
Izolyatsiya — elektrotexnikada ishlatiladigan, o‘zidan elektr toki o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi uskuna konstruksiyasining elementi bo‘lib, masalan, insonni himoya qilish uchun xizmat qiladi.
Izolyatsiyalash uchun dielektrik xossalarga ega materiallar: shisha, keramika, turli xil polimerlar, slyuda.
Shuningdek, havo izolyatsiyasi ham mavjud. Unda izolyator vazifasini havo bajaradi, konstruktiv elementlar esa izolyatsiyalanayotgan o‘tkazgichlarning fazodagi joylashuvini kerakli havo oraliqlari ta’minlanadigan tarzda mustahkamlab turadi.
Izolyatsiya konstruksiyasining o‘lchamlari qurilmaning ishchi kuchlanishi va belgilangan xizmat muddati davomida izolyatsiyaning uzoq muddatli elektr mustahkamligiga qarab belgilanadi.
Tarix
Tarixda izolyatsiyalangan mis simlarning dastlabki namunalarida izolyatsiya materiali sifatida o‘ralgan qog‘oz, unga shimdirilgan parafin, rezina ishlatilgan. Hozir rezina izolyatsiyasi kam qo‘llanadi; u asosan keng harorat diapazonida ishlaydigan simlarda ishlatiladi (chunki sovuqda plastmassalar mo‘rtlashadi).
Yuqori haroratlarda ishlaydigan egiluvchan simlarni izolyatsiyalash uchun ftoroplast ishlatiladi, o‘ta yuqori haroratlarda esa sim munchoqlardan tashkil topgan keramik izolyatsiya ichidan o‘tkaziladi.
Yuqori kuchlanishni izolyatsiyalash uchun qurum qo‘shilmagan (oq) rezina ishlatiladi, chunki qurum (uglerod) elektr tokini o‘tkazadi va elektr teshilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Quvvatli radiostansiyalar uchun mo‘ljallangan maxsus radiotexnik kabellarda vakuum ham izolyator vazifasini bajarishi mumkin.
Suyuq izolyator sifatida maxsus transformator moyidan foydalanish podstansiyalardagi yuqori kuchlanishli transformatorlarning o‘lchamlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi, chunki bunday moyning elektr teshilish kuchlanishi havonikidan yuqori.
Izolyatsiya xizmat muddatining haroratga bog‘liqligi
Foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, har bir izolyatsiya materiali uchun muayyan harorat mavjud bo‘lib, u hatto bir necha darajaga oshirilsa ham, izolyatsiyaning xizmat muddati sezilarli darajada qisqaradi. Ayrim izolyatsiya materiallari uchun tajriba yo‘li bilan eskirishning darajali qonuni aniqlangan. Unga ko‘ra, izolyatsiya harorati ga oshirilganda xizmat muddati dastlabki haroratdagi xizmat muddatiga nisbatan ikki baravar qisqaradi: , bunda — harorat oshirilgan sharoitdagi xizmat muddati; tegishli harorat — , — mutlaq haroratdagi xizmat muddati; tegishli harorat — , ushbu xizmat muddati tajriba yo‘li bilan aniqlanadi.
Adabiyotlar
- Izolyatsiya (elektrotexnika) // Katta sovet ensiklopediyasi : [30 jildda] / bosh muharrir A. M. Proxorov. — 3-nashr. — M. : Sovet ensiklopediyasi, 1969—1978.