Bu savol internet ta’sirida ulg‘aygan yosh avlod uchun javob berishga osondek tuyulishi mumkin, ammo uni aniq ta’riflash unchalik ham oson emas. Internet, Jahon o‘rgimchak to‘ri (World Wide Web, www) deb ham ataladi, bu — butun dunyo bo‘ylab milliardlab qurilmalarni bog‘lash uchun Internet protokollari to‘plami (Internet Protocol Suite, TCP/IP) deb ataladigan protokollardan foydalanadigan, o‘zaro ulangan kompyuter tarmoqlarining global tizimidir. Uning ta’siri shunchalik ulkanki, u hatto dunyoning “8-qat’asi” (8th continent) deb ham atalgan. Internetda o‘ta maxfiy harbiy va ilmiy-tadqiqot fayllaridan tortib, haftaning eng trend va viral videosigacha bo‘lgan juda keng ko‘lamdagi axborot mavjud. Bu ulkan axborot ombori hamma bilan bo‘lishiladi: har bir insonning kompyuteri tobora kengayib borayotgan bilim xazinasiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Internetning paydo bo‘lishi gazeta, telefon, televideniye kabi ko‘plab an’anaviy aloqa usullariga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. U internet telefoniya (internet phones) va internet televideniye (internet tv) kabi yangi xizmatlarning paydo bo‘lishiga turtki bermoqda. Axborot almashinuvi misli ko‘rilmagan darajada tezlashdi, natijada axborot almashinuvi dunyoning ko‘plab hududlarida odamlar hayot sifatining yaxshilanishiga olib keldi.
Internetning eng qiziqarli jihatlaridan biri — uning tuzilishi. Unda na texnologik, na huquqiy jihatdan, ya’ni kirish va foydalanish siyosati bo‘yicha markazlashgan boshqaruv mavjud. Har bir tarmoq o‘z siyosatini o‘zi belgilaydi va uni o‘z yurisdiksiyasi doirasida amalga oshiradi.
Internet tarixi
Internetning boshlanishi 1960-yillarning o‘zidayoq “paketli kommutatsiya” (packet switching) deb atalgan usul bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarga borib taqaladi. Paketli kommutatsiya ma’lumot uzatishda muammoni apparat (hardware) yo‘li bilan, ya’ni elektr zanjirlari (circuitry) orqali hal qilishdan ko‘ra yaxshiroq va tezroq usul deb hisoblangan. Paketli kommutatsiya texnologiyasi AQSh harbiylari tomonidan ARPANET tarmog‘ini yaratishda muhim rol o‘ynadi. ARPANET o‘zaro ulangan kompyuterlarning birinchi ma’lum guruhi, ya’ni internetning ilk ko‘rinishi sifatida qaraladi. Bu tizim harbiylar o‘rtasida maxfiy ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatilgan. Keyinchalik ushbu ma’lumot almashish texnologiyasi AQShdagi ta’lim muassasalariga ham ochildi: ularga hukumatning superkompyuteridan foydalanish imkonini berildi — avval 56 kbit/s tezlikda, keyin 1.5 Mbit/s, so‘ng 45 Mbit/s tezlikda. 1980-yillarning oxiriga kelib .com internet xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar (Internet service providers) paydo bo‘la boshladi va 1995-yilga kelib internet AQShda to‘liq tijoratlashdi (fully commercialized).
Kompyuter tarmoqlarining ikki asosiy turi
Tarmoq — bu fayllarni almashish, resurslarni bo‘lishish va elektron aloqani ta’minlash uchun o‘zaro bog‘langan ikki yoki undan ortiq kompyuterlar majmuasidir. Bu o‘zaro ulangan kompyuterlar kabellar, radio to‘lqinlar, telefon liniyalari, infraqizil nurlar va sun’iy yo‘ldoshlar orqali bir-biriga ulanadi. Quyida kompyuter tarmoqlarining ikki asosiy turi keltirilgan:
- Lokal hudud tarmog‘i (Local Area Network, LAN): LAN — kichik geografik hududda (masalan, uy yoki ish joyida) ikki yoki undan ortiq ulangan noutbuk, kompyuter yoki telefonlarning bir-biri bilan axborot almashishidir. Masalan, uyingiz yoki ishxonangizdagi kompyuterlar tarmog‘i.
- Keng hudud tarmog‘i (Wide Area Network, WAN): WAN — asosan ikki yoki undan ortiq LAN tarmoqlarining o‘zaro bog‘lanishidir. Bu tarmoqlar LAN dagi tizimlarga nisbatan bir-biridan ancha uzoqda joylashadi. Ular telefon liniyalari yoki radio to‘lqinlar orqali muloqot qilishi mumkin.
Hozirgi internet aholisining (internet population) soni taxminan 3.4 milliard foydalanuvchi deb aytiladi; ularning 48.1% qismi Osiyodan, 10% qismi esa Shimoliy Amerikadan. 3.4 milliard foydalanuvchi internetga hozirgi davrda misli ko‘rilmagan kuch va ahamiyat beradi. Axborot almashinuvining kengayishi natijasida odamlar tobora ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lmoqda: insonlar ko‘proq o‘rgangan sari ularning hayoti ham yaxshi tomonga o‘zgarib bormoqda. Dunyo bo‘ylab hamma uchun cheklanmagan kirish (unrestricted access) internetni global aholi tarkibini chinakam aks ettiruvchi maydonga aylantirdi. Internet ta’minlaydigan qulaylik va innovatsiyalar odamlarda ijodkorlikning kuchli “portlashlari”ni yuzaga keltirmoqda. Bugun odamlar o‘zaro avvalgidan ham ko‘proq aloqada. Endi internetning kelajagi insoniyat kelajagidan ajralgan emas. U shunchalik zarur bo‘lib qoldiki, jamiyatimizning eng chuqur qatlamlari bilan ham chambarchas bog‘lanib ketgan.

