Grand-Kanyon haqida

Katta kanyon
ingl. Grand Canyon
Xususiyatlari
Chuqurligi1857 m
Uzunligi446 km
Joylashuvi
36°05′26″ sh. k. 113°14′23″ g‘. u.HGЯO
Mamlakat
ShtatArizona
Tog‘ tizimiKolorado 
США Запад
Красная точка
Katta kanyon
Аризона
Красная точка
Katta kanyon
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar

Katta kanyon (Ulug‘ kanyon, Grand-Kanyon; ingl. Grand Canyon) — dunyodagi eng chuqur kanyonlardan biri. U Kolorado platosida, Arizona shtatida, AQSHda joylashgan Grand-Kanyon milliy bog‘ida, shuningdek, tubjoy amerikaliklar rezervatsiyalarida yashovchi navaxo, xavasupay va valapay qabilalari hududida joylashgan. Kanyon Kolorado daryosi oqimi ta’sirida ohaktosh, slanets va qumtosh qatlamlarining yemirilishi natijasida hosil bo‘lgan. Kanyonning uzunligi — 446 km. Kengligi (plato sathida) 6 dan 29 km gacha, tubida esa bir kilometrdan kam. Eng katta chuqurligi — 1857 m.

Katta kanyon 1979-yildan buyon Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ( YUNESKO).

Geologiyasi

Qirg‘iziston pochta markasida tasvirlangan Katta kanyon
Katta kanyon va unga tutash hududlarning 1908-yilgi xaritasi

Katta kanyon sayyoramizdagi eng noodatiy geologik obyektlardan biridir. Unda Yer tarixining to‘rtta geologik erasiga oid izlarni[qaysilari?], shuningdek, boy geologik, biologik va arxeologik materiallar saqlangan xilma-xil qoyalar va g‘orlarni uchratish mumkin.

Kanyon[kim tomonidan?] eng yaxshi eroziya namunalaridan biri deb hisoblanadi.

Dastlab Kolorado daryosi tekislik bo‘ylab oqib o‘tgan[manba 2966 kundan beri ko‘rsatilmagan], ammo taxminan 65 million yil avval Yer po‘stining harakatlari natijasida Kolorado platosi ko‘tarilgan. Platoning ko‘tarilishi natijasida Kolorado daryosi oqimining qiyaligi o‘zgargan. Bu esa uning oqish tezligi va yo‘lidagi tog‘ jinslarini yemirish qobiliyatini oshirgan.

Daryo avval yuqoridagi ohaktoshlarni yuvib yemirgan, so‘ng esa chuqurroqdagi, qadimiyroq qumtoshlar va slanetslarni yemira boshlagan. Katta kanyon shu tariqa shakllangan[manba 2966 kundan beri ko‘rsatilmagan]. Bu taxminan 5—6 million yil avval sodir bo‘lgan. Eroziya jarayonlari davom etayotgani sababli kanyon hozir ham chuqurlashmoqda.

Tabiati

Kanyonda balandlik bo‘yicha tabiiy zonallik kuzatiladi, biroq zonalar chegarasi aniq emas. Balandlik oshgan sari harorat, namlik va shunga mos ravishda hayvonot dunyosi, tuproqlar hamda ularda o‘sadigan o‘simliklar o‘zgaradi. Kanyonda quyidagi daraxtlar o‘sadi: qoraqarag‘ay, sariq qarag‘ay, oqqarag‘ay.

Hayvonot dunyosi

Qalin sariq qarag‘ay o‘rmonlarida olmaxonlarning shu hududga xos endemik kenja turi — Sciurus aberti kaibabensis yashaydi. Kanyonning yuqori chekkasiga yaqin o‘suvchi zich ignabargli o‘rmonlarda qora dumli bug‘ular uchraydi. Kanyon atrofida jami 34 turdagi sutemizuvchilar, jumladan, 18 turdagi kemiruvchilar va 8 turdagi ko‘rshapalaklar yashaydi.

Erta bahorda o‘rmonlarga qizil boshli pirangalar uchib keladi (Piranga ludoviciana).

Insonlar tomonidan o‘zlashtirilishi

«Grand Canyon Skywalk[ingl.]» — Igl-Poynt (Eagle Point) hududida Katta kanyonni tomosha qilishga mo‘ljallangan shaffof polli maydoncha. U aeroportdan 3 km uzoqlikda joylashgan. Aeroport — «Grand Canyon West[ingl.]»

Amerikaning tub aholisi (hindular) Katta kanyon haqida minglab yillar avval ham bilgan. Kanyonda insonlar yashaganining dastlabki dalillari qatoriga qoyatosh rasmlari kiradi. Ular hindular tomonidan taxminan 3 ming yil avval yaratilgan.

1540-yilda Katta kanyonni Garsiya Lopes de Kardenas boshchiligidagi, oltin izlab yurgan ispan askarlari guruhi topgan. Bir necha ispan askari xopi qabilasi hindulari hamrohligida kanyon tubiga tushishga uringan, biroq ichimlik suvi yetishmagani sababli qaytishga majbur bo‘lgan.

Shundan keyin yevropaliklar ikki asrdan ko‘proq vaqt davomida kanyonga bormagan.

1776-yilda ikki ispan ruhoniysi kichik askarlar otryadi hamrohligida Katta kanyon bo‘ylab sayohat qilib, Santa-Fedan Kaliforniyaga boradigan yo‘lni izlagan.

Katta kanyonga birinchi ilmiy ekspeditsiya Fuqarolar urushi faxriysi va universitet professori Jon Uesli Pauell boshchiligida 1869-yilda o‘tkazilgan. Pauell kanyonni tadqiq etib, tavsiflagan.

2013-yilda Katta kanyon ustidan taniqli amerikalik arqonboz Nikolas Vallenda xavfsizlik arqonlarisiz tortilgan arqon bo‘ylab yurib, jarlikni kesib o‘tgan.

Kanyon ustiga qo‘sh Navaxo ko‘prigi qurilgan[ingl.].

Aviatsiya halokatlari

1940—1950-yillarda bu hudud ustidan uchib o‘tgan ko‘plab yo‘lovchi samolyotlari ekipajlari yo‘lovchilarga Ulug‘ kanyon manzaralarini tomosha qilish imkonini berish uchun parvoz yo‘nalishini ataylab shunday rejalashtirgan. Ko‘pincha uchuvchilar yo‘lovchilarning manzarani yaxshiroq ko‘rishi uchun kanyon ustida samolyotni chapga va o‘ngga og‘dirib, bir necha marta «sakkizlik» shaklida uchgan. O‘sha yillarda bu taqiqlanmagan edi, chunki yo‘lovchi samolyotlari uchuvchilariga hatto parvoz eshelonlarida ham vizual parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berilgan. Bu ba’zan samolyotlarning havoda xavfli darajada bir-biriga yaqinlashishiga sabab bo‘lgan. 30-iyun 1956-yil kuni shu sababli Katta kanyon ustida to‘qnashuv yuz berdi: Lockheed Constellation (Trans World Airlines) va DC-7 (United Airlines) samolyotlari bir-biri bilan to‘qnashdi. Ularning qoldiqlari kanyon tubiga qulagan va 128 kishi halok bo‘lgan. Bu 1960-yilgacha (o‘shanda Nyu-York osmonidagi aviahalokat yuz bergan) jahondagi fuqarolik samolyotlari orasida qurbonlar soni bo‘yicha eng yirik aviatsiya halokati edi. Shundan so‘ng AQSH hududidagi havo yo‘llari bo‘ylab parvoz eshelonlarida vizual parvozlar taqiqlangan.

Yana bir aviahalokat 1986-yilda Katta kanyon ustida yuz bergan. Unda sayyohlik parvozlarini amalga oshirayotgan DHC-6 Twin Otter samolyoti bilan Bell 206 vertolyoti to‘qnashgan va ikkala havo kemasidagi jami 25 kishining barchasi halok bo‘lgan.

Turizm

Har yili Katta kanyonga 4 milliondan ortiq kishi tashrif buyuradi (4 425 314 kishi kishi 2008-yilda kanyonga tashrif buyurgan). Sayyohlar orasida Kolorado daryosida puflama sollarda suzish va kanyonga xachirlarda tushish mashhur.

Panoramalar

Katta kanyonning shimol tomondan ko‘rinadigan panoramasi
Katta kanyonning janub tomondan ko‘rinadigan panoramasi

Adabiyotlar

Havolalar