Elektron emissiyasi — elektronlarning qattiq jismlar yoki suyuqliklardan ajralib chiqishi hodisasidir.
Emissiya turlari
Qizdirish natijasida yuzaga keladigan elektron emissiyasi termoelektron emissiya (TE) deb ataladi. TE hodisasidan vakuumli va gaz bilan to‘ldirilgan asboblarda keng foydalaniladi.
Elektrostatik (avtoelektron) emissiya — jism sirtida kuchli elektr maydoni mavjudligi tufayli elektronlarning ajralib chiqishidir. Bunda qattiq jism elektronlariga qo‘shimcha energiya berilmaydi. Biroq potensial to‘siq shaklining o‘zgarishi natijasida elektronlar vakuumga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Fotoelektron emissiya (FE) yoki tashqi fotoeffekt — modda sirtiga tushayotgan nurlanish ta’sirida undan elektronlarning ajralib chiqishidir. Fotoelektron emissiya qattiq jismning kvant nazariyasi va zonalar nazariyasi asosida tushuntiriladi.
Qattiq jism sirti elektronlar bilan bombardimon qilinganda undan elektronlarning ajralib chiqishi.
Metall ionlar bilan bombardimon qilinganda undan elektronlarning ajralib chiqishi.
Emitter (elektron chiqaruvchi jism)ning mikroskopik sohalarida mahalliy portlashlar sodir bo‘lishi natijasida elektronlarning ajralib chiqishi.
Kriogen haroratlargacha sovitilgan o‘ta sovuq sirtlardan elektronlarning ajralib chiqishi. Bu hodisa kam o‘rganilgan.