Keskin kontinental iqlim — iqlimning mo‘tadil kengliklarda uchraydigan turi bo‘lib, u materiklarning ichki, Dunyo okeanidan ajralgan va yuqori bosim hududlari ta’siridagi qismlariga xos.
Xususiyatlari
Ob-havo turi — antisiklonli; yog‘in miqdori kam — 400 mm dan kam; namlik past, namlanish koeffitsiyenti 1 dan kichik. Shamollar, odatda, kuchsiz bo‘ladi. Haroratning o‘zgarish amplitudasi katta — ham yillik, ham sutkalik miqyosda. Qish uzoq davom etadi, qor kam yog‘adi va havo juda sovuq bo‘ladi. Sovuq qutbida, ya’ni Saxa Respublikasining markaziy va sharqiy hududlarida harorat −65 °С gacha tushishi mumkin. Yoz, odatda, iliq (eng issiq oyning o‘rtacha harorati — 15-20 °C, o‘rtacha eng yuqori harorat esa 25 °C dan ortiq), ammo qisqa bo‘ladi. Yozda yog‘in qishga nisbatan biroz ko‘proq yog‘adi (eng ko‘p yog‘in iyul oyiga to‘g‘ri keladi).
Tarqalish hududi
Keskin kontinental iqlim faqat Shimoliy yarimsharda uchraydi. Chunki mo‘tadil kengliklar doirasida Janubiy yarimsharda deyarli quruqlik yo‘q va shu bois kontinental havo massalari shakllanishi uchun sharoit mavjud emas. Bu iqlim Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning ichki hududlariga xos. Rossiyada keskin kontinental iqlim kuzatiladigan hududlar — Sharqiy va Markaziy Sibir.
Keskin kontinental iqlimga misol bo‘ladigan shaharlar — Yakutsk (Yakutiyaning markazida joylashgan), Verxoyansk (Yakutiyaning shimolida joylashgan, dunyodagi eng katta mavsumiy harorat tafovutlari kuzatiladigan shahar) va Astraxan.
| Ko‘rsatkich \ Davr | Yanv | Fev | Mar | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Haroratning mutlaq maksimumi t, °C | −5,8 | −2,2 | 8,3 | 21,1 | 31,1 | 35,1 | 38,4 | 35,4 | 27,0 | 18,6 | 3,1 | −3,9 | 38,4 |
| O‘rtacha maksimal harorat t, °C | −35,1 | −28,6 | −12,3 | 1,7 | 13,2 | 22,4 | 25,5 | 21,5 | 11,5 | −3,6 | −23,1 | −34,3 | −3,4 |
| O‘rtacha harorat, °C | −38,6 | −33,8 | −20,1 | −4,8 | 7,5 | 16,4 | 19,5 | 15,2 | 6,1 | −7,8 | −27 | −37,6 | −8,8 |
| O‘rtacha minimal harorat t, °C | −41,5 | −38,2 | −27,4 | −11,8 | 1,0 | 9,3 | 12,7 | 8,9 | 1,2 | −12,2 | −31 | −40,4 | −14,1 |
| Haroratning mutlaq minimumi t, °C | −63 | −64,4 | −54,9 | −41 | −18,1 | −5,4 | −1,5 | −7,8 | −14,2 | −40,9 | −54,5 | −59,8 | −64,4 |
| Yog‘in (me’yor), mm | 9 | 8 | 7 | 8 | 20 | 35 | 38 | 37 | 31 | 18 | 16 | 10 | 237 |
| Manba: Ob-havo va iqlim | |||||||||||||
| Ko‘rsatkich \ Davr | Yanv | Fev | Mar | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Haroratning mutlaq maksimumi t, °C | −9,5 | −0,3 | 5,6 | 14,3 | 28,1 | 38,0 | 37,3 | 33,7 | 25,1 | 14,5 | 1,1 | −5,3 | 38,0 |
| O‘rtacha maksimal harorat t, °C | −42,2 | −36,6 | −19,7 | −3 | 9,9 | 19,9 | 23,4 | 18,6 | 8,4 | −9,3 | −31,1 | −40,2 | −8,5 |
| O‘rtacha harorat, °C | −45,3 | −41,6 | −29,6 | −12,4 | 3,7 | 13,2 | 16,4 | 11,5 | 2,6 | −14,3 | −34,7 | −43,4 | −14,5 |
| O‘rtacha minimal harorat t, °C | −48,3 | −45,8 | −37,9 | −22,1 | −2,5 | 6,7 | 9,7 | 5,2 | −2,3 | −18,9 | −38,2 | −46,4 | −20,1 |
| Haroratning mutlaq minimumi t, °C | −66,6 | −67,8 | −60,3 | −57,2 | −34,2 | −7,9 | −3,2 | −9,9 | −21,7 | −48,7 | −57,2 | −64,5 | −67,8 |
| Yog‘in (me’yor), mm | 6 | 6 | 5 | 5 | 14 | 27 | 34 | 34 | 19 | 11 | 11 | 8 | 178 |
| Manba: http://www.pogodaiklimat.ru/climate/24266.htm | |||||||||||||