Geoinformatika — geografik axborot tizimlarini ilmiy asoslash, loyihalash, yaratish, ishlatish va ulardan foydalanish, geoinformatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda geografik axborot tizimlarini (GAT) amaliy va ilmiy maqsadlarda qo‘llash bilan shug‘ullanadigan fan, texnologiya va ishlab chiqarish faoliyati.
U geomatika tarkibiga kiradi. Rus tilidagi «geoinformatika» atamasi «informatika» so‘zidan kelib chiqqan. Chet tilidan o‘zlashgan bu atama ma’lumotlar, axborot va bilimlarni elektron hisoblash mashinalari (EHM) va boshqa texnik vositalar yordamida to‘plash, qayta ishlash hamda uzatish nazariyasi, usullari va yo‘llarini o‘rganuvchi ilmiy yo‘nalishni yoki hisoblash mashinalarini qo‘llash va ishlab chiqishning turli jihatlarini o‘rganuvchi fanlar guruhini anglatadi. Bu fanlarga odatda amaliy matematika, dasturlash, dasturiy ta’minot, sun’iy intellekt, EHM arxitekturasi va kompyuter tarmoqlari kiradi.
«geoinformatika» atamasini 1975-yilda ilk bor taklif etgan olim — Arnold Kulinkovich.
Asosiy vazifalar
- Bazalar yaratish: geoma’lumotlar (geokodlash) va ularni boshqarish
- Geoma’lumotlarni tahlil qilish va modellashtirish
- Dastlabki ikki vazifa uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish
Adabiyotlar
- A. D. Ivannikov, V. P. Kulagin, A. N. Tixonov, V. Ya. Tsvetkov Geoinformatika. — M.: MAKS Press, 2001. — 349 bet.
- Konchilik ishlab chiqarishi geoinformatikasiga kirish. Oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanma / V. S. Xoxryakov tahriri ostida. — Yekaterinburg: UGGGA nashriyoti, 2001. — 198 bet.