Tog‘ iqlimi

Kavkaz tog‘lari

Tog‘ iqlimi, tog‘li hududlar iqlimi — katta balandliklarda joylashgan tog‘larga xos iqlim sharoitlaridir.

Tog‘ iqlimining umumiy xususiyatlari: atmosfera bosimining pastligi, quyosh radiatsiyasi intensivligining yuqoriligi, havoning tozaligi (tog‘lararo botiqlardan tashqarida) (ko‘rinuvchanlik, xiralik), haroratning pastligi va havoning mutlaq namligining kamligi, balandlik oshishi bilan yog‘in miqdorining ortishi, tog‘-vodiy shamollari.

Tog‘ iqlimining bir turi — baland tog‘ iqlimi — 2-3 ming metr balandlikda shakllanadi.

Havolalar