Kimyoviy muvozanat haqida malumot

Kimyoviy muvozanat — to‘g‘ri va teskari reaksiyalar tezligi bir-biriga teng bo‘lgan qaytar kimyoviy jarayon holatidir. Kimyoviy muvozanatdagi tizimda quyidagi ko‘rsatkichlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi: konsentratsiyalar (reagentlarga tegishli), harorat va tizimning boshqa parametrlari.

Kimyoviy muvozanatning siljishi

Prinsipning mazmuni: tizimga tashqi ta’sir ko‘rsatilsa, u bu ta’sirga qarshi yo‘nalishda javob beradi.

Kimyoviy muvozanat holati reaksiyaning quyidagi parametrlariga bog‘liq: haroratga, bosimga va konsentratsiyaga. Bu omillarning kimyoviy reaksiyaga ta’sirini ifodalovchi qonuniyatni umumiy shaklda birinchi marta 1884-yilda fransuz olimi Le Shatelye bayon qilgan.

Haroratning ta’siri

Harorat oshirilganda kimyoviy muvozanat endotermik (issiqlik yutiladigan) reaksiya tomon, pasaytirilganda esa ekzotermik (issiqlik ajraladigan) reaksiya tomon siljiydi.

Harorat oshirilganda muvozanat kalsiy oksidi tomon, pasaytirilganda esa kalsiy karbonati tomon siljiydi.
Harorat oshirilganda muvozanat oddiy moddalar tomon, pasaytirilganda esa ammiak tomon siljiydi.

Bosimning ta’siri

Bosim oshirilganda kimyoviy muvozanat hajmi kichikroq bo‘lgan gazlar tomon, pasaytirilganda esa hajmi kattaroq bo‘lgan gazlar tomon siljiydi. Bu prinsip faqat gazlarga taalluqli, ya’ni reaksiyada qattiq moddalar ishtirok etsa, ular hisobga olinmaydi.

Bosim oshirilganda muvozanat kalsiy karbonati tomon, bosim pasaytirilganda esa oksidlar tomon siljiydi.

Reagentlar va mahsulotlar konsentratsiyasining ta’siri

Boshlang‘ich moddalardan birining konsentratsiyasi oshirilganda yoki reaksiya aralashmasidan mahsulotlar chiqarib tashlanganda kimyoviy muvozanat mahsulotlar hosil bo‘lishi tomon siljiydi va aksincha.

Eritma kislotalanganda (H+ konsentratsiyasi oshirilganda) yoki tarkibida shu ion mavjud bo‘lgan tuz qo‘shilganda dissotsiatsiyalanmagan kislota konsentratsiyasi ortadi, ishqor qo‘shilganda esa H+ ionlari suv molekulalarini hosil qilish uchun bog‘lanadi va ftorid-ionlar konsentratsiyasi ortadi.

Katalizatorlarning kimyoviy muvozanatga ta’siri

Katalizatorlar kimyoviy muvozanatning siljishiga ta’sir qilmaydi, chunki ular to‘g‘ri va teskari reaksiyalarni bir vaqtda tezlashtiradi.

Havolalar