Tabiiy resurslar nima

Tabiiy resurslar — jonli va jonsiz tabiat obyektlari hamda tizimlari, insonni o‘rab turgan tabiiy muhit tarkibiy qismlarining majmui bo‘lib, ulardan ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida moddiy va madaniy ehtiyojlarni qondirish uchun foydalaniladi. Bu ehtiyojlar ham alohida kishilarga, ham jamiyatga xosdir.

Tasnifi

Kelib chiqishiga ko‘ra:

Xo‘jalikda foydalanish turlariga ko‘ra:

  • Sanoat ishlab chiqarishi resurslari:
  • Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi resurslari (agroiqlim, yer-tuproq, o‘simlik resurslari — yem-xashak bazasi, sug‘orish, chorva mollarini suv bilan ta’minlash va parvarishlash uchun suv)

Tugab qolish xususiyatiga ko‘ra:

  • Tugaydigan resurslar:
    • Qayta tiklanmaydigan (mineral va yer resurslari);
    • Qayta tiklanadigan (o‘simlik va hayvonot dunyosi resurslari);
    • To‘liq qayta tiklanmaydigan — tiklanish tezligi xo‘jalikda iste’mol qilinish sur’atidan past bo‘lgan resurslar (dehqonchilikka yaroqli tuproqlar, yetuk yoshdagi o‘rmonlar, mintaqaviy suv resurslari);
  • Tugamaydigan resurslar (suv va iqlim resurslari).

O‘rnini bosish imkoniyatiga ko‘ra:

  • O‘rnini bosib bo‘lmaydigan;
  • O‘rnini bosish mumkin bo‘lgan.

Foydalanish mezoniga ko‘ra:

  • Ishlab chiqarish resurslari (sanoat va qishloq xo‘jaligiga oid);
  • Potensial va istiqbolli;
  • Rekreatsion (tabiiy majmualar va ularning tarkibiy qismlari, madaniy-tarixiy diqqatga sazovor joylar, hududning iqtisodiy salohiyati).

Havolalar