| Shahar | |
| Guliston | |
|---|---|
| o‘zbekcha Guliston / Гулистон | |
| 40°29′ sh. k. 68°47′ sh. u.HGЯO | |
| Davlat |
|
| Viloyat | Sirdaryo |
| Tarixi va geografiyasi | |
| Asos solingan | XIX asr |
| Avvalgi nomlari |
quyidagi yilgacha: 1922 — Golodnaya Step (Och dasht), quyidagi yilgacha: 1961 — Mirzacho‘l |
| Shahar maqomi berilgan yil: | 1961 |
| Maydoni |
|
| Markazining balandligi | 271 m |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5:00 |
| Aholisi | |
| Aholisi | 55600 kishi (2019) |
| Millatlar | o‘zbeklar,tojiklar,ruslar, tatarlar, koreyslar |
| Rasmiy til | o‘zbek tili |
| Raqamli identifikatorlar | |
| Telefon kodi | +998 672 |
| Pochta indeksi | 120100 |
Guliston (o‘zbekcha Guliston / Гулистон; forscha گلستان — gullar yurti) — O‘zbekistonning Sirdaryo viloyati ma’muriy markazi bo‘lgan shahar.
Shahar Sirdaryo vodiysida, taxminan 120 km uzoqlikdagi Toshkentdan janubi-g‘arbda joylashgan. U XIX asr oxiri — XX asr boshlarida sug‘orish loyihalari amalga oshirilishi va paxtachilikning rivojlanishi natijasida kichik aholi punkti sifatida paydo bo‘lgan va 1961-yilda shahar maqomini olgan.
Tarixi
XIX asrda Achchiqquduq (“sho‘r suvli quduq”) qishlog‘i mavjud bo‘lgan. Unda 40 ta xonadon bo‘lib, masjid va choyxona ham bo‘lgan.
1869-yilda Turkiston general-gubernatori K. P. Kaufman farmoni bilan Mirzacho‘lni sug‘orish imkoniyatlari o‘rganilgan.
1886-yilda Rossiyaning turli hududlaridan kanal qurilishiga kelgan yer qazuvchilar Xo‘jikent uyezdida 8 ta kichik rus posyolkasiga asos solgan: Romanovskiy (Krestyanskiy), Zaporojye, Nadejdinskiy, Nikolayevskiy, Obetovanniy, Nijnevolinskiy, Verxnevolinskiy va Konnogvardeyskiy (Krasnaya Zarya).
1872-yilda uzunligi 84 km bo‘lgan, Nikolay I nomi bilan atalgan va Mirzacho‘l (Guliston)gacha yetkazilgan kanal qurilishi boshlandi. Kanal 1895-yilda foydalanishga topshirildi.
Sug‘orilgan 7600 ga yerning 2100 ga qismi Romanovskiy posyolkasida yashagan knyazga, 3380 ga qismi rus ko‘chmanchilariga, 220 ga qismi esa Mirzacho‘ldagi tajriba dalasiga ajratilgan.
1897-yilda Golodnaya Step (Och dasht) temiryo‘l stansiyasi yaqinida Duxovskiy posyolkasi, 1906-yilda esa Spasskiy posyolkasi tashkil etilgan. Birinchi jahon urushi arafasida bu birlashgan aholi punktlarida 290 ta xonadon bo‘lgan (keyinchalik ularning o‘rnida Guliston shahri vujudga kelgan).
Shu davrda Samarqanddan Toshkentgacha Mirzacho‘l orqali temiryo‘l ham qurilgan. Uning qurilishi 1895-yilda yakunlangan. Achchiqquduq stansiyasi Griboyedovka, 1905-yildan esa, xuddi posyolka singari, Golodnaya Step (Och dasht) deb atala boshlangan.
1905-yilda posyolkada kanal boshqarmasi binosi va Mirzacho‘ldagi birinchi rus-tuzem maktabi qurilgan. 1910-yildan kanal Shimoliy Mirzacho‘l kanali deb ataladi.
1922-yilda Golodnaya Step posyolkasi Mirzacho‘l deb qayta nomlangan. 1952-yilda shahar tipidagi posyolka maqomini olib, Toshkent viloyati tarkibiga kirgan.
8-may 1961-yilda Mirzacho‘l shahar tipidagi posyolkasi Guliston shahriga aylantirilgan. 26-noyabr 1963-yilda esa o‘sha yil boshida tashkil etilgan Sirdaryo viloyatining markaziga aylangan. 1988-yilda Jizzax viloyati tugatilib, uning hududi Sirdaryo viloyatiga qo‘shilgach, viloyat markazi vaqtincha Jizzax shahriga ko‘chirilgan. 16-fevral, 1990-yil — Jizzax viloyati qayta tashkil etilgach, Sirdaryo viloyatining markazi Jizzaxdan Gulistonga qaytarilgan.
Geografiyasi
Shahar Mirzacho‘lning janubi-sharqiy qismida joylashgan. Stansiya joylashgan temiryo‘l liniyasi: Toshkent — Xovos.
Aholisi

Guliston aholisi:
1990-yillar va 2000-yillar davomida rusiyzabon aholi ulushi asta-sekin kamayib, mahalliy aholi ulushi ortgan.
Sanoati
Shaharda ta’mirlash-mexanika, yog‘ ekstraksiyalash, lift ishlab chiqarish va metallga ishlov berish zavodlari, uysozlik kombinati, bir nechta tikuvchilik va to‘qimachilik fabrikalari, elektr asbob-uskunalari ustaxonalari va boshqa ko‘plab korxonalar mavjud.

Diqqatga sazovor joylari
Gulistonda Sirdaryo viloyat musiqali drama teatri joylashgan.
Shaharning boshqa diqqatga sazovor maskanlari qatoriga markaziy maydon, Guliston shahar bog‘i va mahalliy o‘lkashunoslik muzeyi kiradi.
Shuningdek, shahar hududida O‘zbekiston va Xitoy do‘stlik bog‘i joylashgan.
E’tiborga loyiq yana bir obida — Muqaddas Nikolay ibodatxonasi. 1945-yilda ibodat uyi sifatida tashkil etilgan bu maskan hozir ham dindorlarga xizmat qilmoqda.
Qardosh shaharlar
Adabiyotlar
- Guliston // Katta sovet ensiklopediyasi : [30 jildda] / bosh muharrir A. M. Proxorov. — 3-nashr. — M. : Sovet ensiklopediyasi, 1969—1978.