Alveola (lot. alveolus «katakcha, chuqurcha, pufakcha»):
- Alveola — bezning pufakchasimon oxirgi qismi, ya’ni atsinus (acinus).
- Alveola — o‘pkada joylashgan, kapillyarlar tarmog‘i bilan o‘ralgan pufakchasimon tuzilma. Alveolalar devori orqali (odam o‘pkasida ularning soni 700 mln dan ortiq) gaz almashinuvi sodir bo‘ladi.
- Alveola (metallga ishlov berishda) — metall payvandlanadigan joydagi havo pufakchasi.
- Alveolalar — og‘iz bo‘shlig‘idagi alveolyar o‘simtada joylashgan chuqurchalar qatori. Alveolyar o‘simta alveolyar undosh tovushlarni talaffuz qilishda ishtirok etadi.
- Alveolalar — protistlar hujayra membranasiga tutashgan yassilashgan vakuolalar; protistlar mansub bo‘lgan guruh — alveolatalar (Alveolata).