Google Pixel — Google kompaniyasining iste'molchilarga mo‘ljallangan qurilmalari turkumi bo‘lib, unga Google, jumladan smartfonlar, planshetlar, noutbuklar va aksessuarlar kiradi. Ushbu qurilmalarning dizaynini kompaniyaning o‘zi ishlab chiqishi bilan ajralib turadi.
2018-yilda ushbu turkumning AQSH va G‘arbiy Yevropa smartfon bozoridagi ulushi 2 % deb baholangan.
Smartfonlar
Pixel va Pixel XL
Pixel va Pixel XL — turkumdagi ilk smartfonlar. Ular HTC kompaniyasi tomonidan yig‘ilgan va 4-oktabr, 2016-yilda San-Fransiskodagi maxsus taqdimotda namoyish etilgan.
- Displey: 5 ″ (127,0000000 mm), FHD, AMOLED, 441 ppi yoki 5,5 ″ (140 mm) QHD AMOLED 534 ppi
- Xotira: 32 yoki 128 GB
- Operativ xotira (RAM): 4 GB (LPDDR4)
- Protsessor: 2,15 GHz + 1,6 GHz, to‘rt yadroli, 64 bitli (ARMv8-A) Qualcomm Snapdragon 821
2017-yil oktabr holatiga ko‘ra, ushbu telefonlarning AQSH smartfon bozoridagi ulushi 0,7 foiz deb baholangan.
Pixel 2 va Pixel 2 XL
Pixel 2 2017-yil oktabrda ikki o‘lchamda taqdim etilgan. OLED displeyga ega: 5 dyuymli 1080×1920 AMOLED — Pixel 2 modelida, 6 dyuymli 1440×2880 P-OLED esa Pixel 2 XL modelida. Displey himoya qoplamasi — Corning Gorilla Glass 5. Markaziy protsessor vazifasini Qualcomm Snapdragon 835 chipdagi tizimi bajaradi. Telefonlarning doimiy xotirasi 64 yoki 128 GB, operativ xotirasi esa 4 GB LPDDR4X. Dastlab Android 8.0 bilan taqdim etilgan, keyinchalik Android 11.
2017-yilda Pixel va Pixel 2 smartfonlarining jami yetkazib berilishi 3,9 million donani tashkil etgan.
Pixel 3 va Pixel 3 XL
Pixel 3 2018-yil oktabrda ikki o‘lchamda taqdim etilgan. Qurilmalar Android 9.0 Pie operatsion tizimidan foydalanadi. Displey 5,5 dyuymli OLED 2160×1080 (Pixel 3) va 6,3 dyuymli 2960×1440 (Pixel 3 XL) darajasigacha kattalashtirilgan. Protsessor Qualcomm Snapdragon 845 modeliga yangilangan. Telefonlarning doimiy xotirasi 64 yoki 128 GB, operativ xotirasi 4 GB LPDDR4X.
Pixel 3a va Pixel 3a XL
Pixel 3a 7-may, 2019-yilda ikki o‘lchamda taqdim etilgan. Smartfonlar Pixel 3’ning nisbatan arzonroq versiyasi sifatida joylashtirilgan, biroq kameralari bir xil. Telefonda dastlab Android 9.0 o‘rnatilgan, shuningdek AMOLED displeyining diagonali 5,6 dyuym va aniqligi 2220×1080 piksel (XL versiyasida 6,0 dyuym va 2160×1080 piksel), akkumulyator sig‘imi 3000 mA·soat. Smartfon Qualcomm Snapdragon 670 protsessorida ishlaydi. doimiy xotira sig‘imi 64 GB, operativ xotirasi esa 4 GB LPDDR4X.
Pixel 4 turkumi
Pixel 4 15-oktabr, 2019-yilda ikki o‘lchamda taqdim etilgan. Qurilmalar Android 10 operatsion tizimida ishlaydi. Pixel 4 ekranining diagonali — 5,7 dyuym, Pixel 4 XL’niki — 6,3 dyuym. Har ikkala smartfon 90 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Protsessor sifatida Snapdragon 855 chipseti 6 gigabayt operativ xotira va 64 yoki 128 GB ichki xotira bilan birga ishlatiladi.
Pixel 4a 3-avgust, 2020-yilda, Pixel 4a 5G esa sentabr, 2020-yilda taqdim etilgan. Pixel 4a ekranining diagonali — 5,81 dyuym, Pixel 4a 5G’niki — 6,2 dyuym.
Har ikkala telefonda OLED displey ishlatilgan. Har ikkalasi faqat 60 Hz chastotani qo‘llab-quvvatlaydi. Texnik xususiyatlari: Qualcomm Snapdragon 730G, Adreno 618, 6 GB operativ va 128 GB doimiy xotira (Pixel 4a); Qualcomm Snapdragon 765G, Adreno 620, 6 GB operativ va 128 GB doimiy xotira. Akkumulyator: 3140 mA·soat (Pixel 4a 5G), 3800 mA·soat; har ikkalasi 18 W.
Narxi: 349 dollar, 350 yevro (Pixel 4a), 449 dollar, 499 yevro (Pixel 4a 5G).
Pixel 5
Pixel 5 30-sentabr, 2020-yilda taqdim etilgan.
- Displey: 6,0" OLED, aniqligi 2340×1080 (19,5:9); himoya qoplamasi — Corning Gorilla Glass 6.
- Protsessor: Qualcomm Snapdragon 765G
- Xotira: 128 GB
- Operativ xotira (RAM): 8 GB LPDDR4X
- Kamera: asosiy qo‘sh kamera — 12,2 MP, f/1.7 diafragmali va 16 MP, f/2.2 diafragmali ultra keng burchakli kamera, fazali avtofokus Dual Pixel, optik va elektron barqarorlashtirish; old kamera — 8 MP, f/2.0 diafragmali
- Akkumulyator: olinmaydigan, 4080 mA·soat; 18 W quvvatli tezkor va simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Boshqa qurilmalarni teskari simsiz quvvatlash ham mumkin
- Korpus: alyuminiy qotishmasi, «biosmola» qoplamali; suv va changdan himoyalanish darajasi — IP68
- Ranglari: qora (Just Black) va kulrang-yashil (Sorta Sage)
- Operatsion tizim: Android 11
Pixel 6 va Pixel 6 Pro
Pixel 6 va Pixel 6 Pro 2021-yil oktabrda taqdim etilgan. Qurilmalar Android 12 operatsion tizimida ishlaydi va 5 yil davomida Android hamda xavfsizlik yangilanishlarini olishi ko‘zda tutilgan
Qurilmalar yangilangan dizayn, kattaroq displeylar, takomillashgan kamera va Tensor deb nomlangan Google’ning o‘zi ishlab chiqqan chipdagi tizimga ega bo‘lgan.
Har ikkala smartfon katta displey bilan jihozlangan. Google Pixel 6’da 6,4 dyuymli, 1080p aniqlikdagi va 90 Hz yangilanish chastotasiga ega OLED displey o‘rnatilgan. Pixel 6 Pro esa 6,7 dyuymli, 1440p aniqlikdagi, 120 Hz chastotali va yon qirralari egilgan LTPO AMOLED displeyga ega.
Shuningdek, smartfonlar IP68 standartiga muvofiq chang va suvdan himoya, displey ichiga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri, stereodinamiklar, tezkor simli hamda tezkor simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
| Texnik xususiyatlari | Pixel 6 | Pixel 6 Pro |
|---|---|---|
| Displey | 6,4 dyuym AMOLED
FHD+ (2340x1080) 90 Hz, HDR10+ Gorilla Glass Victus |
6,71 dyuym LTPO AMOLED
QHD+ (3120x1400) 120 Hz, HDR10+ Gorilla Glass Victus |
| Protsessor | Google Tensor | Google Tensor |
| Operativ xotira | 8 GB LPDDR5 | 12 GB LPDDR5 |
| Asosiy kamera | Keng burchakli: 50 MP, Samsung GN1, f/1.8, OIS
Ultra keng burchakli: 12 MP, f/2.2, ko‘rish burchagi 114 daraja |
Keng burchakli: 50 MP, Samsung GN1, f/1.8, OIS
Ultra keng burchakli: 12 MP, f/2.2, ko‘rish burchagi 114 daraja Telefoto: 48 MP f/3.5, 4X optik kattalashtirish, 20X raqamli kattalashtirish |
| Old kamera | 8 MP, f/2.0 | 11,1 MP, f/2.2 |
| Akkumulyator | 4600 mA·soat
Simli quvvatlash: 30 W Simsiz quvvatlash: 21 W |
5000 mA·soat
Simli quvvatlash: 30 W Simsiz quvvatlash: 23 W |
| Boshqa xususiyatlar | 5G NR (mmWave)
NFC Ultra-wideband (UWB) Bluetooth 5.2 Type-C Wi-Fi 6E (802.11ax) IP68 Stereodinamiklar |
5G NR (mmWave)
NFC Ultra-wideband (UWB) Bluetooth 5.2 Type-C Wi-Fi 6E (802.11ax) IP68 Stereodinamiklar |
Pixel 7 va Pixel 7 Pro
Pixel 7 va Pixel 7 Pro 6-oktabr, 2022-yilda taqdim etilgan. Smartfonlar Android 13 operatsion tizimida ishlaydi. Google asosiy versiya yangilanishlarini uch yil, xavfsizlik yangilanishlarini esa 5 yil davomida taqdim etishni va’da qilgan.
Har ikkala qurilma ham Google’ning Tensor G2 protsessoriga ega. U 4 nm texnologik jarayonda ishlab chiqarilgan; suv va changdan himoyalanish darajasi — IP68, dizayni esa biroz yangilangan.
| Model | Displey | Chip | Kameralar | Aloqa imkoniyatlari |
|---|---|---|---|---|
| Pixel 7 | 6,3 dyuym, aniqligi 1080 x 2400; 90 Hz; OLED; Corning Gorilla Glass Victus oynasi; | Tensor 2: 4 ta yadro, har biri 1,8 GHz: Cortex-A55; 2 ta yadro, har biri 2,35 GHz: Cortex-A78; 2 ta yadro, har biri 2,85 GHz: Cortex-X1 | Asosiy kamera: 50 megapiksel, f1.85, piksel o‘lchami 1,20 mkm. 2x2 (4) binning; keng burchakli kamera: 12 megapiksel, f2.2, piksel o‘lchami 1,55 mkm; | Wi-Fi 6, Bluetooth 5.2, GPS A-GPS. |
| Pixel 7 Pro | 6,7 dyuym, aniqligi 1440 x 3120; LTPO OLED, 120 Hz; Corning Gorilla Glass Victus oynasi; | Tensor 2: 4 ta yadro, har biri 1,8 GHz: Cortex-A55; 2 ta yadro, har biri 2,35 GHz: Cortex-A78; 2 ta yadro, har biri 2,85 GHz: Cortex-X1 | Asosiy kamera: 50 megapiksel, f1.85, piksel o‘lchami 1,20 mkm. 2x2(4) binning; keng burchakli kamera: 12 megapiksel, f2.2, piksel o‘lchami 1,55 mkm; teleobyektiv: 48 megapiksel, f3.5, piksel o‘lchami 0,45 mkm. 2x2 (4) binning | Wi-Fi 6, Bluetooth 5.2, GPS A-GPS. |
| Pixel 7a | 6,1 dyuym, 1080 x 2400, OLED 90 Hz, Gorilla Glass 3. | Tensor 2, 4 ta yadro, har biri 1,8 GHz: Cortex-A55; 2 ta yadro, har biri 2,35 GHz: Cortex-A78; 2 ta yadro, har biri 2,85 GHz: Cortex-X1 | Asosiy kamera: 64 megapiksel, f 1.89, piksel o‘lchami 0,70 mkm, 2x2 (4) binning:
Keng burchakli kamera: 13 megapiksel, f2.2. |
Wi-Fi 6E, Bluetooth 5.2, GPS A-GPS. |
Pixel 8 va Pixel 8 Pro
Pixel 8 va Pixel 8 Pro rasman 4-oktabr 2023-yilda har yili o‘tkaziladigan Made by Google tadbirida e’lon qilingan va AQSHda 13-oktabrda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Ular uchinchi avlod Google Tensor chipida ishlaydi va dizayni Pixel 7 turkumiga o‘xshaydi. Qurilmalar Android 14.
| Model | Displey | Chip | Kameralar | Aloqa imkoniyatlari |
|---|---|---|---|---|
| Pixel 8 | 6.2 dyuym OLED, aniqligi 1080 x 2400, 120 Hz, Gorilla Glass Victus oynasi | Tensor 3 | Asosiy kamera: 50 megapiksel, f1.69, piksel o‘lchami 1.20 mkm, 2x2 (4) binning; keng burchakli + makroobyektiv: 12 megapiksel, f2.2, piksel o‘lchami 0.80 mkm. | Wi-Fi 7, Bluetooth 5.3, GPS A-GPS. |
| Pixel 8 Pro | 6.7 dyuym LTPO OLED, aniqligi 1344 x 2992. 120 Hz, Gorilla Glass Victus 2 oynasi | Tensor 3 | Asosiy kamera: 50 megapiksel, f1.69, piksel o‘lchami 1.20 mkm, 2x2 (4) binning; keng burchakli + makroobyektiv: 48 megapiksel, f1.95; teleobyektiv: 48 megapiksel, f2.8, piksel o‘lchami 0.70, 2x2 (4) binning. | Wi-Fi 7, Bluetooth 5.3, GPS A-GPS. |
| Pixel 8a | 6.1 dyuym OLED, aniqligi 1080 x 2400, 120 Hz, Gorilla Glass 3 oynasi | Tensor 3 | Asosiy kamera: 64 megapiksel, f1.89, piksel o‘lchami 0.70 mkm, 2x2 binning; keng burchakli + makroobyektiv: 13 megapiksel, f2.2, piksel o‘lchami 1.12 mkm. | Wi-Fi 7, Bluetooth 5.3, GPS A-GPS |
Pixel 9 va Pixel 9 Pro
Pixel 9 va Pixel 9 Pro rasman 13-avgust, 2024-yilda har yili o‘tkaziladigan Made by Google tadbirida e’lon qilingan va AQSHda 22-avgustda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Ular to‘rtinchi avlod Google Tensor chipida ishlaydi va dizayni Pixel 8 turkumiga o‘xshaydi. Qurilmalar Android 14.
| Model | Displey | Chip | Kameralar | Aloqa imkoniyatlari |
|---|---|---|---|---|
| Pixel 9 | 6.3 dyuym OLED, aniqligi 2424x1080, 120 Hz, Gorilla Glass Victus 2 oynasi | Tensor 4 | Asosiy kamera: 50 megapiksel, f1.68, piksel o‘lchami 1.20 mkm, 2x2 (4) binning; keng burchakli + makroobyektiv: 48 megapiksel, f1.7, piksel o‘lchami 0.80 mkm. | Wi-Fi 7, Bluetooth 5.3, GPS A-GPS. |
| Pixel 9 Pro | 6.3 dyuym LTPO OLED, aniqligi 2856x1280. 120 Hz, Gorilla Glass Victus 2 oynasi | Tensor 4 | Asosiy kamera: 50 megapiksel, f1.7, piksel o‘lchami 1.20 mkm, 2x2 (4) binning; keng burchakli + makroobyektiv: 48 megapiksel, f1.7; teleobyektiv: 48 megapiksel, f2.8, piksel o‘lchami 0.70, 2x2 (4) binning. | Wi-Fi 7, Bluetooth 5.3, GPS A-GPS. |
Pixel 9 Pro XL
Pixel 9 Pro XL rasman 13-avgust, 2024-yilda har yili o‘tkaziladigan Made by Google tadbirida e’lon qilingan va AQSHda 22-avgustda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. U to‘rtinchi avlod Google Tensor chipida ishlaydi va dizayni Pixel 8 turkumiga o‘xshaydi. Qurilma Android 14.
| Model | Displey | Chip | Kameralar | Aloqa imkoniyatlari |
|---|---|---|---|---|
| Pixel 9 Pro XL | 6.8 dyuym LTPO OLED, aniqligi 2992x1344, 120 Hz, Gorilla Glass Victus 2 oynasi | Tensor 4 | Asosiy kamera: 50 megapiksel, f1.7, piksel o‘lchami 1.20 mkm, 2x2 (4) binning; keng burchakli + makroobyektiv: 48 megapiksel, f1.7; teleobyektiv: 48 megapiksel, f2.8, piksel o‘lchami 0.70, 2x2 (4) binning. | Wi-Fi 7, Bluetooth 5.3, GPS A-GPS. |
Pixel 9 Pro Fold
Pixel 9 Pro Fold rasman 13-avgust, 2024-yilda har yili o‘tkaziladigan Made by Google tadbirida e’lon qilingan va AQSHda 4-sentabrda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Qurilma to‘rtinchi avlod Google Tensor chipida ishlaydi va Android 14.
| Model | Displey | Chip | Kameralar | Aloqa imkoniyatlari |
|---|---|---|---|---|
| Pixel 9 Pro Fold | 8 dyuym LTPO OLED, aniqligi 2152x2076, 120 Hz, Gorilla Glass Victus 2 oynasi
Ikkinchi displey: 6,3 dyuym OLED, aniqligi 2424x1080, 120 Hz, Gorilla Glass Victus 2 oynasi |
Tensor 4 | Asosiy kamera: 48 megapiksel, f1.7, piksel o‘lchami 1,20 mkm, 2x2 (4) binning; keng burchakli + makroobyektiv: 10,5 megapiksel, f2,2; teleobyektiv: 108 megapiksel, f3.1, piksel o‘lchami 0,70, 2x2 (4) binning. | Wi-Fi 7, Bluetooth 5.3, GPS A-GPS. |
Pixel 10/Pro/Pro XL/Pro Fold
Smartfonlar turkumi Pixel 10 rasman 20-avgust, 2025-yilda har yili o‘tkaziladigan Made by Google tadbirida e’lon qilindi va keyinchalik AQSHda 28-avgustda sotuvga chiqarildi (9-oktabr, 2025-yilda sotuvga chiqqan Pro Fold modelidan tashqari). Qurilmalar Google Tensor G5 chipida ishlaydi va ularga oldindan Android 16 o‘rnatilgan. Turkum tarixida birinchi marta oddiy Pixel 10 modeli 5 karra optik kattalashtirishni ta’minlovchi teleobyektivli uch kameraga ega bo‘ldi. O‘ninchi turkumning barcha modellari Qi2 (Pixelsnap) magnitli simsiz quvvatlash standartini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
| Model | Displey | Chip | Akkumulyator | Kameralar | Aloqa imkoniyatlari |
|---|---|---|---|---|---|
| Pixel 10 | 6,3 dyuymli OLED displey, aniqligi 1080 x 2424, 120 Hz,
Corning Gorilla Glass Victus 2 oynasi |
Tensor G5 | Odatdagi sig‘imi: 4970 mA·soat (eng kam sig‘imi — 4835 mA·soat) | Asosiy kamera: 48 megapiksel, ƒ/1.70, piksel o‘lchami 0,8 mkm, sensor o‘lchami 1/2"
Keng burchakli + makroobyektiv: 13 megapiksel, ƒ/2.2, piksel o‘lchami 0,32 mkm, sensor o‘lchami 1/3.1" Teleobyektiv: 10,8 megapiksel, ƒ/3.1, piksel o‘lchami 0,31 mkm, sensor o‘lchami 1/3.2" |
Wi-Fi 6E, Bluetooth v6, GPS, GLONASS, Galileo |
| Pixel 10 Pro | 6,3 dyuymli LTPO OLED displey, aniqligi 1280 x 2856, 120 Hz, Corning Gorilla Glass Victus 2 oynasi | Tensor G5 | Odatdagi sig‘imi: 4870 mA·soat (eng kam sig‘imi — 4707 mA·soat) | Asosiy kamera: 50 megapiksel, ƒ/1.68, piksel o‘lchami 1,22 mkm, sensor o‘lchami 1/1.3"
Keng burchakli + makroobyektiv: 48 megapiksel, ƒ/1.7, piksel o‘lchami 0,7 mkm, sensor o‘lchami 1/2.55" Teleobyektiv: 48 megapiksel, ƒ/2.8, piksel o‘lchami 0,7 mkm, sensor o‘lchami 1/2.55" |
Wi-Fi 7, Bluetooth v6, GPS, GLONASS, Galileo |
| Pixel 10 Pro XL | 6,8 dyuymli LTPO OLED displey, aniqligi 1344 x 2992, 120 Hz, Corning Gorilla Glass Victus 2 oynasi | Tensor G5 | Odatdagi sig‘imi: 5200 mA·soat (eng kam sig‘imi — 5079 mA·soat) | Asosiy kamera: 50 megapiksel, ƒ/1.68, piksel o‘lchami 1,2 mkm, sensor o‘lchami 1/1.3"
Keng burchakli + makroobyektiv: 48 megapiksel, ƒ/1.7, piksel o‘lchami 0,7 mkm, sensor o‘lchami 1/2.55" Teleobyektiv: 48 megapiksel, ƒ/2.8, piksel o‘lchami 0,7 mkm, sensor o‘lchami 1/2.55" |
Wi-Fi 7, Bluetooth v6, GPS, GLONASS, Galileo |
| Pixel 10 Pro Fold | Ichki: 8 dyuymli OLED displey, aniqligi 2076 x 2152, 120 Hz, Ultra Thin Glass oynasi
Tashqi: 6,4 dyuymli OLED displey, aniqligi 1080 x 2364, 120 Hz, Corning Gorilla Glass Victus 2 oynasi |
Tensor G5 | Odatdagi sig‘imi: 5015 mA·soat (eng kam sig‘imi — 4919 mA·soat) | Asosiy kamera: 48 megapiksel, ƒ/1.70, piksel o‘lchami 0,8 mkm, sensor o‘lchami 1/2"
Keng burchakli + makroobyektiv: 10,5 megapiksel, ƒ/2.2, piksel o‘lchami 1,22 mkm, sensor o‘lchami 1/3.4" Teleobyektiv: 10,8 megapiksel, ƒ/3.1, piksel o‘lchami 1,22 mkm, sensor o‘lchami 1/3.2" |
Wi-Fi 7, Bluetooth v6, GPS, GLONASS, Galileo |
Planshetlar
Pixel C
Pixel C — Pixel turkumidagi birinchi planshet. 29-sentabr, 2015-yilda taqdim etilgan.
- Displey: 10,2", 2560x1800 piksel
- Xotira: 32 yoki 64 GB
- RAM: 3 GB
- Kameralar: 8 MP (orqa), 2 MP (old)
- Ulagichlar: USB-C, quloqchinlar uchun 3,5 millimetrli kirish
- Operatsion tizim: Android 6.0.1 Marshmallow dan Android Nougat
Pixel Slate
Pixel Slate plansheti 2018-yil oktabrda taqdim etilgan. Unda 2 ta USB-C porti mavjud, biroq an’anaviy quloqchinlarni ulash uchun TRRS ulagichi olib tashlangan. Planshet Intel’ning Celeron, Core m3, Core i5 yoki Core i7 turkumiga mansub markaziy protsessordan foydalanadi va Chrome OS operatsion tizimida ishlaydi. Displey diagonali 12,3 dyuym, aniqligi 3000x2000. Doimiy xotirasi 32, 64, 128 yoki 256 GB, operativ xotirasi 4, 8 yoki 16 GB. Ikkita 8 MP kamera, 48 W·soatlik akkumulyator.
Pixel Tablet
Pixel Tablet 2023-yil iyunda sotuvga chiqarilgan.
- Displey: 10,95", IPS LCD, 1600 × 2560 piksel, tomonlar nisbati 16:10.
- Protsessor: sakkiz yadroli Google Tensor G2.
- Kamera: 8 MP
- Old kamera: 8 MP
- Ichki xotira: 128 yoki 256 GB.
- Operativ xotira: 8 GB
- Operatsion tizim: Android 13
Noutbuklar
Chromebook Pixel (2013)
2013-yilgi Chromebook Pixel — Pixel turkumidagi birinchi qurilma va Google yaratgan birinchi noutbuk. Kompaniya blogida 21-fevral, 2013-yilda e’lon qilingan.
SD-karta va boshqa xotira kartalarini o‘qiydigan qurilma, Mini-DisplayPort, stereoquloqchin yoki mikrofon uchun umumiy ulagich hamda 2 ta USB 2.0 porti bilan jihozlangan. Ayrim qurilmalarda yoritiladigan klaviatura, sensorli panel, stereodinamiklar va 2 ta ichki mikrofon ham mavjud.
- Displey: 12,85", 2560x1700 piksel
- Protsessor: Intel Core i5 3-avlod
- Xotira: 32 GB. Noutbuk sotib olinganda 1 TB bepul joy «Google Disk»da 3 yilga taqdim etiladi
- RAM: 4 GB
Chromebook Pixel (2015)
2015-yilgi Chromebook Pixel — Pixel turkumidagi ikkinchi noutbuk. U ham kompaniya blogida 11-mart, 2015-yilda e’lon qilingan.
- Displey: 12,85", 2560x1700 piksel
- Protsessor: Intel Core i5 yoki i7 5-avlod
- Xotira: 32 yoki 64 GB. Noutbuk sotib olinganda 1 TB bepul joy «Google Disk»da 3 yilga taqdim etiladi
- RAM: 8 yoki 16 GB
- Ulagichlar: USB-C (2 dona), USB 3.0 (2 dona), SD-karta uyasi, quloqchin yoki mikrofon uchun umumiy ulagich
- Boshqa xususiyatlar: yoritiladigan klaviatura, shishali sensorli panel, stereodinamiklar, 2 ta mikrofon
Pixelbook (2017)
Pixelbook — Pixel turkumidagi uchinchi noutbuk. 4-oktabr, 2017-yilda taqdim etilgan.
- Displey: LCD, 12,3", 2400x1600 piksel (235 PPI), ko‘p nuqtali sensor texnologiyasi, yorqinligi — 400 nit, rang qamrovi — 72 % (NTSC standarti)
- Protsessor: Intel Core i5 yoki i7 7-avlod
- Ichki xotira: 128, 256 yoki 512 GB (NVMe standarti)
- Operativ xotira: 8 yoki 16 GB (turi — DDR4)
- Xususiyatlari: ichki Google Assistant yordamchisi, 360° ga qayriladigan qopqoq. Qurilmadan alohida stilus
Pixelbook Go
Pixelbook Go — Pixel turkumidagi to‘rtinchi noutbuk. 15-oktabr, 2019-yilda taqdim etilgan.
Havolalar
- store.google.com — Google Pixel rasmiy sayti
- Google telefonlari: Pixel turkumiga nazar / Lifewire, 12-oktabr, 2018-yil (ingliz tilida)
- Google’ning 2017-yildagi qurilmalar to‘plami / The Verge, 6-oktabr, 2017-yil (ingliz tilida)
- Google endi faqat dasturchilarga yo‘naltirilmagan: u iste’molchi qurilmalari va mobil texnologiyalar brendiga aylandi / androidguys.com, 2-aprel, 2018-yil (ingliz tilida)