| Shahar | |||
| Kasablanka | |||
|---|---|---|---|
| arab. الدار البيضاء | |||
| | |||
|
|||
| 33°35′57″ sh. k. 07°37′12″ gʻ. u.HGЯO | |||
| Mamlakat |
|
||
| Viloyat | Kasablanka — Settat | ||
| Prefektura | Kasablanka | ||
| Mer | Nabila Rmili (Nabila Rmili) | ||
| Tarixi va geografiyasi | |||
| Oldingi nomlari | Anfa | ||
| Maydoni | 196 km² | ||
| Markazining balandligi | 27 m | ||
| Iqlim turi | tropik | ||
| Vaqt mintaqasi | UTC±0:00 | ||
| Aholisi | |||
| Aholisi | ↗ 3 499 000 kishi (2018) | ||
| Aholi zichligi | 17 171 kishi/km² | ||
| Aglomeratsiya aholisi | ↗ 7 218 000 kishi (2018) | ||
| Rasmiy tillar | arab tili va standart marokash berber tili | ||
| Raqamli identifikatorlar | |||
| Telefon kodi | 22, 21 | ||
| Pochta indekslari | 20000-20200 | ||
|
|
|||
|
casablanca.ma (frans.) (arab.) (ingl.) (isp.) |
|||
Kasablanka (ispancha Casablanca — «oq uy», arab. الدار البيضاء, Ad-Dar al-Bayda — «oq uy», berber. ⴰⵏⴼⴰ ) — eng yirik shahar bo‘lib, Marokashda joylashgan. U Atlantika okeanisohilidagi yirik portdir. Shahardan 70 km shimolda poytaxt Rabotjoylashgan. Bu shahar Kasablanka — Settatviloyatining maʼmuriy markazi bo‘lib, shu viloyat tarkibidagi Kasablanka prefekturasini tashkil etadi.
2021-yil sentabrda shahar kengashi 47 yoshli Nabila Rmilini Kasablanka meri etib sayladi. U tibbiyot xodimi va siyosatchi, Mustaqillar milliy birlashmasipartiyasi aʼzosi edi. U shahar aholisiga xizmat qilishni afzal ko‘rib, sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan voz kechdi.
Tarix
O‘rta asrlarda Kasablanka farovon shahar bo‘lib, Anfa[ingl.]nomi bilan mashhur edi. Portugallar uni 1468-yilda vayron qilgan va 1515-yildaqayta qurgan. 1755-yildagi kuchli zilziladan so‘ng shahar yana tiklandi. 1907-yilda Kasablankani fransuzlar bosib oldi. Fransuzlar hukmronligi davrida shahar tez rivojlandi. Zamonaviy shahar qadimgi mavr shahri atrofida barpo etilgan.
Ikkinchi jahon urushi davrida Kasablanka ittifoqchi qo‘shinlarning Shimoliy Afrikagatushirilgan uchta asosiy joyidan biri bo‘lgan. Shaharda Kasablanka konferensiyasi (1943-yil yanvar) bo‘lib o‘tdi. Unda AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt va Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchill ishtirok etdi.
Fransuzlarning 1956-yilda Marokash mustaqilligi eʼlon qilingach, mamlakatdan chiqib ketishi Kasablanka uchun jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Biroq turizmning jadal rivojlanishi va sanoat o‘sishi shahar farovonligini tikladi.
Iqlim
| Ko‘rsatkich \ Davr | Yan | Fev | Mar | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Mutlaq eng yuqori harorat t, °C | 31,1 | 29,4 | 32,2 | 32,8 | 35,1 | 37,4 | 38,4 | 39,0 | 40,5 | 37,8 | 34,7 | 30,3 | 40,5 |
| O‘rtacha eng yuqori harorat t, °C | 17,3 | 18,0 | 19,6 | 20,2 | 21,9 | 24,1 | 25,8 | 26,3 | 25,7 | 23,8 | 20,9 | 18,7 | 21,9 |
| O‘rtacha harorat, °C | 12,6 | 13,7 | 15,3 | 16,5 | 18,5 | 20,9 | 22,7 | 23,2 | 22,3 | 19,8 | 16,5 | 14,2 | 18,0 |
| O‘rtacha eng past harorat t, °C | 9,2 | 10,4 | 11,8 | 13,2 | 15,6 | 18,7 | 20,5 | 20,9 | 19,7 | 16,8 | 13,3 | 11,1 | 15,1 |
| Mutlaq eng past harorat t, °C | 0,0 | 0,0 | 2,7 | 5,0 | 7,4 | 10,0 | 13,0 | 13,0 | 10,0 | 7,0 | 4,6 | 2,0 | 0,0 |
| Yog‘in miqdori (meʼyor), mm | 62,2 | 59,0 | 50,7 | 40,2 | 18,8 | 5,8 | 0,7 | 0,4 | 4,9 | 31,1 | 74,4 | 76,6 | 424,8 |
| Suv harorati, °C | 15 | 16 | 17 | 18 | 20 | 21 | 23 | 24 | 22 | 19 | 17 | 16 | 19 |
| Manba: Ob-havo va iqlim, Sayyohlik portali, | |||||||||||||
Iqtisodiyot va transport
Kasablanka — Shimoliy Afrikaningyetakchi savdo shaharlaridan biri. Shaharni dunyoning boshqa hududlari bilan avtomobil va temiryo‘llar, Muhammad V xalqaro aeroportibog‘laydi; port dunyodagi eng katta sunʼiy bandargohlardan birida joylashgan. Marokashning xalqaro savdosining katta qismi Kasablanka orqali amalga oshiriladi.
Asosiy eksport mahsulotlari: don ekinlari, teri, jun va fosfatlar. Kasablanka mamlakatning asosiy sanoat markazi hamdir. Yetakchi tarmoqlar: baliqchilik, baliq konservalash, yog‘ochni qayta ishlash va mebel ishlab chiqarish, qurilish materiallari, shisha hamda tamaki sanoati. Marokashdagi barcha bank tranzaksiyalarining yarmidan ko‘pi Kasablankada amalga oshiriladi. Shaharda har yili xalqaro savdo yarmarkalari o‘tkaziladi.
Diqqatga sazovor joylar
- Shaharning asosiy diqqatga sazovor joyi — Hasan II masjidi.
- Hasan II universiteti (1976-yildan beri faoliyat yuritadi).
- Rus nekropoli Ben-Msik xristian qabristonida2007-yilda tashkil etilgan va Rossiya Federatsiyasi uchun tarixiy-memorial ahamiyatga ega bo‘lgan xorijdagi dafn joylari ro‘yxatiga kiritilgan. Bu yerda rus muhojirlarining taniqli namoyandalari dafn etilgan: admiral A. I. Rusinprofessor I. P. Aleksinskiy (13-uchastka, 417-qabr), A. S. Bexteyev (shoir Sergey Bexteyevningtug‘ishgan akasi), V. Urusova (150-uchastka, 44-qabr) va boshqa vatandoshlar.
- Rus pravoslav Bibi Maryamning vafoti cherkovi1958-yilda qurilgan, 2013-yilda esa shaharning madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan (ibodat vaqtlarida ochiladi).
- Katolik Muqaddas Qalb sobori[ingl.] (Sakre-Kyor — Kasablankaning bosh sobori, hozirda diniy vazifasini bajarmaydi).
- Arab davlatlari ligasi bog‘i[ingl.].
- Habbus mavzesi:
- Mahkama dyu Pasha saroyi.
- Mulay Yusuf masjidi.
- Muhammadiy masjidi.
- Zaytun bozori.
- Katolik Lurddagi Bibi Maryam cherkovi[ingl.] (Notr-Dam de Lurd), hozir ham faoliyat yuritadi.
- Shahar hokimiyati binosi.
- «Marokko Moll[ingl.]» savdo-ko‘ngilochar markazi — Afrikadagi kattaligi bo‘yicha ikkinchi markaz. Unda musiqali favvora va akvarium bor.
- El-Hank mayog‘i.
- Sidi Abdurrahmon oroli.
Maʼmuriy tumanlar
- Anfa
- Ayn-Diyab
- Ayn-Shuk
- Bernussi
- Bushentuf
- Fida
- Maarif
- Midina
Galereya
- Kasablanka
- De-Far shohko‘chasi
- Muhammad V maydoni
- Kasablankaning ishbilarmonlik markazi
- Kasablanka ko‘chasidagi tramvay
Ommaviy madaniyatda
- «Kasablanka» — 1942-yilda rejissyor Maykl Kyortis suratga olgan Gollivudning romantik kinodramasi. Unda Hamfri Bogart va Ingrid Bergman bosh rollarni ijro etgan. Film voqealari Ikkinchi jahon urushining boshlarida o‘sha vaqtda Vishi hukumati boshqaruvidagi Fransiyaga qarashli Marokashning Kasablanka shahrida kechadi..
Qardosh shaharlar
Mashhur tug‘ilganlar
Adabiyotlar
- Gusterin P. V. Arab Sharqi shaharlari. — M.: Vostok—Zapad, 2007. — 352 b. — (Ensiklopedik maʼlumotnoma). — 2000 nusxa. — ISBN 978-5-478-00729-4.