Nyutonning qovushqoqlik qonuni

Qovushqoqlik (ichki ishqalanish) bo‘yicha Nyuton qonuni — matematik ifoda bo‘lib, unda urinma kuchlanish (ichki ishqalanish (qovushqoqlik)) hamda muhit tezligining fazoviy o‘zgarishi (tezlik gradienti) o‘zaro bog‘lanadi. Bu qonun oquvchan muhitlarga tatbiq etiladi (suyuqliklar va gazlar):

bu yerda  kattalik ichki ishqalanish koeffitsiyenti yoki dinamik qovushqoqlik koeffitsiyenti (SI - Pa∙s, SGS — puaz); fizik jihatdan u tezlik gradienti birga teng bo‘lgandagi birlik yuzaga to‘g‘ri keladigan ishqalanish kuchini ifodalaydi.

Texnikada, xususan, gidroyuritmalarni hisoblashda va tribotexnikada, ko‘pincha quyidagi kattalik bilan ishlashga to‘g‘ri keladi:

bu kattalik kinematik qovushqoqlik deb ataladi (SI - m2/s, SGS — stoks). Bu yerda  — zichlik;  — dinamik qovushqoqlik koeffitsiyenti.

Nyuton qonunini analitik usulda va fizik kinetika usullari yordamida ham keltirib chiqarish mumkin. Bunda qovushqoqlik odatda issiqlik o‘tkazuvchanligi hamda unga mos Furyening issiqlik o‘tkazuvchanligi qonuni bilan birgalikda o‘rganiladi. Kinetik nazariyada gazlarning ichki ishqalanish koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

bu yerda  — molekulalarning issiqlik harakatidagi o‘rtacha tezligi, — o‘rtacha erkin yugurish yo‘li uzunligi.

Adabiyotlar

  • Yu. I. Ditnerskiy. Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari. 1-qism. Kimyoviy texnologiya jarayonlarining nazariy asoslari. — M.: Ximiya, 1995. — 400 bet — 6500 nusxa — ISBN 5-7245-1006-5.