₄+Na₂CO₃→MgCO₃↓+Na₂SO₄