| Shaharcha | |
| Chorvoq | |
|---|---|
| o‘zb. Chorvoq, Чорвоқ | |
| Chirchiq daryosi, Chorvoq to‘g‘onining ortida. Ko‘rinib turgan shaharchalar: Xo‘jakent (chapda) va Chorvoq (o‘ngda) | |
| 41°38′01″ sh. k. 69°56′49″ shq. u.HGYO | |
| Mamlakat |
|
| Viloyat | Toshkent |
| Tuman | Bo‘stonliq |
| Tarixi va geografiyasi | |
| Asos solingan | 1964 |
| O‘rtacha balandligi | 892 m |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5:00 |
| Aholisi | |
| Aholisi | 5 500 kishi (2004) |
| Aglomeratsiya | Toshkent |
| Millatlar | o‘zbeklar tojiklar |
Chorvoq (o‘zb. Chorvoq, Чорвоқ) — shaharcha bo‘lib, Bo‘stonliq tumanida, Toshkent viloyatida, O‘zbekistonda joylashgan. U 1964-yilda Chorvoq GESi quruvchilari uchun tashkil etilgan. Tuproqdan ko‘tarilgan to‘g‘on 168 metr balandlikda bo‘lib, 1970-yilda qurilgan.
Tog‘ daryolari — Piskom, Ko‘ksuv va Chotqol qo‘shilgan joyda sun’iy tog‘ ko‘li — Chorvoq suv ombori hosil bo‘lgan.
Joylashuvi
Chorvoqdan 70 kilometr uzoqlikdagi Toshkent bilan avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Shaharchadan 3 kilometr narida Xo‘jakent temiryo‘l stansiyasi joylashgan. Shaharcha Chirchiq daryosiga quyiladigan yirik irmoq — Ugom daryosining quyilish joyida, har ikkala daryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan. Yaqinda, Chirchiqning chap qirg‘og‘ida Xo‘jakent shaharchasi bor. Chorvoq hududining dengiz sathidan o‘rtacha balandligi — 892 metr.

Aholisi
Aholisi — 5 500 kishi (2004). Shaharchada quruvchilar va energetiklar, shuningdek, haydovchilar, yo‘lsozlar, ishchilar va xizmatchilar yashaydi.
Mashhur tug‘ilganlar va yashaganlar
Beksultan Bekmoldoyevich Ishimov — Qirg‘iziston Respublikasining davlat va siyosat arbobi, militsiya general-leytenanti.
Korxonalar
Shaharchada Chorvoq GESi qurilish boshqarmasi, O‘rta Chirchiq GESlari kaskadi boshqarmasi, Bo‘stonliq tumani avtomobil yo‘llari boshqarmasi hamda boshqa bir qator yirik korxonalar (jumladan, avtotransport korxonalari) joylashgan.
Chorvoqdagi «Shams» firmasi mineral suvni «Xumson» nomi ostida idishlarga quyadi.
Ilmiy muassasalar
Shaharchada joylashgan Bo‘stonliq tog‘ bog‘dorchiligi va uzumchilik filiali Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga qarashli (ushbu institut ilgari akademik R. R. Shreder nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti).
Ijtimoiy soha
Chorvoq shaharchasida 3 ta umumta’lim maktabi, 3 ta kutubxona (ulardan 2 tasi bolalar kutubxonasi), madaniyat uyi va markaziy shifoxona bor. Shaharcha atrofida ko‘plab bolalar oromgohlari, dam olish maskanlari va sanatoriylar joylashgan.
Erkin turistik zona
Toshkent viloyatidagi Chimyon–Chorvoq kurort-rekreatsiya hududida O‘zbekiston uchun o‘ziga xos erkin turistik zona tashkil etilgan.
«Chorvoq erkin turistik zonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-dekabrda imzolagan.
Qarorda umumiy maydoni 94,8 ming gektar bo‘lgan erkin turistik zona hududining chegaralari belgilangan, zonani rivojlantirish konsepsiyasi hamda uning hududidagi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlangan.

Konsepsiya amalga oshirilishi natijasida viloyatda zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari, shuningdek, mintaqa taraqqiyotining «tayanch nuqtasi»ga aylanishi va kichik hamda xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishi kutilayotgan turli maqsadlarga mo‘ljallangan va mavsumiy dam olish zonalarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Zona hududida nafaqat mehmonxonalar, balki madaniy, ko‘ngilochar, sog‘lomlashtirish va savdo obyektlari hamda ularga xizmat ko‘rsatadigan barcha infratuzilma barpo etilgan.
«Chorvoq»ga borish uchun ushbu hududda yangi transport vositalari (poyezd, elektr poyezdi, avtobus) qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Yo‘lovchi transporti yo‘nalishlari sonini oshirish, shuningdek, muqobil energiya manbalarida ishlaydigan transportdan foydalanish rejalashtirilgan.
Turistik zonada tajriba tariqasida muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga asoslangan zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalar qo‘llangan.
Adabiyotlar
- Chorvoq — O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi (o‘zb.). — Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, 2000—2006.