Harorat shkalalari nima

Harorat shkalalari — harorat oraliqlarini qismlarga ajratish usullari. Bu oraliqlarni o‘lchash termometrlar yordamida obyektning o‘lchashga qulay bo‘lgan biror fizik xossasi o‘zgarishiga asoslanadi. Bunday xossa boshqa sharoitlar o‘zgarmaganda haroratga bir qiymatli bog‘liq bo‘ladi (hajm, bosim, elektr qarshiligi, elektr yurituvchi kuch, nurlanish intensivligi, sinish ko‘rsatkichi, tovush tezligi va boshqalar) hamda termometrik xossa deb ataladi (qarang: Termometriya). Harorat shkalasini tuzishda ikkita belgilangan harorat nuqtasiga (tayanch nuqtalarga) sonli qiymatlar beriladi; masalan, muzning erish va suvning qaynash nuqtalariga. Tayanch nuqtalar orasidagi haroratlar farqini (asosiy harorat oralig‘i) ixtiyoriy tanlangan miqdordagi qismlarga bo‘lib, harorat o‘lchov birligi hosil qilinadi. Shuningdek, tanlangan termometrik xossa bilan harorat o‘rtasidagi funksional bog‘liqlikni ham ixtiyoriy tarzda belgilash orqali mazkur shkala bo‘yicha haroratni hisoblash mumkin bo‘ladi.

Shu tariqa tuzilgan empirik harorat shkalasi shartli va ixtiyoriydir. Shuning uchun tanlangan termometrik xossalari, haroratning bu xossalarga funksional bog‘liqligi (eng oddiy holatda termometrik xossa bilan harorat orasidagi bog‘liqlik chiziqli deb olinadi) hamda tayanch nuqtalarning harorat qiymatlari bilan farqlanadigan istalgancha harorat shkalasini yaratish mumkin.

Harorat shkalalariga quyidagilar misol bo‘ladi: Selsiy, Reomyur, Farengeyt, Rankin va Kelvin.

Termometrik xossalari turlicha bo‘lgan harorat shkalalari orasida harorat qiymatlarini o‘tkazish uchun qo‘shimcha tajriba ma’lumotlari zarur.

Empirik harorat shkalalarining asosiy kamchiligi — ularning tanlangan termometrik xossaga bog‘liqligi — quyidagi shkalaga xos emas: mutlaq (termodinamik) harorat shkalasi.

Harorat o‘lchov birliklarini o‘zaro aylantirish

Harorat shkalalarining taqqoslanishi
Delil Kelvin Nyuton Rankin Reomyur Ryomer Farengeyt Selsiy
Mutlaq nol 559.73 0.00 −90.14 0.00 −218.52 −135.90 −459.67 −273.15
Eng past harorat qayd etilgan joy — Yer 284 184 −29 331 −71 −39 −128.6 −89.2
Farengeyt shkalasidagi muz va tuz aralashmasi 176.67 255.37 −5.87 459.67 −14.22 −1.83 0.00 −17.78
Muzning erish harorati (standart sharoitlar) 150.00 273.15 0.00 491.67 0.00 7.50 32.00 0.00
Suvning uchlamchi nuqtasi 149.985 273.16 0.0033 491.688 0.008 7.50525 32.018 0.01
Yer yuzasining o‘rtacha harorati 128 288 5 519 12 15 59 15
Inson tanasining o‘rtacha harorati 95 310 12 558 29 27 98 37
Yer yuzidagi eng yuqori harorat 63 331 19 596 46 38 136.4 58
Suvning qaynash harorati (standart sharoitlar) 0.00 373.1339 33.00 671.64102 80.00 60.00 211.97102 99.9839
Erish harorati — titan −2352 1941 550 3494 1334 883 3034 1668
Fotosfera −8100 5800 1800 10400 4400 2900 9900 5500

Grafik

Rankin (°R)
Kelvin (K)
Farengeyt (°F)
Selsiy (°C)

Reomyur (°Ré) Ryomer (°Rø) Nyuton (°N)

Delil (°D)
  Mutlaq nol Yer yuzidagi eng past harorat Farengeyt shkalasidagi muz va tuz aralashmasi Muzning erish harorati (standart sharoitlar) Yer yuzasining o‘rtacha harorati Inson tanasining o‘rtacha harorati Yer yuzidagi eng yuqori harorat Suvning qaynash harorati (standart sharoitlar)    

Haroratlarni o‘zaro aylantirish diagrammasi