DeepSeek chat-boti

DeepSeek
Логотип программы DeepSeek
Скриншот программы DeepSeek
DeepSeek javobiga misol
Turi Chat-bot
Muallif
Ishlab chiquvchi DeepSeek
Dasturlash tili Python
Operatsion tizimlar
Chiqarilgan sana 10 yanvar 2025; 22 oy oldin (2025-01-10)
Apparat platformalari Android va iOS
Eng so‘nggi versiya

DeepSeek V4 Pro / 24 aprel 2026; 6 oy oldin (2026-04-24) DeepSeek V4.1 Flash 1017 /

17 oktyabr 2026; 29 kun oldin (2026-10-17)
Litsenziya
Veb-sayt chat.deepseek.com
Логотип Викисклада Wikimedia Commonsʼdagi mediafayllar

DeepSeek — chat-bot va katta til modeli, Xitoyning DeepSeek kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va 20-yanvar kuni (2025-yil) chiqarilgan. DeepSeek-R1 modeliga asoslangan chat-bot 27-yanvarga kelib ChatGPTdan o‘zib, eng ko‘p yuklab olingan bepul ilovaga aylandi — AQShdagi iOS App Store do‘konida. DeepSeek’ning ancha yirik va mashhur raqobatchilarga qarshi muvaffaqiyati «sun’iy intellekt haqidagi tasavvurlarni tubdan o‘zgartiruvchi» hodisa hamda «sun’iy intellekt sohasidagi global kosmik poyga»ning boshlanishi sifatida tavsiflandi. Shu bilan birga, DeepSeek’ning Xitoydagi senzura qoidalariga amal qilishi va ma’lumot yig‘ish amaliyoti maxfiylik hamda axborotni nazorat qilish yuzasidan xavotirlar tug‘dirib, ko‘plab mamlakatlar nazorat organlari tomonidan tekshiruvlarga sabab bo‘ldi. Ayni paytda loyiha modellarining ochiq vaznlari va infratuzilma kodi, energiya samaradorligi hamda ochiq sun’iy intellekt rivojiga qo‘shgan hissasi uchun yuqori baholandi.

Tarixi

10-yanvar kuni (2025-yil) DeepSeek DeepSeek-R1 modeliga asoslangan chat-botni iOS va Android platformalari uchun chiqardi. 27-yanvarga kelib u AQSh App Store do‘konida eng ko‘p yuklab olingan bepul ilovaga aylandi. Bu esa Nvidia aksiyalari qiymatining 18% ga tushishiga olib keldi. O‘sha kuni «keng ko‘lamli» kiberhujum serverlar ishini izdan chiqargach, DeepSeek yangi foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni vaqtincha chekladi: endi faqat Xitoyning materik qismidagi telefon raqami, elektron pochta manzili yoki Google hisob qaydnomasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin edi.

3-aprel kuni (2025-yil) DeepSeek Tsingxua universiteti tadqiqotchilari bilan hamkorlikda generativ mukofotni modellashtirish (GRM) va o‘z-o‘zini tanqid qilishga asoslangan sozlash (SPCT) usullarini birlashtirgan yangi modelni taqdim etuvchi ilmiy ishni e’lon qildi. Yaratilgan tizim DeepSeek-GRM deb nomlandi. Ushbu usullardan maqsad — katta til modellarining xulosa chiqarish jarayonini kengaytirish va chat-botlar ishlashining samaradorligini oshirishdir. DeepSeek yangi model ochiq foydalanish uchun taqdim etilishini ma’lum qildi.

30-aprel kuni (2025-yil) DeepSeek teoremalarni formal isbotlash va matematik mulohaza yuritish uchun mo‘ljallangan «DeepSeek-Prover-V2-671B» ixtisoslashgan matematik modelini chiqardi.

24-aprel kuni (2026-yil) DeepSeek DeepSeek V4 va V4-Pro modellarini chiqardi.

Foydalanish

Sinovlarga ko‘ra, DeepSeek savollarga javob berish, mantiqiy masalalarni yechish va dastur kodini yozishda boshqa chat-botlardan qolishmaydi.

Chat-botdan rasmiy veb-sayt yoki mobil ilova orqali so‘rovlar soni cheklanmagan holda bepul foydalanish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat xalqaro elektron pochta xizmatlaridan, masalan, Gmail, Google yoki Yahoodan foydalanish mumkin. Shuningdek, API orqali R1 va V3 modellaridan tarif asosida foydalanish mumkin: bir million kiruvchi token uchun taxminan 0,28 AQSh dollari va bir million chiquvchi token uchun 0,42 AQSh dollari undiriladi. Bu ko‘plab muqobillardan arzonroq. Veb-versiya butunlay bepul, biroq spamning oldini olish uchun soatiga 500 ta xabar cheklovi belgilangan.

Ishlatilishi

DeepSeek-V3 muqobil modellarga nisbatan ancha kam resurs sarflaydi. Masalan, dunyoning yetakchi sun’iy intellekt kompaniyalari chat-botlarini o‘qitish uchun superkompyuterlardan foydalanadi va ularda 16 000 tagacha grafik protsessor (GPU) ishlatilishi mumkin. DeepSeek esa o‘ziga bor-yo‘g‘i 2000 ga yaqin GPU, ya’ni H800 turkumidagi chiplar kerak bo‘lganini ta’kidlaydi; ularning ishlab chiqaruvchisi — Nvidia. O‘qitish taxminan 55 kun davom etgan va 5,58 mln AQSh dollariga tushgan. Bu texnologiya giganti Meta o‘zining eng so‘nggi sun’iy intellekt texnologiyasini ishlab chiqishga sarflagan mablag‘dan taxminan o‘n baravar kam.

Munosabatlar

DeepSeek’ning yirikroq va mashhurroq raqobatchilar fonidagi muvaffaqiyati «sun’iy intellekt haqidagi tasavvurlarni tubdan o‘zgartiruvchi», «sun’iy intellekt sohasida endi boshlanayotgan global kosmik poygadagi birinchi o‘q» va «sun’iy intellekt raqobatining yangi davri»ning boshlanishi deb ataldi.

AQShning sun’iy intellekt sohasidagi ustunligiga chaqiriq

DeepSeek’ning nisbatan kam xarajat evaziga raqobatbardosh natija ko‘rsatishi AQSh sun’iy intellekt modellarining global ustunligiga ehtimoliy tahdid sifatida baholanmoqda. The Hill va The Guardian kabi nashrlar R1 chat-botining chiqarilishini Amerika sun’iy intellekti uchun «Sputnik lahzasi» deb ta’rifladi. Bu Mark Andreessen fikriga hamohang edi. 2025-yil mart oyida OpenAI Fan va texnologiya siyosati boshqarmasiga (OSTP) xat yuborib, DeepSeek zararli ta’sir ko‘rsatadigan tarzda javoblarni o‘zgartirishi mumkinligi bilan bog‘liq ehtimoliy muammolarni ko‘rsatdi.

Xitoy nuqtayi nazari

DeepSeek asoschisi Lyan Venfen OpenAI bosh direktori Sem Altman bilan qiyoslanadi. CNN uni «xitoylik Altman» va sun’iy intellekt targ‘ibotchisi deb atagan. Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari DeepSeek’ni milliy boylik sifatida keng maqtadi. 20-yanvar kuni (2025-yil) Xitoy bosh vaziri Li Syan Venfenni ekspertlar bilan o‘tkazgan simpoziumiga taklif qilib, 2024-yilgi hukumat faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobot loyihasi yuzasidan fikr va takliflarini bildirishni so‘radi. 20-fevral kuni (2025-yil) Venfen Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi Si Szinpin bilan uchrashdi. Si partiya va davlat rahbarlarini DeepSeek bilan tajriba o‘tkazishga chaqirdi. Xabarlarga ko‘ra, Si chat-botni ma’qullagach, davlat amaldorlari undan sud qarorlari loyihalarini tayyorlash, davolash rejalarini taklif etish va bedarak yo‘qolganlarni topish uchun kuzatuv kameralari yozuvlarini tahlil qilishda foydalangan.

Samaradorlik va muvaffaqiyat

AQSh sun’iy intellekt sohasining yetakchi vakillari DeepSeek samaradorligi va muvaffaqiyatiga turlicha munosabat bildirdi. Microsoft bosh direktori Satya Nadella hamda OpenAI bosh direktori Altman — ularning kompaniyalari AQSh hukumati qo‘llab-quvvatlayotgan Amerika sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan «Stargate» loyihasida ishtirok etadi — DeepSeek’ni «nihoyatda ta’sirli» deb atadi. Turli kompaniyalar, jumladan Amazon Web Services, Toyota va Stripe ushbu modeldan o‘z dasturlarida foydalanishga intilmoqda. R1 modeli chiqarilgach, Nvidia aksiyalari 18% ga arzonlashdi, uning raqobatchisi Broadcom aksiyalari ham pasaydi. Boshqa texnologiya kompaniyalari aksiyalari ham tushdi: Microsoft (2,5% ga), Google egasi Alphabet (4% dan ko‘proqqa) va Niderlandiyaning chip ishlab chiqarish uskunalari kompaniyasi ASML (7% dan ko‘proqqa). R1 modelining chiqarilishi ortidan Nasdaq birjasida texnologiya aksiyalarining jahon miqyosidagi ommaviy sotilishi sun’iy intellekt hamda kompyuter uskunalari sohasidagi kompaniyalar bozor kapitallashuvining taxminan 593 milliard dollarga qisqarishiga olib keldi — bu rekord yo‘qotish bo‘ldi. Ertasi kuni AQSh aksiyalari qiymatidan jami 1 trillion dollar yo‘qoldi.

28-yanvar kuni (2025-yil) kiberhujumdan keyin DeepSeek’da ko‘rsatilgan tizimga kirish xatosi

Tanqidlar

Distillatsiya

Xabarlarga ko‘ra, DeepSeek ba’zan o‘zini ChatGPT sifatida tanishtiradi. OpenAI DeepSeek o‘z modelining javoblaridan distillatsiya deb ataluvchi jarayonda o‘quv ma’lumotlari sifatida «noto‘g‘ri ravishda» foydalangan bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Biroq hozircha buni qat’iy isbotlashning usuli yo‘q.

Senzura

DeepSeek’ning Xitoy hukumati senzura qoidalariga rioya qilishi va ma’lumot yig‘ish amaliyotlari modeldagi axborot nazorati borasida xavotirlar tug‘dirdi hamda ko‘plab mamlakatlar nazorat organlari tekshiruvlariga sabab bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, tizim «jamoatchilik fikrini yo‘naltirish» bo‘yicha davlat me’yorlariga muvofiq kontentni moderatsiya qiladi va 1989-yilda Tyananmen maydonida bo‘lib o‘tgan ommaviy norozilik namoyishlari va Tayvanning siyosiy maqomi bilan bog‘liq mavzularga javoblarni cheklaydi. Hatto ichki senzurasiz model versiyasida ham bahsli masalalarda Xitoy hukumati pozitsiyasiga moyillik kuzatiladi. Bunday masalalarga Si Szinpin va uning inson huquqlari sohasidagi siyosati, shuningdek, Tayvanning maqomi kiradi. Shu bilan birga, modelni yuklab olib, uni o‘z qurilmalari va serverlarida ishga tushirgan foydalanuvchilar bu mexanizmlarni muvaffaqiyatli o‘chirganliklarini bildirgan.

На вопрос, является ли Си Цзиньпин автократом, DeepSeek отвечает, что этот вопрос «выходит за рамки моих текущих возможностей». Тот же вопрос о Нарендре Моди получает «сбалансированный анализ» различных точек зрения.
Agar «Si Szinpin avtokratmi?» deb so‘ralsa, DeepSeek bu savol «mening hozirgi imkoniyatlarim doirasidan tashqarida» deb javob beradi. Xuddi shu savol Narendra Modi haqida berilganda esa turli nuqtayi nazarlarning «muvozanatli tahlili» taqdim etiladi.

Ayrim manbalarning[kim?] qayd etishicha, Xitoy materik qismidagi serverlarda amaliy dasturlash interfeysi (API) orqali ishlaydigan R1’ning rasmiy versiyasi Xitoy Xalq Respublikasi hukumati siyosiy jihatdan nozik deb hisoblaydigan mavzular uchun senzura mexanizmlaridan foydalanadi. Masalan, model dastlab 1989-yilda Tyananmen maydonida sodir bo‘lgan voqealar, uyg‘urlar genotsidi, Si Szinpinni Vinni-Pux bilan qiyoslash hamda Xitoydagi inson huquqlari haqida javob yaratishi mumkin. Biroq keyin senzura mexanizmi tahrirlanmagan javobni o‘chirib, uni quyidagiga o‘xshash xabar bilan almashtiradi: «Kechirasiz, bu savol mening hozirgi imkoniyatlarim doirasidan tashqarida. Keling, boshqa mavzu haqida gaplashaylik». Model javoblariga keyinchalik qo‘llanadigan senzura mexanizmlari va cheklovlarni R1 modelining ochiq versiyasida o‘chirib qo‘yish mumkin. Agar javob Xitoy internet nazoratchilari belgilagan «asosiy sotsialistik qadriyatlar»ga zid kelsa yoki materik Xitoy bilan Tayvanning qayta birlashishiga tahdid solsa, u o‘chirib tashlanadi, biroq so‘rovni tahrirlab, qayta yuborish mumkin. Shunga qaramay, mahalliy serverlarda ishga tushirilgan R1 nusxalari ba’zan hamon Xitoy Kommunistik partiyasining targ‘ibotga xos talqinlariga mos javoblar beradi. Masalan, NBC News xodimlari sinov o‘tkazganda, R1 modeli dastlab Tayvanni «Xitoy hududining ajralmas qismi» deb ta’riflab, shunday degan: «Biz “Tayvan mustaqilligi” tarafdori bo‘lgan har qanday separatistik faoliyatga qat’iyan qarshimiz va Vatanimizni tinch yo‘l bilan to‘liq birlashtirishga intilamiz». 2025-yil yanvarda g‘arblik tadqiqotchilar modeldan matndagi harflarni ularga o‘xshash raqamlar bilan almashtirishni so‘rab, senzurani chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.

2025-yil iyul oyida jurnalist Xristo Grozev R1’dan matnni qayta ishlashni so‘rab, hech narsani o‘zgartirmaslikni tayinlaganiga qaramay, bot matnga o‘zgartirishlar kiritib, Rossiya propagandasiga xos da’volarni takrorlaganini aniqladi.

Xavfsizlik va maxfiylik

Ayrim mutaxassislar Xitoy hukumati tizimdan xorijga qaratilgan axborot operatsiyalari, dezinformatsiya tarqatish, kuzatuv va kiberqurol ishlab chiqish uchun foydalanishi mumkinligidan xavotirda. Wired nashri DeepSeek foydalanuvchilari ma’lumotlarining Xitoyga uzatilishi «yanada sinchkov tekshiruvlar uchun asos bo‘lishi mumkin»ligini qayd etdi.

2025-yil fevral oyida Janubiy Koreyaning Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish komissiyasi (PIPC) DeepSeek yuzasidan bildirilgan xavotirlarni tasdiqladi: xizmat mamlakat foydalanuvchilarining ma’lumotlarini Xitoyga, TikTok (ByteDance) kompaniyasiga uzatgani xabar qilindi. Shu sababli PIPC kamchiliklar bartaraf etilguncha ilovaning yangi yuklab olinishini to‘xtatdi. DeepSeek’ning Janubiy Koreyadagi vakili mahalliy ma’lumotlarni himoya qilish qonunlariga rioya etishdagi ayrim kamchiliklarni qisman tan oldi.

29-yanvar kuni (2025-yil) Wiz Research kiberxavfsizlik mutaxassislari DeepSeek’da yirik ma’lumotlar sizib chiqishini aniqladi. Bunga bulutdagi ma’lumotlar bazasining noto‘g‘ri sozlanishi sabab bo‘lgan: baza hech qanday himoyasiz ochiq foydalanish uchun qoldirilgan edi. oauth2callback.deepseek.com:9000 va dev.deepseek.com:9000 manzillaridagi bazada bir milliondan ortiq maxfiy qaydlar, jumladan foydalanuvchilar yozishmalari tarixi, API kalitlari, ichki infratuzilma ma’lumotlari, tizim jurnallari hamda 6-yanvar (2025-yil) sanasidan boshlangan davrga oid metama’lumotlar mavjud bo‘lgan. Sizib chiqish juda jiddiy edi, chunki u ma’lumotlar bazasini to‘liq boshqarish va DeepSeek tizimlarida imtiyozlarni oshirish imkonini berardi. Wiz Research xabaridan keyin ma’lumotlar bazasiga kirish bir soatdan kam vaqt ichida bloklanib, bevosita xavflar bartaraf etildi. Shunga qaramay, hodisa ma’lumotlar xavfsizligi va GDPR yoki CCPA qoidalari bo‘yicha ehtimoliy sanksiyalar yuzasidan jiddiy xavotir uyg‘otdi, ayniqsa sizib chiqqan ma’lumotlar orasida Yevropa Ittifoqi yoki AQSh fuqarolariga oid ma’lumotlar bo‘lgan bo‘lsa.

2025-yil aprel oyida Janubiy Koreyaning PIPC komissiyasi DeepSeek mamlakatning bir milliondan ortiq aholisi shaxsiy ma’lumotlarini ularning roziligisiz Xitoyga uzatganini ma’lum qildi. 2025-yil iyun oyida Italiya raqobatni nazorat qilish boshqarmasi DeepSeek’ning noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgani yuzasidan tekshiruv boshladi. 2025-yil sentabrda CrowdStrike mutaxassislari DeepSeek Xitoy hukumati qo‘llab-quvvatlamaydigan guruhlar uchun xavfsizligi pastroq dastur kodini yaratayotganini aniqladi.

Boshqa tafsilotlar

Ma’lumot manbasi — The Wall Street Journal. Uning yozishicha, DeepSeek ilovasi amerikalik muqobillariga qaraganda o‘ziga shikast yetkazish va xavfli moddalar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni ko‘proq taqdim etadi. Xavfsizlik sohasi tadqiqotchilari[kim?] DeepSeek foydalanuvchilar ma’lumotlarini uzatayotgan bulutli platforma quyidagi kompaniya bilan bog‘liqligini ham aniqlagan: ByteDance.

2025-yil fevral oyida DeepSeek ilk bor tashqi investitsiya jalb qilishni ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu imkoniyatga Alibaba va Xitoy davlat jamg‘armalari qiziqish bildirdi. 21-fevralda DeepSeek keyingi haftada modelning dastur kodi va ma’lumotlarining asosiy qismlarini ommaga ochish rejasini e’lon qildi.

Cheklovlar

Ko‘plab mamlakatlar DeepSeek’da shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligi va ulardan foydalanish masalasida xavotir bildirdi. 28-yanvar kuni (2025-yil) Italiyaning ma’lumotlarni himoya qilish nazorat organi DeepSeek’dan shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish va ulardan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot so‘raganini e’lon qildi. Shu kuni AQSh Milliy xavfsizlik kengashi DeepSeek’ni milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan tekshirish boshlanganini ma’lum qildi, AQSh Harbiy-dengiz kuchlari esa «xavfsizlik va etika muammolari» sabab barcha xodimlariga DeepSeek’dan foydalanishni taqiqladi. 30-yanvar kuni (2025-yil) Italiyaning ma’lumotlarni himoya qilish nazorat organi Xitoy startapi maxfiylik siyosati yuzasidan bildirilgan xavotirlarni bartaraf etmaganini aniqlagach, DeepSeek’dan mamlakatda chat-botni bloklashni talab qildi. Taqiqdan oldin DeepSeek’ni mobil qurilmalariga yuklab olgan italiyalik foydalanuvchilar taqiqdan keyin ham chat-botdan foydalana olganliklari va DeepSeek veb-versiyasiga kira olganliklarini bildirdi.

Uch kundan so‘ng Janubiy Koreyaning Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish komissiyasi DeepSeek’ning shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishi yuzasidan tekshiruv boshladi; Niderlandiya ma’lumotlarni himoya qilish boshqarmasi ham DeepSeek’ni tekshirishni boshladi; Tayvan raqamli texnologiyalar vazirligi «axborot xavfsizligi xavflarining oldini olish» maqsadida davlat idoralariga DeepSeek xizmatidan foydalanmaslikni tavsiya etdi; Texas gubernatori Greg Ebbott esa DeepSeek’dan davlat qurilmalarida foydalanishni Xiaohongshu va Lemon8.

bilan bir qatorda taqiqladi. 2025-yil fevralda Yangi Janubiy Uels mijozlarga xizmat ko‘rsatish departamenti qurilmalarida DeepSeek’dan foydalanish taqiqlandi. Xuddi shu oy Avstraliya, Janubiy Koreya va Kanada davlat qurilmalarida DeepSeek’dan foydalanishni taqiqladi, Janubiy Koreya esa shaxsiy ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanish xavfi sabab ilovaning yangi yuklab olinishini to‘xtatdi. 2025-yil mart oyida AQSh Savdo vazirligi «mulkiy ma’lumotlar Xitoy Kommunistik partiyasiga oshkor bo‘lishi xavfi» borligi sabab DeepSeek’dan davlat qurilmalarida foydalanishni taqiqladi. 2025-yil iyulda Chexiya hukumati «kiberxavfsizlik muammolari» tufayli DeepSeek’ning barcha mahsulotlarini davlat boshqaruvida taqiqladi.

Havolalar