| Shahar | |
| G‘azalkent | |
|---|---|
| o‘zb. G‘azalkent / Ғазалкент | |
| | |
| 41°33′45″ sh. k. 69°46′30″ sh. u.HGЯO | |
| Mamlakat |
|
| Viloyat | Toshkent |
| Tuman | Bo‘stonliq |
| Tarix va geografiya | |
| Asos solingan | 1932 |
| Shahar maqomi berilgan yil | 1964 |
| Markazining balandligi | 713 m va 702 m |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5:00 |
| Aholi | |
| Aholi soni | ↗21 490 kishi (1989) |
| Milliy tarkibi | qozoqlar, o‘zbeklar, ruslar, koreyslar, nemislar |
| Raqamli identifikatorlar | |
| Telefon kodi | + 9987074 |
|
|
|
| gazalkent.uz | |
G‘azalkent (o‘zb. G‘azalkent / Ғазалкент) — shahar va Bo‘stonliq tumanining (rayonining) ma’muriy markazi; u Toshkent viloyatida, O‘zbekistonda joylashgan.
Tarixi
Shahar 1932-yilda bunyod etilayotgan G‘azalkent gidrouzeli quruvchilari posyolkasi sifatida paydo bo‘lgan. Ilgari G‘azalkent Bo‘stonliq tumaniga qarashli bo‘lib, Janubiy Qozog‘iston viloyati tarkibida bo‘lgan. Unga 1964-yilda shahar maqomi berilgan.
Undan boshlanadigan derivatsiya kanali O‘rta Chirchiq GESlari kaskadi uchun energetik suv yo‘li vazifasini bajaradi (u Chirchiq–Bo‘zsuv GESlari kaskadi tarkibiga kiradi) hamda magistral sug‘orish kanali — Bo‘zsuvga suv yetkazib beradi.
Geografiyasi
Shahar Tyanshan tog‘larining etaklarida, Chirchiq daryosining chap sohilida joylashgan. Shaharda shu nomdagi temiryo‘l stansiyasi mavjud (Toshkent — Xo‘jakent).
Aholisi
| 1939 | 1959 | 1970 | 1979 | 1989 |
|---|---|---|---|---|
| 3182 | ↗7317 | ↗13 634 | ↗17 678 | ↗21 490 |
Aholisi — 21 800 kishi (1991). 1990-yilgacha G‘azalkent shahrida aholining milliy tarkibida (soni kamayish tartibida) quyidagi millatlar ustun bo‘lgan: ruslar, o‘zbeklar, qozoqlar, nemislar, tatarlar, koreyslar.
Keyinchalik rus tilida so‘zlashuvchi aholining katta qismi shaharni tark etgan. Buning asosiy sababi — ishsizlik[2983 kun davomida manba ko‘rsatilmagan], bu SSSR parchalanishi oqibatida yuzaga kelgan.
Sanoati
Shaharda meva-sabzavot konservalash, sut va vino ishlab chiqarish zavodlari, shuningdek, granit va marmarga ishlov berish kombinati joylashgan.
Ilgari Bo‘stonliq tumani aholisining aksariyat qismini ish bilan ta’minlagan toshga ishlov berish kombinati (KOK) va shisha zavodi hozirga kelib deyarli faoliyatini to‘xtatgan.
Shahar atrofida dam olish uylari va sanatoriylar mavjud. Shuningdek, Tovoqsoy posyolkasida yirik qamoqxona hududi ham joylashgan.
Mashhur tug‘ilganlar
Rafiq Nishonovich Nishonov (o‘zb. Рафиқ Нишонович Нишонов, o‘zb. Rafiq Nishonovich Nishonov; 15-yanvar 1926-yilda G‘azalkent, Bo‘stonliq tumani, Qozog‘iston ASSR, RSFSR, SSSRda tug‘ilgan) — sovet va o‘zbek davlat hamda siyosat arbobi, diplomat.
- Ivan Anatolyevich Medvedev (1959-yilda tug‘ilgan) — rossiyalik yozuvchi, geografik kashfiyotlar tarixchisi, mashhur sayohatchilar haqidagi kitoblar muallifi.
- Yo‘ldosh Olimovich Ashurov (2009-yilda vafot etgan) — «Bo‘stonliqlik Yo‘ldosh» laqabli «vor v zakone» (jinoiy olamdagi maqom).
- Oleg Yuryevich Tsokov (11-iyul 2023-yilda yo‘q qilingan) — rossiyalik harbiy qo‘mondon, Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari general-leytenanti, Janubiy harbiy okrug qo‘mondonining o‘rinbosari (2023-y.) va Rossiya–Ukraina urushidagi harbiy jinoyatchilar ro‘yxatiga kiritilgan shaxs. 144-motoo‘qchi diviziya qo‘mondoni (2022), 49-umumqo‘shin armiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari (2018—2019), 205-alohida motoo‘qchi brigada qo‘mondoni (2015—2018).