Barxan (qum tepaligi)

Barxanlar, Sahroi Kabir cho‘lida, Liviyaning janubi-g‘arbida.

Barxanlar — dyunalarning bir turi. Yuqoridan qaralganda shakli taqa yoki o‘roqqa o‘xshaydi. Ko‘ndalang kesimida shamol esadigan tomondagi yonbag‘ri uzun va yotiq, shamolga teskari tomondagi yonbag‘ri esa qisqa va tik bo‘ladi.

Bu atamani ilmiy adabiyotga A. A. Middendorf 1881-yilda kiritgan.

Tavsifi

Shamolga ro‘para yonbag‘ir uzun va yotiq bo‘lib, uning qiyalik burchagi 5—14° ni tashkil etadi. Shamolga teskari yonbag‘ir esa qisqa va tik bo‘lib, qiyalik burchagi 30—33° ga teng; u shamol yo‘nalishi bo‘ylab asta-sekin pasayib boradigan qanotsimon uchlarga tutashadi. Qarama-qarshi yonbag‘irlarni aniq ko‘rinib turadigan o‘tkir qirra ajratadi. Barxanlarning balandligi 1 metrdan 470 metrgacha o‘zgaradi.

Shamollar rejimiga qarab, barxanlar to‘plami turli shakllarga kiradi. Masalan, barxan tizmalari ustun shamollar yo‘nalishi yoki ularning natijaviy yo‘nalishi bo‘ylab cho‘ziladi; o‘zaro qarama-qarshi shamollarga ko‘ndalang joylashgan barxan zanjirlari hamda girdobli oqimlar konveksiyasi yuz beradigan joylarda barxan piramidalari ham hosil bo‘ladi va hokazo.

Mustahkamlanmagan barxanlar shamol ta’sirida shaklini o‘zgartirishi hamda yiliga bir necha santimetrdan yuzlab metrgacha siljishi mumkin. Bunda ular yo‘llar, dalalar, yaylovlar va kichik aholi punktlarini qum bilan ko‘mib yuboradi. Bu hodisaga qarshi kurashishda qumlarni mustahkamlash usuli qo‘llanadi.

Eng baland barxanlar

Gorizontal asosda joylashgan barxanlarning etagidagi eng past nuqtadan cho‘qqisigacha bo‘lgan balandligi:

Boshqa diqqatga sazovor barxanlar

Havolalar